Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish
Har xil turdagi topilmalarni qazib olish va ularga qayta ishlov berish
Download 1.39 Mb.
|
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari
Har xil turdagi topilmalarni qazib olish va ularga qayta ishlov berish.
Reja 1.Mamlakatimizda arxeologik yodgorliklarda olib boriladigan qazishmalar 2. Dala restavrasiya ishlari 3. Arxeologik materiallarni yerdan qazib olish. 4.Parchalanib (umalanib) ketuvchi buyumlarni yerdan olish Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish. Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar) Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut Yangi mavzu bayoni – 50 minut Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut sinov savollar namunasi – 10 minut Uyga vazifa berish – 3 minut Arxeologik ta’mirlash amaliyoti dala yoki laboratoriyada o’tkazilmasin, baribir arxeologik izlanishlarning bir qismi hisoblanadi. Ta’mirlashning asosiy vazifasi arxeologik topilmalarni saqlab qolish va shaklini tiklashdan iborat. Ta’mirlash qilib bo’lingan materialni konservasiyalash, uni vaqt o’tishi bilan yemirilish va buzilishdan saqlaydi. Mamlakatimizda arxeologik yodgorliklarda olib boriladigan qazishmalar soni yildan-yilga o’sib bormoqda. Bu kabi ishlar albatta zamonaviy va ilmiy talablarga javob beradigan darajada olib borilishi shart. Texnik tomonidan mahorat bilan kilingan ta’mirlash ko’pgina arxeologik topilmalarni to’liq tiklash va kelgusidagi o’rganilishi uchun saqlashga xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, hozirgi kunga kelib ham ta’mirlash darajasi ba’zi bir ekspedisiya va muzeylarda talabga javob bermaydi. Bundan tashqari ko’pchilik ekspedisiya va muzey xodimlari elementar bilim va amaliyot yangiliklariga ega emas. Laboratoriya va dala sharoitida ba’zida noan’anaviy hatto zararli ta’mirlash va fiksasiya turlari o’tkaziladi (eritmaparafin bilan qoplash yoki maydalangan suyakni gips bilan qoplash). Faqatgina Arxeologiya institutida va markaziy muzeylarda maxsus laboratoriyalarida olib borilgan restavrasiya va konservasiya ishlari ilmiy talablarga javob beradi. Yaqin o’tmishda temir, mis, misli qorishmalar va boshqa metallar shaklini chiqarish uchun yuzasidagi zang qatlamlarini tozalash bilan erishilar edi. Hozirgi kunga kelib arxeologik materiallarning restavrasiya masalasiga anchayin jiddiy talablar qo’yilmoqda. Restavrasiya amaliyotida arxeologik materiallarni tozalash va ishlov berishning fizik, ximik, biologik ilmlarga tayangan holda yangidan-yangi turlari qo’llanilmoqda. Misol uchun qadimgi tangalarni tozalash uchun vibrasion usul, temir, mis va mis qorishmalar uchun yoritgich tarmog’ida ishlovchi maxsus o’rnatilgan elektroximik uskunalardan foydalaniladi. Yupqa metall topilmalarni mustahkamlash uchun elektrolitik usul o’tkaziladi, ba’zida ulardan nusxa olinadi. Sintetik smola bilan ishlanuvchi arxeologik restavrasiya yildan-yilga o’sib bormoqda. Yupqa, nozik topilmalarni (yog’och, metall va b.) mustahkamlash sintetik smola yordamida vakuumli o’rnatmalarda amalga oshiriladi. Leksiyamizning asosiy maqsadi arxeologik ishlar olib borishda laboratoriya va dala sharoiti bo’yicha amaliy maslahatlar berish. Dala restavrasiya ishlari Arxeologik yodgorliklar qazishmalari vaqtida arxeologlarning asosiy vazifasi topilma materiallarni yig’ish va saqlash hisoblanadi. Bunda materialni yerdan to’g’ri olish, zarur hollarda buzilib ketmasligi uchun maxsus uskunalarni qo’llash kerak bo’ladi. Asosan bu qo’l tekkanda maydalanib ketuvchi (suyak, yog’och, metall, mato va bosh.) topilmalar uchun juda ham kerak. Topilmaning keyingi restavrasiyalarda yaxshi chiqishi aynan uning yerdan to’g’ri olinishi va vaqtinchalik konservasiya va fiksasiyaning to’g’ri qilinganligiga bog’liq. Shuningdek dala ishlari tarkibiga ximik, botanik, asteologik va boshqa turdagi analizlar uchun material to’plash kiradi. Bu maydalangan buzilib ketayotgan topilma qoldiqlari yoki organik va noorganik materiallar. 3.Arxeologik materiallarni yerdan qazib olish. Arxeologik qazishma ishlarida har doim qadimgi sopol idishlar bo’laklari, ba’zida esa butun holda saqlangan darajasi turli xilligini uchratamiz. Bu uning pishirish sifati, sopol loyining tarkibi, sopol yotgan yerning namligiga bog’liq. Yaxshi pishirilgan sopol yaxshi saqlanadi va uni maydalanib ketishidan qo’rqmasdan olish mumkin. Yerdan olingan sopolni fanera yoki qattiq qog’oz yuzasiga qo’yilib ochiq havoda, soyada quritiladi. Yaxshi saqlangan sopolni labaratoriya yoki muzeylarga olib bormasdan ekspedisiya dala sharoitidayoq tozalash maqsadga muvofiq. Yaxshi pishirilmagan sopol odatda yopishqoq va tez sinuvchan bo’ladi. Bunday sopolni judayam ehtiyotkorlik bilan olish talab qilinadi. Yerdan olingan bunday sopolni ustiga qog’oz yopgan holda ochiq havoda quritish kerak. Qurigach u ancha mustahkamroq bo’ladi va keyin mayin mo’yqalam yoki shyotka bilan yopishgan loylardan tozalanishi mumkin. Janubiy viloyatlarda joylashgan yodgorliklardagi kam pishirilgan sopollar odatda yer tuzlari bilan to’yingan bo’ladi. Bunday sopolni tez qurishdan saqlash lozim. Aks holda sopoldagi tuzlarning kristallashuviga olib keladi. Bu esa sopolning parchalanishiga yul qo’yadi. Bunday hollarda namlikni bug’lanib ketishdan saqlab qolish talab etiladi. O.I. Dombrovskiy bunday sopolni yerdan olib yuzasida davomiy namlikni saqlash usulini qo’llagan. Ya’ni, sopol yuzasiga kalsiy sodaning gliserin va spirt, antiseptik vazifasini bajaruvchi ozgina timol qo’shilgan 5 % lik eritmasi bilan shimdirilgan paxta bo’lagi qo’yiladi. Paxta sopol ichidagi namlikni bug’lanishini oldini oladi va sopolni qurishdan saqlaydi. Yopishtirilgan paxta qurigach mustahkam qobiq hosil qilib yerdan olinganda sopolning buzilmasligini ta’minlaydi. Qalin kulrang ishqor qoplagan sopollar ham uchraydi. Ularni dala sharoitida yuvib tozalanadi. Suyak Arxeologik qazishmalar davomida bezak sifatida ishlangan yovvoyi va uy hayvonlari, baliq va qushlar suyaklaridan yasalgan qimmatbaho buyumlar ham uchrab turadi. Suyak ham boshqa topilmalar kabi saqlanishi turli darajalarda topiladi. Yaxshi saqlangan suyak materialini qo’rqmasdan yerdan olib nam mato bilan artish yoki suvda yuvish mumkin. Yaxshi saqlanmagan suyakni yerdan juda ehtiyotkorlik bilan olish zarur. Agar suyak nam bo’lsa asosiy maqsad uni namligini saqlab qolishdir. Tez quritilgan suyak uning yorilishiga yoki umuman maydalanib ketishiga olib keladi. Namligini saqlash uchun esa suyakni nam qog’oz yoki nam mato bilan o’rash kifoya. Yuz qismini mustahkamlash uchun polibutilmetakrilatning asetondagi 3-5 % eritmasi, polivinilasetatli lak va boshqalar ishlatiladi. Mustahkamlovchi eritma mayin mo’yqalam yoki purkagich bilan surtiladi. Shuni inobatga olish kerakki mustahkamlangan suyak quruq holda bo’lganda yaxshi natija beradi. Qazishma ishlari davomida ko’pincha topilmalarni o’rnini yaxshi o’rganish talab qilinganda topilgan materiallarni dalada qoldirishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda topilmalarni topilgan holicha fiksasiya qilish kerak bo’ladi. Ekspedisiya sharoitida eng keng tarqalgan usullardan biri bu topilmalarni nam qog’oz yoki mato bilan yopish hisoblanadi. Qalin qog’oz olinib yaxshilab namlanadi va topilma yuzasiga qavat-qavat qilib qo’yiladi. Birinchi qavati topilmaga qattiq jips yopishtirilmasligi kerak. bunday qoplama qog’oz va topilma o’rtasida havo namligini saqlaydi. Qog’oz qurigach uni qayta namlab turish kerak. agar uzoq muddatga fiksasiya qilish kerak bo’lsa, unda qog’oz ustidan yog’ochli shitlar o’rnatilib tuproq bilan qoplanadi. Yaxshi saqlangan suyaklarni dala sharoitida suv bilan yuvib, soyada quritilishi lozim. Teri Dala sharoitida terini yerdan ajratib olish va uni qayta tiklash uning saqlanganlik darajasiga bog’liq. Terining yaxshi saqlanishi, boshqa organik birikmalardan tashkil topgan narsalar kabi madaniy qatlam yetarli darajada nam bo’lganda kuzatiladi. Qazishmadan olingan nam va notoza terini shu yerning o’zida, hali o’z elastikligini yo’qotmasdan turib, yumshoq щyotka bilan tuproqdan tozalash lozim. Madaniy qatlam quruq bo’lganda teri yomon saqlanadi. Bunday holatda teri o’z elastikligini yo’qotib, mo’rt bo’lib qolishi, ba’zida kukunga aylanishi mumkin. Qazishma jarayonida buyumlarning qoldig’i bo’lgan teri bo’laklari uchrab turadi. Ularni barchasini yig’ib, paxtaga o’ragan xolda biror korobkaga taxlab borish lozim. Paxtani gliseringa botirib olinsa, bu terini ancha vaqt davomida namligini saqlab o’z holatida saqlanishigaimkon beradi. Ko’pincha qabrlarni ochish davomida qora dog’lar uchrab turadi. Bu uzoq vaqt davomida chirigan terining qoldig’idir. Ba’zan yerda teridan bo’lgan buyumning izlari ham uchraydi. Bunday holatlarda qora dog’ning chetlarini aniq belgilab olinsa, chirigan teri buyumning formasini berishi mumkin. Agarda yerdan teri buyumni buzmasdan ajratib olish imkoni bo’lmasa, unda gips formalardan foydalanish lozim. Mato Yerdan olingan nam, yaxshi saqlangan matoni faner doskaga tekis joylashtirish kerak va shu holatda xonada yoki soyada quritish lozim. Agarda matoni zarar yetqazmasdan olish imkoni bo’lmasa, uni gips forma yordamida olish mumkin. Yerdan olishdan oldin uni diqqat bilan tozalash va yengil qotirish chorasini ko’rish kerak. Agarda mato nam bo’lsa, uni maxsus moddalar bilan qotirish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu xolatda qotiruvchi moddalar mato iplari ichki qismiga o’tib borolmaydi, oqibatda, bunday qobiq foyda bermaydi. Bunday yo’l bilan faqtgina quruq matolarnigina qotirish mumkin. Ko’pincha qazishmalar davomida aniqlangan matolar chirigan, o’zining mustaxkamligini va egiluvchanligini umuman yo’qotgan bo’ladi. Bu holatda ularga yengilgina teginilsa ham parchalanib ketishi mumkin. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun yerda matoni sintetik moddalar bilan to’yintirish orqali konservasiya qilib olish maqsadga muvofiqdir. Bunda polivinilasetat lakdan, BF-6 kleyini 2-3 % spirtdagi qorishmasidan yoki polibutilmetakrilatning ksiloldagi qorishmasidan foydalanish mumkin. Pulverizator yoki mayin mo’yqalam bilan qorishmani matoga va uning yonidagi yerga surib chiqiladi. Yerni qotirishdan maqsad mato turgan tuproq joyi bilan birgalikda olishdir. Sepgich bilan qorishma sepilgach mato turgan joy qog’oz bilan yopiladi. Bunda qorishma asta-sekin tortilib, yerga qalinroq yetib borib qotiradi. Birinchi sepilgan qorishma tortilgach biroz vaqtdan keyin ikkinchi marotaba qorishma sepiladi. Odatda 4-5 marotaba qorishma sepilishi yerni va matoni qotirishga yetadi (ba’zan undan ko’proq sepiladi). Qorishma qotgach, qotirilgan yer, mato bilan birgalikda kesib olinadi va yaxshilab o’raladi. Qazishmalar jarayonida matoning izi tushgan tuproq ham uchrab turadi. Bunda ham yer qismini yuqoridagi tartib asosida qotirilib, kesib olinishi kerak. Sopollardagi mato izlarini dala sharoitidayoq sintetik qorishma yordamida qotirish lozim. Metall buyumlar Metaldan yasalgan, yaxshi saqlangan buyumlar-xox u temir, mis, kumush yoki boshqa metalldan yasalgan bo’lsin, yerdan oddiy tartib asosida olinadi. Kuchli korroziyaga uchragan, parchalanayotgan metall buyumlarni gips qoliplar yordamida olish kerak. Ba’zan qazishma jarayonida kuchli korroziyaga uchrash natijasida, parchalanib ketuvchi, restavrasiya qilish imkoni bo’lmaydigan bronza buyumlar uchraydi. Bunday holatda qazishmada vaqtinchalik fiksasiya jarayonini o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lib, bu vaqtda buyum rasmga olinishi va chizilishi lozim. Mazkur holatda buyumlar sintetik qorishma yordamida qotiriladi. Yog’och Yog’och ham boshqa organik buyumlar kabi madaniy qatlam yetarli darajada nam bo’lganda yaxshi saqlanadi. Yog’ochlar quruq madaniy qatlamda nisbatan yomon saqlanadi. Bunday holatda yog’och yarim chirigan holatda, ba’zida faqatgina kukuni qoladi. Yarim chirigan yog’och temir bilan nayza paykonlarning yog’ochi, qilichning dastasi ko’rinishida va shuningdek teri bilan uchraydi. Nayzalarning yoki paykon yog’ochi topilganda, yog’ochni nayza va paykon uchlariga qanday maxkamlanganligini aniqlash lozim. Shuningdek qanaqa daraxtdan olinganligini aniqlash maqsadida yog’och chirindisi namunalarini olish kerak. Ba’zan qazishmalar jarayonida o’ta chirib ketish natijasida tiklash imkoni bo’lmaydigan yog’och buyumlar uchrab turadi. Biroq, ba’zi texnik usullarni qo’llash orqali ularni tuzilishini, formasini va o’lchamlarini tiklash mumkin. Shunga e’tibor berish kerakki, tuproq ma’lum miqdorda zich bo’lganda, chirigan buyumning izi qoladi. Bu holatda chirib bitgan buyumning qoldiqlaridan namuna olish zarurdir. So’ngra mayin mo’yqalam bilan buyum izini tozalash kerak (yog’och qazishma ichiga chuqurroq kirib turganda, tozalash qiyin kechadi). Tozalangan yog’och o’rni gips bilan to’ldiriladi. To’ldirish suyuq gips bilan qilinishi lozim. Gips qotgach, u yerdan olinib, tashqi tomoni tozalanadi va chirib bitgan yog’och buyumning aniq formasini beradi. Madaniy ekin donlari Bu guruh topilmalar o’z ichiga madaniy ekinlar donlari va urug’larini, dukkakli va piyozli o’simliklarni, o’simlik mevasi po’choqlari, va danaklarini rizovor va sabzavot o’simliklarini, bug’doy boshoqlarini va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu topilmalar dehqonchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik tarixini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Bug’doy va shunga o’xshash o’simliklar donlari, g’alladonlari topilganda, ularni “donlarini” alohida olish mumkin emas. Balkim ularni atrofidagi yer bilan birgalikda ehtiyotlik bilan olish maqsadga muvofiq. Bu donlarga yo’ldosh keluvchi yovvoyi o’simliklar urug’larini saqlab qolish maqsadida qilinadi. Donlar ko’p miqdorda bo’lganda, odatda bunday topilmalar yonib ketgan don saqlaydigan omborlarda uchraydi. Ularni tekshirish maqsadida faqatgina bir qismini, o’lchamiga qarab 5-6 litr miqdorida, olish lozim. So’ngra ombordagi donning butun maydoni o’lchanadi va qatlamning qalinligi aniqlanib, olingan ma’lumotlar chizmalarda fiksasiya qilinib, kundalikka tushiriladi. Ana shundan so’ng doning taxminiy miqdori aniqlanadi. Don saqlanadigan o’ralardagi doning barchasi olinishi kerak. O’raning tagi va devorlari diqqat bilan tozalanadi. Donni tuprog’i bilan qo’shib olish zarur. Nam donlar qattiq qog’ozda yoki faner taxta va shunga o’xshash narsa ustida, ochiq havoda quritiladi. Gilos, olcha, shaftoli, o’rik va shunga o’xshash- mevali va dukakli o’simliklar-danak va urug’lari to’liq olinib tuproqdan tozalanishi lozim. Shunga o’xshash o’simliklar guruhiga kiruvchi boshqa topilmalar, o’simliklar boshoqlari yerdan olingach yaxshilab quritilishi lozim. Devoriy suratlar O’rta Osiyo va yana bir qator boshqa hududlar, davlatlar qazishmalari jarayonida-saroylar, qadimiy ibodatxonalar va turar-joy binolar devorlarida turli xil ranglarda ishlanlangan devoriy rasmlar uchraydi. Ular devorga loy suvoq ustidan ishlangan yelimli devoriy tasviriy suratlardir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki suvoq ko’pincha ikki qatlamdan iborat bo’lgan qilingan. Birinchi qatlam odatda taxminan 2-2,5 sm qalinlikda qilinib, g’isht devorning notekisliklarini tekislash maqsadida qilingan. Mustaxkamlikni kuchaytirish maqsadida suvoqqa maydalangan somonlari aralashtirilgan. Tekislangan devorga ikkinchi yupqa loy qatlam surilib yanada tekis yuza hosil qilinguncha suvalgan. Tasviriy rasmlar loy suvoq ustidan yoki loy suvoq ustiga surilgan ganchdan qilingan oq qatlam ustiga ishlangan. Ranglarni devorda yaxshi ushlanishi uchun ranglar qorishmasiga o’simlikdan olingan yelimlar qo’llanilib foydalanilgan. Devoriy suratlar odatda biroz buzilgan yoki ba’zida umuman buzilgan holatlarda topiladi. Ko’p asrlar davomida asosiy buzuvchi element namlik hisoblanadi. Yomg’ir suvlari xonaga tushib, devordagi loyni eritadi hamda yelim qatlamni eritib, ranglarni yuvib yuborgan. Yer osti suvlari ham suvoqqa va bo’yoq qatlamga salbiy ta’sir etgan. Shunga qaramasdan qazishmalar jarayonida devor qismlarida yoki qulagan devor qismlari (zaval) ichida yaxshi saqlangan tasviriy suratlar uchraydi. Yaxshi saqlangan devoriy suratlar qismlari, shuningdek uning tagidagi suvoq qatlamlarini yelimli moddalar bilan qotirish kerak. Ammo barcha yelim moddalar ham bu ishda yaroqli hisoblanmaydi. Suvda eritiluvchi yelimlar bunda umuman yaramaydi. Xorazm, Panjikent ekspedisiyalari tajribasi, polivinilasetatli lak (polivinilasetat smolasi aralashmasi) yaxshi natija berishini ko’rsatdi. Bu lak rangsiz, yaltiroq bo’lib, bo’yoq ranglarini o’zgartirmaydi. U devor qalinligiga yetarli darajada chuqur kirib borib, bo’yoq qatlamni va u joylashgan devor yuzasini ham qotiradi. Qadimgi Panjikent tasviriy san’at namunalarini qayta tiklash bo’yicha ko’p ishlagan P.I. Kostrov sintetik smola-polibutilmetakrilatdan foydalanishni tavsiya etadi. U ham rangsiz, yaltiroq, namlikka bardoshlidir. Qotirilgan moddani yana osongina eritish mumkin. Dala sharoitida eng samarali erituvchi ksilol hisoblanadi. Bo’yoq qatlamni qotirishdan avval uning yuza qismini tuproqdan tozalash lozim. Ammo dala sharoitida tuprq qatlamini suratlarga zarar yetkazmasdan olish juda qiyin. Shu boisdan sal kam hamma vaqt uning bir qismi qolib ketadi. So’ngra bo’yoq qatlam ustiga sepgich (pulverizator) yoki mayin mo’yqalam bilan 2-3 % smola aralashmasi suriladi. Aralashma bir necha bor ma’lum bir vaqt oralig’ida sepiladi. Ana shunda aralashma bo’yoq qatlam va u turgan loy qatlamga chuqurroq kirib borib, qatlamlarni qotiradi. Keyingi ishlar devordan qotirilgan surat qismini olishdan iborat. Bo’yoqli qatlamni tashqi urinish ta’sirlardan himoya qilish uchun unga doka qatlami yopishtiriladi. Yuqoridagi yelimning namlikka bardoshliligi bois dokani turli xildagi yelim bilan yopishtirish mumkin. So’ngra devordagi belgilangan joyni devoriy suratga zarar yetmaydigan joylarni tanlab olishga imkon beradigan darajada belgilab olish lozim. Belgilangan hududning chetlari skalpel yordamida tor yo’lakcha qilib g’ishtgacha kesib olinadi. Shu bilan birgalikda belgilangan hudud o’lchamidagi faner-yog’och qolip yasab olinadi. Bu qolip suvoq qatlamini devordan olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Devordan rasmdan olishda, suvoqni butun qalinligini qamrab ajratishga alohida ahamiyat berish lozim. Bu operasiyani xirurglar pilkasi bilan amalga oshirish osonroq. Rasmli suvoqni devordan ajratilayotganda yog’och qolip unga qotirilib to’g’rilinadi. Bu qolip suratga tayanch bo’lib xizmat qiladi. P.I. Kostrov taklif etgan eng samarali usulda ham, yuqoridagi kabi surat bo’lagi belgilanib olinadi. Ma’lum chuqurlikda kesib olingan suratli suvoq orqasiga suv yurgiziladi. Suv ta’siri ostida yumshagan suvoq devordan uzun skalpel yoki shunga o’xshash instrumetlar orqali ajratiladi. Devoriy suratning barcha tomonlari xuddi shu tarzda bir xilda kesib olinadi. Kesib olingan joy yonlari 2 foizlik polibutilmetakrilat bilan qotirilib olinadi. Davlat Ermitaj muzeyi tajribasidan kelib chiqib P.I. Kostrov suratning orqa tomonini, 1:1 xajmdagi voskovo-kanifolnyuy mastigi bilan qotirishni taklif etadi. Qotirishni bir necha qavat doka bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq. Natijada namlik va xaroratning har qanday o’zgarishlariga dosh bera oladigan, mustaxkam qotirilgan suvoq qatlami hosil bo’ladi. Devoriy rasmlarni doimiy ishlash-laboratoriyalarga ko’chirish davomida suvoqni orqasi ham fanera bilan yopilib, ip bilan maxkamlab bog’lanishi kerak. So’ngra ularni biror qutiga o’rama qog’oz, yog’och qipig’i bilan o’rab, vertikal tarzda joylansa, quti ichidagi devoriy surat qoplamalari monolitlar aralashib ketmaydi. Ko’chirish davomida, monolitlar (devoriy suratlar solingan yog’och korobka) solingan qutilar qopqog’i tepaga qaratilgan holda qo’yiladi. Devoriy haykallar. Devoriy haykallar qadimgi ibodatxonalar, saroylar, turar joylarda uchraydi. Ularni ham devoriy suratlarni olishda qo’llanilgan usul yordamida olish kerak. Buning uchun birinchi navbatda ta’mirlanadigan obyektni qismlarga belgilanib olinadi. So’ngra imkoniyatga qarab (dala sharoitidan kelib chiqib) barelyefni ustki qismiga yopishkan tuproq keraksiz qatlamlardan tozalanadi. Bu jarayonda barelyefning ko’chgan, yoki namlik va boshqa tashqi ta’sirlar ostida yemirilgan qismi bo’lsa, ularni shu vaqtning o’zida yelim bilan qotirib ketish kerak. Yelimlashda 2-3 % polibutilmetakrilatning asetonda yoki ksiloldagi eritmasidan foydalanish mumkin. Devoriy xaykalni ham devoriy surat kabi qotirish lozim. Qotirishda foydalaniladigan aralashmani sepgich (pulverizator) yoki mayin mo’yqalam (fleys щyotkalar) bilan bir necha bor suriladi. Qayta sepilayotganda oldingi sepilgan aralashma haykalning ichkarisiga singib ketishiga ahamiyat berish lozim. So’ngra belgilangan joy chegaralari skalpel yordamida devor g’ishtigacha kesib olinadi. Kesib olingan joy chetlariga gips aralashmasiga botirilgan doka bint yopishtirilib chiqiladi. Gips qotgach barelyef atrofini mustaxkamlaydi. Shundan keyin barelyef yuzasiga gips qatlam surilish kerak. Gips qobiq yaxshi olinishi uchun uning yuzasiga ingichka folga va bir necha qavat nam qog’oz bilan qoplanadi. Bu gips qatlam yaxshi olinishi uchun qilinadi. Qoplangan barelyef dastlab suyuq gips bilan yupqa qilib yopiladi. Xali nam xolatda bo’lgan gips ustga temir sim yoki yog’och tayoqchalardan karkas qilinadi. Agar yog’och tayoqchalar quruq holda bo’lsa biroz vaqt davomida suvga solib namlanib qo’yiladi. Ana shundan so’ng yangi gips qatlam bilan yopiladi. Gips qotgach uning usti tozalanadi. Barelyefni devordan olish jarayoni ham xuddi devoriy suratlarni olish kabi amalga oshiriladi. Bunda ort tomondagi loy suvoqni ortiqcha qismi kesib ajratiladi. Ammo bunda barelyef atrofiga qilingan gips qobiq ko’chib ketmasligiga e’tibor berish lozim. Ortidagi loy qatlam qalinligi haykalning hajmiga bog’liq. Kesilgan joy yuzasi yaxshilab qotiriladi. Loy qatlamni mustaxkamlash uchun ort tomonini voskovo-kanifolli mastik bilan qotiriladi. Uning ortidan gips bilan yopish mumkin. Lekin bunda gips namligi haykalga zarar yetkazmasligi uchun uning ostidan maxsus qobiq qilinishi lozim. Gips bilan qoplanayotganda temir simdan yoki yog’och tayoqchalardan karkas qilinadi. Gips qatlam qalinligi barelyef o’lchamlaridan kelib chiqadi. Gips yuzasi hali qotmasdan turib, tekis xolga kelguncha ishlov beriladi. Jarayon yakunida transport orqali laboratoriya yoki muzeylarga ko’chirish imkonini beruvchi qobiqqa o’ralgan barelyef hosil bo’ladi. Barelyeflarni shu usul bilan olish Xorazm, Panjikent, Dalvarzin ekspedisiyalari tomonidan keng qo’llanib o’zini to’la oqlagan. Boshqa joyga trasport yordamida ko’chirishda gips qolipdagi barelyeflar ip bilan bog’lanib qutiga solinadi. Barelflar quti ichida xarakatlanmasligi uchun, qutining bo’sh joyi qog’oz, somon, yog’och qipig’i yoki eski mato materiallari bilan to’ldiriladi. 4.Parchalanib (umalanib) ketuvchi buyumlarni yerdan olish Yomon saqlangan arxeologik topilmalar (suyakdan yasalgan buyumlar, bosh suyaklari, sopol buyumlar, korroziyaga uchragan temir va metallar, yog’och va shunga o’xshash buyumlar) yerdan oddiy usul bilan olinishi vaqtida to’liq parchalanib ketishi mumkin. Shu boisdan ularni maxsus gips formalar (qoliplar) yordamida olish lozim. Mazkur usulning mazmun-mohiyati quyidagicha: qazishmada topilgan yuqoridagi kabi buyumlar dastlab ehtiyotkorlik bilan tozalanadi. Bunda tozalanish uning bor chuqurligini yetib bormasdan faqatgina yuqori qatlamini qamrab olishi kerak. Shuningdek buyumni tuproqdan yoki boshqa qatlamlardan o’ta tozalashga dala sharoitida ko’pincha imkon bo’lmaydi, bunga ekspedisiya ishlash vaqti ham chegaralanganligi sabab bo’ladi kerak. Shuning uchun, yakuniy tozalash laboratoriya sharoitida amalga oshirilishi lozim. Dastlab topilma atrofi, topilmani yarim chuqurlik yuzasidan tekis tozalanib maydon hosil qilinadi. Bunda maydon bir tekis bo’lishiga ahamiyat berish kerak.Chunki gips quyilganda bir tekis qolip hosil bo’lishi keraak. Bu maydonning kengligi topilmaning o’lchamlaridan kelib chiqib 2-8 sm atrofida bo’ladi. Tozalangach buyum uncha katta bo’lmagan nam qog’oz parchalari bilan yaxshilab yopiladi. Topilma atrofidagi maydon ham qog’oz bilan yopiladi. Qimmatbaho buyumlar va asosan suyakdan yasalgan buyumlarga nam gips tegmasligini chorasi (ingichka folga bilan qoplanish) ko’rilishi kerak. Shundan so’ng juda ham suyuq bo’lmagan gips sekin topilma ustiga yupqa qatlam-qatlam qilib bir necha bor suriladi. Shu tarzda butun maydonchaga ham gips bir-tekisda suriladi. 25 sm dan katta bo’lgan topilmalar olinayotganda ularni albatta mustahkamlab ketish kerak. Buning uchun bir necha temir sim, yog’och tayoqchalardan foydalansa bo’ladi. Bunday karkas gips qolipni mustahkam saqlaydi. Gips ma’lum miqdorda qotganda, uning yuza qismi skalpel yordamida tekislanadi. Qolipning ikkinchi qismini tayyorlash uchun birinchi qismni yerdan ko’tarib olish lozim. Bu eng ma’suliyatli jarayon bo’lib, uni olishda juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim. Dastlab belkurak bilan topilma turgan tuproq qo’shib ko’tarib olinadi va uni qo’l bilan ushlab sekin ag’dariladi. Bunda topilma turgan tuproqning holatini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Agarda yer tarkibi qumli, unchalik mustahkam bo’lmasa topilma tagidagi yerni asta qotirib yuqoridagi kabi olish kerak. Topilma uzun bo’lsa uning ikki yoni kengroq qilinib olinadi. Bu belgilab olingan topilma ostidagi yer tagidan doka bint o’tkazilib, topilmaga gips yordamida yopishtiriladi. So’ngra buyum ortiga taxta doska qo’yilib belkurak bilan sekin ag’dariladi. Doskaga ag’darilgan tayyor qolip yonlari skalpel yordamida tekislanadi. To’g’ri ag’darilgan qolipda joylashgan topilma ikki tomondan bir xil masofada joylashishiga alohida e’tibor berish lozim. So’ngra topilma qolipda bir tekis turishini nazorat qilish kerak. Agarda u qolipdan pastroqda bo’lsa, qolip chetlariga gips suriladi. Qolip yonlari balandroqda bo’lsa skalpel yordamida tekislanib olinadi. Shu tarzda topilma to’g’ri joylashtirilgandan so’nggina ikkinchi qismini yasashga kirishish mumkin. Qolipning tozalangan yoni kichikkina qilib kesib olinadi. Bu yerga gips quyilganda ortiqchasi sizib chiqib, ikkala tomon jips yopishib ikki tomonni qo’shilib ketishini oldini oladi. Birinchi, tashqari qismi kabi topilma yuzasiga 2-3 qatlam nam qog’oz yopiladi. Qolip chetlariga bir qavat qog’oz yopilsa ham bo’ladi. Bu qatlam ikkala tomonni birlashib ketishini oldini oladi. So’ngra qog’oz ustidan gips quyiladi. Bunda qolip ustiga ham bir-tekis tushishiga e’tibor qaratish kerak. Gips qotgach ortiqchasi skalpel yordamida tekislab kesiladi. Ikkala tomonni ajaratishda utkir skalpel uchi bilan birlashgan joyi kesib olinib, u yerga sekin skalpel uchi kirgiziladi hamda ikkala qolip bir-biridan ajratiladi. Ular bir-biridan topilmaga zarar yetmasdan osongina olinishi lozim. Topilmani keyingi tozalash ishlari laboratoriya sharoitida davom ettiriladi. Mazkur usul yerdan turli buyumlarni- inson bosh chanog’i va suyaklari, suyakdan yasalgan buyumlar, yemirilgan sopol byumlar, metal,teri va shunga o’xshash buyumlarni olishda foydalidir. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling