A avloniynomidagixalqta’limimuammolarinio‘rganis hvaistiqbollarinibelgilashilmiy-tadqiqotinstituti


O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini


Download 59.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.10.2023
Hajmi59.62 Kb.
#1711603
1   2   3   4
Bog'liq
4TsZfqchny63WILk0KsCuXG0IkuukZgvVUX9BxZW

O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini 
baholashning turli usul va vositalari 
O‘quvchining olgan bilim va tushunchasini baholashning turli usullari 
mavjud bo‘lib, rasmiy va norasmiy baholashdir. Rasmiy baholashda testlar, 
viktorinalar 
va 
loyihalar 
mavjud. 
O‘quvchilarushbubaholargaoldindantayyorgarlikko‘rishlarivaxattoo‘quvchilarni
ngbilimvaqobiliyatlarinibaholashtalablarinioldindanyo‘nalishlarbilantanishtiribo
‘tiladi. 
Norasmiy baholash odatiy, kuzatishlarga asoslangan vositalardir. 
Bu baholash o‘qituvchiga o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash va 
mavjud bo‘shliqlarini mavjud bo‘lgan joylarni aniqlashga imkon beradi. 
Norasmiy baholash o‘qituvchilarga o‘quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini 
aniqlashga yordam beradi va kelgusidagi darslarni to‘g‘ri rejalashtirishda 
yordam beradi. 


Sinfda norasmiy baholash muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ulardagi 
potentsial imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi va o‘quvchilarning rasmiy 
baholash bo‘yicha tushunchalarni namoyon etishi uchun darslarni to‘g‘ri 
tashkillashtirishga imkon beradi. 
Ijodiy norasmiy baholashga bir nechta misol ko‘rib o‘tsak. 
Kuzatuv. 
Kuzatuv - har qanday norasmiy baholashning o‘zagidir, shu bilan birga 
alohida mustaqil uslubdir. O‘quvchingizni kun davomida kuzating. Uning 
qiziqishlari va intilishlari, imkoniyat va qobiliyatlari izlang. Ushbu tuyg‘ularni 
yuzaga keltiradigan topshiriq va vazifalar haqida eslatma yozing. 
O‘quvchilarning ishini xronologik tartibda ko‘rsatib belgilab boring, sust 
va rivojlanayotgan jihatlarini aniqlang. Ba’zida siz hozirgi ishni oldingi 
namunalarga 
solishtirib 
bo‘lmaguningizcha, 
o‘quvchining 
qanchalik 
rivojlanganligini sezmaysiz. 
O‘quvchiga Tarbiya darsligidagi biror mavzuni bering, o‘sha ma’lumotni 
har chorakda bir marta so‘rab, uning bilim darajasini kuzatib borishingiz 
mumkin bo‘ladi. 
Og‘zaki taqdimotlar. 
Biz odatda og‘zaki taqdimotlarni rasmiy baholash turi deb o‘ylaymiz, 
biroq ular hayoliy norasmiy baholash vositasi bo‘lishi mumkin. Bir-ikki 
daqiqaga taymerni o‘rnating va o‘quvchidan ma’lum bir mavzu haqida bilib 
olgan narsalarini aytib berishini so‘rang. 
Qog‘ozli sharchalar 
O‘quvchilar toza varaqalar tarqatiladi va bittadan savollar yozishlari 
so‘raladi. Savollar yozilgach qog‘ozlar yumaloqlanadi va aralashtiriladi. Keyin 
barcha o‘quvchilar qog‘oz sharchalardan birini olib, savolni ovoz chiqarib 
o‘qiydi va javob beradilar. 
Ushbu usul o‘quvchilarning mavzuni o‘qish va o‘rganishdagi bilimlarini 
tekshirish uchun juda yaxshi usul hisoblanadi. 
To‘rt burchak 


To‘rt burchak – o‘quvchilarni fikrlashga undovchi ajoyib usuldir. 
Xonaning har bir burchagiga nom yozilgan qog‘ozlar yopishtiriladi masalan, 
aniq to‘g‘ri, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, aniq noto‘g‘ri, yoki A, B, C va D ni yozing. 
Muhokama uchun tayyorlab quyilgan savolni o‘qing va o‘quvchilar o‘zlarining 
fikrlari bo‘yicha xonaning burchagini egallaydilar. Burchaklarda yig‘ilgan guruh 
a’zolari birgalikda o‘z fikrlarini muhokama qilishlari uchun vaqt bering
belgilangan vaqt tugagach javoblarni tinglang. 
Namoyish 
Mavzuni yoritish uchun lozim bo‘ladigan asboblarni yig‘ing. 
O‘quvchilarga har birini ko‘rsatib, jarayonni tushuntirishlari uchun imkon 
bering. Agar ular o‘lchov asboblari haqida bilmoqchi bo‘lsa, qismlarini 
ko‘rsatib, har birining vazifasi nima ekanligini tushuntirib bering. 
Chizmalar 
Chizish ijodiy, badiiy yoki ilmiy o‘rganuvchilar uchun o‘zlari o‘rgangan 
obyektni ifoda etishning ajoyib usuli. Ular bir jarayonning bosqichlarini chizish 
yoki tarixiy hodisani tasvirlash yoki ritsar zirhining qismlarini chizish va 
etiketlashlari mumkin. 
Crossword jumboqlari 
Krossvord jumboqli, qiziqarli norasmiy baholash vositasi hisoblanadi. 
Mavzu yuzasidan so‘zlar yoki tavsiflarni ishlatib, jumboq yaratuvchisi bilan 
jumboq yaratish. To‘g‘ri javoblar to‘g‘ri bajarilgan jumboqqa olib keladi. 
O‘quvchilar bilimini sinash va baholashda qanday usulni tanlash, 
o‘tilayotgan fan, qo‘yilgan maqsad, o‘qituvchining tanlovi kabilarga bog‘liq. 
Keng qo‘llaniladigan nazorat uslublaridan og‘zaki metodlardir. 

Download 59.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling