A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
113
Mazmuniy talablar quyidagilar:
1) birma’
nolilik: termin faqat bir ilmiy yoki texnik tushunchani
ifodalashi va bir tushuncha faqat bir terminga mos bo‘lishi kerak.
Termin ma’nosining kontekstga
qarab turlanib turishi, D.S.Lottening
fikriga ko‘ra, terminologiyaning eng jiddiy kamchiliklaridan biridir.
2) termin
semantikasiga
qarama-qarshi
qo‘yilmaslik:
terminning so‘z sifatida va leksik ma’nosi o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar yo‘qligi, ya’ni D.S.Lottening ta’kidlashicha,
termin
tushuncha aks ettirgan ma’nosiga mos kelishi lozim. Bu terminning
semantik tarkibini murakkabligidan yuzaga kelib, odatda termin maxsus
tushunchaning
mazmuniga tenglashtiriladi, terminning so‘zma-so‘z
anglatgan ma’nosi terminologik ma’noni keltirib chiqaradi. Leksik va
terminologik ma’nolar o‘zaro
turli munosabatlarga kirishadi, jumladan,
to‘liq muvofiqlik, qisman muvofiqlik va to‘liq mos kelmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: