Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish
Download 1.39 Mb.
|
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish. Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar) Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut Yangi mavzu bayoni – 50 minut Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut sinov savollar namunasi – 10 minut Uyga vazifa berish – 3 minut Ma’lumki, arxeologik qazish ishlarida bevosita qatnashmasdan turib arxeolog mutaxassisligini egallab bo’lmaydi. Arxeologik qazishmalarda qatnashish uchun avvalo arxeologik yodgorliklarni qazish, o’rganish usullari bilan tanishish kerak bo’ladi. Etiboringizga havola qilinayotgan ushbu qo’llanmaning asosiy vazifasi ham O’rta Osiyo xududidagi turli xil yodgorliklarni o’rganish usullari bilan talabalarni tanishtirishdir. Bu qo’llanmada, shuningdek, arxeologik tadqiqotlar olib borish usullarining paydo bo’lish tarixi, bu usullarni ishlab chiqishga o’z xissasini qo’shgan tarixchi-arxeologlar haqida ham qisqacha malumotlar bor. O’rta Osiyo xududida turli davrlarga mansub har xil arxeologik yodgorliklarga boydir. Bu yodgorliklarni o’rganish usullari ToshDU O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tomonidan ham ishlab chiqilgan bo’lib, uning asosida kafedra azolarining YuTAKE, KATE va boshqa ekspedisiyalar tarkibida olib borgan ko’p yillik tajribalari, umumlashmalari yotadi. Malumki, arxeologiya kafedrasi, kafedra asoschisi M.Ye. Masson boshchiligida uzoq vaqt Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks yekspedisiyasi (YuTAKE) tarkibida ish olib borganlar va yirik shaharlar hamda qishloq makonlarida arxeologik tadqiqotlar olib borishning bu ekspedisiya tomonidan qo’llangan usullarni ishlab chiqishda qatnashganlar. Hozirgi paytda ham Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspedisiyasi (KATE) tarkibida arxeologik dala tadqiqotlarida qatnashadigan kafedra a’zolari va arxeolog-talabalar bu usullardan keng foydalanadilar. Bu maxsus kursning nazariy qismi uncha katta emas va talabalar bu kursni o’rganish davomida mustaqil ishlab, maxsus adabiyotlarni o’qib, o’zlashtirib boradilar. Yodgorlikdarda arxeologik tadqiqotlar olib borish usullari bilan talabalar arxeologik ekspedisiyalar tarkibida qatnashish davomida amaliy jixatdan ham tanishadilar va olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Dala ekspedisiyalarida qatnashish davomida talabalar arxeologik manbalar (topilmalarga) ishlov berish, dala hujjatlarini tuzish bilan ham shug’ullanadilar, kundaliklar yozib boradilar. Arxeologiya-bu tarix faninig bir qismi bo’lib, u insoniyat jamiyati tarixini asosan moddiy manbalar asosida o’rganadi. Arxeologlar yodgorliklarni o’rganishda yozma manbalardagi ma’lumotlardan ham foydalanadilar, tilshunoslik, etnografiya, antropologiya (odamshunoslik), geologiya, tangashunoslik, tuproqshunoslik, zoologiya, botanika va boshqa ko’plab fanlar bilan hamkorlik qiladilar. Moddiy madaniyat yodgorliklarini, ya’ni arxeologik yodgorliklarni o’rganish uchun bu yodgorlikda qazish ishlari olib borilishi kerak. Bu qazish ishlari esa ilmiy asoslangan usullar bilan olib borilishi lozim. Dala arxeolgiyasi-bu arxeologik manbashunoslikning bir qismi, arxeologik yodgorliklarini ilmiy usullar bilan o’rganishning yig’indisidir. Arxeologik makonlarda noto’g’ri, noilmiy usullar bilan qazish ishlari olib borish yodgorlikning xalok bo’lishiga va u haqda noto’g’ri, yolg’on xulosa chiqarilishiga olib keladi. Arxeologik yodgorliklarni to’g’ri o’rganish, tushunish uchun ilmiy asoslangan usullar bilan qazish ishlari olib borish kerak. Endi arxeologik dala tadqiqotlari usullarining paydo bo’lishi tarixi bilan qisqacha tanishib o’taylik. Ma’lumki, O’rta Osiyoda arxeologik fani X1X asrning oxirlarida, shakllana boshladi. O’rta Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni dastlab o’rgangan kishilar rus arxeologlari edi. X1X asrning 2-yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning katta qismi bosib olinganidan keyin o’lkaga O’rta Osiyo xalqlarning tarixi bilan qiziquvchan kishilar-sharqshunos olimlar, tarixchilar, arxeologlar ham kirib kela boshlaydi. Ular o’zlari bilan arxeologik tadqiqotlar olib borishning Rossiyada ishlab chiqilgan usullarini ham olib keladilar. O’rta Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni o’rginishda «Rus arxeologiya jamiyati», «Arxeologik komissiya», «Osiyo muzeyi» kabi tashkilotlar hamda I.P.Lerx, V.V.Radlov, I.I.Veseloskiy, V.A.Jukovskiy, V.V.Bartold, I.P.Ostroumov, A.L.Kun, V.A.Vyatkin va boshqa kishilar katta hissa qo’shdilar. Mahaliy xavoskor raxeologlardan Akrom Asqarov, M.Mirmuxamedovlarning ishlari ham diqqatga sazovordir. V.V.Bartoldning tashabbusi bilan 1895 yilda Toshkentda N.P.Ostroumov boshchiligida «Arxeologiyani sevuvchilarning Turkiston to’garagi» tuzildi. Bu to’garakning tuzilishi O’rta Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni o’rganishini ilmiy asoslangan usullar bilan olib borish ishini biroz bo’lsada yo’lga qo’ydi. Bu to’garakning aktiv a’zolari sifatida A.A.Semenov, I.T.Poslovskiy, V.A.Kallaur, M.S.Andreyev, N.G.Maliskiy, A.A.Divayev, N.P.Pantusov va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Ular o’z tadqiqotlari bilan O’rta Osiyo dala arxeologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo’shdilar. Shunday qilib, X1X asr oxiri va XX asr boshlaridagi O’rta Osiyo arxeologlari tomonidan arxeologik tadqiqotlarning dastlabki, ilmiy asoslangan usullari ishlab chiqildi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling