A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152
siyosati esa ijtimoiy-siyosiy termin bo‘la oladi.
Aytish joizki, ijtimoiy fanlar sirasiga kiruvchi ilm sohalari
T.B.Kryuchkovaning o‘zi ham qayd etganiday, salmoqli miqdorni 
tashkil etadi, xususan: tarix, arxeologiya, etnografiya, jamiyatshunoslik, 
iqtisodiy geografiya, davlat va huquq fani, san’atshunoslik, 
madaniyatshunoslik, 
adabiyotshunoslik, 
tilshunoslik, 
psixologiya, 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
102 
falsafa fanlari, pedagogika va h.k.o. Aksariyat tilshunoslar, mazkur 
tadqiqotchi ham tanqid ma’nosida ko‘rsatib o‘tganiday, “ijtimoiy-
siyosiy leksika” va “ijtimoiy-siyosiy terminologiya” terminlarini 
sinonim holatda qo‘llaydilar [Крючкова Т.Б. Особенности 
формирования и развития обшественно-политической лексики и 
терминологии. –М.: Наука, 1989. –С.15].
Ayni muammoni jiddiy tadqiq etgan ayrim tilshunoslar hatto 
“ijtimoiy-siyosiy terminologiya” terminidan tamoman voz kechish 
ma’qulligini aytadilar, ularning “Agar aniqlikka intiladigan bo‘lsak, bu 
o‘rinda ijtimoiy-siyosiy terminologiya haqida emas, balki ijtimoiy fanlar 
terminologiyasi va terminlari haqida gapirish maqsadga muvofiq 
[Лейчик В.М. Особенности терминологии обшественных наук и 
сферы ее использования / Язык и стиль научного изложения. 
Лингвометодические 
исследования. 
–М., 
1983]” 
tarzidagi 
mulohazalarida anchagina jon bor. Har holda tegishli terminlar mazkur 
ijtimoiy fanlarning har birining o‘zida ta’riflangan, bu fanlarning o‘z 
“mulki”ga aylangan, ularning turli kommunikativ maqsadlar bilan o‘z 
“uy”idan boshqa maydonlarga olib chiqilishi tildan foydalanishning eng 
oddiy odatidir. Har qanday termin muayyan lisoniy birlik sifatida yaxlit 
til leksikasidan tashqarida bo‘lmagani kabi “ijtimoiy-siyosiy terminlar” 
ham ijtimoiy-siyosiy leksika deyiladigan, ta’bir joiz bo‘lsa, “mega 
leksik” guruhning ichida ekanligi tabiiy.
“Ijtimoiy-siyosiy terminlar” deyish yana shuning uchun ham asosli 
va ilmiy mantiqqa unchalik ham muvofiq emaski, “ijtimoiy-siyosiy” 
degan to‘plam bir qancha turlarning jami yoki sintezidir. Bunaqa “katta 
to‘plamning “termini” tushunchasi “termin” tushunchasining o‘zini bir 
qadar muallaqlashtiradi. Ammo deyarli aksariyat tilshunosliklarda 
mazkur “ijtimoiy-siyosiy terminlar” nomi ham an’anaga kirgan, 
hamonki tilshunoslik an’anasida bu termin mavjud ekan, uni hozircha 
shartli ravishda qo‘llab turish mumkindir.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
103 
Mazkur ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalaydigan birliklarning 
muayyan bir qismini termin deyish kerakmi yoki yo‘qmi, bundan qat’iy 
nazar, ular yaxlit ijtimoiy-siyosiy leksikaning tarkibiy bir qismi ekanligi 
shubhasiz. Shuning uchun eng avvalo, ijtimoiy-siyosiy leksikaning 
o‘zini chegaralab olish muhimroq. Ammo bunday chegaralarni 
belgilash, mohiyati va hajmini tayin etish masalalarida mutaxassislar 
orasida turli qarashlar mavjud. Har qalay, bu qarashlarni shartli ravishda 
ikki guruh tarzida umumlashtirish mumkin, ya’ni: 1) ijtimoiy-siyosiy 
leksika mohiyatini tor tushunish; 2) ijtimoiy-siyosiy leksika mohiyatini 
keng tushunish [Маник С.А. Общее описание терминологии 
общественно-политической жизни / Современные исследования 
социальных проблем (электронный научный журнал), №1(21), 2013 
/ www.sisp.nkras.ru]. Bir qator lingvistik manbalar tahlili asosida bu 
ikki tur qarashlarning mazmun-mohiyatini S.A.Manik shunday 
tavsiflaydi: tor tushunishga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy leksikani ijtimoiy-
siyosiy hayot sohasiga daxldor tushunchalarni ifodalovchi va ma’no 
strukturasida “ijtimoiy”, “siyosiy”, “davlatga oid”, “sotsial” kabi doimiy 
semalari mavjud bo‘lgan so‘zlar tashkil etadi. Keng tushunishga ko‘ra, 
ijtimoiy-siyosiy leksika markaziy siyosiy tushunchalarni ifodalovchi 
leksik birliklar va ijtimoiy-siyosiy soha bilan bilvosita bog‘langan 
so‘zlar, ya’ni ma’nolarida “ijtimoiy”, “siyosiy”, “davlatga oid” kabi 
semalar ehtimol tutiladigan so‘zlardan tarkib topadi. 
Rus tilshunosligida nisbatan keng tarqalgan va mazkur ikki 
qarashni o‘zida mantiqiy birlashtirgan, anchayin aniq va mo‘tadil 
ta’rifga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy leksika “lug‘atning ijtimoiy-siyosiy hayot 
doirasiga daxldor, ya’ni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy-falsafiy 
sohalarga taalluqli tushunchalar va hodisalar nomlaridan tarkib topgan 
qismidir. Bunday so‘zlar guruhi o‘zining anchayin sezilarli 
chegaralariga ega bo‘lishiga qaramasdan, ijtimoiy-siyosiy leksika inson 
faoliyatining yana bir qator boshqa sohalarining nomlari bilan, xususan, 
ijtimoiy fanlar: tarix, jamiyatshunoslik, huquq, falsafa, iqtisod, 



Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling