A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
4) ohangdorlik: terminni ohangdorligining ikki jihati mavjud. 
Birinchidan, terminlarning talaffuz qilish qulayligi ularning orfoepik 
ohangdorligi bilan bog‘liq. Ikkinchidan, termin talaffuz qilinganda 
nomaqbul taassurot qoldirmasligi lozim. Masalan, bitlash – pedikulyoz, 
cho‘chqa bashara – erizipeloid. 
Demak, qisqacha aytganda, terminlarning quyidagi belgilari 
mavjud: 
1) biror fan va texnika sohasiga tegishli ekanligi bilan izohlanadi
2) terminning ma’nosi tushunchaga tengdir; 
3) terminlar bir-ikki so‘zdan va so‘zlar birikmasidan iborat bo‘lishi 
mumkin; 
4) termin uchun kontekstning bo‘lishi shart emas; 
1
Лидов И. П. Актуальные вопросы упорядочения медицинской терминологии // Научно-техническая 
терминология. — М., 1985. - Вып. 1. - С. 1-4. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
115 
5) termin 
aniq, 
nominativ 
funksiyaga 
ega 
bo‘lib, 
unga 
emotsionallik, ekspressivlik, modallik funksiyalari xos emas. Termin 
o‘zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham 
saqlaydi; 
6) termin stilistik jihatdan neytraldir;
7) termin bir ma’noli (monosemantik ekanligi) yoki bir ma’noli 
tendensiyaga ega; 
8) terminologik leksika alohida sistemadir va hokazo. 
AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Berilgan atamalar ichidan faqat terminlarga 
qo‘yiladigan talablarni tanlab oling va jadvalga ketma-ketlikda yozing. 
 
Shakliy 
talablar; 
nazariy 
talablar; 
mazmuniy 
talablar; 
oʻxshashligiga koʻra talablar; bajaradigan vazifasiga koʻra talablar; 
pragmatik talablar; sotsiolingvistik talablar; 
1.
2.
3.
4.
 
2-topshiriq.Terminlarga qoʻyiladigan shakliy talablarni ularga xos 
boʻlgan tushunchalar bilan moslashtiring. 
1. til me’yorlariga mos 
kelishlik 
A terminning qisqa varianti – bu 
funksional nuqtai nazardan 
terminga teng shakl. Uni erkin va 
ixtiyoriy shakl qo‘llashning 
imkoni yo‘q 
2. qisqalik 
B til me’yorlariga mos ravishda: 
professional jargonizmlarni 
bartaraf qilish: tibbiyotda - 
o‘pkaning toshqini, nevrotik, 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
116 
akkordeon o‘ynash va boshqalar. 
3. derivatsionallik 
S terminlarning fonetik, leksik, 
morfologik, so‘zyasalishi, 
sintaktik va boshqa variantlari 
muayyan voqelanishdan ajratib, 
mavhum olinishi natijasida 
terminni o‘zgarmas holatga 
kelishi. 
4. invariantlik 
D terminlarning talablaridan biri 
bo‘lib, termin olinayotgan tilga 
xos qo‘shimchalar yordamida 
yangi termin hosil qilish 
jarayoni. 
5. motivlanganlik 
E har qanday termin muayyan 
terminologik tizimning bir 
bo‘lagi. Aynan shu xususiyat uni 
termin maqomiga ko‘taradi. 
6. tizimlilik 
F har qanday termin tushunchasi 
bilan semantik aloqada bo‘lishi. 
Bu 
talabni 
to‘liq 
namoyon 
bo‘lishi tizimlilik bilan ko‘zga 
tashlanadi.
7. lisoniy asos 
G o‘z yoki o‘zga til asosida 
yasalgan 
terminlardan 
birini 
tanlash lozim bo‘lganda, albatta, 
o‘z 
termindan 
foydalanish 
maqsadga muvofiq. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling