Nazorat savollari


Download 25.47 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi25.47 Kb.
#100571
Bog'liq
tarix 2


NAZORAT SAVOLLARI

1.  “Sivilizatsiya” tushunchasining mazmuni.

2.  Olimlar sivilizatsiyalarning qanday turlarini ajratadilar?

3.  Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy davrlari sanab bering.

4.  Odam evolutsiyasi haqida nimalar bilasiz.

5.  Dastlabki ma’lumot almashinuvi qanday amalga oshirilgan?

6.  Oʻrta Osiyodagi dastlabki yozma manbalar tasnifini bering.

7.  “Avesto” – Oʻzbekiston tarixi sifatida ahamiyatini korsatib bering.



8.  “Avesto”da yaxshilik va yomonlik o`rtasida kurash nimalarda namoyon boʻladi?

  1. Bu soʻz lotinchadan olingan boʻlib, u hozirgi zamonda odamning komillikka, yetuklikka intilish mazmunida talqin etiladi, shuningdek, u inson hayoti uchun qulayliklar yaratish jarayonini ifodalovchi tushuncha ham. Adabiyotda bu soʻz “tamaddun” deb ham ataladi, va madaniy hayotga, taraqqiyotga erishuv jarayoni ma’nosida ishlatiladi. Qomusiy kitoblarda sivilizatsiya-jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar. Shuningdek, ularni yanada koʻpaytirib va takomillashib borish usullarining majmui deyiladi.

  2. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi hozirgi zamon sivilizatsiyasiga ajraladi

  3. Poleolit davri (ilk poleolit,o’rta poleolit,so’ngi poleolit),Mezolit ,Neolit,Eneolit,Bronza,Temir davri.


  4. Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (lot. ongli odam), sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi.

  5. Odamning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshka barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, onaqornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshas.

  6. Avesto, Ovasto (parfiyoncha: apastak – matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb atala-di) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi. A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Chek-siz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin dav-ri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba.

  7.  Zardushtiylik diniga oid turli buyumlar, rasmlar, urf-odat asoratlari qadimgi Xorazm, Soʻgʻd va boshqa oʻlkalarda koʻplab topilgan.Koʻpchilik tadqiqotchilarning fikricha, “Avesto” yaratilgan hudud Amudaryo sohili, aniqrogʻi qadimgi Xorazmdir. Bu asarda olingan 16 ta yirik hududiy-geografik nomlarning koʻpchiligi Oʻrta Osiyoga taalluqlidir. Bular Xorazm, Soʻgʻd, Baqtriya yurtlari, Hisor, Pomir, Tiyanshan togʻlari, Kaspiy, Orol, Issiqkoʻl suv xavzalari, Amudaryo va Sirdaryolardir.

  8. Zardushtiylik dini vujudga kelgan davr Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarsi inqirozga uchrayotgan, o’troq turmush tarzi qaror topayotgan, sug’oriladigan dehqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy etayotgan, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’layotgan, o’troqlik turmush tarzi har jihatdan afzal ko’rinishi bilan ijtimoiy hayotga keng tadbiq qilinayotgan davr edi. Shunday turmush tarzini barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga kulfat keltirayotgan ko’chmanchilikka qarshi kurash hayotiy ehtiyojga aylangan edi.Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab yetgan donishmand Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li-bu yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi.

Download 25.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling