Sharq sivilizatsiyasi va Tarix


Download 0.8 Mb.
bet1/7
Sana29.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1306758
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1921-yil Konstitutsiyasi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti “Sharq sivilizatsiyasi va Tarix” fakulteti SHMT 4-kurs sirtqi bo’lim turk-ingliz guruhi talabasi Azimov Qamariddinning “1921 yil Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning eng muhim jihatlari mavzusida tayyorlagan

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti “Sharq sivilizatsiyasi va Tarix” fakulteti SHMT 4-kurs sirtqi bo’lim turk-ingliz guruhi talabasi Azimov Qamariddinning “1921 yil Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning eng muhim jihatlari ” mavzusida tayyorlagan

mustaqil ishi.

Reja:

  • Kirish.
  • Asosiy qism.
  • Mudanya sulhi.
  • 1921 yil Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning eng muhim jihatlari.
  • Xulosa.
  • Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Insoniyat tarixi davomida turkiy olam dunyo tarixi, madaniyati va tamadduni

rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan, eng kuchli madaniyatlar va tamaddunlar paydo

bo‘lgan va rivojlangan noyob joy hisoblanadi. Yevroosiyoning markazida

joylashganligi uchun turkiy olam har doim ikki buyuk madaniyat: Sharq va G‘arb

o‘rtasida birlashtiruvchi ko‘prik bo‘lib kelgan. Bundan tashqari, turkiy olam ko‘plab

tamaddunlar, shu jumladan, G‘arb tamadduni uchun o‘ziga yarasha shart-sharoit

yaratgan. Turkiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki, fe’l-atvoridagi

bag‘rikenglik tufayli turklar boshqa xalqlarning eng yaxshi sifatlarini o‘ziga

singdirishga harakat qilgan. Zero, turklar tanlov masalasida juda katta imkoniyatga

ega edi. Bir vaqtlar Tinch va Atlantika okeanlari o‘rtasida joylashgan xalqlar va

davlatlar, ulkan hudud turkiy saltanatlar hukmronligi ostida bo‘lgan.

Asosiy Qism

1922 yil 11 oktyabrdagi Mudanya sulhi - bir tomondan Turkiya timsolida Turkiya Buyuk Millat Majlisi bilan, ikkinchi tomonda - Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida Usmoniylar davlatiga qarashli Bursa viloyatining Mudanya shahrida imzolangan. Gresiya Qirolligi bu sulhni 1922 yil 14 oktyabrda sulh imzolagan. Uning mazmuni shundan iborat edi-ki, Mudros sulhiga ko‘ra, Birinchi jahon ishtirokini yakunlagan ittifoqchi kuchlarga Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarini egallashga ruxsat berilgan. Keyinchalik ular Konstantinopolni ham egallagan. Pirovardda, Usmoniylar imperiyasini bo‘lib tashlashga qaror qilgan. Bunga Buyuk Millat Majlisi timsolida turk vatanparvarlari qarshilik ko‘rsatgan. Anado‘luda ishg‘olchi davlatlar ustidan g‘alaba qozongan turk qo‘shinlari Bo‘g‘ozning neytral zonasiga o‘tgan.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling