Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Metal buyumlar va mato buyumlar konservasiyasi va restavrasiyasi


Download 1.39 Mb.
bet9/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Metal buyumlar va mato buyumlar konservasiyasi va restavrasiyasi
Reja
1.Metal buyumlarni restavrasiya qilishda qo’llaniladigan usullar.
2.Bronza buyumlarning restavrasiyasi.
3.Tangalarni tozalash.


1.Arxeologik qazishmalarda aniqlangan temir buyumlar laboratoriyada tamirlash chog’ida o’zining saqlanish xususiyatiga ko’ra uch qismga bo’linadi. Birinchi guruxga yaxshi saqlangan, yuza qismida yupqa zang(okis) qatlami bo’lgan temir buyumlardir. Bunday temir buyumlar uzoq muddat yer ostida saqlanganligiga qaramay ularning shakli deyarli o’zgaarmaydi.
Ikkinchi guruxga yuza qismi qalin zang bilan qoplangan metal buyumlar kirib ularning asosan, “o’zak” qismi yaxshi saqlangan.
Uchinchi guruxga derli to’liq zanglagan metal buyumlar kirib, ularda kuchli korroziya,shishish, zanglarni qatlamma qatlam bo’lishi dastlabki formaning yo’qolishi va hajmining kattalishishi kuzatiladi. Bunday buyumlar o’zining metal xususiyatini yo’qotgan bo’lib, kuchsiz zarbada ham parchalanib ketadi.
Xozirgi vaqtda metal buyumlarni restavrasiya qilishda qo’yidagi uchta usuldan foydalaniladi:
Elektrokimyo
Kimyo
Mexanik
Ushbu usullarda tozalashdan oldin temir buyumlar unga yopishgan loy, tuproqlardan va boshqa qatlamlardan tozalanadi. Agarda ularda oxaksimon qatlamlar bo’lsa kuchsiz solyanoy kislota bilan tozalab olinadi.
Birinchi uslubda kerakli kattalikdagi emalli idish olinib, uning ostiga donalik(granulirovanny sink) rux yupqa qilib solinadi. Shundan so’ng ustiga temir buyum qo’yilib, temir buyum ustidan yana rux donalari solinadi. Ushbu uslubda shuningdek rux varaq(list)laridan foydalansa ham bo’ladi. Yani, rux varag’i ustiga temir buyum qo’yilgach, uning ustidan yana rux varag’i qo’yiladi. Bu jarayonda rux varaqlari temir buyum bilan o’zaro tutashib turishi kerak. Shundan so’ng idishga elektrolit solinadi. Bunda 10-15 % li yedkiy natr yoki kaliy dan foydalansa ham bo’ladi. Elektrolit solingan vaqtda u rux yuzasini 3-4 sm qalinlikgacha qoplashi lozim. Ushbu jarayonda darxol kimyoviy reaksiya boshlanib bunda xavoli pufakchalarning tepaga chiqishi kuzatiladi.
Ushbu uslubda qo’yidagi jarayon amalga oshadi. Yani, elektrolit tasiri ostida ikki xil metalda elektr toki yuzaga keladi. Tozalanayetgan temir buyum manfiy-katod bo’lsa, rux
Tozalanadigan metal buyum manfiy−katod, rux esa musbat –anod bo’lib xizmat qiladi. Ushbu element toki suvda ikkita qismga kislorod va vodorodga ajraladi. Vodorod xavo pufakchalari ko’rinishida katodda ajralib chiqib zanglarni metal buyum ko’rinishigacha tozalaydi. Tozalash jarayoni 18−24 soat davom etadi. Ushbu jarayonni tezlashtirish uchun idish olovga qo’yilib qaynatiladi. Qaynatish aloxida havo tortgich mo’risi mavjud shkafda amalga oshirilishi lozim. Chunki qaynash chog’ida ajralib chiqadigan gazlar inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Elektokimyo jarayoni tugagach temir buyum olinib oqar suvda yuvib olinadi. Shu bilan birga buyumni 3−4 soat qaynatib tozalash ham mumkin. Jarayon tugagach metal buyum qoramtir tusga kiradi. Zang qatlami yumshoq bo’lib, endilikda uni oxista buyum yuzasini qirmagan xolda skalpel bilan ajratib olish mumkin. Shundan so’ng buyum toza mato bilan artiladi.undan so’ng esa to’liq toza bo’lishi uchun quruq щyotka bilan ishqalanib artiladi.
Zang qatlami qalin bo’lgan vaqtda(ikkinchi gurux) quyidagi usul amalga oshiriladi. Metal buyum tozalashdan oldin qaynoq suvga yuvilib, 5−10 % yedkiy natrli vannaga solinadi. Bu yerda 10−12 soat ushlab turilgach topilma vannadan olinib, 10% li limon kislotasi solingan idishga 10−15 minut ushlab turiladi. Shundan so’ng topilma suvda yuvilib щyotka bilan ishqalanadi. Ushbu jarayon tugagach topilma yana kislotaga solinadi. Limon kislotasi o’rniga 0,5−1 % li fosfor kislotasi ishlatiladi. Yuqoridagi amaliyot zanglar to’liq ketguncha amalga oshiriladi. Keyin kislota ta’sirini neytralashtirish uchun topilma yedkiy natrga qisqa muddatga solib olinadi. Pinset bilan kislotadan olinib qaynoq suvda yuviladi va termostatda quritiladi.
Tozalangan metal buyumlarni keyingi zanglardan asrash uchun ular albatta antikorroziya modda bilan qoplanishi kerak. Xozirgi vaqtda ushbu jarayonni amalga oshirish uchun turli xil yog’, laklar ishlatiladi. Ammo ularning aksariyati kutilgan natijani bermaydi. Jumladan yog’ surtilgan topilmalar ularni ilmiy o’rganishga noqulaylikni keltirib chiqsa, sintetik smolali laklar doim ham kutilgan natijasni bermaydi. Aksariyat xollarda metal topilmalarni korroziyadan saqlash uchun eritilgan parafinga botirib olish uslubi qo’llaniladi. Ushbu jarayon qo’yidagicha amalga oshiriladi. Idishda 120 gradusda parafin eritiladi va shu haroratda ushlab turiladi. Idishga 30−40 daqiqa 110 gradusda qizdirilgan metal buyum solinadi. Solingan topilmadan xavo pufakchalari to’liq chiqib ketgunicha ushlab turiladi va shundan so’ng pinset bilan olinib quruq qog’oz ustiga qo’yiladi. Qog’oz ustida topilma bir necha marotaba ag’darib olinadi. Shundan so’ng parafin qurigach metal buyum ustida yupqa plenka xosil bo’lib u qoramtir tusga kiradi.
Aksariyat xolatlarda malum muddat o’tgach ayrim buyumlarda oq tusdagi izlar yuzaga keladi. Bu asosan, topilmadan yedkiy natr to’liq tozalanmagandan yuzaga keladi. Izlarni yo’qotish uchun metal buyum boshqatdan qaynatilib quritiladi. Shundan so’ng yana parafinga botirib olinadi. Uzoq muddat saqlangan ayrim buyumlarda esa metallda kristalizasiya jarayoni yuzaga keladi. Bunday sharoitda buyumdan kristall olib tashlanib boshqatdan parafinga botirib olinadi.
Kimyoviy usul. Metal buyumlarni tozalashda xozirgi vaqtda Ermitaj laboratoriyasida 3−5% li polivinilbutiral suyuqligi yoki 3−5 % li polibutilmetak rilat suyuqligidan foydalanimoqda. Shu bilan birga restavrasion amaliyotda metal buyumlarni ingibitorlardan foydalangan xolda kislotalar yordamida tozalash ham amalga oshirilmoqda.
Ingibitorlar metall buyumlarni korroziyasini sekinlashtirib, ularning yuzasida yupqa absorbsion plenkalarni hosil qiladi. Ingibitorlar asosan metallarni zang va turli xil qatlamlardan tozalash uchun ishlatiladi. Ingibitorlar orasida arxeologik buyumlarni tozalashda utropin moddasi ayniqsa yaxshi natijani beradi.
Metall buyumni tozalash uchun oltin gugurt va solyanaya kislotadan foydalaniladi. Ushbu kislotalar yordamida faqat o’zagi yaxshi saqlangan qalin zangli metal buyumlar tozalanadi. Topilmadagi zangning qalinligi, xarakteri va zichligiga qarab kislota kerakli miqdordagi suv bilan aralashtiriladi. Yani metaldagi zang qanchalik qalin bo’lsa shunchalik ko’proq kislota aralashtiriladi. Yupqaroq zang qoplagan metal buyum uchun suvning uch qismiga to’g’ri keladigan oltin gugurt konsentrasiyasi, bir qism miqdorda solyanыy kislota va 1% utropin solinadi.
Metal buyumlar emal yoki farfor idishga solinib, ingibiratorli kislota bilan to’ldiriladi. Bundan oldin topilma mexanik usul bilan tozalab olinadi. Metal buyum kislota bilan aralashgach unda birdaniga kimyoviy reaksiya ro’y beradi, yani zanglarni erish jarayonida undan pufakchalar ko’rinishidagi vodorod ajralib chiqadi. 30−40 daqiqadan so’ng topilma suyuqlikdan olinib suvda yuvib olinadi. Toza bo’lgan buyumlar aloxida suvli idishga olinsa yaxshi tozalamaganlari boshqatdan kislotaga solinadi. Ayrim zang qoldiqlarini skalpel yoki mayda molotok bilan ajratib olish ham mumkin. Tozalangan topilmalardan tuzli kislota qoldiqlarini tozalash uchun soda qo’shilgan iliq suvda yuvib olinadi.
Ushbu usulda metalning barcha tayyorlanish jixatlarini kuzatish mumkin. Bu ayniqsa kesuvchi buyumlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Yani, ularning ulangan joylari, o’tkirlangan qismlarini kuzatish imkoni yuzaga keladi. Ushbu uslubda elektorokimyo uslubidan farqli ravishda tozalangan metal buyum quritilgach uning yuzasida yupqa zang qatlami yuzaga keladi, yani metal zanglay boshlaydi. Shu tufayli topilmalar passvatorlar bilan tozalab olinadi. Xozirgi vaqtda passivasiya uchun turli xil tuzlar: yedkiy natr, dvuxromovokislыy kaliy va x.k. lar qo’llanilmoqda. Ular orasida xozirda sodali kalsiyning nitrat natriy bilan aralashmasi ancha yaxshi hisoblanadi. Bunda 100 gr. nitrat natriy, 3 gr. sodali kalsiy 1 litr suvga aralashtiriladi. Ushbu suyuqlikda topilma 30−40 daqiqa ushlab turilgach xona xaroratida quritiladi. Shundan so’ng metal korroziyaga chidamli bo’ladi. Shuningdek ikkinchi uslubda tozalangan metal buyumlarda parafinga botirib olish uslubini ham qo’llasa bo’ladi. Lein bunda metallografik analiz qilinayotgan buyumlar bundan mustasno.
Mexanik uslub. Yaxshi saqlanmagan metall buyumlar(uchinchi gurux) ni tozalashda elektrokimyo va kimyoviy tozalash uslublarni qo’llab bo’lmaydi. Bu yerda asosiy maqsad topilmaning dastlabki formasini aniqlashdir. Shu tufayli bunday buyumlarga nisbatan mexanik uslub qo’llaniladi. Topilma bir necha marotaba qaynoq suvda yuvilgach ulardan tuproq, loy kabi qatlamlar ajralib tushadi. Agarda oxak qatlami bo’lsa solyanыy kislota bilan ishlov beriladi, yani tampon bilan artib olinadi. Shundan so’ng topilma formasini buzadigan qismlari, shishgan joylari ehtiyotlik bilan ajratib olinadi. Ushbu jarayon tugagach topilma termostatda quritiladi. Keyin 10−12 soat nam kamerada saqlanadi. Bu yerda ushbu vaqt davomida suv tomchilari (xlor ion mavjudligi) xosil bo’ladi. Muddat tugagach topilma suvda yuvib olinadi. So’ngra yana nam kameraga solinadi. Qachonki nam kamerada suv tomchilari paydo bo’lishi kuzatilmasa, ana shundan so’ng topilma ustida ish olib borish, yani qotirish, yelimlash va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
Metall buyum yomon holatda bo’lsa uni 5% li BF−4 yelimi bilan qotirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek polivinilbutiralning 3%li aralashmasi ham yaxshi natijani beradi. Topilma bo’laklari bir biriga zich to’g’ri keladigan bo’lsa, ularni sopol restavrasiyasida ishlatiladigan oddiy yelimlar bilan ham yepishtirish mumkin. Lekin ularning orasi ochiq bo’ladigan bo’lsa mumli−kanifolli yelimdan foydalanish lozim.


2.Bronza buyumlarning restavrasiyasi.
Qadimgi jez qotishmasi ko’pincha, har xil miqdordagi mis va qalay birikmasida uchraydi. Jez buyumlarida qalayning miqdori taxminan 2-20 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari qadimgi jez buyumlarining tarkibida rux, qo’rg’oshin, oltin va kumush ham uchraydi.
Uzoq vaqt mobaynida yer ostida bo’lgan jez buyumlar qazib olinganda har doim har-xil tarkibli zanglar bilan qoplangan bo’ladi. Ayrim hollarda yer ostida yaxshi sharoit, namgarchilikda, quruq xavoda shakllanadi. Bu qatlamda topilmalar uzoq vaqt mobaynida yaxshi saqlangan yaltiroq, silliq, tekis qatlam - patina bilan qoplanadi. Bu qatlam jezning asl ko’rinishining buzilishiga yo’l qo’ymaydi.
Patina bir necha xil ranglarda bo’lib, unda ko’p hollarda yashil rang ustun keladi – och yashil rangdan to’q yashil ranggacha. Ba’zan patinaning to’q jigar va ko’k ranglari ham uchraydi. Patina bilan qoplangan buyumlar yaxshi saqlanib qoladi va tozalashni talab qilmaydi, ammo ko’pincha bronza (jez) buyumlari har xil yo’g’onlik va tarkibi okislar qoplangan holda uchraydi. Bunday buyumlarning shakli va ko’rinishi o’zgaradi. Bu buyumlar asosan mis va xlor birikmasi bilan qoplangan bo’ladi. Ular och yashil rangda bo’lib, buyumlarning har xil joylarida dog’ holida uchraydi. Ayrim buyumlarni bu okislar butunlay qoplab oladi. Bunday okislar yumshoq va mayda zarrachali chang massasi ko’rinishida bo’ladi. Ayrim hollarda bu buyumlarni butkul qoplab olib, ularni butunlay yemirib tashlaydi. Bu kabi buyumlar tezda tozalanishi lozimdir. Mis brikmasi uglekislardan bo’lgan qoplamalarning xatari kamroq. Ular asosan to’q yashil rangda bo’ladi. Bunday qoplangan jez buyumlar yuqori haroratda va past namlikda bo’lsa ko’p muddat o’z shaklini va ko’rinishini yo’qotmaydi.
Restavrasiya qilinadigan jez buyumlar diqqat bilan tekshirib chiqilishi lozim. Bunda birinchi navbatda buyumning saqlanish darajasi belgilanib, uning qanday okislar bilan qoplanganligi va boshqa holatlarni aniqlash kerak bo’ladi. Faqat shundan so’ng uning qanday yo’l bilan tozalash usulini tanlash mumkin.
Restavrasiyaning uch turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar: 1. Mexanik, 2. Kimyoviy, 3. Elektrokimyoviy.
Mexanik usul bilan jezni tozalash Sankt Peterburg Davlat Ermitajida keng qo’llaniladi. Qachonki, bu uslubdan buyumlar usti patina va ayrim joylarida okis dog’lari bilan qoplangan bo’lsagina foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular ehtiyotkorlik bilan skalpel yordamida olib tashlanadi. Agar ularni skalpel yordamida olib tashlash muammo tug’dirsa, u holda tibbiy iskana (dolot) bilan yengil urib tozalanadi (ammo idishlarda emas). Bu ish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Ayrim hollarda patina bilan qoplangan buyumlarning usti okis bilan ham qoplangan bo’ladi. Bunday buyumlar mexanik yo’l bilan juda osonlik bilan tozalanadi. Patina qatlamiga zarar yetkazmagan holda okislar skalpel yordamida olib tashlanadi. Ba’zi hollarda ustki okisni olib tashlangandan so’ng buyumlarda chuqur joylashgan dog’ o’choqlar uchrab turadi. Bu joylarni o’ta ehtiyotkorlik bilan tozalash lozim, chunki, vaqt o’tib bu o’choqlar o’rnida yana okislar paydo bo’lishi mumkin. Mexanik tozalovdan keyin buyum suv bilan tozalab yuviladi va 2-3 kunga Rozenbergning namlantiruvchi kamerasiga joylashtiriladi. Agar buyum okislardan yaxshi tozalangan bo’lsa, u holda 1-2 kun ichida buyumning ustida suyuqlik tomchilari paydo bo’ladi. Ular oldin rangsiz, so’ngra bir qancha vaqt o’tgach yashil rangga aylanadi. Bu tomchilar qurigach ular och yashil rangli kukunga aylanadilar. Bunday buyumlar qaytadan qattiq cho’tka bilan tozalanib va suvda yuvilib, yana 2-3 kunga kameraga joylashtiriladi. Agar buyumning ustida hyech qanday alomatlar uchramasa, demak buyum tozalangan hisoblanadi. Ayrim hollarda topilmalar emalsimon patina bilan qoplangan bo’lib, buyumlarda chuqur o’choqlik korroziya uchraydi. Bunday buyumlar mexanik usulda qiyin tozalanadi. Shu hollarda mahalliy tozalash qo’l keladi. Bunday buyumning okisli yerlaridan tashqari barcha joyi mum yoki parafin bilan qoplanadi. Okislar esa kimyoviy yo’l bilan tozalanadi.
Agar bu usul qiyinchilik tug’dirsa, unda buyumni qoplagan sirlik patinadan voz kechishga to’g’ri keladi.
Tozalangan buyumlarni 30-40 daqiqa spirtda saqlash, keyin uni quritish uchun shkafga qo’yish va himoya qiluvchi unsur qoplash lozim.
Jez buyumlarni mis okislaridan kimyoviy yo’l bilan tozalash uchun, tozalovchi kislota va sheloch(ishqorli) ishlatiladi. Jez buyumlarini restavrasiya qilishda har xil mineral kislotalardan foydalaniladi. Masalan, oltingugurt va organik kislotalardan chumoli, uksus, qo’ziquloq va limon shular jumlasidan.
Yaxshi natijalarga chumoli kislotasi ishlatilgan buyumlarda erishiladi. Buning uchun 15 % kislota eritmasini qo’llash tavsiya etiladi. Okislarning tezroq erishi uchun tozalash vannaga 60° – 70° qizitish lozim. Ayrim chumoli kislotasi bilan tozalangan buyumlar qizil rang hosil qiladi. Bu hol agar buyumning ustida mis zanglari bo’lsagina hosil bo’ladi. Bu esa Chumoli kislotasi, tozalangan buyumda qizil rang hosil bo’lishida katta rol o’ynaydi. Qizil rang restavrasiya qilingan buyumning ko’rinishini o’zgartirmaydi. Bunda qizil rangni yo’qotish uchun 15 20% yedkiy o’tkir natriy eritmasi va rux yordamida amalga oshiriladi. Mis okisi bilan qoplangan buyumlar chumoli kislotasi bilan ishlov berilsa, jezga xos rangni hosil qiladi. Unda 10 % li uksus kislotasi va kuchsizlantirilgan sernaya kislota eritmasi ishlatiladi. Sernaya kislotasi misni eritmaydi, balki kuchsizlantirilgan 2 % li eritma yaxshi natija beradi. 15-20 % li uglekisliy ammoniy eritmasi ham muvoffaqiyatli qo’llaniladi.
Kimyoviy reaktivlar yordamida tozalangandan so’ng buyumlar suvda yaxshilab yuviladi. Yaxshisi ularni bir necha marotaba qaynatish lozim bo’ladi. Buyumlar quritilgach shubhaliklari Rozenberg nam kamerasiga joylashtiriladi. Buning natijalari asosida so’nggi tozalash ishlari olib boriladi.
Shuni aytish lozimki, jez buyumlarni kuchsizlantirilgan kislota va tuzlar eritmasi bilan tozalash ko’p vaqtni talab qiladi. Agar jez buyumi qalin okis qatlami bilan qoplangan bo’lsa, bu jarayon yanada uzoq vaqtni talab qiladi. Bu hollarda bunday ko’rinishdagi jez buyumlarni tozalashda elektrokimyoviy uslub muvoffaqiyatli qo’llaniladi va bu usul yuqorida temirbuyumlar restavrasiyasida ko’rsatilgan. Usul yaxshi va nisbatan yaxshi saqlanib qolgan, hamda mis okisi bilan qoplangan buyumlarni tozalashda ishlatiladi. Jez buyumlarni tozalash uchun tayyorgarlik ishlari temir buyumlarnikiga o’xshaydi. Bunda elektrolit vazifasini 10 % li yedkiy natriy eritmasi bajaradi.
Tozalash jarayoni vannani qizdirishdan boshlanadi. Agar vanna qizdirilmasa bu jarayon ko’proq vaqtni talab qiladi. Vannani qizdirish jarayonini nazorat qilish muhim, ayniqsa yomon saqlanib qolingan buyumlarni tozalashda.
Buyumni har 3-4 daqiqada vannadan chiqarib uning holatini nazorat qilish kerak. Ba’zan yaxshi holda saqlanib qolgan jez buyumlari uzoq vaqt qaynatilsa och kul rangda bo’ladi. Bu rangni ketkazish uchun uni, chumoli kislotasiga solib qo’yish lozim. Jarayon tugagach buyumlar vannadan chiqarilib yuviladi. So’ngra ularning 2-3 marotaba suvlari almashtirilib qaynatilgach, oxirgi marotaba yana distillangan suvda qaynatib olinadi. Keyin buyumlarni sochiqlar bilan quritib, qolgan okislar qizil rezina bilan tozalab tashlanadi. Bundan so’ng buyum 30-45 daqiqa toza spirtda ushlab turiladi. Tashqi muhit ta’sirida qaytadan korroziyalanmasligi uchun topilmani plyonkasimon qarshi modda bilan qoplash zarur. Qadimgi jezni qoplash uchun har xil moddalar qo’llaniladi: sintetik lak, mum, parafin va h.k. Ulardan eng samaralisi parafin yoki polibutilmetakrilata eritmasidir.
Restavrasiya amaliyotida okis bilan chuqur qoplangan yoki butunlay metall strukturasini yo’qotgan jez buyumlar ham ishlatiladi. Ularda korroziya shunchalik ko’p bo’ladiki, hatto buyum o’z ko’rinishini yo’qotadi. Bunday jez buyumlarni restavrasiya qilishdan asosiy maqsad, uni ilmiy o’rganish uchun va vaqtinchalik konservasiyasini taminlab, shaklini to’g’ri aniqlash zarur. Kuchli darajali okislar bilan qoplangan buyumlarni kimyoviy yoki elektrokimyoviy usul bilan tozalash katta xavf tug’diradi. Bu holda asosan mexanik tozalash yo’lidan foydalaniladi. Buyumdagi okislar skalpel yordamida o’ta ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi. Shundan so’ng buyumning aniq shakli shakllana boshlaydi. Shundan so’ng bu buyum cho’tka yordamida tozalab tashlanadi. Bunday tozalashi oxirigacha yetkazilgan deb hisoblab bo’lmaydi, ammo ilmiy o’rganish uchun yetarli hisoblanadi. To’la tozalanmagan jez buyumlarni konservasiya qilish hali o’z yechimini topgani yo’q.
Amaliyotda bunday buyumlarni saqlash uchun ko’plab chora tadbirlar qo’llaniladi (ustini biror-bir modda bilan qoplash). Lekin, bu chora buyumning uzoq vaqt saqlanib turishiga kafolat emas.
Chunonchi, amaliyotda keng qo’llanilayotgan jez buyumlarning issiq parafinda qaynatish, okis bug’larini to’liq haydab chiqmaydi va u bir necha vaqtdan keyin korroziyaga olib keladi.
Ayrim hollarda bir necha muddat o’tgach buyum va parafin plyonkasi oralig’ida yashil rangli okis paydo bo’ladi.
Singan buyumlar sopol idishlarni tiklaydigan kleylar bilan birlashtiriladi. Agar bo’laklar to’g’ri va zich tushmasa u holda mumlangan kanifolli mastikadan foydalaniladi. Agar bronza buyumlar bir necha bo’laklarga bo’lingan bo’lsa, uni maxsus tirgak yoki oynaning ustida montaj qilish zarur.
Bu yerda bronza buyumlarning amaliyotda qo’llaniladigan tozalash usullari haqida bayon etilgan.
So’z oxirida shuni aytish lozimki, har bir buyumni tozalashda o’ta ehtiyotkor bo’lmoq lozim.
3.Tangalarni tozalash.
Bu eng ma’suliyatli ishlardan biri bo’lib, topilgan tangalar o’ta muhim ilmiy ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Bizning restavrasiya amaliyotimizda asosan antik,ilk o’rta asr va keyingi davrlar tangalari uchraydi. Restavrasiya jarayonida asosan mis tangalar ba’zan esa kumush tangalar ham uchraydi.
Antik davr tangalarining okis darajasi qanday sharoitda saqlanganligiga bog’liq. Ayrim hollarda ular umuman okislanmagan va patina bilan qoplangan yoki yupqa okis qoplami bo’lib, tanga tasvirlari ham yaxshi saqlangan holda uchraydi. Ammo, ularning barchasida okis qoplami turli qalinlik va tarkibga ega bo’ladi.
Xuddi bronza buyumlardagidek, tangalar ustidagi okislar ham misning xlor bilan birikmasidan iborat bo’lib, och-yashil ko’rinishda bo’ladi.
Tangalarni tozalashdan maqsad ularning ustidagi tasvirlarni, yozuvlarni, belgilarni aniqlashdir. Yaxshi saqlanib qolgan tagalarni organik kislotalar bilan tozalash mumkin – chumoli, sirka va minerall – sernaya kislota va hokazolar. Tozalash jarayoni bronza buyumlarini tozalashdek kechadi.
Eng yaxshisi esa kuchsizlantirilgan kislotalar: chumoli 15 %; sirka 10 %. Kislota ichida tangalar okislarning to’liq erishiga qadar solib qo’yiladi. Keyin suvda yuvib tashlanadi va xuddi bronza buyumlarini tozalash usuli qo’llaniladi.
Tozalash jarayoning tez ketishi uchun mexanik va kimyoviy usullar ham qo’llaniladi: tanga kislotaga solinib, so’ng pinset yordamida olinadi va uchi kalta dag’al junli cho’tka yordamida tozalanadi. Cho’tkachalar nozik temir simlardan bo’lsa yanada yaxshiroq bo’ladi. Tangalarni tozalash jarayonida vaqti-vaqti bilan tangani lupa yordamida tekshirib turish kerak.
Agar tangalar qalin okislar bilan qoplangan bo’lsa bu jarayon uzoq vaqtni talab etadi va har doim ham muvoffaqiyatli yakun topmaydi. Bunday tangalarni tozalashda elektrokimyoviy usul qulay hisoblanadi. Tozalash vaqtida qizdirish jarayonini nazorat qilib turish kerak. Agar tanga yaxshi holda saqlanib qolgan bo’lsa bu jarayon tez kechadi va tanga ustidagi belgilar aniqlanadi. Ayrim hollarda elektrokimyoviy ishlovdan so’ng tanga qora tusdagi rangda bo’ladi. Tasvirlar bunday tangada noaniq bo’ladi. Shuning uchun bunday tangani chumoli kislotasida ushlab turib, vannachadan olgach sochiq yoki cho’tka bilan quritib, tozalab olish lozim. Tozalov ishlaridan so’ng tangalar ustidagi yozuv va tasvirlar yaqqol ko’rinadi.
Ayrim hollarda tozalash jarayonida yaxshi saqlanib qolgan tangalarning yumshatilgan okis qatlamini olib tashlagach uning ostida nozik qatlam bilan qoplangan qattiq, yaltiroq, qizilcha okis uchraydi. Ular silliq, gohida esa g’adir-budir bo’ladi. Bunday tangani ochish uchun ustidagi yaltiroq qoplamni olib tashlashga to’g’ri keladi.
Ba’zan ular mexanik yo’li bilan oson olib tashanadi. Agar ustki qatlam olib tashlanmasa, shunda elektrokimyoviy usuldan foydalanish kerak.
Shunday usullarni qo’llagan taqdirda ham natija bermasligi mumkin, lekin qaynatilgan tanga qizil rangni yo’qotib kul rangiga aylanadi. Bu rangni ketkazish uchun esa yana chumoli kislotasidan foydalaniladi.
Bu tangalarni tozalashda yomon saqlanib qolganlari ko’proq qiyinchilik tug’diradi, ayniqsa, agar u bo’lak-bo’lak bo’lsa. Bunday tangalarni tozalash jarayonida ayrim ma’lumotlarnigina qo’lga kiritish mumkin. Bu kabi tangalarni elektrokimyoviy usulda o’ta ehtiyotkorlik bilan tozalash kerak. Bunday tangalarni tozalashda uning ko’p qismi nobud bo’ladi.
Shuni aytish lozimki to’liq tozalanmagan tangalar asta-sekin yashil mis okisi bilan qoplanadi.
Antik davr kumush tangalari ba’zan ancha qalin kulrang okis qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Ular kimyoviy uslubda yaxshi tozalanadi. Tozalashda 10 % li chumoli kislotasi eritmasida ham yaxshi natijalar olish mumkin. Tangalar bu eritmada okislar butunlay erib tugaguncha ushlab turiladi. Tangalardagi okis qatlamini yo’q qilishda bu eng oddiy tajriba hisoblanadi.
Xalifalik, Somoniylar, qoraxoniy, sasoniy qalin tangalari va boshqa shunday ko’rinishdagi tangalarni tozalashda, xuddi antik davr tangalarini tozalash uslubi qo’llaniladi.
Nozik mis tangalarni (sug’d, turk va boshqa shu kabilar) ehtiyotkorlik bilan tozalash lozim. Ularni kimyoviy va elektrokimyoviy uslublarda tozalash mumkin. Yaxshi saqlanib qolgan tangalarni tozalagandan so’ng qoniqarli natijalarga erishish mumkin.
Tangalardagi okislar ko’chirilgandan so’ng ularni ikki-uch marotaba qaynatib, har qaynatilganda suv almashtirilib turilish lozim. Oxirgi marotaba esa distillangan suvda qaynatilib, quritilgandan so’ngra esa 30-40 min spirtda ushlab turish kerak. Keyin ular tashqi muhitdan himoyalanuvchi plyonka moddalar bilan qoplanadi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling