Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Qadimiy topilmalarni tarkibi va texnologiyasi


Download 1.39 Mb.
bet7/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Qadimiy topilmalarni tarkibi va texnologiyasi.
Reja
1.Dala laboratoriyasi
2.Geofizik usullar.
3.Seysmologik tekshirish.
Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
1.Dala sharoitida olib boriladigan tamirlash ishlari, avvalambor ekspedisiyaning maqsadi va yo’nalishiga qarab amalga oshiririladi. Kichik ekspedisiyalarda barcha restavrasion amaliyotlar dastlabki tamirlash ko’nikmasiga ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keng qamrovli vazifalar qo’yilgan va turli tuman arxeologik materiallarga boy yirik ekspedisiyalarda esa tamirlash ishlari uchun alohida dala laboratoriyasi tashkil etiladi.Ushbu laboratoriyaning asosiy maqsadi arxeologik materiallarni fiksasiya qilish bo’lib, ayrim xollarda materiallar vaqtinchalik yoki to’liq konservasiya ham qilinadi. Dala laboratoriyasida metalni tozalash va boshqa tamirlash ishlari amalga oshiriladi. Laboratoriya barcha arxeologik materiallar to’planadigan joy bo’lib, barcha arxeologik materiallar ekspedisiya rahbarining ko’rsatmasiga ko’ra sistematizasiya qilinadi.
Qaziladigan yodgorlikning xarakteri va uning joylashgan o’rnidan kelib chiqqan xolda malum darajada arxeologik materiallarni soni hamda qazishmaning xajmi borasidagi malumotga ega bo’lish mumkin. Shundan kelib chiqqan xolda ekspedisiyaga kerakli asboblar, reaktiv materiallar olinishi mumkin. Kerakli asbob, material va reaktivlarning atrofiga soni va miqdori quyida keltirilgan.
Gips. Xar bir ekspedisiyada yerdan parchalanib yoki titilib ketishi extimoli bor bo’lgan arxeologik ashyolar chiqishi mumkinligi tufayli kamida 50 kg bo’lgan gips kerak. Gips ichki qismi qog’oz bilan qoplangan qutilarda yoki qog’oz xaltalarda olinadi.
Chumoli(muravinaya) kislotasi. Ushbu kislota orqali bronza, kumush, tanga kabi buyumlar tozalanadi.
Solyannaya kislota. Sopol buyumlarni oxaksimon qatlamlardan tozalash uchun ishlatiladi.
Yedkiy natr. Bronza, kumush va yaxshi saqlangan temir buyumlarni tozalashda ishlatiladi. Ekspedisiya uchun kristalli yedkiy natrni olish ancha maqbul hisoblanadi. Uni zich yopilgan idishda olish zarur.
Rektifikat spirti. BF-4, BF-6 kleylarini shuningdek polivinilbutirol, poilibutilmetakritlat kabi qotiruvchilarni eritishda ishlatiladi.
Toluol. Ksiliol.Benzol. Sintetik smolalarni eritishda ishlatiladi. Yong’inga xavfli.
Formalin. Nam yog’och, suyak, mato va x.k. larni qayta ishlashda antiseptik vosita hisoblanadi.
Skipidar. Mumi mastikani tayyorlashda ishlatiladi.
Gliserin. Terini yumshatishda ishlatiladigan aralashmalarga qo’shiladi. Shuningdek daraxt po’stloqlarini(tkani dereva) fiksasiyasida ham qo’llaniladi.
Polivinilbutiral. Spirt-benzol suyuqligida (1:1) yaxshi eriydigan oq kukun ko’rinishidagi modda. Ushbu aralashma mo’rt va titilib ketishi ehtimoli bo’lgan topilmalarga nisbatan qotiruvchi ashyo sifatida qo’llaniladi.
BF-4, BF-6 yelimi. Sopol, yog’och, suyak kabi arxeologik materiallarni yelimlashda ishlatiladi. BF-4 shuningdek temir, yog’och, suyak kabi materiallarni qotirishda ham ishlatiladi.
Polivinilasetatli lak. Arxeologik topilmalarni qotirishda ishlatiladi.
Polibutilmetakrilat. 2 foizli polibutilmetakrilat devoriy suratlarni, 3 foizli polibutilmetakrilat turli xil buyumlarni qotirishda ishlatiladi.
Timol. Antiseptik vosita. Spirtda eriydi.
Kanifol. Mumli kanifol mastika tarkibidagi asosiy moddalardan biri. Ekspedisiyaga tayyor xolatda olingani yaxshi.
Donali rux(granulirovannыy sink). Bronza va temir buyumlarni tozalashda ishlatiladi.
Tabiiy mum. Mumli kanifol mastika tarkibidagi asosiy moddalardan biri.
Parafin. 125 gradusgacha qizdirib eritilgan parafin temir buyumlar yuzasini korroziyadan saqlashda ishlatiladi.
Tarozilar. Dala sharoitida kimyoviy reaktiv va moddalrni o’lchash muhim hisoblanadi.
Emalli tog’oralar(turli xil kattalikda). Turli xil vazifalarni bajarish uchun kerak. Bundan tashqari tog’oralar arxeologik materiallarni yuvishda ham ishlatiladi.
Shpagat. Topilgan materialni qutilash va bog’lash uchun ishlatiladi.
Yupqa folga.Yerdan olingan materiallarni izolyasiyalovchi material sifatida qo’llaniladi.
Paxta, marlya. Turli xil maqsadlarda qo’llaniladi.
Ingichka misli sim.
Shyotkalar. Topilmalarni yuvish va tozalash uchun ishlatiladi.
Pinset, skalpel va xokazo. Restavrasion ishlardagi muhim anjomlar.
Molotok, qisqich, mix, arra. Topilmalarni asrash-qutilash va boshqa maqsadlarda qo’llaniladi.
Pulverizator. Qotiruvchi suyuqlikni sepishda qo’llaniladi.
Qog’oz paketlar.Mayda individual buyumlar uchun.
Kerosinka yoki elektoroplita. Bronza, temir va boshqa metal buyumlarni tozalashda hamda suvni qizitish bilan bog’liq jarayonlarda ishlatiladi.
O’rama qog’oz. Sopol va boshqa arxeolgik bumlarni o’rashda ishlatiladi.
2.Geofizik usullar.
Arxeologik tadqiqotlarda geofizik usullarni qo’llash yodgorlikda qazishmalar olib bormasdan turiboq uning turini aniqlashga yordam beradi. Bu arxeologik qidirishlarga ketadigan vaqt va mablag’ni tejashga yordam beradi. Arxeologiklar o’z tadqiqotlarida 3 ta geofizik usulda: elektrorazvedka, magnitorazvedka va seysmorazvedka usulidan foydalanadi.
Elektrik usuli arxeologik yodgorlikning elektr xususiyatlarni o’rganishga asoslangan. Ko’pgina arxeologik yodgorliklarning elektr qarshiligi tashqi muhitning elektr qarshiligilan farq qiladi. Masalan, ba’zi yodgorliklar turli hildagi toshdardan (tog’li joylarda), qurilgan bo’lib, ularning elektr qarshiligi paxsa yoki xom g’ishtdan qurilgan makonlarda qaraganda kuchliroqdir. Ko’pgina yodgorliklarning poydevori, qa’lalar va boshqa mudofa inshoatlari, minoralar, shuningdek hovuzlarnig tagi va yo’laklarni barpo etishda toshdan foydalanilgan. Bu narsani yodgorlikni qazib ochmasdan turib geofizik usul bilan o’rganish mumkin. Pishiq g’ishtdan qurulgan binolarning qarshiligi ham paxsa devorning elektr qarshiligidan kuliroq. Buni ham maxsus elektr asboblar yordamida aniqlash mumkin. Metall buyumlar, kul qoldiqlarining elektr qarshiligi eng past bo’lib, ular ancha chuqur joyda bo’lsa ham, asboblar yordamida aniqlash mumkin. Sopol idishlar, tosh qurollar va boshqa topilmalar mavjud madaniy qatlamning elektr qarshiligi ham atrof-muhit qarshiligidan keskin farq qiladi.
Arxeologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan elektr usullar ikki xildir. Birinchisi uzluksiz elektr toki yordamida tekshirish usuli bo’lib, u atrof-muhitning uzluksiz tok o’tayotgandagi qarshiligina aniqlashga asoslangan. Ikkinchisi o’zgaruvchi tok o’tayotgan muhitning qarshiligini va elektr-magnit maydonlaridagi o’zgaruvchi tokni o’rganishga asoslangan. Bu usullar bilan ish olib borilayotganda apparatlar (quvvatni o’lchovchi yoki aftomat kompensatorlar) dan foydalaniladi.
Magnit maydonini tekshirish yodgorlikda yerning magnit maydoni kuchlanishini o’rganishga asoslanib ham arxeologik tadqiqot olib boriladi. Arxeologik makonlarning magnit xususiyatlarini o’rganishda magnitometr ya’ni magnit kuchlanishini aniqlovchi asbobdan foydalaniladi. Uning yordamida kulolchilik tandirlari, yo’llar, ariqlar, turli temir buyumlarni qildirish mumkin. Bu usuldan tog’dagi foydali qazilmalar, konlarning qoldiqlarini topishda foydalanish mumkin. Bu narsalar hatto qalin tuproq ostida qolib, yaqin atrofda makonlar bo’lmaganda ham magnit tekshirish usuli katta samara berishi isbotlangan.
3.Seysmologik tekshirish.
Bu usul elektr qarshiligini va magnit maydonini tekshirish usullariga qaraganda ham qo’llaniladi. Bu usul yodgorlikdagi bo’sh yoki yaxshi zichlanmagan joylarni aniqlashga asoslangan bo’lib, uning yordamida qabr-qo’rg’onlarni, maqbaralarni, devorlardagi tuynuklarni, tuproq ostida qolib ketgan lekin tomi yaxshi saqlanganliga uchun bo’shligicha qolgan xonalarni va shularga o’xshash xususiyatlarga ega bo’lgan makonlarni qidirib topish mumkin. Bular maxsus seysmologik stansiyalar yordamida aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, O’rta Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni o’rganishda geofizik usullar juda samaralidir. Bu tadqiqotlarni mutaxassis geofiziklar va arxeologlar hamkorlikda olib boradilar.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling