Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Arxeologik topilmalarga ishlov berish fanining maqsad va vazifasi


Download 1.39 Mb.
bet8/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Arxeologik topilmalarga ishlov berish fanining maqsad va vazifasi
Режа
1.Arxeologik tadqiqotlarning zamonaviy usullari.
2.Yodgorliklarni samodan turib qidirish va suratga olish.
3.Yerdan olinadigan suratlar.


Arxeologik dala tadqiqotlari amaliyotida yodgorlikni ilmiy jixatdan to’liq o’rganish, undagi barcha tarixiy ma’lumotlarni ola bilish katta ahamiyatiga egadir. Bu masalalar arxeologik yodgorlikni qidirib topish va unda qazishmalar olib borishda mukammal va iqtisodiy jixatdan samarali usullardan foydanalishga bog’liqdir. Shu tufayli arxeologik ekspedisiyalarda tabiy va texnikaviy fanlarning yangi yutuqlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Ular asosan ikki vazifani hal qilishga:
1.Arxeologik qidirish ishlarini muvaffaqiyatli olib borishga; (yodgorlikni kosmosdan turib qidirish. Aerofotos’yomka).
2.Yodgorlikning sanasini aniqlashga yordam beradi. (radiokarbon, magnit, dendoxronologik usullari).
Tarixiy jarayonlarni tiklashda, xususan turli tarixiy davrlardagi iqtisodiy taraqqiyot (dehqonchilik, chorvachilik) darajasini o’rganishda poleografik usul (landshaftni, iqlishli, hayvonot va o’simliklar olamini o’rganadi)dan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Arxeologik tadqiqotlarda agrobiologik (don mahsulotlarini tekshirish) usul, osteologiya, ixtiologiya va turli ximiyaviy usullar ham keng qo’llaniladi.
Ulardan arxeologik tadqiqotlarda bir hilda foydalanilmayda. Masalan, yodgorlikning sanasini aniqlashga yordam beradigan usullar asosan yozuv paydo bo’lguncha bo’lgan davrdagi makonlarni o’rganishda foyda keltiradi. Antik va o’rta asrlarga oid yodgorliklarni o’rganishda esa, topilmalarning o’zi yodgorlikning yoshini aniqlashga yordam beradi.
Umuman olganda, tabiy va texnikaviy fanlar yutuqlaridan dala arxeologiyasida foydalanish juda muhimdir va arxeologlar bu usullar bilan imkon darajasida tanish bo’lishlari lozim.
2.Yodgorliklarni samodan turib qidirish va suratga olish.
Keyingi vaqtlarda arxeologlar o’z tadqiqotlarida kosmonavtika yutuqlaridan ham foydalana boshladilar. Markaziy Osiyoda faoliyat ko’rsatgan yirik arxeologik ekspedisiyalarda bu usuldan foydalanish XX asrning 30-yillaridayoq boshlandi. Bunga misol qilib Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasini aytib o’tish mumkin. Bu ekspedisiya a’zolari (Tolstov S.P. /ulomov Ya.X.) Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida ilgari fanga noma’lum bo’lgan 100 ga yaqin tarixiy yodgorliklarni samolyotlar yordamida topib, ularni suratga oldilar va xaritaga tushirdilar.
Keyingi yillarda kosmik kemalar, sun’iy yo’ldoshlar yordamida olingan ma’lumotlarning ba’zilaridan ham arxeologik tadqiqotlarda foydalanilmoqda. Masalan, Rossiya, Xitoy va boshqo mamlakatlar arxeologlari qadimgi makonlar, yo’llar, daryo o’zanlarini aniqlashda komosdan tushirilgan rasmlardan ham foydalanib kelmoqdalar. Bu ma’lumotlar ishni yangicha tashkil etishga yordam beradi, endi xonalarda o’tirib arxeologik yodgorliklarning joylashgan o’rnini aniqlash mumkin. Keyin esa muhim deb topilgan yodgorliklarda arxeologik qazishmalar olib boriladi. Bu usullar bilan hozirgi paytgacha ancha arxeologik yodgorliklar topildi. Umuman olganda kosmonavtlar bilan hamkorlik qilish qadimgi madaniyat izlarini topish va o’rganish ishini rivojlantirishga cha yordam bermoqda.
Markaziy Osiyoning cho’l joylarida joylashgan arxeologik yodgorliklarni havodvan qidirish va rasmga tushirish asosan samolyotlar yordamida amalga oshiriadi. Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasidan tashqari bu usullar boshqa yirik ekspedisiyalar, masalan, YuTAKE (Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasi tomonidan ham 1961 yilda) qo’llaniladi.
Hozirgi paytda yodgorliklarni samolyotlan turib qidirishda asosan 2 ta vazifani bajarish ko’zda tutiladi.
1. Yodgorliklarni samodan turib (aerovizual) kuzatish. Bu usuldan maqsad yodgorliklarning joylashish tartibini, ularning bir-biriga va landshaft bilan bog’liqlik holatini aniqlashdan, hamda hali o’rganilmagan yodgorliklarni topish va ularni xaritaga tushirishdan iborat. Bu ma’lumotlar yodgorliklarni o’rganish uchun arxeologik ekspedisiyalarni to’g’ri tashkil etishda yordam beradi.
2. Yodgorliklarni samodan turib rasmga tushirish (aerofotos’yomka) havodan kuzatish bilan bir paytda yodgorliklarni maxsus fotoapparatdar bilan rasmga tushirish usulidan ham keng foydalinaladi. Bunda yodgorliklarning umumiy tuzilishi aniqlashtiriladi. Rasmlar odatda yirik va o’rta masshtabda olinadi.
Yirik hajmdagi rasmlar yodgorlikning umumiy tuzilishinigina ko’rsatib qolmasdan, shu bilan birga uning planidagi mayda detallarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. Bu rasmlardan arxeologik ekspedisiya paytida yodgorlikni to’g’ri o’rganishda foydalaniladi.
O’rta hajmdagi rasmlar yodgorliklar ular joylashgan joyning topografik xaritasini tuzishda yordam beradi. Bu suratlarda odatda yodgorlikning atrof-muhit bilan aloqasi, dalalar, sug’orish tarmoqlari (kanallar, daryo o’zanlari, ariqlar) yaxshi aks etadi. Bunday rasmlar yirik shaharlarni o’rganishda ham katta yordam berishi arxeologik amaliyotda tasdiqlandi. Chunki, ularda yirik shaharlarning joylashgan o’rni, atrofidagi landshaftning xolati, shuningdek shaharning shaharning turli qismlarining joylashish tartibi va boshqalr yaxshi aks etadi.
Ko’pgina arxeologik yodgorliklar esa yaxshi saqlanib qolmaydi. Ba’zida bu yodgorliklarni tuproq rangi yoki o’simliklar bilan qoplanganlik holatiga qarab ham ajratish mumkin. Shu tufayli ham yodgorlikni havodan turib suratga tushirishda mavsumga va ob-havoga qarab ish tutish kerak. Cho’l-dasht joylardagi arxeologik yodgorliklarni bahor yoki kuz fasllarda rasmga tushirish lozim, chunki bu payt yerning o’simliklar bilan hoplanganligi darajasi yuqori bo’ladi. Bunday paytlarda olingan suratlarda yodgorliklarning ichki tuzilishi, sug’orish inshoatlari va boshqalar yaxshi aks etishi amaliyotda isbotlangan. Yodgorliklarni samodan turib rasmga tushirishida quyoshning holatiga e’tibor berish kerak. quyosh endi chiqayotgan (ertalab) yoki botayotgan (kechqurun) paytlarda olingan suratlarda hatto yer satxidagi kichkina notekisliklar ham yaxshi aks etadi. Devorlarining balandligi ancha saqlangan yodgorliklarni suratga olishda quyoshning balandligi 45-600 bo’lishi kerak, aks holda devorlarning soyasi yodgorlikning ichki tuzilishiga ko’pgina muhim narsalarni qoplab qolishi va ular olingan rasmda yaxshi (yoki mutloqo) ko’rinmasligi mumkin.
Arxeologik yodgorliklarning samodan turib tushirilgan rasmlari o’rganilayotganda yodgorliklarning turi va saqlanganlik darajasini aniqlashtirish juda muhimdir. Bunday rasmlardan ayniqsa qabr-qo’rg’onlarni oson topish mumkin. Ular hatto yer tekislanib ketgan bo’lsada, rasmlarda to’g’ri tuzilishdagi qoramtir dog’ sifatida aks etadi. Yerdan turib qidirilganda esa tekislanib ketgan qabr-qo’rg’onlarni topish amalda juda qiyin.
Samodan turib topilgan shaharlar va boshqa makonlarning topografik xususiyatlarini aniqlashtirish uchun, ularda arxeologik tadqiqotlar olib borish lozim albatta yodgorlikning umumiy tuzilishini yerdan turib aniqlashda ko’pincha ko’z bilan chamalash va kuzatish usuli qo’llaniladi. Samodan olingan rasmlar esa arxeologlarga oddiy ish qurollari-kompas, nivelir va boshqa o’lchov asboblari yordamida yodgorlikning tuzilishini yanada aniqlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib kosmonavtlar bilan hamkorlik qilish arxeologik yodgorliklarni qidirib topishga ularning tarixiy topografiksiga va ular joylashgan joy haqida aniq ma’lumot to’plashga hamda arxeologik xaritalar tuzishga yordam beradi. Samodan olingan rasmlar va ma’lumotlarga asoslanib arxeologik xaritalar tuzishga xuddi shunday xaritalarni yerda turib to’plangan ma’lumotlar asosida tuzishga ketadigan vaqtga qaraganda 10-15 marta kam vaqt sarflanadi. Lekin samodan turib olingan ma’lumotlarni o’rganishda arxeologiklar va ularni to’plangan mutaxassislar o’rtasida hamkorlik zaruridir. Bu hamkorlik ma’lumotlari yanada to’liqroq o’zlashtirishga yordam beradi.
3.Yerdan olinadigan suratlar.
Yodgorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borish jarayonida ham suratga olib borish lozim. Yirik arxeologik ekspedisiyalarda maxsus fotograf (rasmchi) lar ish olib boradilar yoki bunday mutaxassis chetdan taklif qilinadi. Ular mavsumiy arxeologik tadqiqotlarning yakunlovchi bosqichida qazib ochilgan yodgorlikni va uning tarixiy jixatdan eng qiziqarli muhim qismlarini, topilmalarni suratga oladilar. Ammo ekspedisiya paytida fotoapparatga har daqiqada ehtiyoj tug’ilishi mumkin. Shu tufayli barcha arxeologlar fotoapparatdan foydalana bilishi talab etiladi. Ular qazish jarayonini, topilmalarning madaniy qatlamlardagi xolatini (usti ochilgandan keyingi) va ular to’liq qazib olingandan keyingi holatini, saqlanish darajasini kechiktirmasdan suratga olib borishlari lozim.
Arxeologik tadqiqotlar olib berayotgan guruxlarga oddiy fotoapparatlardan tashqari katta maydonlarni rasmga tushiradigan moslamalar bo’lgan har qanday ob-havo sharoitida ham foydalansa bo’ladigan fotoapparatlarga ega bo’lishi ham tavsiya etiladi. Olingan suratlarga tadqiqotchi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar , birinchi galda yodgorlikning yoki uning qazib ochilgan qismining umumiy tashqi ko’rinishi haqidagi ma’lumotlar aks etgan bo’lishi shart. qazilgan joyni rasmga tushirishda u yerga yodgorlikning nomi, o’rganilayotgan yili va qazilgan joyning (raskopning) tartib nomeri yozilgan maxsus taxtacha va ekspedisiya nomi qo’yiladi. O’rganilgan joyning suratga tushirishda birinchi galda inshoatlar-devorlar, minoralar qoldig’i, tandir, o’choq, sufa, tashnob va boshqa narsalarga e’tibor berish shart. Shuningdek, ochilayotgan har bir madaniy qatlam suratga olinib borilishi maqsadga muvofiqdir. qazilgan joy maydonning oxirgi ko’rinishini suratga olishda u yerga shimol tarafni ko’rsatib turadigan strelka va masshtabli o’lchagich quyiladi. Surati olinayotgan joy bir xilda yoritilgan bo’lishiga ham e’tibor berish kerak.
Yodgorlikdan topilgan loy haykalchalar, nozik shisha idishlar yoki boshqa san’at asarlari (suyakdan, ganchdan yasalgan buyumlar) ni suratga olish ayniqsa muhimdir. Chunki aniq va sifatli olingan suratlar topilmalarni konservasiya va ayniqsa restovrasiya (qayta ta’mirlash) qilish paytida katta yordam berishi mumkin.
Suv ostida arxeologik tadqiqotlar olib borish texnikasi.
Dengiz va ko’llar, daryolar taglaridan topilib turadigan qadimgi topilmalar haqida ko’p ma’lumotlar bor. Ko’pgina aholi punktlari daryolar oqimining o’zgarishi natijasida suv tagida qolib ketgan yoki ularning katta qismini suv yuvib ketgan. Ba’zi makonlar suv omborlari qurish paytida ham suv tagida qolib ketgan. Suv osti arxeologiyasi uzoq tarixga ega bo’lsada, bu O’rta Osiyoda kam qo’llaniladi. Faqatgina qirg’izistondagi Issiq qo’l tagida qolib ketgan makonlarni o’rganilishi bundan mustasnodir.
Amudaryo va Sirdaryo kabi yirik daryolarda kemachilik ancha davrlardan beri mavjudligi hisobga olsak, ular tagida cho’kib ketgan yirik kemalar va qayiqlar qoldiqlari yotganligi ehtimolidan holi emas. Ularni qidirib topish o’tmishimizdagi kemachilik tarixiga va iqtisodiy-madaniy hayotga yordam berishi shubhasizdir.
Suv ostida qolib ketgan yodgorliklarni qidirish, ularni arxeologik tadqiqotlar olib borishda chet ellardagi yirik ekspedisiyalar tomonidan qo’llanib kelayotgan, sinovlardan o’tgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yerda olib boriladigan arxeologik tadqiqotlarga o’xshab, suv osti arxeologik ishlari ham 2 bosqichga, makonni qidirib topish va unda izlanishlar olib borishga bo’linadi. Suv ostida ishlash yer ustidagi tadqiqotlarga qaraganda ancha sekin boradi. Suv ostida ishlash paytida arxeologlar maxsus kiyimlar (akvalang va kompressor) va yoritqichlardan foydalanadilar.
O’rta Osiyodagi asosiy qurilish materiallari ko’pincha paxsa yoki xom g’ishtdan ekanligi xisobga olsak, bu yerdagi suv ostida qolgan makonlarni o’rganishda, ularning tuzilishini, umumiy qo’rinishini tiklash deyarli mumkin emas. Chunki inshoatlarni suv yuvib ketadi. Shu tufayli o’rganilgan joydan olingan topilmalargina yodgorlikning tarixini yoritishda yordam beradi.
Suvga cho’kib ketgan kemalar fransuz, italyan, nemis arxeologlari tomonidan ko’plab topilgan. Bu tadqiqotlar haqida maxsus adabiyotlar ham anchagina, lekin hozircha O’rta Osiyoda bunday arxeologik tadqiqotlar olib borilgan emas.
Geofizik usullar.
Arxeologik tadqiqotlarda geofizik usullarni qo’llash yodgorlikda qazishmalar olib bormasdan turiboq uning turini aniqlashga yordam beradi. Bu arxeologik qidirishlarga ketadigan vaqt va mablag’ni tejashga yordam beradi. Arxeologiklar o’z tadqiqotlarida 3 ta geofizik usulda: elektrorazvedka, magnitorazvedka va seysmorazvedka usulidan foydalanadi.
Elektrik usuli arxeologik yodgorlikning elektr xususiyatlarni o’rganishga asoslangan. Ko’pgina arxeologik yodgorliklarning elektr qarshiligi tashqi muhitning elektr qarshiligilan farq qiladi. Masalan, ba’zi yodgorliklar turli hildagi toshdardan (tog’li joylarda), qurilgan bo’lib, ularning elektr qarshiligi paxsa yoki xom g’ishtdan qurilgan makonlarda qaraganda kuchliroqdir. Ko’pgina yodgorliklarning poydevori, qa’lalar va boshqa mudofa inshoatlari, minoralar, shuningdek hovuzlarnig tagi va yo’laklarni barpo etishda toshdan foydalanilgan. Bu narsani yodgorlikni qazib ochmasdan turib geofizik usul bilan o’rganish mumkin. Pishiq g’ishtdan qurulgan binolarning qarshiligi ham paxsa devorning elektr qarshiligidan kuliroq. Buni ham maxsus elektr asboblar yordamida aniqlash mumkin. Metall buyumlar, kul qoldiqlarining elektr qarshiligi eng past bo’lib, ular ancha chuqur joyda bo’lsa ham, asboblar yordamida aniqlash mumkin. Sopol idishlar, tosh qurollar va boshqa topilmalar mavjud madaniy qatlamning elektr qarshiligi ham atrof-muhit qarshiligidan keskin farq qiladi.
Arxeologik tadqiqotlarda qo’llaniladigan elektr usullar ikki xildir. Birinchisi uzluksiz elektr toki yordamida tekshirish usuli bo’lib, u atrof-muhitning uzluksiz tok o’tayotgandagi qarshiligina aniqlashga asoslangan. Ikkinchisi o’zgaruvchi tok o’tayotgan muhitning qarshiligini va elektr-magnit maydonlaridagi o’zgaruvchi tokni o’rganishga asoslangan. Bu usullar bilan ish olib borilayotganda apparatlar (quvvatni o’lchovchi yoki aftomat kompensatorlar) dan foydalaniladi.
Magnit maydonini tekshirish yodgorlikda yerning magnit maydoni kuchlanishini o’rganishga asoslanib ham arxeologik tadqiqot olib boriladi. Arxeologik makonlarning magnit xususiyatlarini o’rganishda magnitometr ya’ni magnit kuchlanishini aniqlovchi asbobdan foydalaniladi. Uning yordamida kulolchilik tandirlari, yo’llar, ariqlar, turli temir buyumlarni qildirish mumkin. Bu usuldan tog’dagi foydali qazilmalar, konlarning qoldiqlarini topishda foydalanish mumkin. Bu narsalar hatto qalin tuproq ostida qolib, yaqin atrofda makonlar bo’lmaganda ham magnit tekshirish usuli katta samara berishi isbotlangan.
Seysmologik tekshirish.
Bu usul elektr qarshiligini va magnit maydonini tekshirish usullariga qaraganda ham qo’llaniladi. Bu usul yodgorlikdagi bo’sh yoki yaxshi zichlanmagan joylarni aniqlashga asoslangan bo’lib, uning yordamida qabr-qo’rg’onlarni, maqbaralarni, devorlardagi tuynuklarni, tuproq ostida qolib ketgan lekin tomi yaxshi saqlanganliga uchun bo’shligicha qolgan xonalarni va shularga o’xshash xususiyatlarga ega bo’lgan makonlarni qidirib topish mumkin. Bular maxsus seysmologik stansiyalar yordamida aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, O’rta Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni o’rganishda geofizik usullar juda samaralidir. Bu tadqiqotlarni mutaxassis geofiziklar va arxeologlar hamkorlikda olib boradilar.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling