1920 yil 23 aprelda Anqarada mamlakat konstitutsiyasini qabul qilish maqsadida TBMM ta’sis etilgan edi. 1920 yil 23 aprelda Anqarada mamlakat konstitutsiyasini qabul qilish maqsadida TBMM ta’sis etilgan edi. Parlamentning 24 apreldagi ikkinchi yig‘ilishida Mustafo Kamol Otaturk parlament raisi etib saylangan. Uning ilk takliflari quyidagilar bo‘lgan: - hukumat boshlig‘ini tayinlash yoki sultonning o‘rinbosarini vaqtinchalik asosda e’tirof etish; - Parlamentdan ajralgan holda amalga oshiriladigan boshqaruvga parlament deputati shaklidagi hukumat vakolatini berish; - TBMM raisi ayni paytda hukumat boshlig‘i bo‘lishi; - Sulton va Xalifaga tegishli masalalar Kengash tomonidan ular tashqi mamlakatlar tazyiqidan xalos bo‘lganlaridan keyin muhokama qilinishi va shundan kelib chiqib ularning masalalasi hal qilinishi va b. Yangi vakillik organini tuzish haqidagi tashabbus Mustafo Kamol Otaturkka tegishli bo‘lgan. Ungacha amal qilgan Deputatlar Palatasi 1920 yil 28 yanvarda Konstantinopolda «Milliy turk pakti» nomi bilan ma’lum bo‘lgan «Turkiya mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qilgan edi. Unga ko‘ra Usmoniylarning arablarga tegishli yerlari - arablar ixtiyoriga (referendum asosida), turklar yashaydigan yerlar, ya’ni, G‘arbiy Frakiya, Kars, Ardag‘an va Batumidan tashqari hozirgi Turkiya yerlari Turkiyaga qoldirilgan. Istisno qilingan yerlarda davlatga taalluqliligi haqida referendum o‘tkazish mo‘ljallangan. Qayd etilgan hududlar mahalliy aholi ixtiyoriga qoldirilgan bo‘lgan. Ular ham plebessit, ya’ni referendum yo‘li bilan hal qilinishi kerak edi. Yangi vakillik organini tuzish haqidagi tashabbus Mustafo Kamol Otaturkka tegishli bo‘lgan. Ungacha amal qilgan Deputatlar Palatasi 1920 yil 28 yanvarda Konstantinopolda «Milliy turk pakti» nomi bilan ma’lum bo‘lgan «Turkiya mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qilgan edi. Unga ko‘ra Usmoniylarning arablarga tegishli yerlari - arablar ixtiyoriga (referendum asosida), turklar yashaydigan yerlar, ya’ni, G‘arbiy Frakiya, Kars, Ardag‘an va Batumidan tashqari hozirgi Turkiya yerlari Turkiyaga qoldirilgan. Istisno qilingan yerlarda davlatga taalluqliligi haqida referendum o‘tkazish mo‘ljallangan. Qayd etilgan hududlar mahalliy aholi ixtiyoriga qoldirilgan bo‘lgan. Ular ham plebessit, ya’ni referendum yo‘li bilan hal qilinishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |