A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 152.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi152.24 Kb.
#1251596
1   2   3   4
Bog'liq
Twux2qAXegN26YIRnTDn4k0R9Ytlfv3eprHcUzAf

Kalit so’zlar. Pedagogik yoki sinfdagi nizoli vaziyatlar. Norozi kayfiyat va 
qarama-qarshiliklar. Pedagogik jarayonda o‘qituvchi sabab bo‘lgan nizolar. 
Pedagogik jarayonda o‘quvchi sabab bo‘lgan nizolar. 
Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va 
psixologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liqdir. Ularning har ikkisi bitta umumiy 
jarayonni – insonni psixik faoliyati hamda xulq-atvorini tadqiq etadi. Zamonaviy 
o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham 
o’quvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida 
pedagogik-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Shaxs 
shakllanishida u yashayotgan muhit, jamiyatning roli juda kattadir
Pedagogik yoki sinfdagi konfliktning kelib chiqish sabablari 

Oilasi notinch, ota –onasi janjalkash bolalar ko’pincha sinfda jizzakilik 
qilib, ifdoshlari va o’qituvchilari “tarbiyasi og’ir” bolalar deb ta’riflaydilar. Bundan 
tashqari, sinf liderlari, ayniqsa, rasmiy hamda norasmiy liderlar va ular atrofidagi 
o’quvchilar o’rtasida ham o’ziga xos nizolar namoyon bo’ladi. 

Rivojlanishida muayyan nuqsoni bo’lgan infantil bolalar, o’ta erka 
tarbiyalangan bola va yoshlarning bilim saviyasi tengqurlaridan orta qolishi ham
ular bilan sinfning ilg’orlari o’rtasida ziddiyatlar va kelishmovchiliklarning paydo 
bo’lishiga sabab bo’ladi. Chunki hissiy qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlaridagi 
kamchiliklar bilimlarni yetarli darajada egallash, iqtidorni namoyon etishga va sinf 
jamoasiga kirishib ketishga to’sqinlik qiladi, shuning uchun bu toifa bolalar ham 
ko’proq ichki hamda tashqi konfliktlarni boshdan kechiradi. 



Ruhiy rivojlanishi sustlashgan va aqli zaif bolalar hamda yoshlar ham 
mashg’ulotlar paytida berilayotgan bilimlarni o’zlashtirishi qiyinlashgani va 
murakkablashib borishi natijasida bilimlarning mazmuni va ma’nosini egallashga 
qiynaladilar, bu holat ularga janjalkashlikka moyillikni kuchaytiradi. Chunki dars 
ular uchun mashaqqatli – ish, ular ilojini topsa darsga kelmaydi, kirmaydi, janjal 
qiladi, noo’rin yoki ba’zan ob’ektiv tanbehlar ularga yoqmaydi. 

Sinfdagi iqtidorli bolalar darsda berilayotgan bilimlar darajasidan 
ko’pincha qoniqmaydi, zerikadi. O’ziga bo’lgan bahoning yuqoriligi
o’zalashtirishi osonligi ko’pincha ularning sinfdan ajralib qolishiga turtki bo’ladi. 
Ulardan pastroq o’zlashtiradiganlar esa ularni tushunavermaydi, ayniqsa, bilganini 
ularga bildirmasa, yomon ko’ra boshlaydi. Ayrim iqtidorli o’quvchilar o’qituvchi 
bilan kelisha olmaydi, shu sababli o’zlashtirishdan orqada qolayotgan tengdoshlari 
ham, uning talabi va istagi darajasida dars berolmayotgan pedagog bilan ham 
konfliktga kirishga moyil bo’lib qoladi. 

Doimo hammadan norozi, atrofdagilarga muxolifatda bo’lishga moyil 
o’quvchilar guruhi ham bo’ladiki, bunday o’quvchilar ota – onasiga,
o’qituvchilarga va boshqa kattalarga salbiy munosabatda bo’ladilar. Ularning 
gapiga ishonmaydilar. Mavjud tartib intizomga bo’ysunishni istashmaydi. Qasddan 
darsdan qochib ketadi, ota – onasiga azob berish uchun o’g’irlik qiladi, arzimagan 
narsaga janjal ko’taradi. 

Birovlarga taqlid natijasida yuzaga keladigan konfliktlar. Bolalar yoki 
yoshlar o’zidan katta kishilarga, ba’zan kino aktyorlarga va boshqa sevimli 
qaxramonlarga taqlid qilib sinfdagi tartib intizomga, axloq normalariga rioya 
qilishni istamaydilar, shu

tufayli intizomli va bosiq o’quvchilar ularni tushuna olmay, nizolar 
kelib chiqadi.

Download 152.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling