Ayiqtovonlilar tartibi-RanuncuIales
Bu tartib juda keng tarqalgan bo’lib, kenja sinfdagi 13 ta oilaning 8 tasini o ’z ichiga oladi. Ulardan zirkdoshlar va ayiqtovondoshlar oilasiga kiradigan vakillari m o’tadil iqlimda tarqalgan bo’lib, dorivorlik jihatidan boshqa oilalarga nisbatan ahamiyatlidir.
Ayiqtovondoshlar oilasi - Ranunculaceae
Bu oilaning vakillarining ko’p yillik, bir yillik o ’tlar bo’lib, ba’zan chala butalar, lianasimon butalar ham uchraydi. Ulaming barglari navbatlashib joylashgan, ko’pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan, ba’zan butun, yon bargsiz. Gul a’zolari ko’proq gemitsiklik bo’lib joylashgan. Gullari ikki jinsli, to ’g’ri yoki noto’g ’ri. Gulqo’rg’oni oddiy yoki murakkab. Botrik va simoz to ’pgullarga to ’plangan. Kosacha va tojbarglari asosan 5 tadan, ba’zan 3-20ta. Tojbarglaming ostki qismida nektardonlar rivojlangan. Changchilari cheksiz, urug’chilari cheksiz yoki bitta bo’lishi mumkin. Apokarp tipda tuzilgan. Mevasi yong’oqcha, ko’sakcha, ba’zan rezavor meva, urug’lari yog’li, endospermli.
Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining tarkibida zaharli moddalar alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo’ladi. Shuning uchun ko’plari zaharli bo’lib, chorva mollar tomonidan iste’mol qilinmaydi.
Sedana avlodi - Nigella poyasi tik o'suvchi, barglari patsimon yoki panjasimon qirqilgan bir yillik o’t o’simliklardir. Gulqo’rg’oni murakkab, kosachabargi 5 ta, tojbargi 5-8 ta ko’kish rangli. Changchilari cheksiz. U rug’chisi 2-10 ta. Mevasini ostki tomoni biroz qo’shilib o ’sgan 2-10 ta ko’p urug’li mevadan iborat. Bu avlodga asosan 17 tur kirib, O ’rta yer dengizi mintaqalarida tarqalgan. O ’zbekistonda 4 ta turi o’sadi. Shundan ekiladigan sedana- N.sativa qoramtir-qo’ng’ir urug’i uchun ekib o’stiriladi.
Akonit (parpl) avlodi- Aconitum vakillari tugunaksimon bo’rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan, yirik gulli o’t o ’simliklar bo’lib, ulaming gullari anchagina katta, zigamorf va ko’k, binafsha, sariq va oq rangli. Gulqo’rg’oni tojsimon, ustki dubulg’asimon tojbarg ostki 2 ta tojbargni, bular esa keyingi 2 tasini o’rab turadi.
Changchilar soni cheksiz, urug’chisi 3-7 tadan bo’lib, mevasi ko’p urug’li uchta bargchadan iborat. Bu avlodga talas akoniti-A. talassicum, zarafshon akonit A. zeraphshanicum, jungar akoniti- A. soongaricum Stapf. turlari kiradi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi uchraydi. Tanasining hamma qismi zaharlidir. Tugunagidan tayyorlangan nastoykalar og’riq qoldiruvchi, bod, nevralgiya, tish og’rig’i, migren va boshqa kasalliklarda ishlatiladi. Ba’zi vakilari manzarali o’simlik sifatida ekib o’stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |