Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti
Muataqil ish №11
206-gurux talabasi
O’tkirjonova Laziza
Farmatsevtik botanika fanidan
Ikki urug’pallali o’simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig’irdoshlar oilalariga mansub o’simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati.
Ikki sinf orasidagi asosiy farqlar
Ikki palalilar sinfi- dicotyledonae
Tabiatda ikki pallalilar sinfi juda keng tarqalgan. Ular turli-xil ekologik muhitga o’sishga moslashgan. Mazkur sinfga kiruvchi o’simliklar 8 ta kenja sinfni, 429 oilani, 10 ming turkumga va 190 ming tumi o’z ichiga oladi. Bu o ’simliklar barcha hayotiy shakllarga ega.
Lavrdoshlar oilasi
Lavrdoshlar (Lauraceae) — ikki urutallali oʻsimliklar oilasi. Daraxt va butalar, baʼzan yarim buta va oʻtlar. Ayrim turlari parazit. Bargi oddiy, etli, doim yashil, poyada ketma-ket joylashgan. Guli ikki (baʼzan bir) jinsli, toʻgʻri, mayda toʻpgul. Mevasi bir urugʻli, rezavorsimon yoki danakli. Bargi, poʻstlogʻi va boshqa qismlarida efir moylar ishlab chikaradigan bezchalari bor. Asosan, tropik, baʼzan subtropik iqlimda oʻsadigan 40—50 turkumga mansub 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. Koʻp turlari (mas, lavr) ziravor sifatida foydalaniladi yoki ulardan tibbiyot va farmatsevtika uchun zarur bulgan efir moylari va kamfora olinadi. Kupchilik L. ning yogʻochi mebel ishlab chiqarish uchun xom ashyo hisoblanadi.
Toshyorardoshlar oilasi.
Toshyorardoshlar (Saxifragaceae) oilasi. Oilaning35 turkumga mansub 600 dan ortiq turi shimoliy yarim sharlarining sovuk va о‘rta iqlimli viloyatlarida va qisman baland tog chukkilarida tarqalgan. О‘rta Osiyoda 6 turkumga mansub 33 turi tog va yaylov zonalarining yonbag‘irlari, namlikka boy jarliklar, daraxtzor, butazor va archazorlarda tarqalgan. Bu oilaning Saxifraga -tosherlar, Ribes-qorakat, Rhilodelphus-yovvoyi jasmin singari turlari e’tiborga loyik. Saxifraga – toshyorarlar turkumiga mansub о‘simliklarning aksariyat qismi kо‘p yillik o‘t о‘simliklar bо‘lib, О‘rta Osiyoda 13 turi tog‘ va yaylov zonalarining toshlok va xarsangtoshlar orasida, sernam shagal va tosh aralash mayin tuproqlarida, daryo irmoqlari bo‘yida о‘sadi. Turkumning kо‘p yillik sersuv balchiqlashgan tog yonbag‘irlarida о‘sadigan Saxifraga hirsutus – botqoq toshyorarlari, nam toshli va shagalli tog yonbag‘irlarida о‘suvchi S.Stenophylla ingichka barglitoshsevar. Toshli va shagalli tog yon bagirlarida о‘suvchi S.macrocalix-ulkan kosacha bargli toshyorlar singari turlar kuzga tez tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |