A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


  Eski turkiy til terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152
2.2. 
Eski turkiy til terminologiyasi 
Reja: 
1. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari. 
2. «At-tuhfa» asarining terminologiyadagi o‘rni. 
3. Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab» asari. 
 
Tayanch tushunchalar: Eski turkiy til, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, 
saljuqiylar, Mahmud Qoshg‘ariy: «Devonu lug‘otit turk», Mahmud
Zamaxshariy: «Muqaddimat ul-adab». 
Eski turkiy til manbalari muayyan til qoidalari, ularda yuz bergan 
jarayonlar, qolaversa, yozilish tarixi nuqtai nazaridan ilk eski turkiy til 
(XI-II) va XIII-XIV asrlarda qo‘llangan eski turkiy til tarzida 
tasniflanadi. Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom 
mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar 
(qoraxoniylar, 
g‘aznaviylar, saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat 
sahnasiga chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini 
yo‘qotmagan eski turkiy til (XI-XIV)da terminologik leksika 
ko‘lamining bir qadar kengayganini kuzatish mumkin.
Ilk eski turkiy til obidalari sirasiga asosan qoraxoniylar sulolasi 
hukmronlik qilgan vaqtda yuzaga kelgan Yusuf Xos Hojibning 
«Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», adib 
Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning 
«Hikmatlari», Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimat ul-adab», 
muallifi noma’lum «O‘g‘uznoma» singari asarlar taalluqlidir. Bu asarlar 
shuningdek dz tilli manbalar deb yuritiladi. Ma’lumki, qadimgi turkiy 
tilning o‘ziga xos jihatlaridan biri yadag‘ «yayov, piyoda», adag‘ 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
58 
«oyoq», adgu «ezgu», qadg‘u «qayg‘u, alam, iztirob» singari 
leksemalarning inlautida d fonemasi ishlatilgan. X-XI asrlardan 
e’tiboran mazkur fonemaning dz shakliga o‘tishi qonuniyat tusini 
olaboshlagan va keltirilgan so‘zlar adzag‘, adzgu, qadzg‘u tarzida 
qo‘llanishda bo‘lgan.
XIII-XIV asrga kelib dz tovushining sekin-asta y tovushi bilan 
almashilish jarayoni kuzatiladi. Ushbu jarayon taxminan XV asr 
boshlariga qadar davom etgan. Ya’ni yadzag‘, adzag‘, adzgu, qadzg‘u 
kabi sof turkiy so‘zlar yayag‘, ayag‘, ezgu, qayg‘u shakllari ham 
qo‘llanavergan. Ba’zi manbalar matnida har uchala shaklli so‘zlarning 
ishlatilganining guvohi bo‘lamiz. Masalan, Nosiruddin Rabg‘uziyning 
1310-yilda Raboto‘g‘uz beki Nosiruddin To‘qbo‘g‘abek iltimosiga ko‘ra 
yaratilgan «Qissai Rabg‘uziy» asari tilida «quduq» ma’nosini ifodalash 
uchun nafaqat so‘zning asar yaratilgan davrga oid qudzuq, quyuq 
shakllari, balki qadimgi quduq shakli ham ifodasini topgan. Mazkur 
ashyoviy material XIV asrda Xorazmda d tovushining dz tovushiga 
o‘tish jarayonining to‘la-to‘kis yakunlanmaganligi, ayni chog‘da tilda 
yetakchilik qilgan dz tovushining y tovushiga o‘rnini bo‘shatib bera 
boshlaganidan dalolatdir. Ma’lumki, hozirgi o‘zbek adabiy tilida 
yuqorida tahlilga tortilgan leksemaning quduq rudiment shakli saqlanib 
qolgan. 
Qoraxoniylar hukmronligi davrida fotih arablar hamda salkam yuz 
yil taxt tepasida turgan somoniylar vaqtida qaddi dol holatiga tushib 
qolgan turkiy tilning qomati ma’lum darajada rostlandi, unda bir qator 
badiiy, didaktik, diniy, tarixiy asarlar yaratildi. Bizning kunimizga yetib 
kelgan obidalar matnidan eski turkiy til so‘z boyligining o‘ta rang-
barang, miqdor jihatdan salmoqli, asosan, o‘z qatlamidan iborat 
bo‘lganligini ilg‘ash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ayni chog‘da eski turkiy 
til so‘z boyligining rivojlanishida arab, fors-tojik tillarining ham sezilarli 
ta’siri bo‘lganligini inkor etish mumkin emas, albatta. Eski turkiy til 
leksikasining o‘ziga xos jihatlari o‘sha davrlarda tuzilgan leksikografik 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling