A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
193
Muhammadjon:
- Yangi qovun navlarini yaratayotgan mirishkor dehqonlarimizga
rahmat, oshqovoqqa o‘xshaganini oluvdim, obinovvot
ekan.
Odiljon: -Bu safar qovun tanlashda adashmagan ekanman, oq qovun
deb olsam, eski chopon chiqib qoldi.
Muhammadjon: - O‘zi
kichkina-yu, nimaga tosh bosyapti desam,
bo‘rikallaga o‘xshaydi.
Odiljon:
- Rahmat, qovun bahonasida ozgina kulishib ham oldik.
Xalqimizning
dasturxoniga
shirin-shakar
qovunlarni
yetkazib
berayotgan dehqonlarimizning umri boqiy bo‘lsin [Internet ma’lumot].
4-topshiriq. «Erkin yozish» usuli. Besh daqiqa ichida mavzu
bo‘yicha o‘z xayollaringizga kelgan barcha narsalarni to‘xtamasdan
yozing. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, besh daqiqa tugadi deb e’lon
qiling va ishni tugallash uchun
yana bir daqiqa vaqt bering, zero,
qiziqarli fikrlar odatda tang vaziyatlarda tug‘iladi) o‘z yozganlaringizni
sheriklaringizga o‘qib bering va fikrlaringizni birgalikda tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: