A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a
Download 6.54 Mb. Pdf ko'rish
|
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 .3.6 . M o ‘jaz rasm-miniatyuralar
1.3.5. Xalq o g ‘zaki adabiyoti
Og'zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi qismi bo'lib, uning ildizi ibtidoiy jam oa va ilk feodalizm tuzum iga borib taqaladi. Og'zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Mas’udiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asirkabi Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush haqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To'm aris va Shiroq haqidagi qissalar shular jumlasidandir. U rug'chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal m unosabatlarini o ‘rganishda “Alpomish”, “G o ‘ro‘g‘li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim qo'shiqlari, matal va topishm oqlam ing roli ham benihoyat kattadir. Bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilaming turish-turmushi, m a’naviy qiyofasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq o ‘tmishda hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qimmatli m a’lumot beradi. Tarixiy manbalaming bu turi bilan folklor fani (nem. Folk - xalq, lore — bilim; donishmandlik, xalq donoligi) shug'ullanadi. 1 .3.6 . M o ‘jaz rasm-miniatyuralar X-XIX asrlardavomida qo'lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafls mo'jaz rasmlar ham tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, hunarmandchilik, kiyim-kechak, me’morlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o'iganmoqchi bo'lsak, nafis mo'jaz tasviriy san’at namunalari — miniatyura rasmlar qimmatli manba rolini o'taydi. Chunki, ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba’zan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi. Masalan, buyuk m usaw ir ustod Kamoliddin Behzodning “ Samar- qanddagi Bibixonim masjidining qurilishi” nomli mashhur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XV asrdagi mehnat qurollari, qurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalarto‘g‘risida mukammal tasawurberiladi. Bunday rasmlardan tarixni o ‘rganishda tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz so'nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini ko‘rishimiz mumkin. 8 Umuman, bizgacha yetib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qo'lyozma kitoblarga ishlangan hamda alohida m uraqqa’lardagi rasmlaming tarixiy manba sifatidagi ahamiyati juda katta. Ko'rib chiqqanimizdek, manbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda ko‘p va xilma-xil bo'lib, biz eng asosiylari to'g'risida m a’lumot berdik. Yana bosma, toshbosma kitoblar, vaqtli matbuot - jum al va gazetalar ham tarixiy m anba hisoblanadi. Shu kunlarda texnika taraqqiyoti munosabati bilan yana tovushli m anba, foto manba, kino-televidenie manbalari va internet materiallari ham paydo bo'lib, ular a n ’anaviy manbalami inkor etmaydi, balki qo'shim cha vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa kompakt disklaming yaratilishi turii yangi pedagogik vositalami qo'llash imkonini yaratadi. Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental yo'nalishi bo'lib, bu sohada faoliyat olib borish uchun bir necha tilni bilish va yozma manbalar to'g'risida katta bilim va tajribaga ega bo'lish talab qilinadi. Download 6.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling