Ikki urug’pallali o’simliklar sinfiga mansub oilalar: lavrdoshlar, toshyorardoshlar, zig’irdoshlar oilalariga mansub o’simliklarning xarakterli xususiyatlari va tibbiyotdagi ahamiyati
Download 1.93 Mb.
|
botanika 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnoliyadoshlar oilasi-Magnoliaceae
- Magnoliya avlodi-Magnolia.
Zig’irdoshlar oilasi
ZIG’IRDOSHLAR (Linaceae) ikki urug’pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub bir yillik yoki ko’p yillik o’simliklar oilasi. Yer yuzida 6 turkumga mansub 250, O’zbekistonda 200 turi o’sadi. Gullari to’g’ri, ikki jinsli. Gultoj barglari ayri, ba’zan uchki qismi tutashgan. Tojbarglari, kosabarglari, urug’chisi, changchilari 4— 5 tadan. Mevasi dumaloq ko’sakcha. Barglari yakka joylashgan. Zig’irdoshlar turlari poyasining uzunligi, gullarining kattakichikligi va rangi, tukli va tuksiz bo’lishi, tarqalishi bilan bir-biridan farq qiladi. Zig’irdoshlar moy va tolasi uchun o’stiriladi. Yovvoyi turlari Farg’ona vodiysida, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’larda o’sadi. Magnoliyadoshlar oilasi-Magnoliaceae Bu oila vakillarini barglarini to ’kadigan yoki doimiy yashil daraxt va butalardir. Ulaming barglari navbatlashib joylashgan, oddiy, chetlari tekis yoki uyiqli bo’ladi. Magnoliyadoshlaming ba’zilarining, masalan drimisning (Drimus) ikkilamchi yog’ochligida suv naylarini o ’miga ochiq urug’lilamiki kabi traxeidlar mavjud. P o’stlog’ida va bargning parenximatik to ’qimalarida efir moyli ichki bezchalar uchraydi. Bu oila vakillarining gullari yirik, ikki jinsli, aktinom orf tuzilgan. G ulqo’rg’on bargchalari kosacha va toj barglari yaxshi ajralmagan, 6 tadan 12 tagacha, ba’zan bundan ham ko’p, spiral yoki 3 doira bo’lib, joylashadi. Changchilari cheksiz, spiral yoki doira bo’lib joylashib, changchi iplari yassi, changdonlari uning uchidan pastroqda joylashgan bo’ladi. Gulqo’rg’oni bo’rtgan, konussimon, urug’chisi apokarp, ba’zan senokarp. Tugunchasi ustki, bir uyali. Mevasi qorin chokidan chatnaydigan ko’sakcha yoki yong’oqchadan iborat, konussimon to ’pmevaga o’xshash. Urug’i endospermli. Magnoliadoshlar oilasiga 100 tumi o’z ichiga olgan eng qadimgi oilalardan bo’lib, uning vakillari tropik va subtropik mintaqalarda uchraydi. Magnoliya avlodi-Magnolia. Bu avlod vakillari 20 ga yaqin tumi o’z ichiga oluvchi daraxt va butalardan iborat. Bu o’simliklar Osiyoning sharqi-janubida va Shimoliy Amerikaning Atlantika bo’yi shtatlarida hamda Floridada yovvoyi holda tarqalgan. Barglari oddiy, etli, chetlari tekis qirrali. Gullari yirik, bittadan oq yoki pushti rangli. Gulqurg’on barglari 6-12 ta, doirada uch qator bo’lib joylashadi. Changchi va urug’chisi cheksiz bo’lib, spiral holatida gulo’m iga o’m ashgan (rasm-58). Bu avlodga yirik gulli magnoliya, magnoliya kembel, magnoliya sulanji turlarini misol qilishimiz mumkin. Ushbu o ’simliklar asosan manzarali o’simlik sifatida ekib o ’stiriladi. Magnoliya bargidan tayyorlangan spirtli damlama gipotenzim modda sifatida qo’llaniladi. Magnoliya kemibella. (Magnolia compbellii) A-gul tuzitishi, B- changdon, V- novdadagi hop bargli meva. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling