Analog signallarni raqamli signallarga almashtirish ko‘p hollarda bir qator afzalliklarga EGA bo‘lib, bular qatoriga ularni uzatish, xotirada saqlash, ishlov berish kabi jarayonlar kiradi


Download 1.58 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1070074

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI

TIZIMLAR VA SIGNALLARGA QAYTA ISHLASH


8-labaratoriya ishi
Bajaruvchi: Akaboyev K
Tekshiruvchi:G’ayratov Z


Samarqand-2022
8-AMALIY ISH
UZLUKSIZ SIGNALLARNI VAQT BO‘YICHA DISKRETLASH
Nazariy qism. Analog signallarni raqamli signallarga almashtirish ko‘p hollarda bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, bular qatoriga ularni uzatish, xotirada saqlash, ishlov berish kabi jarayonlar kiradi. Analog signallarni raqamliga almashtirish uni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash – kvantlangan sath qiymatlarini unga eng yaqin bo‘lgan sath qiymati bilan almashtirish va sath qiymatini belgilovchi raqamni elementar signallar orqali kodlash natijasida amalga oshiriladi.
Ammo ko‘p hollarda vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha kvantlangan signallarni raqamli signal deb atash qabul qilingan. Analog signalni raqamliga almashtirish – analog raqam almashtirish (ARA) qurilmasida amalga oshiriladi.𝑣(𝑢) funksiya orqali ifodalanadigan signal turlarini ko‘rib chiqamiz [2].Uzluksiz argument 𝑢 ning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan 𝑣(𝑢) uzluksiz signal deb ataladi. Bunda uzluksiz signal 𝑣(𝑢) ning argumenti 𝑢 uning boshlanishi 𝑢 = 0dan ushbu signalning davomiyligiga teng bo‘lgan vaqt 𝑈𝑡orasidagi hamma qiymatlarni qabul qiladi, ya’ni 𝑢 = (0, 𝑈𝑡) Uzluksiz signalni vaqt va sath bo‘yicha diskret signal 𝑣(𝑚∆𝑣; 𝑙∆𝑢) bilan almashtirib, uni kodlash asosida uzatishga asoslangan aloqa tizimi diskret yoki raqamli aloqa tizimi deb ataladi.Vaqt bo‘yicha diskretlash natijasida 𝑣(𝑢) signal ushbu signalning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari 𝑣(𝑙∆𝑢) bilan almashtiriladi, ya’ni 𝑣(𝑢) → 𝑣(𝑙∆𝑢) bo‘ladi. Vaqt bo‘yicha diskretlangan signalni uning 𝑙∆𝑢 vaqtlarda olingan oniy qiymatlari asosida qayta tiklash mumkin. Ushbu signalni qayta tiklash natijasida olingan signalni – tiklangan signal deb ataladi. Uni 𝜑(𝑢) bilan belgilaymiz. Vaqt bo‘yicha diskretlash oralig‘i shunday tanlanishi kerakki, tiklangan signal 𝜑(𝑢) birlamchi uzluksiz signal 𝑣(𝑢) dan talab etiladigan darajadan ko‘p farq qilmasligi kerak. Agar diskretlash oralig‘i ∆𝑢 kichik qilib tanlansa, davomiyligi 𝑈𝑑ga teng bo‘lgan signaldan olingan oniy qiymatlar soni ko‘p bo‘ladi, signalni qayta iklash aniqligi yuqori bo‘ladi. Aksincha, agar diskretlash oralig‘i ∆𝑢 katta qilib tanlansa, oniy qiymatlar soni kam bo‘ladi, natijada signalni qayta tiklash aniqligi ham kamayadi.
Diskretlash oralig‘i, yoki davomiyligi 𝑈𝑡 bo‘lgan signaldan ∆𝑢 vaqt oralig‘ida olingan qiymatlar sonining signalni qayta tiklashdagi aniqlikni ta’minlovchi soni 𝑁 =𝑈𝑠∆𝑢 – uning optimal soni hisoblanadi.
Ishdan maqsad: Ishda uzluksiz signallarni tajriba asosida diskretlash va qayta tiklash jarayonlarini o‘rganish maqsad qilib olingan.

. Impulsli uzatish tavsif yordamida 1 PChF va 2 PChF larni mintaqaviy o‘tkazish qobiliyatini baholash. Buning uchun « Istochnik signalov » blokida joylashgan « Delta impuls » va « Signal s chastotoy F2». yozuvlari yonidagi «Vkl» tugmasini bosing. 1-kanalga 1-nazorat nuqtani va 2-kanalga esa 6-nazorat nuqtalarini ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom» blokida joylashgan « Podklyuchit detal k FNCh 2» yozuvlari yonidagi « DA » tugmasini bosing. Hosil bo‘lgan ossillogrammalarni chizib oling. Hosil bo‘lgan ossillogrammadan, masshtabda T davr va t oraliqni o‘lchang. Ikkala filtrlar uchun t oraliqni T/2 bilan taqqoslang va filtr o‘tkazish polosasi kengligi haqida xulosa qiling. Agar tТ/2 bo‘lsa, u holda filtrning yuqori o‘tkazish chastotasi f2, chastotadan oshadi.


1-kanalga 7-nazorat nuqtasini ulang va 1.3. banddagidek 2-PChF ni signal o‘tkazish polosasini baholang.
Murakkab signalni diskretlash va uni diskretlash intervalini aniqlash.
1-kanalga 1-nazorat nuqtani va 2 kanalga esa, 2-nazorat nuqtalarni ulang. “Istochnik signalov” blokida joylashgan « Gen. imp. diskr.”yozuvi yonidagi «Vkl» tugmani bosing. Diskretizatsiya chastotasini 4000 Gs ga o‘rnating. Hosil bo‘lgan ossillogrammani chizib oling.
Buning uchun 1-kanalga 2-nazorat nuqtasini va 2-kanalga esa 4-nazorat nuqtalarni ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom» blokida joylashgan « Podklyuchit slojniy signal » va «Gen. imp. disk » , « Diskretizatori » yozuvlari yonidagi «Da» tugmani bosing. Murakkab va diskretlangan signallarning ossillogrammalarini chizib oling.





XULOSA
Xulosa ushbu amaliy ish natijasida signallarning sunishi yunalishi va harakatdagi signalning xalaqitlar qushilganda qanday harakatlanishini kuzatib uttik.Bu mustaqil ishni tayorlab fan to’g’risidagi bilimlarimni yanada kupaytirib oldim.
Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling