Ajdar daraxti
Download 447.08 Kb.
|
AJDAR DARAXTI Ajdar daraxti piyozdoshlar oilasiga mansub bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Didaktik asos
- Yangi mashg’ulot bayoni
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- Mashg’ulotni yakunlash: Uyga vazifa berish
- Mashg’ulot turi
- Mashg’ulotni yakunlash
AJDAR DARAXTI Ajdar daraxti piyozdoshlar oilasiga mansub bo'lib, Kanar orollarida o'sadi. U dunyodagi eng uzoq-6000 yilgacha umr ko'radi. Ajdar daraxti tanasidagi smola haqida turlicha mulohazalar yuritiladi. Masalan, Kanar orollaridagi bir zamonlar odamlar yashagan g'orlar yaqinidan topilgan smola-"ajdar qoni" balzam sifatida ishlatilgan. Ajdar yillar o'tishi bilan eniga yo'g'onlashib boradi, uchi esa eniga nisbatan ingichkaroq ayri shoxlar hosil qiladi. Barglari shoxlarining uchida to'p-to'p bo'lib joylashib o'ziga hos manzara hosil qiladi. Ayrim turlarida-gi tananing yuqori qismida joylashgan yo'g'on va ayri shoxlar afsonalardagi ko'p boshli ajdarni eslatadi Mashg’ulot Mavzu: Ikki bargli daraxt Mashg’ulot maqsadi: Ta’limiy maqsad: fanning elementer sohasiga oid, o’quv dasturlardan chetda qolib ketadigan mavzular haqida bilim berish. Ikki bargli daraxt haqida ilmiy tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning aqliy tafakkurini oshirish, milliy dunyo qarashini kengaytirish, ma’naviy yetukligini tarbiyalash, tabiatga , daraxtlarga bo’lgan muhabbatlarini oshirish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning fikrlash qobilyatini oshirish , fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, zamonaviy texnika vositalarini o’rgatishga ko’nikma va malaka hosil qilish. Kutilayotgan natija. O’quvchilar mashg’ulot yakunida quyidagilarni uddalashlari lozim: Mavzu bo’yicha bilimga ega bo’lishlari kerak . O”quvchilarning mustaqil ishlashga ,izlanuvchan bo’lishga o’rgatish. Olgan bilimlarini hayotda qo’llay bilish. Didaktik asos: Fanlararo bog’lanish hozirgi zamon fan- texnika yangiliklarini kundalik hayotdagi o’rniga asoslangan holda mavzuni tushuntirish. Mashg’ulot turi: og’zaki , yozma Mashg’ulot jihozi: Dunyoning g’royib daraxtlari kitobi,doska, o’quv filim. Mashg’ulotning borishi. Tashkiliy qism: a) Navbatchi axboroti. b) Davomatni aniqlash. s)O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va ularning fikrlarini jamlash. d)Fanga oid mushohadani to’g’ri bayon qila olish. Yangi mashg’ulot bayoni: Tabiatda tanasi yer betidan atigi 30 sm balandlikka ko’tarilib o’sadigan daraxtlar har qanday kishida qiziqish tug’diradi. Vilvichiya faqat ikkitagina barrg chiqarib ming yillar davomida o’sha barglarini tashlamasdan o’sadigan ajoyib pakana daraxt , u Afrikadagi deyarli yog’ingarchilik bo’lmaydigan Kalaxari va Nomib kabi qaqragan sahrolarda dengizdan 50 km ichkarida yakka- yakka holda o’sadi. Velvichiya bir jinsli ikki uyli o’simlik. Velvichiyani bundan 100 yil muqaddam Janubiy Angolada nemis olimi Fridrix Belvich topgan va uni Londondagi botanika bog’I ga jo’natgan. Bu yerda sinchiklab o’rganilgandan so’ng botanic Djozef Xuker unga Belvichiya mirabilis deb nom bergan.U shunchalik qattiqki ,ustidan mix yurgizilsa ham chiziq qoldirmqydi. Barglari juda qalin va dag’al bo’ladi. U go’yo yupqa taxtadan qilingandek tuyiladi. Uning ildizi o’q ildiz.U namlikni okeandan tarqalgan tumandan oladi. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ikki bargli daraxtni nomi nima? Uni qayyerdan kim tipgan? Unga nima deb nom qo’ygan? U bargini tokadimi? U namlikni qayerdan oladi? Mashg’ulotni yakunlash: Uyga vazifa berish: mavzuni o’qib , yanq su daraxt haqida boshqa adabiyotlardan qo’shimcha ma’lumotlar topib kelish. Mashg’ulot Mavzu: Qarag’ayda o’sgan archa. Mashg’ulot maqsadi: Ta’limiy maqsad: fanning elementer sohasiga oid, o’quv dasturlardan chetda qolib ketadigan mavzular haqida bilim berish, tabiatga ,daraxtlarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning aqliy tafakkurini oshirish, milliy dunyo qarashini kengaytirish, ma’naviy yetukligini tarbiyalash,tabiatni sevishga va uni asrashga o’rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning fikrlash qobilyatini oshirish , fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, zamonaviy texnika vositalarini o’rgatishga ko’nikma va malaka hosil qilish. Kutilayotgan natija.O’quvchilar mashg’ulot yakunida quyidagilarni uddalashlari lozim: Mavzu bo’yicha bilimga ega bo’lishlari kerak . O’quvchilarning mustaqil ishlashga ,izlanuvchan bo’lishga o’rgatish. Olgan bilimlarini hayotda qo’llay bilish. Didaktik asos:Fanlararo bog’lanish hozirgi zamon fan- texnika yangiliklarini kundalik hayotdagi o’rniga asoslangan holda mavzuni tushuntirish. Mashg’ulot turi: Og’zaki, yozma. Mashg’ulot jihozi: Dunyoning g’royib daraxtlari kitobi,doska, o’quv film. Mashg’ulotning borishi. Tashkiliy qism: Davomatni aniqlash. O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va ularning fikrlarini jamlash. Fanga oid mushohadani to’g’ri bayon qila olish. Yangi mashg’ulot bayoni Riga shahridan 21 km masofadagi elgav shossesida olayin qarag’yini ko’rsatuvchi shartli belgi o’rnatilgan. Olayin qarag’ayi qanday fazilati bilan kishini o’ziga tortdi dersiz, albatta. Olimlar bunga tabiatning noyob daraxti deb nom berishgan. Yerdan uch metr balandlikda qaarag’y tanasida archa shohlaridan yoqa hosil bo’lgan. Mutahasislarning fikricha bu o’z –o’zidan payvandlanib qolish hodisasi ekan. Qarag’ayga yonma- yon archa ham o’sgan. Bular egallagan joy atrofi ochiq bo’lishi tufayli , doim o’tib turadigan shamol yosh archani qo’shni qarag’ay tanasi tomon egib, qarag’ay tanasiga ishqalab turgan. Ishqalanish natijasida ikkalasini po’stlog’I shilinib , ularning tanasidagi tirik hujayralar bir- biri bilan birikib o’savergan. Oqibatda ,archaa qarag’ay hisobiga oziqlana boshlaydi.Vaqt o’tishi bilan archa shu ulangan joyning pastidan kesib tashlangan. Qarag’ayga ulangan archa shoxlari shu kunlarda qarag’ay tanasi hisobiga o’smoqda Bu noyob daraxt davlat muhofazasiga olingan. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1)Qarag’ayda o’sgan arsh Riga shahridan necha km uzoqlikda joylashgan? 2)Qarag’ayni nomi nima ekan? 3) Qarag’ayda archa qanday paydo bo’lgan? 4) Bu daraxt muhofazaga olinganmi? Mashg’ulotni yakunlash: Uyga vazifa berish: mavzuni o’qib , savollarga javob topib kelish, test tuzish , qo’shimsha malumot to’plash. Mashg’ulot Mavzu: Qog’oz daraxti Mashg’ulot maqsadi: Ta’limiy maqsad: fanning elementer sohasiga oid, o’quv dasturlardan chetda qolib ketadigan mavzular haqida bilim berish, Qog’oz daraxti haqida ilmiy tushuncha berish, daraxtlarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning aqliy tafakkurini oshirish, milliy dunyo qarashini kengaytirish, ma’naviy yetukligini tarbiyalash: Ekalogik, estetik, iqtisodiy va gigienik tarbiya berish. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning fikrlash qobilyatini oshirish , fanga bo’lgan qiziqishini orttirish, zamonaviy texnika vositalarini o’rgatishga ko’nikma va malaka hosil qilish. Kutilayotgan natija. O’quvchilar mashg’ulot yakunida quyidagilarni uddalashlari lozim: Mavzu bo’yicha bilimga ega bo’lishlari kerak . O’quvchilarning mustaqil ishlashga ,izlanuvchan bo’lishga o’rgatish. Olgan bilimlarini hayotda qo’llay bilish. Didaktik asos: Fanlararo bog’lanish hozirgi zamon fan- texnika yangiliklarini kundalik hayotdagi o’rniga asoslangan holda mavzuni tushuntirish. Mashg’ulot turi: og’zaki, yozma. Mashg’ulot jihozi: Dunyoning g’royib daraxtlari kitobi,doska, o’quv filim, qog’oz. Mashg’ulotning borishi. Tashkiliy qism: Sajomlashish Davomatni aniqlash. O’quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligi va ularning fikrlarini jamlash Fanga oid mushohadani to’g’ri bayon qila olish. Yangi mashg’ulot bayoni: Qog’oz daraxti – tutdoshlarga mansub , bo;yi 16 metrga etadigan manzarali o’simlik . U aprel- may oylarida gullab may- iyinda meva beradi. Asosiy vatani Yaponiya , Xitoy, va Koreya. Qog’oz daraxti juda ham ziynatli o’simlik. Unung to’pgullari barglari va shox- shabbalari o’simlikka g’oyat ko’rkam manzara betib turadi. Barglari yirik, tuhumsimon, qalin, yakka- yakka o’rnashgan. Gullagan vaqtda qog’oz daraxti qip- qizil gullarga burkanadi. Qog’oz daraxti Rossiyaning Yevropa qismida ,Qirimda , Kavkazning Qora dengiz sohillarida , Zakavkaze va O’rta Osiyoning januhan biy rayonlarida manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Qog’oz daraxti tuprpqqa uncha talabchan emas, lekin shu bilan birga qurg’oqchilikka ancha chidamli . Respublikamizning ko’pchilik shaharlarida bu o’simlik yaqindan boshlab manzarali daraxt sifatida ekila boshlandi. Toshkentda qog’oz daraxtining to’rt tupi Chilonzor tumanining 163- makrab hovlisida juda yaxshi o’smoqda. Respublikamizning barcha shaharlarida bu daraxtni ko’paytirish va manzarali o’simlik sifatida madaniyat va istirohat bog’lariga, binolarning atroflariga hamda kosha chetlariga ekish mumkin. Xitoy va Yaponiyada qog’oz daraxtining yosh shohchalari po’stlog’idan eng sifatli qog’oz tayyorlanadi. Shuning uchun ham bu daraxtni “Qog’oz daraxti” deb ataladi. Uning yog’ochlik qismidan esa yog’ochsozlikda turli maqsadlarda foydaliniladi Yangi mavzuni mustahkamlash: Qog’oz daraxti ning bo’yi qancha? Qog’oz daraxti ning vatani qayer? U qachon gullaydi? U qaysi maktab hovlisida o’stirilmaqda? Inson hayotida qog’ozning qanday ahamiyati bor? Bizning yurtimizda ham qog’oz ishlab chiqariladimi? Qaysi o’simliklardan qog’oz olinadi? Qanday qog’oz turlarini bilasiz? Mashg’ulotni yakunlash: Uyga vazifa berish: mavzuni o’qibo’rganish, qog’oz haqida yana malumot to’plash . Download 447.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling