A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


   Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152
2.5. 
 Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi 
Reja: 
1. Mustaqillik davrida Atamashunoslik qo‘mitasining tashkil 
etilishi. 
2. Atamaqo‘mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar. 
3. O‘zbek terminologiyasining boyishi. 
 
Tayanch tushunchalar: Mustaqillik davri, Atamashunoslijk 
qo‘mitasi, o‘zbek terminologiyasi, ruscha-baynalminal terminlar, 
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlar. 
 
Mustaqillikdan 
so‘ng 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi huzurida 1992-yilda Atamashunoslik qo‘mitasi tashkil 
etildi. Atamaqo‘m raisi sifatida Odil Yoqubov rahbarligi ostida bir qator 
ishlarni amalga oshirildi. Jumladan, atamalarni tartibga solish, ruscha-
baynalminal o‘zlashmalarga o‘zbekcha muqobillarini tanlash, ilmiy-
texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atama lug‘atlarini muhokamadan 
o‘tkazish, tasdiqlangan atamalarni joriylanishini nazorat qilish, Davlat 
tili haqidagi Qonunni amalga oshirish va boshqalar. Shunga ko‘ra, 1992-
yil O‘zR FA muxbir a’zosi, Tilshunoslik institutining direktori 
A.Hojiyev 
«Ruscha-baynalminal 
o‘zlashmalarning 
o‘zbekcha 
muqobillarini tanlash prinsiplari» loyihasini ishlab chiqdi. Loyihada 
quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi: 
1. Fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir 
tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z va so‘z birikmasini 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
90 
termin deb atash lozim. Umuman, narsa-hodisalar nomlari ma’nosida 
atama so‘zini qo‘llayverish mumkin. 
2. Ilgari o‘zbek tilida qo‘llangan va narsa-hodisani, u haqidagi 
tushunchani to‘g‘ri ifodali so‘zlar, hech qanday ehtiyojsiz, rus tilidagi 
so‘zlar bilan almashtirilgan bo‘lsa, bunday so‘zlar yana o‘z o‘rniga 
tiklanishi kerak. Shu jihatdan foiz, inqilob, ziyoli, bekat, risola, matn 
kabi so‘zlar qayta iste’molga kiritilishi o‘rinli. 
3. Tushunchani aniq va to‘g‘ri ifodalay oladigan so‘z o‘z tilida 
bo‘lgan holda yoki shunday so‘zni yasash mumkin bo‘lgani holda uni 
ifodalash uchun rus tilidagi so‘z qabul qilinavergan bo‘lsa, ular ham 
o‘zbekcha bilan almashtirilishi kerak. Masalan, soyuz, sovet, prosess, 
sostav, faktor o‘rnida uyushma, kengash, jarayon, tarkib, omil kabi. 
4. Rus tilidan olinib, o‘zbek tilining o‘z materialiga aylanib ketgan, 
narsa-hodisani to‘g‘ri, aniq ifodalaydigan, hamma uchun tushunarli 
bo‘lgan so‘zlarni shunday xususiyatga ega bo‘lmagan, ya’ni tushunchani 
to‘g‘ri, aniq ifodalay olmagan, ko‘pchilik tushunmaydigan so‘zlar bilan 
almashtirishga urinish tilga, uning iste’molchisiga zarardan boshqa narsa 
keltirmaydi: institut, universitet, fakultet, gazeta kabilar.
5. Rus tilidan o‘zlashib, hozir iste’molda bo‘lgan so‘zni boshqa 
so‘z bilan almashtirish masalasida o‘zlashma so‘zning bir yoki ko‘p 
ma’noli ekanini hisobga olish lozim. Agar o‘zlashma so‘z ko‘p ma’noli 
bo‘lib, u bilan almashtirilmoqchi bo‘lgan so‘z uning barcha ma’nolarini 
aniq ifodalay olsa, almashtirish mumkin. Aks holda u yoki bu so‘zni 
o‘zlashma so‘zning ma’lum bir ma’nosida qo‘llash mumkin. Masalan, 
sistema so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib tizim so‘zi bilan almashtirildi. Ammo 
hamma holatda to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, asab sistemasi birikmasida 
tizimni qo‘llab bo‘lmaydi.
6. O‘zlashma so‘zdan yangi-yangi so‘zlar yasalishi yoki rus tilidan 
uning yasama vositalari ham o‘zlashgan bo‘lishi mumkin: gazet(a) - 
gazetxon, gazetchi; jurnal, jurnalist, jurnalxon, jurnalistika. Tavsiya 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling