A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 260.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi260.87 Kb.
#1251264
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza - 1

Darsning maqsadi. Bunda maqsadning qo‘yilishi va unga muvaffaqiyatli 
erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi uchun ham 
shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlanishi lozim. Maqsadni 
aniqlashda quyidagi yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalaniladi: “... bajara oladi”, 
“... bilib oladi”, “...qo‘llaydi”, “...ga ega bo‘ladi”, “... ifodalaydi” kabi so‘z 
tuzilishlaridan foydalanish, masadning asosi sifatida o‘zlashtiriladigan 


tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan 
foydalanadi; 
O‘qitish shakli. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal 
shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarda ham aynan ana 
shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi.
O‘qitish metod va texnologiyalari. O‘qitish metodlariga, o‘rganilayotgan 
materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha 
o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish 
usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir 
qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol metodlardan 
foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni 
qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa 
tartibda yetkazib berishni loyihalaydi. 
O‘qitish vositalari. Dars jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, 
o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga o‘qitish 
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalaro‘qitish vositalari bo‘lib, 
o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday 
yetkazib berilishini ko‘rib chiqadi.
Dars mazmuni. Adobe Photoshop mavzusida matnlar bilan ishlash mavzusi 
mazmunini rejalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini 
hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida 
yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishish nazarda tutiladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan amaliy mashg‘ulotlarni olib 
borishda ko‘rsatmalar tartibini shakllantirib olinadi.



Download 260.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling