Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari 1-Mavzu: Kirish


Zamonaviy axborot texnologiyalarning arxeologik tadqiqotlarda qo‘llanishi


Download 1.39 Mb.
bet13/15
Sana23.07.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1661909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari

Zamonaviy axborot texnologiyalarning arxeologik tadqiqotlarda qo‘llanishi
Reja
1. Arxeologiyada zamonaviy tadqiqot yoʻnalishlari Multidissiplinar tadqiqotlar va uning ahamiyati.
2.Arxeobotanikani arxeologik tadqiqotlarda qoʻlanilishi.
3. Arxeologiyada zamonaviy qurilmalar
Dars maqsadi: Talabalrga mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni xosil qilish, mavzu yuzasidan vujudga keladigan masalalarni mustaqil yechimini topishga o’rgatish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy malumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzunig qay darajada o’zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
1. Arxeologiyada zamonaviy tadqiqot yoʻnalishlari Multidissiplinar tadqiqotlar va uning ahamiyati.
Hozirgi zamonda fanlarning rivojlanishi fanlararo tadqiqotlarga asoslanib ham ilmiy, ham amaliy faoliyatda muvafaqqiyatlarga erishmoqda. Zamonaviy biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar va h.k.larning rivojlanishi murakkab ob’ektlarni tadqiq qilishda fanlararo yondashuvlarni qoʻllash (nazariy bilim va texnologiyalar, bilim va malakalar sintezi sifatidagi) natijasidir. Ilmiy tadqiqotlar rivojlanishida tadqiq qilinayotgan ob’ektning mumkin boʻlgan ssenariylari bilan tanishish virtual imkonini beruvchi axborot texnologiyalari, kompyuter modellari va sinov-tajribalar alohida oʻrin egallaydi. Ma’lum boʻlishicha, kompyuterda modellashtirishni oʻtkazish imkoniyatlari va shartlari modellashtirishning boshqa turlaridan farq qiladi. Ular natijalari inson amaliy faoliyatida foydalaniladigan zamonaviy fanning juda murakkab muammolarini tadqiq qilishda qoʻllaniladi. Kompyuterda modellashtirish bir necha fanlar toʻqnashuvida boʻlgan sohalarni ilmiy tahlil va muhokama qilish imkonini beradi. Zamonaviy fanning aksariyat tarmoqlari murakkab muammolarni hal qilishda kompyuterda modellashtirishga murojaat qiladilar. Masalan, “aql - miya” singari murakkab tizimni qanday qilib tadqiq qilish mumkin. “Aql - miya” murakkab tizimini tadqiq qilish uchun kompyuter neyrobiologiyasi, fizika, injenenriya, molekulyar biologiya, tibbiyot va epistemologiyalar boʻyicha fanlararo dastur zarur.
XX asrda kompyuter axborot texnologiyalari tabiiy fanlar rivojlanishi uchun qudratli poydevor sifatida xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari bu – odamlar mehnatini samarali tashkil qilish usullarini oʻrganuvchi oʻzaro bogʻliq, ilmiy, texnologik, injenerlikka oid fanlar tizimidir. Ular vazifasiga muayyan usullar yordamida axborotni yigʻish, saqlash, izlash, qayta ishlov berish, uzatish va berish kiradi. Mamlakat rivojlanishi yangi gʻoyalar, innovatsiyalarni generatsiya qilish va ragʻbatlantirish qobiliyatiga ega olimlardan ulkan intellektual kuch va harakatni talab qiladi. Innovatsiyalarni joriy qilish mamlakat rivojlanishining muhim yoʻllaridan biri. Bugun “innovatsiya” atamasi fanlararo xarakterga ega va fanning koʻplab tarmoqlarida – iqtisodda, ilmiy-texnik sohada, falsafada, pedagogika va ta’limda foydalaniladi. Biotexnologiyalar, nanofan, nanotexnologiyalar va h.k.lar rivojlanishi zamonaviy tadqiqotlar asosini axborot texnologiyalari, kompyuter yordamida modellashtirish tashkil qilishini, oʻz navbatida, ularning asosida fanlararo yondashuv yotganini koʻrsatmoqda.
Fanlararo yondashuv zamonaviy jamiyatda nafaqat ilmiy, balki amaliy muammolarni harakatga soluvchisi, hal qiluvchisidir. Shunday qilib, zamonaviy fanning lokomotivlaridan biri fanlararo yondashuvdir, u ilmiy tadqiqotlarni ham chuqurlashtirish, ham kengaytirish, ham xulosalarni ekstrapolyatsiya qilish, ham hodisalarni oldindan aytib berish imkoniga ega. Fanlararo yondashuv sifatida yuzaga kelgan oʻz-oʻzini tashkil qilish konsepsiyasi olmadagi barcha narsa va hodisalar oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro shartlanganligini koʻrsatadi.
Yuqoridagilar asosida xulosa qildish mumkinki koʻp tarmoqli, bir necha sohaning integratsiya qilingan shakli, ya’ni fanlararo yoki multidissiplinar deb qayd etiladi. Hozirgi zamon ilm fanida ilmiy ish qilish talablaridan biri - tadqiqotchi oʻz ishida yangilik qilishi shart boʻlsa, xorijda tor soha boʻyicha qandaydir innovatsiya yoki yangilik qila olish deyarli ilojsiz, nazariyalar koʻpi yaratib boʻlingan deb qaraladi. Shu nuqtai nazardan turli fanlar kesishmasida oʻz gʻoyasini ilgari surib, uni isbotlay olgan ish qadrli hisoblanadi. Shuning uchun yaxshi tadqiqotchi olim boʻlishni istagan odam boshqa fanlarni ham oʻrganishga majbur. Deylik, tarix yoki arxeologiyani bilishgina yetarli emas, unga yondosh fanlarning u bilan bogʻliqligini topa olish muhim. Xususan, arxeologiyada qazishmalarda aniqlangan artefaktni qiyosiy tahlil bilan birga artefaktlarni tabiiy va aniq fanlar yordamida oʻrganish muhim hisoblanadi.
Hozirgi kunda fanlararo tadqiqotlar arxeologiya sohasida keng qoʻllanilib, bu borada Mingtepa, Dalvarzin (Andijon viloyati), Oyoqagetma (Buxoro viloyati), Toshbuloq (Jizzax viloyati) kabi yodgorliklarda olib borilayotgan tadqiqotlar miolida koʻrish mumkin. Ushbu mavzuda biz Toshbuloq yodgorligida olib borilayotgan fanlararo tadqiqotlar jumladan, arxeobotanika, geoarxeologiya, gefozik tadqiqotlar, bioarxeologik tadqiqotlar misolida koʻrib chiqamiz.
2.Arxeobotanikani arxeologik tadqiqotlarda qoʻlanilishi. Ekin-tikin yetishtirish oʻtmishini oʻrganishda arxeobotanik usulni qoʻllash nisbatan kechroq boshlangan. Kelib chiqishi XIX yuz yillik boshlariga borib taqaluvchi arxeobotanika – oʻtmishdagi inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fan. Oʻsimlik qoldiqlarini arxeologik kontekstda tahlil qilish qadimgi Misrdagi botanika izlarini tasvirlagan Kunt (1826 yil), “SHveytsariya koʻli” deb atalmish hudud aholisi ishlatgan oziq-ovqatlar roʻyxatini taqdim etgan Hir (1866, 1865 yil) nomlari bilan bogʻliq. Kishilar va oʻsimliklar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganuvchi bu kabi izlanishlar 1941 yilga kelib Jons tomonidan “Etnobotanikaning tabiati va maqomi” nomli tadqiqotni chop etgach, yanada shakllandi.
Barcha geologik davrlarni oʻrganuvchi paleobotanikadan farqli oʻlaroq, arxeobotanik yoki paleoetnobotaniklar antropogen davrni oʻrganadi hamda oʻtmishdagi kishilar jamoasida oʻsimliklarning roli, dehqonchilikning kelib chiqishi, ekologik oʻzgarish, kishilarning oziqlanish ratsioni, yashash strategiyalari, oʻsimlik iqtisodiyoti, resurslarning mavjudligi va ishlatilishi, qisqasi, qadimgi inson va oʻsimliklar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning turli jihatlarini qayta tiklashga yordam beradi.
Garchi dunyodagi ilk arxeobotanik izlanishlardan biri Oʻrta Osiyoning janubida – 1904 yilda Rafayel Pampelli ekspeditsiyasida oʻtkazilgan boʻlishiga qaramay, bugungi kunda mintaqa arxeobotanikasi boʻyicha samarali izlanishlar olib borayotgan R. SHpengler toʻgʻri koʻrsatib oʻtganidek, Markaziy Osiyo arxeobotanik izlanishlar eng kam oʻtkazilgan tegralar sirasiga kiradi. Buning bir qator sabablari R. SHpengler tomonidan keltirib oʻtilgan. Chindan‑da, oʻtmishdagi xoʻjalik tarzi – ekin-tikinchilik va suruvchilik, qolaversa, oziqlanish masalasi izlanuvchilarni anchadan beri qiziqtirib kelganiga qaramay, shu paytgacha Oʻrta Osiyo davlatlari, shular qatorida Oʻzbekiston olimlari ham ushbu muammoni yoritishda koʻproq yozma manbalar, etnografik va lingvistik materiallarga suyanishgan. Bizningcha, bugungi kunga kelib ham Oʻrta Osiyoda arxeobotanik izlanishlar unchalik keng yoyilmaganligiga bu sohada zamonaviy asbob-uskunalar va texnikalar bilan jihozlangan laboratoriyalarning yetishmasligi, arxeologiya faniga Gʻarb va AQSHdagi singari tabiiy fanlarning eng soʻnggi yutuqlari deyarli jalb qilinmaganligi asosiy sabablardan boʻlishi kerak.
Sovet ittifoqida botanik va genetiklar arxeologik yodgorliklardan topilgan oʻsimlik qoldiqlariga qiziqish bildirgan va hatto, ayrimlari (F.H. Baxteev, M.M. Yakubsiner, A.I. Mordvinkina) bu qoldiqlarni bevosita aniqlash bilan shugʻullangan boʻlsalar-da, 1960-1970 yillargacha arxeologik madaniy qatlamlardan chiqqan oʻsimlik qoldiqlari artefakt oʻlaroq ishlatilmagan. 1960-1980 yillarga kelib, tizimli tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi va bu sohada bir qancha mutaxassislar – Latviyada P. Rasinshe, qadimgi Rus hududida A.V. Kiryanov, Turkmanistonda G.N. Lisitsina, Moldova va Ukrainada Z.V. Yanushevich, Ukrainada G.A. Pashkevich kabilar yetishib chiqdi. Ularning olib borgan izlanishlari koʻproq eng qadimgi dehqonchilik oʻchogʻi – Old Osiyo bilan bogʻliq boʻlib, keyinchalik kengaytirilmadi. hunga qaramay, sovet va post-sovet davrida Oʻrta Osiyoda bajarilgan arxeobotanik izlanishlarning katta qismi Turkmaniston (Joytun, Dam-dam chashma, Erk-qal’a, Govur-qal’a, Mele-Xayron, Oltin-tepa, Toʻgʻoloq, Gonur, Anau, Munjuqli-depe, Marv, Tohirboy depe) hududiga toʻgʻri kelishi kuzatiladi. Undan keyin esa Qozogʻiston (Juvon-toʻba, Karaspan-toʻba, Begash, Tuzusay, Taroz), Oʻzbekiston (Qadimgi Xorazm, Qovunchitepa, Sopolli, Jarqoʻton, Xolchayon, Qora-tepa, Munchoqtepa, Toshbuloq) va Tojikiston (Mugʻ-qal’a, Bozor-dara, Sarazm) hududlarida olib borilgan. Achinarlisi, bugungacha eng kam arxeobotanik izlanishlar Qirgʻiziston (Aygirjal)da bajarilgan. Koʻproq ushbu izlanishlar chet ellik arxeobotaniklar bilan birgalikda olib borilgan boʻlib, haligacha mintaqada bu kabi qoʻshma loyihalar davom etmoqda.hu bilan birga, sovet va post-sovet davrida Oʻrta Osiyoda ilk dehqonchilikning yuzaga kelishi, yoyilishi va umuman, dehqonchilik madaniyati yuzasidan arxeobotanik usul qoʻllanilmagan, biroq boshqa manbalarga tayanilgan juda koʻplab ishlar ham bajarilgan. Xususan, qishloq xoʻjaligi tarixining ayrim davrlari va alohida tarixiy‑madaniy tegralarning xoʻjaligi V.V. Bartold, B.V. Andrianov, A.M. Belenitskiy, A. I. Bilolov, I.M. Botanin, B. Gʻofurov, YA.Gʻ. Gʻulomov, YU.A. Zadneprovskiy, F.A. Zaslavskaya, G.B. Zdanovich, P.P. Ivanov, B.A. Litvinskiy, V.M. Masson, N.Mahmudov, A.M. Muxtorov, H.H. Negmatov, V.A. Panov, I.P. Petrushevskiy, S.P. Tolstov, O.D. Chexovich, A. YU. Yakubovskiy, Oʻ.Alimov, N. Musayev, Z.Is’hoqov va boshqalar tomonidan oʻrganilgan.
3. Arxeologiyada zamonaviy qurilmalar
Geofizik tadqiqotlar va undagi qurilmalar. Arxeologik tadqiqotlarda geofizik usullarni qoʻllash yodgorlikda qazishmalar olib bormasdan turiboq uning turini aniqlashga yordam beradi. Bu arxeologik qidirishlarga ketadigan vaqt va mablagʻni tejashga yordam beradi. Arxeologiklar oʻz tadqiqotlarida 3 ta geofizik usulda: elektrorazvedka, magnitorazvedka va seysmorazvedka usulidan foydalanadi.
Elektrik usuli arxeologik yodgorlikning elektr xususiyatlarni oʻrganishga asoslangan. Koʻpgina arxeologik yodgorliklarning elektr qarshiligi tashqi muhitning elektr qarshiligilan farq qiladi. Masalan, ba’zi yodgorliklar turli hildagi toshdardan (togʻli joylarda), qurilgan boʻlib, ularning elektr qarshiligi paxsa yoki xom gʻishtdan qurilgan makonlarda qaraganda kuchliroqdir. Koʻpgina yodgorliklarning poydevori, qa’lalar va boshqa mudofa inshoatlari, minoralar, shuningdek hovuzlarnig tagi va yoʻlaklarni barpo etishda toshdan foydalanilgan. Bu narsani yodgorlikni qazib ochmasdan turib geofizik usul bilan oʻrganish mumkin. Pishiq gʻishtdan qurulgan binolarning qarshiligi ham paxsa devorning elektr qarshiligidan kuliroq. Buni ham maxsus elektr asboblar yordamida aniqlash mumkin. Metall buyumlar, kul qoldiqlarining elektr qarshiligi eng past boʻlib, ular ancha chuqur joyda boʻlsa ham, asboblar yordamida aniqlash mumkin. Sopol idishlar, tosh qurollar va boshqa topilmalar mavjud madaniy qatlamning elektr qarshiligi ham atrof-muhit qarshiligidan keskin farq qiladi.
Arxeologik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan elektr usullar ikki xildir. Birinchisi uzluksiz elektr toki yordamida tekshirish usuli boʻlib, u atrof-muhitning uzluksiz tok oʻtayotgandagi qarshiligina aniqlashga asoslangan. Ikkinchisi oʻzgaruvchi tok oʻtayotgan muhitning qarshiligini va elektr-magnit maydonlaridagi oʻzgaruvchi tokni oʻrganishga asoslangan. Bu usullar bilan ish olib borilayotganda apparatlar (quvvatni oʻlchovchi yoki aftomat kompensatorlar) dan foydalaniladi.
Magnit maydonini tekshirish yodgorlikda yerning magnit maydoni kuchlanishini oʻrganishga asoslanib ham arxeologik tadqiqot olib boriladi. Arxeologik makonlarning magnit xususiyatlarini oʻrganishda magnitometr ya’ni magnit kuchlanishini aniqlovchi asbobdan foydalaniladi. Uning yordamida kulolchilik tandirlari, yoʻllar, ariqlar, turli temir buyumlarni qildirish mumkin. Bu usuldan togʻdagi foydali qazilmalar, konlarning qoldiqlarini topishda foydalanish mumkin. Bu narsalar hatto qalin tuproq ostida qolib, yaqin atrofda makonlar boʻlmaganda ham magnit tekshirish usuli katta samara berishi isbotlangan.
Bu usul elektr qarshiligini va magnit maydonini tekshirish usullariga qaraganda ham qoʻllaniladi. Bu usul yodgorlikdagi boʻsh yoki yaxshi zichlanmagan joylarni aniqlashga asoslangan boʻlib, uning yordamida qabr-qoʻrgʻonlarni, maqbaralarni, devorlardagi tuynuklarni, tuproq ostida qolib ketgan lekin tomi yaxshi saqlanganliga uchun boʻshligicha qolgan xonalarni va shularga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan makonlarni qidirib topish mumkin. Bular maxsus seysmologik stansiyalar yordamida aniqlanadi.
Xulosa qilib aytganda, Oʻrta Osiyodagi arxeologik yodgorliklarni oʻrganishda geofizik usullar juda samaralidir. Bu tadqiqotlarni mutaxassis geofiziklar va arxeologlar hamkorlikda olib boradilar. Geofizik tadыiыotlarda hozirgi kunda quyidagi qurilmalar ishlatilmoqda.
GPR-Georadar lokatsiyasi va bu yer qarini tekshirishning geofizik usulidir. Georadiolokatsiya inglizcha ground-penetrating radar (GPR) soʻzlaridan olingan. Hozirgi kunda xorijda georadar asboblarining turli xillari ishlab chiqarilgan va qoʻllanmoqda: «LOZA», «OKO», «MALA GeoScience», «GSSI», «ProEx», «RAMAC X3M», «Detector-DUO», va shu kabilar. Ammo ularning barchasida ishlash prinsip oʻxshashdir.
Georadar uchta asosiy qismdan iborat: keng maydonli zondlovchi impulsli radiochastota signalini tarqatuvchi antennali uzatgich; antennali yer ostidagi qatlamlardan qaytuvchi ushbu signallarni qabul qilish va qayd qilish moslamasi (46-rasm).
Georadar bilan ishlashda uzatgich yer qatlamiga qisqa impulsli elektromagnit signalini yuboradi. Ushbu signal yer ostidagi tuproq, suv va boshqa turli muhitli qatlamlarda tarqaladi va turlicha toʻlqinli jarayon yuzaga keladi. Turli qatlamlardan qaytuvchi signallar qabul qilish moslamasiga keladi va qayd qilinadi. Georadar qoʻllash orqali qadimiy paxsa, xom va pishiq gʻishtdan qilingan devor qoldiqlarini aniqlash mumkin.
Magitometr. Magnit induksiya, magnit maydon kuchlanganligi va doimiy magnitlarning magnit momentlarini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Magnitomexanik, elektromagnit, induksion va ferrozond Magnitometrlar bor. Magnitomexanik Magnitometrda oʻlchanayotgan magnit maydonda 2 doimiy magnit oʻzaro ta’sirlashadi, natijada ulardan biri muayyan burchakka ogʻadi. Bunday Magnitometr mutlaq (mas, magnit teodolit) va nisbiy (mas, kvars asbob) oʻlchashlar uchun qoʻllaniladi. Elektromagnit Magnitometrda tekshirilayotgan magnit maydon gʻaltakdagi elektr toki magnit maydoni bilan taqqoslanadi. Induksion Magnitometrning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslangan. Ferrozond Magnitometrning ishi oʻzgaruvchan tok oʻtadigan chulgʻamli oʻzakning magnit oʻtkazuvchanligi oʻlchanayotgan magnit maydon ta’sirida oʻzgarishi hodisasiga asoslangan.
Magnitometr yordamida magnit oʻzgarishlariga doir hodisalar oʻrganiladi, arxeologik qazishmalarda anomal holatlarni oʻrganish orqali qoʻllaniladi (47-rasm).
Teodolit ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni oʻlchashda ishlatiladigan koʻchma geodezik asbob. Burchaklarni oʻlchash, triangulyatsiya va poligonometriya ishlarini bajarishda foydalaniladi. Burchak oʻlchash ishlarida gorizontal yoʻnalishda G yoki 30» aniqlikda oʻlchaydigan Teodolitlar qoʻllaniladi. Triangulyatsiya ishlarida (er sirti holatini aniklashda) anikdik darajasi yanada yuqori (0,5» gacha) boʻlgan Teodolit lardan foydalaniladi. Aniqlik darajasi yuqori boʻlgan Teodolitlar universal Teodolit deb ataladi. Teodolitlar bilan ochiq joydagi vertikal burchaklar, masofalar hamda yoʻnalishlar, magnit azimutlarini ham oʻlchash mumkin. Teodolitning asosiy qismlari — koʻrish trubasi, gorizontal va vertikal doiralar. Gorizontal doyra limb va alidadan iborat. Vertikal doira 15° qiya burchaklarni oʻlchash uchun moʻljallangan. Yangi optik Teodolitlar metall limbli Teodolitlarga nisbatan ixcham, yengil va ishlatish oson. Teodolitlar tuzilishi, anikligi va boshqa xususiyatlariga koʻra bir necha xil boʻladi (xisob qurilmali, optik mikrometrli, mikroskopli, indeksli va hok).
Teodtolitlar arxeologiyada topografik, stratigrafik planlar olish, qazishmada aniqlangan me’moriy qoldiqlar tarxini olish kabi ishlarda qoʻllanilinadi. Taxeometrlar esa nisbatan mukammal qurilmalr boʻlib, u teodolit, nivelir va dalnomer qurilmalri funksiyalarini oʻzida jamlagan (48-rasm).
Dron. Hozirgi vaqtda arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari sinfiga kiruvchi dronlardan keng foydalanilmoqda. Dronlar yordamida arxeologik tadqqiotlarni muvofiqlashtirish, yodgorliklar va uning atrofi topolani yaratish, qazishma tarxlarini olish, arxeologik razvedka ishlarida foydalanish mumkin.
Hozirgi kunda kunda Respublikamizda Phantom 4 PRO, A6 Plus, MCA6 Spray Drone, Ptero J1 dronlaridan keng miqyosda foydalanilmoqda.
“Uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)ning arxeologiyada qoʻllanilishi samaradorligi
v hududni elektron kartasini avtomatik tarzda aerosuratga olish orqali yaratish;
v Ma‟lumotlarga avtomatik tarzda qayta ishlov berish;
v arxeologik yodgorliklarni xatlovdan o‟tkazish;
v Bajarilgan qazishma ishlar hajmini baholash va ularni bajarilishini nazorat qilish;
v Yodgorliklar va qazishmalarning 3D modelini yaratish;
v Ma’lumotlarni ekranda ko‟rib turgan holda tahlil qilish imkoniyatini beradi;
Arxeologik yodgorliklarni oʻganishda va modelini yaratishda ishlar quydagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Uchuvchisiz uchish qurulmasidan (dron) foydalanib obyektni aerofotosuratga olish.
Aerofotosuratga olish ishlari DJI Phantom 4 Pro uchuvchisiz uchish qurulmasidan (dron) foydalanilgan holda quydagi tartibda amalga oshiriladi.
*DJI Phantom 4 Pro uchuvchisiz uchish qurulmasi DJI GS PRO dasturi taminotidan foydalanilgan holda uchiriladi.
*Uchish balandligi 100 m.
*Suratlar orasidagi bir-biriga nisbatan qoplanmasi koʻndalangiga 60%, boʻylamasiga 80% ni tashkil etadi.
*Suratlar tiniqligi 3sm. pikselni tashkil etadi.
2. Aerofotosuratni bog'lash uchun plan-balandlik nuqtalarini olish obyekt joylashgan hudud boʻylab har 500-1000 metr masofada shaxmat tartibda planli-balandlik nuqtalarni (opoznak) joylashtiriladi va ularning oʻrnini aniqlash ikki chastatali yuqori aniqlikdagi GPS qurulmalaridan foydalanilgan holda quydagi tartibda amalga oshiriladi.
*Obyektning umumiy maydoni boʻyicha 500-1000 metr masofada shaxmat tartibda planli-balandlik nuqtalar oʻrni oq boʻyoq bilan belgilanib chiqiladi.
*Boʻyalgan planli-balandlik nuqtalar (opaznak) oʻrni koordinatalari yuqori aniqlikdagi GPS qurulmasida RTK rejimida oʻlchanadi.
*Planli va balandlik oʻrni aniqlangan nuqtalar (opoznak) nomlari va koordinatalar katalogi shakillantiriladi.
3. Fotogrammetrik tarmoqning planli-balandlik zichlashtirish.
DJI Phantom 4 Pro uchuvchisiz uchish qurulmasi yordamida olingan aerofotosuralarni planli-balandlik tayyorgarligi yakunlangach Agisoft Metashape raqamli fotogrammetrik dasturiy ta'minoti yordamida analitik usul bilan aerofotosuratlar, fotogrammetrik tarmoqning planli-balandlik zichlashtirish amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda biz kupgina adabiyotlarda GPS kiskartmasini uchratmokdamiz. Bu kiskartma Global Positioning System deb talkin etiladi. Bu tizimning ikkinchi nomlanishi NAVSTAR (Navigation Sattelite providing Time And Range), ya’ni vakt va ob’ektning joylashish nuktasini aniklash tizimi. Bu tizimning yaratilishiga kadar arxeologik yodgorliklar koordinatalarini aniklashda ma’lum bir kiyinchiliklarga duch kelingan va tadkikotlar jarayoniga geodezistlar jalb etilgan. Xaritaga ob’ektlarni 10-20 metr aniklikda kiritish uchun 1:25000 masshtabli topografik xaritalar kerak bular va koordinalarni rakamli kurinishga ayllantirish uchun uzok vakt xamda mexnat talab kilinar edi. GPS kurilmalarining yaratilishi esa yodgorliklar xaritasini tuzishdagi ishlarni bir kadar yengillashtirdi. GPS tizim yerga tuxtovsiz ravishda elektromagnit signallar uzatib turuvchi bir nechta sun’iy yuldoshlar turidan iborat. Sun’iy yuldoshlardan kelayotgan signallarni kabul kiluvchi va uzatuvchi kurilmalar yordamida yer yuzidagi ob’ektlarning joylashish koordinatalarini bir necha un kilometrlardan bir necha un millemetrlargacha anik oʻlchash imkoniyatiga ega bulamiz. Global Positioning System ni yaratish gʻoyasi XX asrning 50- yillarida Jon Xopkins universitetida vujudga keladi. GPS 1969 yilda AKSH Mudofaa vazirligi buyurtmasiga binoan yaratilgan boʻlib, u dengiz satxidan 20.2 km balandlikda joylashgan 6 ta orbita aylanasida xarakat kiluvchi 24 ta sun’iy yuldoshlardan iborat boʻlgan. Sun’iy yuldoshlar yerga kuchsiz signallarni uzatadi va bu signallar yer yuzidagi ob’ektlarning joylashish nuktasini aniklash uchun yetarlidir. Ushbu tizimni amalga oshirish uchun AKSH 12 mlrd dollar mikdorida mablaF sarflagan. Dastlab GPS xarbiy maqsadlar uchun qoʻllanilgan bulsa XX asrning 80-yillaridan boshlab fukoralar xam ushbu kurilma imkoniyatlaridan foydalanib kelishmokda. Hozirgi kunda jaxon bozorida GPS kurilmasining kuyidagi turlari mavjud:
Garmin Geko 101
Portativli navigator GARMIN E-trex Camo
GPS-navigator GARMIN eTrex Legend C
GPS-navigator MAGELLAN SporTrak
MAGELLAN Meridian Marine GPS
MAGELLAN Meridian Color
Navigator Cobra GPS 100
Albatta, ushbu kurilmalarning texnik xususiyatlari, imkoniyatlari, bajaradigan funksiyalari, tan narxlari xam turlichadir. Ushbu kurilmalarni nafakat kuruklikda, balki ochik xavoda xamda suv ostida xam bemalol ishlatish imkoniyatlari mavjuddir. GPS kurilmasi sun’ty yuldoshlardan kelgan kodlarni foydalanuvchi uchun ochib beradi. Barcha GPS kurilmalari UTC-ya’ni Grinvich vakti buyicha ishlaydi. GPS kurilmalari ichki soatlari sun’iy yuldoshlarda urnatilgan atom soatlari bilan doimo sinxron xolatda boʻladi. Bu esa uz navbatida vaktni mikrodan nanosekundlargacha aniklash imkonini beradi. Uchta sun’iy yuldoshdan signallar kabul kilgan GPS kurilmasi uzi joylashgan ma’lum xududning uzunligi va kengligini aniklaydi. Bu ikki oʻlchamli fiksatsiya xisoblanadi. Turtta sun’iy yuldoshlardan signallarni kabul kilishda esa GPS kurilmalari uzunlik va kenglikdan tashkari, balandlikni xam aniklaydi. Bu esa fanda uch oʻlchamli fiksatsiya etish deyiladi. Ma’lum vakt ichida ob’ektni kuzatish jarayonida GPS kurilmalari xarakat yoʻnalishi va tezligini xam aniklash imkoniyatiga egadir. Fukarolar tomonidan foydalaniladigan oddiy GPS kurilmalari ob’ekt joylashish nuktasini 10 metrdan 100 metrgacha aniklikda oʻlchashishi mumkin. Ba’zi GPS kurilmalari differensial GPS (DGPS) yordamida ob’ekt koordinatalarini 4 metrgacha, ba’zi xolatlarda 1 metrgacha aniklikda kayd etishi mumkin. Shuningdek, ob’ektlarning koordinatalari tuvri aniklash GPS kurilmalarining turiga xam bogaikdir.
GPS kurilmalari imkoniyatlarini xisobga olib, biz ularni uch asosiy guruxga ajratishimiz mumkin:
Ob’ekt koordinatalarini 3-10 metrgacha aniklikda kayd etuvchi oddiy GPS kurilmalari.
Ob’ekt koordinatalarini 1 metrgacha aniklikda kayd etuvchi GPS kurilmalari.
Ob’ekt koordinatalarini bir necha millimetrgacha aniklikda kayd etuvchi geodeziya soxdsida qoʻllanuvchi GPS kurilmalari.
Barcha GPS kurilmalari ichki xotiraga ega boʻlib, unda yoʻnalishlar va yoʻnalishlarda kayd etilgan ob’ektlarning joylashish nuktalari koordinatalar sifatida saklanadi. Uning xotirasida saklangan ma’lumotlarni esa, biz turli dasturlar vositasida, masalan MapSource, Waypoint+ yordamida kompyuterga yuklab olishimiz mumkin. Unda saklangan barcha ma’lumotlar ASCII-matnli fayli sifatida komyuterda kurishimiz va keyinchalik biz bu fayllardagi ma’lumotlarni matnli mukarrirlar yordamida kayta ishlashimiz mumkin. Aksariyat GPS kurilmalari WGS-84, ya’ni xalkaro koordinatalar tizimi bilan bogaangan. Agarda biz GPS kurilmalarini boshqa koordinatalar tizimi bilan bogaamokchi bulsak, bunday vaziyatda unga tegishli oʻzgartirishlar kiritishimiz lozim boʻladi
Xar bir mutaxassis-arxeolog GPS kurilmasi yordamida yodgorliklar koordinatalari aniklashda kuyidagi asosiy talablarga e’tibor karatishi lozimdir:
Xar bir bir arxeologik ob’ekt ya’ni yodgorlik koordinatlari umumgeografik koordinatalar tizimida bulishi lozim. Masalan: “Pulkovo1942”, “WGS-84” va x.zo;
Arxeologik ob’ekt xududida 30 gradusli uchbukchak hosil kiluvchi va bir-biridan 15 metr masaofa uzoklikda joylashgan ixtiyoriy uchta nukta koordinatalari kayd etilishi tavsiya etiladi;
Arxeologik yodgorlik koordinatalarini GPS kurilmasi yordami bilan aniklashda xar bir nukta uchun 1 minutdan ortikrok vakt sarflash lozim;
GPS kurilmalarini arxeologik tadkikotlar jarayonida kullash natijasida kuyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi:
Kadastr ishlari va yodgorliklarni muxofaza etish zonalarini urnatishda arxeologik yodgorliklar chegara xududlarini aniklash;
Arxeologik kuzatuv ishlari jarayonida yodgorliklar koordinatalarini aniklash;
Arxeologik qazishma utkaziladigan joylar va yodgorliklarning anik planini tuzish;
Geografik axborot tizimi va kartografiyada arxeologik axborotni tasvirlash uchun ma’lumotlarni tayyorlash;
Arxeologik yodgorliklarni muxofaza etish;
Arxeologik yodgorliklar xaritasini tuzish;
Arxeologik yodgorliklarga tegishli planlar, sxema va xaritalarni geografik boglash.
Hozirgi kunda GPS kurilmasi aksariyat xorijiy va Respublikamiz xududida faoliyat olib borayotgan arxeologik ekspeditsiyalar tadkikotlarida qoʻllanilishi lozim boʻlgan asosiy kurilmalardan biri xisoblanadi.



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling