Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Arxeologik qidiruv ishlari


Download 1.39 Mb.
bet4/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Arxeologik qidiruv ishlari.
Reja
1.Arxeologik qidiruv ishlarining yo’nalishi.
2. Arxeologik qidirishlar paytida yodgorliklarni qayd qilish.
3. Yodgorliklarni samodan turib qidirish va suratga olish.


Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut


1. Arxeologik qidirish paytida tadqiqotchida kompos, o’sha joyning (tuman, viloyat, respublika) topografik va geografik xaritasi hamda chizish asboblari bo’lishi kerak. Arxeologik qidirishning yo’nalishi tadqiqotchi oldida turgan maqsad va qo’yilgan vazifa bog’liq bo’lib, qidirishni mashinada, ot yoki tuya yordamida, piyoda olib borish mumkin. Arxeologik qidirish turli xil va turli davrga oid yodgorliklarni izlash ko’rinishida bo’ladi. Bunday qidirish ishlarini arxeologik kafedrasi qashqadaryo viloyati ba’zi tumanlarining arxeologik xaritasini tuzish paytida olib bordi. Bunday qidirishlar paytida yodgorliklarda manbalar yig’ib olinadi, ularning tuzilishi ko’z bilan chamalab chizib chiqiladi va yodgorliklar xaritaga tushiriladi. Har bir yodgorlik turi (shahar, karvonsaroy. qabr-ko’rg’onlar va boshqalar) o’z belgisiga ega. Bu belgi O’zbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Arxeologik qidirishlarining shunday tulari ham borki, ularga masalan, Buxorodan Termizga yoki Samarqanddan Balxgacha bo’lgan qadimgi savdo yo’lining yo’nalishlarini aniqlashtirish yoki bu yo’llar o’tgan joylardagi shaharlar, karvonsaroylar, sardobalar va boshqa makonlarni aniqlangan xolda bu savdo yo’llarning aniq xaritasini tuzish maqsadida o’tkaziladigan qidirishlar kiradi. Bu qidirishlar paytida to’plangan ma’lumotlar yozma manbalardagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtiriladi va bu masalaga yanada aniqlik kiritiladi.
2.Arxeologik qidirishlar paytida, qaysi davrga mansubligidan qat’iy nazar (bronza, antik, o’rta asrlar) barcha yodgorliklar qayd qilib boriladi, bundan tashqari joylardagi tabiy o’zgarishlarga (masalan, daryo o’zanining o’zgarishi) ham e’tibor berish kerak. Masalan, tosh davrida Amudaryo Kaspiy dengiziga quyilar edi, xozirgacha uning eski oqimi Uzboy esa suvi kamayib bora boshlagan. Uzboy oqimi bo’yida o’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha bu yerlarda tosh, bronza davrlariga mansub yodgorliklar, antik davrida yashagan ko’chmanchilarning qabrlari uchraydi. Undan keyingi davrlarga oid yodgorliklar yo’qligi uchun antik davridayoq (eramiz chegarasida) Amudaryo suvi eski Uzboy oqimiga butunlay tushmay qo’yganligi xaqida xulosa chiqarishimiz mumkin.
Qadimgi konlarni o’rganish niyatida arxeologik qidirishlar olib borish uchun, avvalo belgilangan joyning foydali qazilmalari haqidagi, u joyning geologik tuzilishi to’g’risidagi kitoblar bilan tanishish, yozma manbalardan O’rta Osiyodagi foydali qazilmalar qazib olingan joylar haqida ma’lumotlar yig’ish kerak. Geologlar bilan ham doimo aloqada bo’lish lozim. Kafedra asoschisi M.Ye. Masson O’rta Osiyo xududidagi foydali qazilmalardan qadimgi davrlarda kishilar qanday foydalanganligi o’rganish bilan uzoq vaqt shug’ullanadi va bu haqida maxsus kitob yozdi.
O’rta Osiyodagi sug’orish inshoatlarini (kanallar, ariqlar) o’rganish usullari ham O’rta Osiyo arxeologiyasidagi eng muhim masalalardan biridir. Dexqonchilik taraqqiyoti yekin ekiladigan joylarni sug’orish imkoniyatiga bog’liq bo’lgan quruq, issiq iqlimli O’rta Osiyo sharoitida qadimgi dehqonchilik makonlarining joylashuvi bilan joylardagi tabiy resurslarni o’zlashtirish o’rtasidagi aloqa ayniqsa qattiq ko’zga tashlanadi. Yerlardan foydalanish, uni sug’orish, umuman dehqonchilik taraqqiyoti faqatgina tabiy sharoitga bog’liq emas edi. Bu narsani tabiy va ijtimoiy-tarixiy faktorlarining o’zaro aloqasi belgilab berar edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiy etib borishi bilan yerlarni sug’orish usullari, u yoki bu yerni o’zlashtirish imkoniyatlari o’zgarib boradi. Bu o’z navbatida turli davrlarda dehqonchilik makonlarining joylashish zonalarining o’zgarishida o’z aksini topdi. Shuni aytib o’tish kerakki, uzoq vaqt O’rta Osiyodagi qadimgi sug’orish inshoatlarini o’rganishda arxeologiyadan foydalanish zarurligini va uning imkoniyatlarini yetarli baxolay olmadilar. qadimgi dehqonchilik va sug’orish inshoatlari tarixini o’rganishda arxeologik manbalardan foydalanishda quyidagi narsalarga:
1.Kishilik tarixining arxeologik davrlarga bo’linishi va o’rganilayotgan joyning qaysi davrga mansubligini aniqlashtirishga;
2.Arxeologik davrlarning turli bosqichlarida o’troq dehqonchilik makonlari joylashgan xududidagi tabiy (avvalo gidrogeologik) sharoitlarning xususiyatiga;
3.Jamiyat sosial tuzumidagi, ishlab chiqarish munosabatlaridagi va texnikaviy soxadagi taraqqiyot tufayli o’sha davrda xududda o’zlashtirilgan sug’orish yo’llari, sistemasi va turlariga e’tibor berish kerak.
Arxeologik tadqiqotlarning bu yo’nalishi faqatgina davrlar o’tishi bilan sug’orish usullaridagi o’zgarishlarni aniqlab qolmasdan, balki bu o’zgarishlarning tabiy va ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarini sug’orma dehqonchilik va irrigasiya taraqqiyotijarayonining bir bosqichi sifatida ko’rib chiqadi. Kapetdog’ tog’ oldi zonasida joylashgan dehqonchilik makonlarining joylanishini o’rganishda D.D. Bukinch shu yo’ldan bordi. Shu usul bilan arxeolog B.A. Latining qadimgi Farg’onadagi sug’orish inshoatlar tarixini aniqladi. Ularning usullari Xorazmdagi yodgorliklarning o’rganishda yana taraqqiy ettirildi. Ma’lumki, bu yerda qadimgi kanallar, ariqlar va yo’llarni aniqlashda samodan turib qidirish usuli qo’llanilgan. O’rta Osiyodagi qadimgi sug’orish inshoatlarini o’rganish usullari B.V. Andrianovaning «Orol bo’yining qadimgi sug’orish sistemasi» nomli kitobida umumlashtirilgan.
Dala arxeologiyasining bu usullarini qayd qilish bilan cheklanib qolmaydi. Bitta yodgorlikni o’rganish usuli, tadqiqotchi oldida turgan vazifaga bog’liq xolda, turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham hamma holllarda bitta usuldan foydalanish yaramaydi.
3.Yodgorliklarni samodan turib qidirish va suratga olish.
Keyingi vaqtlarda arxeologlar o’z tadqiqotlarida kosmonavtika yutuqlaridan ham foydalana boshladilar. Markaziy Osiyoda faoliyat ko’rsatgan yirik arxeologik ekspedisiyalarda bu usuldan foydalanish XX asrning 30-yillaridayoq boshlandi. Bunga misol qilib Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasini aytib o’tish mumkin. Bu ekspedisiya a’zolari (Tolstov S.P. /ulomov Ya.X.) Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida ilgari fanga noma’lum bo’lgan 100 ga yaqin tarixiy yodgorliklarni samolyotlar yordamida topib, ularni suratga oldilar va xaritaga tushirdilar.
Keyingi yillarda kosmik kemalar, sun’iy yo’ldoshlar yordamida olingan ma’lumotlarning ba’zilaridan ham arxeologik tadqiqotlarda foydalanilmoqda. Masalan, Rossiya, Xitoy va boshqo mamlakatlar arxeologlari qadimgi makonlar, yo’llar, daryo o’zanlarini aniqlashda komosdan tushirilgan rasmlardan ham foydalanib kelmoqdalar. Bu ma’lumotlar ishni yangicha tashkil etishga yordam beradi, endi xonalarda o’tirib arxeologik yodgorliklarning joylashgan o’rnini aniqlash mumkin. Keyin esa muhim deb topilgan yodgorliklarda arxeologik qazishmalar olib boriladi. Bu usullar bilan hozirgi paytgacha ancha arxeologik yodgorliklar topildi. Umuman olganda kosmonavtlar bilan hamkorlik qilish qadimgi madaniyat izlarini topish va o’rganish ishini rivojlantirishga cha yordam bermoqda.
Markaziy Osiyoning cho’l joylarida joylashgan arxeologik yodgorliklarni havodvan qidirish va rasmga tushirish asosan samolyotlar yordamida amalga oshiriadi. Xorazm arxeologik-etnografik ekspedisiyasidan tashqari bu usullar boshqa yirik ekspedisiyalar, masalan, YuTAKE (Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasi tomonidan ham 1961 yilda) qo’llaniladi.
Hozirgi paytda yodgorliklarni samolyotlan turib qidirishda asosan 2 ta vazifani bajarish ko’zda tutiladi.
1. Yodgorliklarni samodan turib (aerovizual) kuzatish. Bu usuldan maqsad yodgorliklarning joylashish tartibini, ularning bir-biriga va landshaft bilan bog’liqlik holatini aniqlashdan, hamda hali o’rganilmagan yodgorliklarni topish va ularni xaritaga tushirishdan iborat. Bu ma’lumotlar yodgorliklarni o’rganish uchun arxeologik ekspedisiyalarni to’g’ri tashkil etishda yordam beradi.
2. Yodgorliklarni samodan turib rasmga tushirish (aerofotos’yomka) havodan kuzatish bilan bir paytda yodgorliklarni maxsus fotoapparatdar bilan rasmga tushirish usulidan ham keng foydalinaladi. Bunda yodgorliklarning umumiy tuzilishi aniqlashtiriladi. Rasmlar odatda yirik va o’rta masshtabda olinadi.
Yirik hajmdagi rasmlar yodgorlikning umumiy tuzilishinigina ko’rsatib qolmasdan, shu bilan birga uning planidagi mayda detallarni ham aniqlashtirishga yordam beradi. Bu rasmlardan arxeologik ekspedisiya paytida yodgorlikni to’g’ri o’rganishda foydalaniladi.
O’rta hajmdagi rasmlar yodgorliklar ular joylashgan joyning topografik xaritasini tuzishda yordam beradi. Bu suratlarda odatda yodgorlikning atrof-muhit bilan aloqasi, dalalar, sug’orish tarmoqlari (kanallar, daryo o’zanlari, ariqlar) yaxshi aks etadi. Bunday rasmlar yirik shaharlarni o’rganishda ham katta yordam berishi arxeologik amaliyotda tasdiqlandi. Chunki, ularda yirik shaharlarning joylashgan o’rni, atrofidagi landshaftning xolati, shuningdek shaharning shaharning turli qismlarining joylashish tartibi va boshqalr yaxshi aks etadi.
Ko’pgina arxeologik yodgorliklar esa yaxshi saqlanib qolmaydi. Ba’zida bu yodgorliklarni tuproq rangi yoki o’simliklar bilan qoplanganlik holatiga qarab ham ajratish mumkin. Shu tufayli ham yodgorlikni havodan turib suratga tushirishda mavsumga va ob-havoga qarab ish tutish kerak. Cho’l-dasht joylardagi arxeologik yodgorliklarni bahor yoki kuz fasllarda rasmga tushirish lozim, chunki bu payt yerning o’simliklar bilan hoplanganligi darajasi yuqori bo’ladi. Bunday paytlarda olingan suratlarda yodgorliklarning ichki tuzilishi, sug’orish inshoatlari va boshqalar yaxshi aks etishi amaliyotda isbotlangan. Yodgorliklarni samodan turib rasmga tushirishida quyoshning holatiga e’tibor berish kerak. quyosh endi chiqayotgan (ertalab) yoki botayotgan (kechqurun) paytlarda olingan suratlarda hatto yer satxidagi kichkina notekisliklar ham yaxshi aks etadi. Devorlarining balandligi ancha saqlangan yodgorliklarni suratga olishda quyoshning balandligi 45-600 bo’lishi kerak, aks holda devorlarning soyasi yodgorlikning ichki tuzilishiga ko’pgina muhim narsalarni qoplab qolishi va ular olingan rasmda yaxshi (yoki mutloqo) ko’rinmasligi mumkin.
Arxeologik yodgorliklarning samodan turib tushirilgan rasmlari o’rganilayotganda yodgorliklarning turi va saqlanganlik darajasini aniqlashtirish juda muhimdir. Bunday rasmlardan ayniqsa qabr-qo’rg’onlarni oson topish mumkin. Ular hatto yer tekislanib ketgan bo’lsada, rasmlarda to’g’ri tuzilishdagi qoramtir dog’ sifatida aks etadi. Yerdan turib qidirilganda esa tekislanib ketgan qabr-qo’rg’onlarni topish amalda juda qiyin.
Samodan turib topilgan shaharlar va boshqa makonlarning topografik xususiyatlarini aniqlashtirish uchun, ularda arxeologik tadqiqotlar olib borish lozim albatta yodgorlikning umumiy tuzilishini yerdan turib aniqlashda ko’pincha ko’z bilan chamalash va kuzatish usuli qo’llaniladi. Samodan olingan rasmlar esa arxeologlarga oddiy ish qurollari-kompas, nivelir va boshqa o’lchov asboblari yordamida yodgorlikning tuzilishini yanada aniqlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib kosmonavtlar bilan hamkorlik qilish arxeologik yodgorliklarni qidirib topishga ularning tarixiy topografiksiga va ular joylashgan joy haqida aniq ma’lumot to’plashga hamda arxeologik xaritalar tuzishga yordam beradi. Samodan olingan rasmlar va ma’lumotlarga asoslanib arxeologik xaritalar tuzishga xuddi shunday xaritalarni yerda turib to’plangan ma’lumotlar asosida tuzishga ketadigan vaqtga qaraganda 10-15 marta kam vaqt sarflanadi. Lekin samodan turib olingan ma’lumotlarni o’rganishda arxeologiklar va ularni to’plangan mutaxassislar o’rtasida hamkorlik zaruridir. Bu hamkorlik ma’lumotlari yanada to’liqroq o’zlashtirishga yordam beradi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling