A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   152
Nomenlar - bu bir ma’noli tushunchalarning nomlari, shuningdek, 
ma’lum bir xil miqdordagi bir xil shaklda takrorlanadigan ma’lum 
ommaviy mahsulotlar nomlari
3
. Termin va nomen o‘rtasidagi farq 
shundaki, nomen xususiy tushunchalar, terminlar esa umumiy 
tushunchalar nomidir. 
Oldterminlar – maxsus leksemalar bo‘lib, yangi yaratilgan 
tushunchalarga murojaat qilish uchun terminlar sifatida ishlatiladi
ammo oldtermin terminlarning asosiy talablariga javob bermaydi. 
Oldterminlar yangi tushunchalarni nomlash uchun terminlik maqomini 
olgunga qadar qo‘llaniladi. Ular terminlardan vaqtinchalik tabiatiga 
1
Калинин А.В. Лексика русского языка. – M.: МГУ, 1971. – С. 141.
2
Виногравдов В.В. Вступительное слово ва Всесоюзном терминологическом совещании / Вопросы
терминологии. – Москва, 1961. – С.3-10. 
3
Канделаки Т. Л. Значения терминов и системы значений научно-технических терминологий / Проблемы 
языка науки и техники. Логические, лингвистические и историко-научные аспекты терминологии. — 
Москва: Наука, 1970. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
13 
egaligi, shaklning beqarorligi, qisqalik va umumqo‘llanishlik talablarini 
bajara olmasligi va stilistik neytrallikning yo‘qligi bilan ajralib turadi. 
Vaqt o‘tishi bilan, ko‘pgina hollarda, oldterminlar terminlar tomonidan 
siqib chiqariladi. Oldtermin o‘rnini termin egallaydi. Ba’zan leksik birlik 
terminologik talablarga mos keladigan termin bilan almashtirilishi 
kechiktirilib, maxsus so‘zlar lug‘atda qayd etilib, barqaror xususiyatga 
ega bo‘lib, kvaziterminga (lot. kuasi – xuddi, o‘xshash) aylanadi. 
Terminoid - yetarlicha aniqlanmagan (shakllanmagan) va noaniq 
tushunilgan tushunchalarni aniq chegaralari bo‘lmagan va shuning 
uchun ta’riflarga nom berish uchun ishlatiladigan maxsus leksemalardir. 
Shu sababli, terminoidlar tushunchalar nomini bildirsa ham, ma’no 
aniqligi, kontekstual mustaqilligi va barqaror belgi kabi terminologik 
xususiyatlarga ega emas. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling