A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   152
qoldig‘i, bozor hajmi, foyda miqdori, qiymat solig‘i, kreditning 
elastikliligi, talabning egiluvchanligi, o‘zgaruvchan narx, pul massasi, 
pul undirish, iqtisodiy o‘sish, yetakchi valyuta, o‘rinbosar tovarlar
o‘rmalovchi inflyatsiya. Demak, yuzlab leksemalar iqtisodiy 
terminologik tizimda yakka holida ham, so‘z birikmalarining tarkibiy 
qismlari sifatida ham ushbu soha terminlari sifatida qo‘llanilayapti. 
3. Terminologiyasining boyishidagi yana bir manba, bu 
tushunchalarni ifodalash uchun xilma-xil affikslar ishtirokida hosil 
qilingan yasama lug‘aviy birliklar hisoblanadi: ijarachi, nazoratchi, 
moliyachi, iqtisodchi, iste’molchi, jamg‘arma, uyushma, ustama, 
undirma, tejamkor,tadbirkor, ta’minot, bojxona, zarbxona, sarmoyador, 
mulkdor, xaridor, hissador, shartnoma, omonatnoma, so‘rovnoma, 
boylik, rentabellik, bebaho, befoyda, merosxo‘r, sudxo‘r, kirim, chiqim, 
bitim, to‘lov, o‘lchov, mulkchilik, tejamkorlik, unumlilik, aksiyadorlik. 
4. Hozirgi o‘zbek tili lug‘at tarkibida, uning iqtisodiy terminlar 
tizimida yuqoridagidek umumturkiy, o‘zbek terminlari bilan bir qatorda 
fors-tojikcha, arabcha leksemalar ham qo‘llanib kelinayotir: sarmoya, 
davlat, tijorat, tojir,maosh, mablag‘, sarkor, daromad, dastmoya, 
manfaat. 
5. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasi ruscha-baynalminal 
terminlar hisobiga ham boyib bormoqda: avans, aktiv, aktsiz, budjet, 
birja, buxgalter,bank, balans, biznes, veksel, valyuta, debitor, demping, 
dotatsiya, diler, zalm, kredit, kassir, litsenziya, lizing, menejment, 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
98 
sal’do, tarif va boshqalar. Ba’zi ruscha-baynalminal iqtisodiy terminlar 
o‘zbek tiliga tarjima qilindi yoki muqobil varianti qo‘llanilmoqda: 
auksion - kimoshdi savdosi, barter - ayirboshlash, brakeraj - saralash, 
garant - kafil, defitsit - taqchillik, dolya -hissa, kapital - sarmoya, 
makler - dallol, oborot - aylanma, ssuda- qarz, schet - 
hisob. 
Terminlarning 
bir 
qismi 
tegishli 
ruscha-baynalminal 
muqobillarining o‘zbek tilidagi kalkasi sifatida yuzaga kelgan. 
Umuman, o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasi mustaqillikdan so‘ng yangi 
bosqichga ko‘tarildi va har lahzada yangi-yangi terminlar yuzaga 
kelmoqda.
O‘zbek tilshunosligi terminologiyasining ayrim masalalari 
bo‘yicha qilingan ishlar maydonga keldi. Jumladan, A.Saidov, 
M.Qosimova, 
L.Karimovalarning 
«O‘zbek 
huquqiy 
atamalari 
muammolari» («O‘zbek tili va adabiyoti», 1993,), A.Hojiyevning 
«Metodika yoki uslub?» («O‘zbek tili va adabiyoti»,1995,2-son), 
R.Doniyorov, A.Qosimovlarning «Terminologiya va so‘z yasalishining 
ayrim masalalari» («O‘zbek tili va adabiyoti»,1995,4-son) kabi 
maqolalar fikrimizning dalilidir. Bir qator ilmiy ishlar himoya qilindi: 
O‘.M.Po‘latova
1
, L.S.Xudoyberdiyeva
2
, M.Abdiyev
3
, G‘.M.Ismailov
4

Sh.X.Norbayeva
5
ning izlanishlarida batafsil ma’lumotlar keltirilgan 
bo‘lib, 2003-yilda himoya qilingan L.S.Xudoyberdiyevaning «O‘zbek 
tilida nominativ birliklarning darajalanishi»
6
nomli ilmiy izlanishlari 
hamda H.Shamsiddinovning «Umumiste’moldagi so‘zlardan leksik-
1
Пўлатова Ў.М. Ўзбек хореография терминологиясининг шаклланиш манбалари ва ривожланиши. Филол. 
фан. номз. дис. автореферати. – Тошкент, 2001. 26 бет.
2
Худойбердиева Л.С. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг даражаланиши. Филология. фан. номзоди 
дис. автореф. – Тошкент, 2003. 24 бет.
3
Абдиев М. Соҳа лексикасининг систем таҳлили муаммолари. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ 
меъроси нашриёти. 2004. – 117 бет
4
Исмаилов Ғ.М. Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. -
Тошкент, 2011. -26 б. 
5
Норбоева Ш.Х. Хоразм шеваларидаги кийим-кечак номларининг структур-семантик тадқиқи. Фалсафа 
доктори диссертацияси (PhD) автореферати. – Тошкент, -2017. -44 б.
6
Худойбердиева Л.С. Ўзбек тили-да номинатив бирликларнинг даражаланиши. Филология. фан. номзоди 
дис. автореф. – Тошкент, 2003. 24 бет. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
99 
semantik usul bilan yasalgan terminlar va ularni tartibga solish»
1
mavzusidagi qariyib 2 bosma taboqdan iborat ishda ikkilamchi 
nomlashga oid masalaning ham nazariy, ham amaliy tomonlari yoritib 
berilganligi atroflicha tahlil etilgan.
Mamlakatimizning mustaqillik yillarida fan va madaniyat 
taraqqiyoti yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishi munosabati bilan 
milliy terminologiyamizda ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu holat 
quyidagi masalalarni kun tartibiga qo‘ydi: 
- tildagi mavjud terminlar sistemasini yangilash; 
- fan va texnika, madaniyat, siyosat va boshqa sohalardagi 
terminlarni unifikatsiyalash; 
-tilimizga o‘zlashayotgan terminlarning milliy shaklini tartibga 
solish; 
- terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish; 
- boshqa 
tillardan 
terminlar 
o‘zlashtirishda 
xalqaro 
kommunikatsiya masalalarini hisobga olgan holda ish yuritish. 
Ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish yengil kechmaydi. 
Yangi milliy terminologiyani shakllantirish va uning rivojlanishini 
ta’minlashda o‘ziga xos qiyinchiliklar, chekinishlar va yutuqlarga 
erishilmoqdaki, bularning barchasi til qonuniyatlari asosida amalga 
oshirib borilmoqda. Shu bilan birga bu boradagi ishlar ko‘lami hamon 
katta bo‘lib qolmoqda. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling