Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Suyakdan ishlangan arxeologik topilmalarga ishlov berish va ularni saqlash


Download 1.39 Mb.
bet12/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Suyakdan ishlangan arxeologik topilmalarga ishlov berish va ularni saqlash
Reja
1.Organik buyumlar xususiyatlari.
2. Suyakdan ishlangan arxeologik topilmalarga ishlov berish.
Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut


1.Arxeologik yodgorliklar qazishmalari vaqtida arxeologlarning asosiy vazifasi topilma materiallarni yig’ish va saqlash hisoblanadi. Bunda materialni yerdan to’g’ri olish, zarur hollarda buzilib ketmasligi uchun maxsus uskunalarni qo’llash kerak bo’ladi. Asosan bu qo’l tekkanda maydalanib ketuvchi (suyak, yog’och, metall, mato va bosh.) topilmalar uchun juda ham kerak.
Topilmaning keyingi restavrasiyalarda yaxshi chiqishi aynan uning yerdan to’g’ri olinishi va vaqtinchalik konservasiya va fiksasiyaning to’g’ri qilinganligiga bog’liq.
Shuningdek dala ishlari tarkibiga ximik, botanik, asteologik va boshqa turdagi analizlar uchun material to’plash kiradi. Bu maydalangan buzilib ketayotgan topilma qoldiqlari yoki organik va noorganik materiallar.
Topilmalarga dala sharoitida ishlov berish va qayta tiklashni har bir arxeolog yoki mutaxassis bilishi shart. Odatda katta arxeologik ekspedisiyalar uyushtirilganda topilmalarga ishlov beruvi maxsus mutaxassislar ham jalb qilinadi.
Ayniqsa, turli xil ishlovlarga muhtoj bo’ladigan mato, yog’och, teri, junli gazlama, suyak qoldiqlari kabi topilmalarga o’z vaqtida ishlov berib turish uchun ekspedisiya tarkibida maxsus mutaxassislar bo’lishi kerak. Topilmalarga ishlov berishdan maqsad, ularni asl holatini saqlash yoki sun’iy buzilishlarini oldini olishdan iborat.
Barcha topilmalar tevarak-atrofga, ayniqsa, tabiiy muhitga moslanuvchan bo’lishadi. qazuv davomida topilgan topilmalar tezda yangi sharoitga moslashadi. Ana shu qisqa moslashish davomida aksariyat topilmalar o’zining asl qiyofasini-rangini, shaklini o’zgartiradi va hattoki, buzilib ketish darajasiga boradi. Bu jarayonlar topilmalarni tabiiy sharoitga moslashgunga qadar davom etadi.
Topilmalarni qazib olgandan keyingi hayoti uning tabiiy sharoitga qanday moslashgangligiga bog’liq. Agar topilmalar ma’lum darajada yangi sharoitga moslashmasa, butunlay buzilib qolishi mumkin. Masalan, tuproq ostida ko’milib yotgan temir buyumlarda (oltindan boshqa) dastlabki ochib olish bosqichlaridayoq kimyoviy bo’linish jarayonlari boshlanadi va natijada mineral komponentlarga aylanib qoladi; organik moddalar -bug’doy, yog’och, mato, suyak kabi topilmalar biologik mikroblar ta’siri ostida o’z holatini o’zgartirishi yoki umuman buzulib ketishi mumkin.
2. Suyakdan ishlangan arxeologik topilmalarga ishlov berish.
Arxeologik qazishmalar davomida bezak sifatida ishlangan yovvoyi va uy hayvonlari, baliq va qushlar suyaklaridan yasalgan qimmatbaho buyumlar ham uchrab turadi. Suyak ham boshqa topilmalar kabi saqlanishi turli darajalarda topiladi.
Yaxshi saqlangan suyak materialini qo’rqmasdan yerdan olib nam mato bilan artish yoki suvda yuvish mumkin. Yaxshi saqlanmagan suyakni yerdan juda ehtiyotkorlik bilan olish zarur. Agar suyak nam bo’lsa asosiy maqsad uni namligini saqlab qolishdir. Tez quritilgan suyak uning yorilishiga yoki umuman maydalanib ketishiga olib keladi. Namligini saqlash uchun esa suyakni nam qog’oz yoki nam mato bilan o’rash kifoya. Yuz qismini mustahkamlash uchun polibutilmetakrilatning asetondagi 3-5 % eritmasi, polivinilasetatli lak va boshqalar ishlatiladi. Mustahkamlovchi eritma mayin mo’yqalam yoki purkagich bilan surtiladi. Shuni inobatga olish kerakki mustahkamlangan suyak quruq holda bo’lganda yaxshi natija beradi.
Qazishma ishlari davomida ko’pincha topilmalarni o’rnini yaxshi o’rganish talab qilinganda topilgan materiallarni dalada qoldirishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda topilmalarni topilgan holicha fiksasiya qilish kerak bo’ladi.
Ekspedisiya sharoitida eng keng tarqalgan usullardan biri bu topilmalarni nam qog’oz yoki mato bilan yopish hisoblanadi. Qalin qog’oz olinib yaxshilab namlanadi va topilma yuzasiga qavat-qavat qilib qo’yiladi. Birinchi qavati topilmaga qattiq jips yopishtirilmasligi kerak. bunday qoplama qog’oz va topilma o’rtasida havo namligini saqlaydi. Qog’oz qurigach uni qayta namlab turish kerak. agar uzoq muddatga fiksasiya qilish kerak bo’lsa, unda qog’oz ustidan yog’ochli shitlar o’rnatilib tuproq bilan qoplanadi. Yaxshi saqlangan suyaklarni dala sharoitida suv bilan yuvib, soyada quritilishi lozim.
Parchalanib (umalanib) ketuvchi buyumlarni yerdan olish
Yomon saqlangan arxeologik topilmalar (suyakdan yasalgan buyumlar, bosh suyaklari, sopol buyumlar, korroziyaga uchragan temir va metallar, yog’och va shunga o’xshash buyumlar) yerdan oddiy usul bilan olinishi vaqtida to’liq parchalanib ketishi mumkin. Shu boisdan ularni maxsus gips formalar (qoliplar) yordamida olish lozim. Mazkur usulning mazmun-mohiyati quyidagicha: qazishmada topilgan yuqoridagi kabi buyumlar dastlab ehtiyotkorlik bilan tozalanadi. Bunda tozalanish uning bor chuqurligini yetib bormasdan faqatgina yuqori qatlamini qamrab olishi kerak. Shuningdek buyumni tuproqdan yoki boshqa qatlamlardan o’ta tozalashga dala sharoitida ko’pincha imkon bo’lmaydi, bunga ekspedisiya ishlash vaqti ham chegaralanganligi sabab bo’ladi kerak. Shuning uchun, yakuniy tozalash laboratoriya sharoitida amalga oshirilishi lozim.
Dastlab topilma atrofi, topilmani yarim chuqurlik yuzasidan tekis tozalanib maydon hosil qilinadi. Bunda maydon bir tekis bo’lishiga ahamiyat berish kerak.Chunki gips quyilganda bir tekis qolip hosil bo’lishi keraak. Bu maydonning kengligi topilmaning o’lchamlaridan kelib chiqib 2-8 sm atrofida bo’ladi. Tozalangach buyum uncha katta bo’lmagan nam qog’oz parchalari bilan yaxshilab yopiladi. Topilma atrofidagi maydon ham qog’oz bilan yopiladi. Qimmatbaho buyumlar va asosan suyakdan yasalgan buyumlarga nam gips tegmasligini chorasi (ingichka folga bilan qoplanish) ko’rilishi kerak. Shundan so’ng juda ham suyuq bo’lmagan gips sekin topilma ustiga yupqa qatlam-qatlam qilib bir necha bor suriladi. Shu tarzda butun maydonchaga ham gips bir-tekisda suriladi.
25 sm dan katta bo’lgan topilmalar olinayotganda ularni albatta mustahkamlab ketish kerak. Buning uchun bir necha temir sim, yog’och tayoqchalardan foydalansa bo’ladi. Bunday karkas gips qolipni mustahkam saqlaydi. Gips ma’lum miqdorda qotganda, uning yuza qismi skalpel yordamida tekislanadi.
Qolipning ikkinchi qismini tayyorlash uchun birinchi qismni yerdan ko’tarib olish lozim. Bu eng ma’suliyatli jarayon bo’lib, uni olishda juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim. Dastlab belkurak bilan topilma turgan tuproq qo’shib ko’tarib olinadi va uni qo’l bilan ushlab sekin ag’dariladi. Bunda topilma turgan tuproqning holatini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Agarda yer tarkibi qumli, unchalik mustahkam bo’lmasa topilma tagidagi yerni asta qotirib yuqoridagi kabi olish kerak.
Topilma uzun bo’lsa uning ikki yoni kengroq qilinib olinadi. Bu belgilab olingan topilma ostidagi yer tagidan doka bint o’tkazilib, topilmaga gips yordamida yopishtiriladi. So’ngra buyum ortiga taxta doska qo’yilib belkurak bilan sekin ag’dariladi. Doskaga ag’darilgan tayyor qolip yonlari skalpel yordamida tekislanadi. To’g’ri ag’darilgan qolipda joylashgan topilma ikki tomondan bir xil masofada joylashishiga alohida e’tibor berish lozim. So’ngra topilma qolipda bir tekis turishini nazorat qilish kerak. Agarda u qolipdan pastroqda bo’lsa, qolip chetlariga gips suriladi. Qolip yonlari balandroqda bo’lsa skalpel yordamida tekislanib olinadi. Shu tarzda topilma to’g’ri joylashtirilgandan so’nggina ikkinchi qismini yasashga kirishish mumkin.
Qolipning tozalangan yoni kichikkina qilib kesib olinadi. Bu yerga gips quyilganda ortiqchasi sizib chiqib, ikkala tomon jips yopishib ikki tomonni qo’shilib ketishini oldini oladi.
Birinchi, tashqari qismi kabi topilma yuzasiga 2-3 qatlam nam qog’oz yopiladi. Qolip chetlariga bir qavat qog’oz yopilsa ham bo’ladi. Bu qatlam ikkala tomonni birlashib ketishini oldini oladi.
So’ngra qog’oz ustidan gips quyiladi. Bunda qolip ustiga ham bir-tekis tushishiga e’tibor qaratish kerak. Gips qotgach ortiqchasi skalpel yordamida tekislab kesiladi. Ikkala tomonni ajaratishda utkir skalpel uchi bilan birlashgan joyi kesib olinib, u yerga sekin skalpel uchi kirgiziladi hamda ikkala qolip bir-biridan ajratiladi. Ular bir-biridan topilmaga zarar yetmasdan osongina olinishi lozim. Topilmani keyingi tozalash ishlari laboratoriya sharoitida davom ettiriladi.
Mazkur usul yerdan turli buyumlarni- inson bosh chanog’i va suyaklari, suyakdan yasalgan buyumlar, yemirilgan sopol byumlar, metal,teri va shunga o’xshash buyumlarni olishda foydalidir.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling