- Hikoya qilish metodi. Bu metod o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid narsa, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda keng qo‘llaniladi.
Suhbat metodi - Suhbat metodi. Bu metod ko‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki bu metodda dars o‘tilsa, u, asosan, savol-javob yo‘sinida olib boriladi. O‘qitish jarayonida o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qo‘llaniladi, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan yangi o‘tilgan mavzu qanchalik tushunganlarini tekshirish maqsadida ham suhbat o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |