A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
91 etilgan so‘zlardan bunday so‘zlar yasalmasligi mumkin: Ro‘znoma, xaftanoma, oynoma, jarida, majalla kabi. 7. U yoki bu o‘zlashma so‘zni boshqasi bilan almashtirish yoki almashtirmaslikda uning qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarda qo‘llanishi hisobga olinishi kerak. Agar o‘zbek tilidagi biror so‘z dunyodagi juda ko‘p tillarda ham iste’molda bo‘lsa, uni boshqa so‘z bilan almashtirish befoyda. Masalan, respublika. Globalllashuv va kompyuterlashtirish asrida O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyati safidan o‘rin olishi davlatlararo iqtisodiy, siyosiy, madaniy va h.k. aloqalarning qizg‘in, jadal oshishiga olib keldi. Bunday munosabatlarning ijobiy natijalari nafaqat ijtimoiy- siyosiy, madaniy-iqtisodiy hayotda, shuningdek, tilda ham o‘z ifodasini topmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek terminologiyasi tayyor xorijiy leksik birliklar hamda ular anglatuvchi preferensiya, investitsiya, litsenziya, diler, megapolis, ekologiya, ekspert, demping, inflyatsiya, kliring, supermarket, mini market, giper market, chat, paynet, elektorat, narkobiznes, milliy aviakompaniya va h.k. mutlaqo yangi tushunchalar hisobiga boyib bordi. O‘zbekiston Respublikasi olimlarining dunyoning rivojlangan mamlakatlari yetakchi olimlari bilan o‘rnatgan ilmiy-texnik munosabatlarining jadallashuvi, hamkorlikda dolzarb ilmiy masalalar ustida izlanishlar olib borishning yo‘lga qo‘yilishi, yosh iste’dod egalarining nufuzli chet el universitetlari va institutlarida o‘qishi yoxud malaka oshirishi mos terminlarning yaqinlashuviga ko‘mak berdi. Hozirgi o‘zbek terminologiyasi uchun G‘arb tillaridan, ayniqsa, ingliz tilidan ko‘plab terminlari quyilib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, o‘zbek tili terminlarining boshqa tillar tomonidan o‘zlashtirilayotgani ajablanarli hol emas. Zero, so‘z o‘zlashtirish hodisasining ikki tomonlama sodir bo‘lishi tilshunoslikda allaqachon tasdig‘ini topgan. Ta’kidlash joizki, 1999-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tashabbusiga muvofiq o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkazildi. Keyinchalik bu sport turining ommalashuvi va A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 92 dunyo arenasiga chiqishi natijasida kurash, yonbosh, chala, halol, g‘irrom kabi terminlar xalqaro sport terminologiyasining mulkiga aylandi 1 . Sharq taronalari (восточная мелодия), o‘zbek modeli (узбекская модель) singari terminlar jahonga mashhur bo‘ldi. Mahalla institutining qayta tiklanishi fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini raisi, oqsaqol va h.k. terminlarning o‘zga tillar so‘z boyligidan mustahkam o‘rin olishiga yoki tarjima qilinishiga bois bo‘ldi. Qayd etish lozimki, o‘zbek terminologiyasi tizimida xorijiy tillarga taalluqli tushunchalarni o‘z ichki imkoniyatlar asosida ifodalash tamoyili yetakchilik qilmoqda. Bunday jarayon paytida chetdan kelayotgan o‘zlashmalarning bir qismi o‘zbekcha mutanosiblari bilan almashtiriladi yoki tarjima qilinadi. Ushbu usul yangi tushunchalarni atashda o‘ta qulayligi va mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Masalan, aksiyadorlik jamiyati (aкционерное общество), erkinlashtirish (либерализация), tijorat banki (коммерческий банк), muzyorar (ледокол), kichik biznes (малый бизнес), soliq stavkasi (налоговая ставка), tadbirkor Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling