Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish
Arxeologik dala tadqiqot usullari tarixidan
Download 1.39 Mb.
|
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari
Arxeologik dala tadqiqot usullari tarixidan.
Reja 1.O’rta Osiyoda 20 asr ikkinchi yarmida arxeologiya fanining taraqqiyoti. 2. Dala arxeologiyasiga oid uslubiy ko’rsatmalar. 3. Dala arxeologiyasiga oid xujjatlar. Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish. Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar) Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut Yangi mavzu bayoni – 50 minut Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut sinov savollar namunasi – 10 minut Uyga vazifa berish – 3 minut 1.O’rta Osiyoda arxeologiya fani XX asrning 2-choragidan boshlab o’z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo’ydi. Arxeologik fani tarix fanining afralmas bir qismi sifatida dorulfunun ta’limini oldilar. 1940 yilda O’rta Osiyo Davlat Dorilfununi tarix qo’liyotida arxeologiya kafedrasining ochilishi ham O’rta Osiyo arxeologiya faninig katta yutuqlaridan biri edi. XX asrda dala arxeologiyasi katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. O’rta Osiyo xududidagi arxeologik yodgorliklarni o’rganish uchun esa bir necha o’nlab arxeologik yekspedisiyalar ish olib bordilar va bormoqdalar. O’zbekiston xududida foaliyat ko’rsatayotgan yekspedisiyalar ishini O’zbekiston Respublikasi FA huzuridagi arxeologiya instituti boshqarib turadi. Bu institut tomonidan arxeologik qazishmalar olib borishga ruxsat beradigan hujjat-ochiq varaq (ruxsatnoma) beriladi. Arxeologik yodgorliklar butun xalq mulki hisoblanadi va ularni buzish muhim tarixiy xujjatni yo’qotish demakdir. Buning uchun aybdorlar qonun oldida javob beradilar. qurilish va boshqa xo’jalik ishlari tufayli buzilish arafasida turgan arxeologik yodgorliklarni tezlikda, shu bilan birga aniq va har tomonlama o’rganish ham hozirgi paytda arxeologlar oldida turgan vazifalardan biridir. Arxeologik qazishmalar ko’lamining kengayib borishi, ko’p shaxarlarda arxeologik markazlar va «maktablar» tashkil etilishi, dala tadqiqotlar usullarini doimo mukammallashtiribborishni, tadqiqotchilarning malakasini oshirishni hamda barcha arxeologik ekspedisiyalar faoliyati ustidan aniq nazorat o’rnatishni talab qilmoqda. Arxeologlar qazishmalar paytida doimo ochiq varaq (ruxsatnoma) ga ilova qilingan ko’rsatmalarga qat’iy amal qilishlari kerak. Lekin shuni aytib o’tish kerakki, bu ko’rsatmalardan qazish ishlari olib borishga taaluqli umumiy yo’nalishdagi fikrlar va arxeologga qo’yiladigan asosiy talab bayon etilgan bo’ladi.Bundan tashqari , turli-tuman arxeologik yodgorliklarni qidirib topish va ularni o’rganish uchun arxeologlar maxsus tayyorgarlik va bilimga ega bo’lishlari kerak, yodgorlikning joylashgan joyi, saqlanish darajasi hamda turiga qarab tadqiqotlar olib borishning aynan kerakli usullarini tanlab ish olib borishlari kerak bo’ladi. 2. Dala arxeologiyasiga oid uslubiy ko’rsatmalar. Arxeologiya fanining vazifalaridan va arxeologik dala tadqiqotlari sifatini oshirish talabidan kelib chiqib, ToshDU arxeologiya kafedrasi arxeologiya fani uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida ma’lum ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Arxeologiya mutaxassisligini tanlagan talabalar birinchi kursdayoq O’rta Osiyo arxeologiyasi umumiy kursini tinglaydilar, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni o’rganadilar va o’quv yili oxirida arxeologiyasi bilan bevosita tanishadilar.Keyingi kursdan boshlab ular arxeologik qazishmalarda bevosita ishtirok etib, arxeologik qazishmalar olib borilishi va topilmalarga ishlov berish, usullari, topilmalarga ishlov berish,usullari, topilmalarni hisobga olish va qayd qilish qoidari bilan amalliy jihatdan tanishadilar. Arxeologik dala tadqiqotlari olib borishga oid bu uslubiy qo’llanma yuqori kurs talablariga mo’ljallangan bo’lib dala tadqiqotlarida zarur bo’lgan eng muhim qoidalarni o’z ichiga oladi, shuning uchun ham zamonaviy dala arxeologiyasining barcha muammolarini qamrab olish bu qo’llanmaning vazifasiga kirmaydi. Talabalar dala arxeologiyasiga oid o’z bilimlarini va tajribalarini kurs ishlarini yozish, shuningdek diplom ishi yozish (oxirgi kursda) davomida kengaytirib boradilar. 3.Dala arxeologiyasiga oid xujjatlar. Arxeologik dala tadqiqotlari usullari turlicha bo’lib, tadqiqotchi oldida turgan vazifaga, o’rganilayotgan yodgorlikning xususiyatlariga bog’liq. Masalan, qabr-qo’rg’onlarni o’rganish usullari bilan me’moriy yodgorliklarini o’rganish usullari bir-biridan farq qiladi. Arxeologlar ko’pincha biror tarixiy jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti haqida to’liq va muhim ma’lumotlar beradigan shaharlar va boshqa makonlarning xarobalarini o’rganadilar. Ko’rinib turibdiki, arxeologik yodgorliklar o’z xususiyatlari, tuzilishiga ko’ra har xildir. qadimgi shaharlar, makonlar, qabr-qo’rg’onlar, karvon-saroylar, qoyalardagi yozuvlar va boshqa inshootlar arxeologik yodgorliklar sarasiga kiradi. Har bir arxeologik yodgorlik tarixiy manba hisoblanadi va yodgorliklarda qazishmalar o’tgazishdan maqsad tarixiy tadqiqotlar olib borishdir. Xo’sh, tadqiqotlarni nimadan boshlash kerak? Birinchi galda tadqiqotchi oldida turgan vazifa aniqlanadi va bu vazifaga mos ravishda yodgorlik tanlanadi. Keyin bu yodgorlikning geografik va arxeologo-topografik holati aniqlanadi, uning tuzilishi ko’z bilan chamalab chizib chiqiladi va shundan so’ng qazishma o’tkazish uchun joy tanlanadi. qazishmalarni boshlashdan oldin bu yodgorlikda nivelirovka o’tkaziladi. Nivelirovka so’zi fransuz tilidan olingan bo’lib, a (yer usti) (masalan tepalik) nuqtalarining mutloq va nisbiy balandligi aniqlash ; b (geometrik niverilovka o’tkazish paytida yer usti ikki nuqtasi balandligidagi tafovutni aniqlash uchun niveliro-geodezik asbob yordamida ustki qismilarni tekislash degan ma’noni anglatadi. Nivelirovka o’tkazishda arxeologlar odatda masofa o’lchagich, 2 metrli tekis yog’och bo’lagi) (reka) va narsalarning yer magnit maydoniga nisbatan xolatini asbobdan foydalanidilar. Nivelirovka o’tkazishda arxeologik yodgorlikning (u baland tepalik shaklida deb faraz qilaylik) yeng baland nuqtasi nol deb olinadi. Bu nol nuqtaga 2 metrli tekis yog’ochning bir uchini ko’yib, u gorizontal holatda ushlab turiladi, uning holati daraja o’lchaydigan asbob yordamida aniqlashtiriladi. Masofa o’lchagich yordamida bu yog’ochning ikkinchi uchidan uning pastidagi nuqtagacha bo’lgan masofa tikka holda (vertikal ravishda) o’lchab chiqiladi. Bu masofa 45 sm. ni tashkil qildi deb faraz qilaylik. Demak pastdagi ikkinchi nuqta nol nuqtaga nisbatan 45 sm. pastda joylashgan. Keyin 2 metrli yog’och olinib, uning bir uchini niqlangan ikkinchi nuqtaga qo’yib, u yana gorizontal holatida ushlab turiladi va uning holati asbob yordamida aniqlashtiriladi. So’ng masofa o’lchagichni tik holda (vertikal ravishda) ushlab, yog’ochning ikkinchi uchidan, uning pastidagi nuqtagacha bo’lgan masofa o’lchab chiqiladi. Bu masofa 64 sm. ni tashkil qildi deylik. Demak uchinchi nuqta ikkinchi nuqtadan-64 sm. pastda, nol nuqtadan esa-109 sm. pastda joylashgan (45x69x109). Ushbu usulda nivelirovka o’tkazishni tepalik (yodgorlik)ning yeng past nuqtasigacha olib borish kerak. Aniqlangan nuqtalar orasidagi masofani bir-biriga qo’shib, yodgorlikning umumiy balandligi aniqlanadi. Bundan tashqari 2 metrlik yog’ochning necha marta nuqtadan nuqtaga olinganligini xisoblab, nivelirovka qilingan joyning enini aniqlash mumkin. Bu nivelirovka janubdan shimolga qarab o’tkaziladi deylik. Nivelirovka o’tkazishni nol nuqtadan qarama-qarshi (shimoldan-janubga) tomonga qarab ham o’tkazish kerak. Bu tepalikning tuzilishini aniqlashga yordam beradi. Tepalik nivelirovka qilinayotganda aniqlangan barcha nuqtalarga qiziq qoqib chiqiladi va unda bu nuqtaning aniqlangan balandligi ko’rsatib qo’yiladi. Bu qoziqlar qatori kelajakda qaziladigan maydonda to’rtburchak to’rlar chizish uchun kerak. To’rtburchaklar xarflar va sonlar bilan belgilanishi kerak. Masalan: L-5, M-5 va boshqalar. Bu belgilangan xarflar-raqamlar albatta qoziqqa yoziladi. Bu to’rtburchak turda har bir to’rtburchak 4 ta qoziqdan tashkil topgan bo’ladi va bu qoqizlarning 2 tasi qo’shni to’rtburchakka tegishlidir. Noaniqlik bo’lmasligi uchun to’rtburchaklarni aniqlashda uning shimoli-sharqiy burchagidagi qoziqdan foydalanadi. qoziqlardagi xarfli belgilar g’arbdan sharqqa qarab, raqamli belgilar esa shimoldan janubga qarab qo’yilishi shart. Yodgorlikni qazishda qazilayotgan joyning chuqurligi yarus 50 sm. larga bo’lib boriladi. Yaruslarga bo’lish yodgorlikning eng baland nuqtasi-nol nuqtadan boshlanadi. Shurf qazish paytida, topilmalarni belgilash va qatlamlarni chizishni osonlashtirish uchun yaruslar shurf devoriga chizib boriladi. Chizma ishlar 1:50 hajmda, agar yirik joy chiziladigan bo’lsa 1:100 hajmda, shurfning yoymasi 1:20 yoki 1:25 xajmda bajariladi. Sopol idishlar qalin qog’ozlarga o’z hajmida chizidladi. Chizmalar qaysi hajmda bajarilganligini ko’rsatilishi shart. Yuqori keltirilgan uslubda qazish ishlar olib borilganda quyidagilar: sanasi, topilgan joyi, to’rtburchak yarus, qatlamning xarakteristikasi, topilmaning ta’rifi yozib borilishi shart. Ularga chizmalar ilova qilinadi. Barcha topilmalarda ekspedisiya nomi, sanasi, topilgan joyi, to’rtburchagi, yarusi, ko’rsatilishi shart. Masalan: KATE 1995 O’rtaqo’rg’on q-1 I.5 P qazish ishlari tugagandan keyin, qazilgan joyning tuzilishi chizib chiqiladi, qazilgan joy yoki uning bir xonasi orqali chiqariladi. Tepalikning qazish boshlanishi oldidan aniqlangan tuzilishi orqali ham bitta qirqma o’tkazish kerak. Chizmalar tugagandan keyin dastlabki fikrlar va xulosalar bilan qisqacha xisobot yoziladi. qazishmalar tugagandan so’ng kerekli topilmalar aloxida paketlarga o’raladi. Ularda ekspedisiya nomi, sana, yodgorlik nomi, qazilgan joy raqami, topilmaning nomi ko’rsatilgan qog’oz ham bo’lishi kerak. Bu qog’ozda, shuningdek, topilmani topgan va joylagan kishining imzosi va aniq sanasi bo’lishi kerak. Masalan: KATE, 1992, O’rta-qurg’on, q-1 (qazilgan joy raqami), 2-xona, 2 kosa va 3ta loydan yasalgan hayvonlar haykalchasi. Bu ma’lumotlar yozilgan paket topilmas bilan qutilarga joylanadi va ularga raqam qo’yib chiqiladi. qutilardagi topilmalar haqidagi ma’lumotlar 3 nusxada tayyorlanib, ularning biri quti ichiga joylanadi, ikkinchisi topilmalar jo’natilayotgan tashkilotga beriladi, uchinchisi kafedrada qoldiriladi. Yozilgan bu ma’lumotlar topilmalarni qidirib topishni osonlashtiradi. O’tkazilgan qazishmalar haqidagi xisobot ham uch nusxada yozilib, ekspedisiya boshlig’iga, kafedraga va ish olib borgan kishiga mo’ljallangan bo’ladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling