A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   152
biznes, xususiy tadbirkorlik, qimmatli qog‘ozlar bozori, tadbirkorlar 
palatasi, konsalting, injiniring, lizing firma, biznes-inkubator singari 
qator yangi terminlar bilan tag‘in ham kengaydi. Ma’lumki, O‘zbekiston 
kamdan-kam uchraydigan ulkan yoqilg‘i-energetik manbalariga egaligi 
bilan dong chiqargan. Neft, gaz va kondensatning g‘oyat katta zahiralari 
nafaqat ichki ehtiyojni to‘la qondirish, balki ularni xorijga eksport qilish 
imkonini yaratdi. Ushbu sohaga taalluqli neft zaxirasi, neft koni, neft 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
96 
mahsulotlari, gaz kondensati, metan, propan, butan, polimer 
materiallar, polietilen, polivinilxlorid, nitrilakril kislota, suyultirilgan 
gaz, xom neft singari turfa terminlar darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, 
ilmiy-ommabop adabiyot hamda mahalliy matbuot sahifalarida faol 
qo‘llanib kelmoqda. Milliy istiqloldan so‘ng O‘zbekistonda kechgan 
agrar islohot, so‘zsiz, qishloq xo‘jaligini qayta qurishda yetakchi 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Sobiq sho‘rolardan qolgan kolxoz va sovxozlar 
tugatildi. Qabul qilingan Yer kodeksiga muvofiq dehqon va fermer yer 
mulkdoriga aylandi. Fermer xo‘jaliklari o‘zlariga bildirilgan umid va 
ishonchni sharaf bilan oqladilar. Respublika agrar sektorida olib 
borilgan islohotlar mulkdor, mulkdorlar sinfi, fermer xo‘jaligi, ko‘p 
ukladli iqtisodiyottomorqa xo‘jaligisubsidiyapayinvestisiya singari 
mutlaqo yangi tushuncha va realiyalarning yuzaga chiqishini ta’minladi. 
Hozirgi vaqtda fan va texnik sohlarida yuz berayotgan shiddatli 
rivojlanish respublika aholisi faoliyatining turli qirralariga samarali 
ta’sir o‘tkazmoqda. Fan va texnika qo‘lga kiritgan eng oxirgi 
muvaffaqiyat va yutuqlar asosidagi yangi texnika vostilariga egalik 
qilinmoqda. 
Ushbu 
texnika 
vositalari 
nomlarini 
anglatuvchi 
terminologik leksika o‘zbek tili lug‘at tarkibining kundan-kunga boyib, 
kengayib borishida munosib ulush bo‘lib qo‘shilmoqda. Shundan kelib 
chiqqan 
holda 
ta’kidlash 
lozimki, 
Mustaqillik 
davri 
o‘zbek 
terminologiyasi o‘z qaror topish yo‘lining boshlanish nuqtasida turibdi. 
U o‘zbek tilshunosligining muhim sohasi sifatida yillar davomida 
yig‘ilgan tajribalar zamirida taraqqiy etmoqda va kengaymoqda. 
Terminologiyaning yuzaga kelish va taraqqiyot bosqichlarini, 
uning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida 
terminlar quyidagi tarzda rivojlanmoqda. 
1. O‘zbek tilida terminlarni aniq ifodalovchi qator leksemalar 
qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir 
qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim 
vujudga kela boshlashi bilan sohalarning maxsus tushunchalarini 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
97 
ifodalash uchun jalb qilina boshladi: haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, 
so‘m, sug‘urta, savdo, omonat, g‘amlama va boshqalar. 
2. Iqtisodiyot bilan aloqasi bo‘lmagan, boshqa-boshqa sohalarda 
qo‘llanadigan terminlar ham maxsuslashtirilayapti, ya’ni iqtisodiy 
terminlar sifatida ishlatilmoqda: taklif, sohibkor, o‘sim, qoldiq, daraja, 
palata, kadrli, yetakchi, yig‘im, qaydnoma, baho, xo‘jalik. Semantik-
sintaktik usulda so‘z yasalishi natijasida boshqa sohalarga tegishli 
so‘zlar iqtisodiyot terminologiyasini mulkiga aylanmoqda: daromadning 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling