Kanalizatsiya trubalarining ishdan chiqishi natijasida chiqindilardan iborat
Download 128.83 Kb. Pdf ko'rish
|
Fuqarolik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxs
- Sud majlisi davomida aniqlanishicha, uy-joy ekspluatatsiya xizmati yuridik shaxs emasligi, avariya bo‘lgan kanalizatsiya tizimi uchastkasi
Kazus 1
Kanalizatsiya trubalarining ishdan chiqishi natijasida chiqindilardan iborat oqava suv M. Erkinovning meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan 2 gektar yer uchastkasini bosdi. Halokat natijasida tomorqadagi ekinlar, mevali daraxtlar shikastlandi, kartoshka saqlanayotgan yerto‘la (podval) oqova suv ichida qoldi. Bu halokatdan sezilarli zarar ko‘rgan shaharcha aholisi yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida javobgar uy-joy ekspluatatsiya xizmati ustidan daʼvo qo‘zg‘atdi.
Sud majlisi davomida aniqlanishicha, uy-joy ekspluatatsiya xizmati yuridik shaxs emasligi, avariya bo‘lgan kanalizatsiya tizimi uchastkasi avariyadan bir hafta ilgari kapital ta’mirlanganligi aniqlandi. Bunda kapital taʼmirlash ishlarini 3-son qurilish brigadasi shartnoma asosida bajargan.
Kazusga javob berishdan avval, yuridik shaxs va zarar tushunchasi haqida so‘z yuritsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Yuqoridagi kazusda 3-son qurilish brigadasi tomonidan yaqinda (7 kun) ta’mirlangan kanalizatsiya quvurlarining yorilishi natijasida, fuqaro Erkinovni meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan 2 gektar yer uchastkasiga zarar yetkazildi. Kazusga javob beradigan bo‘lsak, muammoli vaziyatlarni aniqlab olamiz. Kanalizatsiya trubalarining ishdan chiqishi natijasida chiqindilardan iborat oqava suv M. Erkinovning meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan 2 gektar yer uchastkasini bosdi. Fuqarolik kodeksining 14-moddasida: “Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi mumkin”, – deb belgilab qo‘yilgan. Kazusdan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, fuqaro M. Erkinovga yetkazilgan zarar kam miqdorda to‘lash nazar tutilmagan miqdorga teng. Shuning uchun Erkinovga yetkazilgan zarar qoplab berilishi lozim. Fuqarolik kodeksining 1017-moddasiga ko‘ra Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, qoplanishi lozim. Demak, bu vaziyatda mulkiga zarar yetkazilgan Erkinovning zarari qoplab berilishi lozim.
Demak, kanalizatsiya quvurlarining yorilishiga uy-joy ekspluatatsiya xizmati javobgar bo‘lsa-da, zararni mazkur tashkilot emas, balki 3-son qurilish brigadasi qoplab beradi. Fuqarolik kodeksining 1018-moddasi 2-qismiga ko‘ra, ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, yetkazilgan zarar kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlagan 3-son qurilish brigadasi tomonidan to‘lab beriladi. Chunki kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlash bo‘yicha shartnoma aynan shu qurilish brigadasi bilan tuzilgan va u tomonidan amalga oshirilgan xizmat sifatsizligi uchun fuqarolarning mulklariga zarar yetkazilgan. Fuqarolik kodeksining 1019-moddasiga binoan, tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan bo‘lsa, qoplanishi lozim, mabodo yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o‘n yil mobaynida qoplanishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi vaziyatda kanalizatsiya quvurlarining yorilib ketishi natijasida fuqaro M. Erkinovga kam bo‘lmagan miqdorda zarar yetkazildi. Ushbu zarar 3-son qurilish brigadasining ayb-nuqsonli xizmatni amalga oshirishi natijasida kelib chiqdi. Shu sababli zarar ushbu qurilish brigadasi tomonidan to‘lab berilishi lozim. Download 128.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling