A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152
 
AMALIY MASHGʻULOTLAR UCHUN TOPSHIRIQLAR 
1-topshiriq. Jadvalni toʻldiring, tilshunoslikka oid terminlarni 
mavzusiga qarab guruhlashtiring.
Fon, allofon, undoshlar, unlilar, til oldi tovushlari, til orqa 
tovushlari, leksema, soʻz, semema, hosila ma’no, sinonimlar, 
1
Шамсиддинов Ҳ. Умумистеъмолдаги сўзлардан лексик – семантик усул билан ясалган терминлар ва 
уларни тартибга солиш / Ўзбек тили илмий – техникавий терминларини тартибга солиш принциплари. – – 
Тошкент, 1991. – 132 -161 – бетлар.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
100 
antonimlar, ot, yordamchi soʻz turkumlari, harakat tarzi shakllari, sifat, 
fe’l, teng bogʻlovchilar, tobe bogʻlanish, soʻz birikmalari zanjiri, 
predikat, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bosh harflar imlosi, 
qoʻshib yozish, uslub, rasmiy uslub, ilmiy uslub, bayonnoma, ariza, 
ma’lumotnoma. 
1. Fonetika 
2. Leksikalogiya
3. Morfologiya 
4. Sintaksis 
5. Orfografiya
6. Stilistika 
7. Frazеologiya 
 
2-topshiriq. N.Maxmudovning “Til siyosati va siyosat tili” 
maqolasidan olingan parchani o‘qing, qisqa konspekt qiling. 
Til va jamiyat munosabatlari bilan bog‘liq muammolar silsilasida 
tilning lug‘at tarkibidagi “ijtimoiy-siyosiy leksika” deb nomlanadigan 
guruh alohida o‘rin tutadi. Tabiiyki, bunday leksika davlat va jamiyat 
hayotiga daxldor xilma-xil va juda katta miqdordagi tushunchalarni 
ifodalovchi zaruriy lisoniy birliklar sifatida siyosiy muloqotning 
birlamchi vositasi bo‘lmish siyosat tilining bevosita asosini tashkil etadi.
Yurtimiz juda qadimdan davlatchilik an’analariga sohib bo‘lib 
kelganligi uchun ham bizning tilimizda ijtimoiy-siyosiy leksika 
shakllanib, rivoj topib kelayotganiga ko‘p zamonlar bo‘lganligi hech 
kimga sir emas [Дадабаев Х.А. Общественно-политическая и 
социально-экономическая 
терминология 
в 
тюркоязычных 
письменных памятниках XI – XIV вв. –Тошкент: Ёзувчи, 1991]. 
Bugun mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda amalga oshirilgan va 
amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-
madaniy o‘zgarishlar, tub islohotlar bu leksikaning yanada o‘zgarishi va 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
101 
boyishiga zamin bo‘ldi, zotan, davlat va jamiyatdagi evrilishlar tilda 
o‘zining in’ikosini topishi tabiiy.
Bugun mutaxassislar asosiy maqsadi siyosat tilini tadqiq etishdan 
iborat bo‘lgan “siyosiy lingvistika” sohasi shakllanib ulgurganligini 
aytmoqdalar. Ularning qayd etishlaricha, “siyosiy kommunikatsiyani 
o‘rganishni nazarda tutuvchi siyosiy lingvistika va sotsiolingvistikaning 
o‘rganish doirasiga daxldor bo‘lgan davlat til siyosati sohasidagi 
tadqiqotlarni farqlash zarur. Masalani bir qadar soddalashtirib aytganda, 
siyosiy lingvistika mutaxassislarini siyosatchilarning qanday gapirishi 
qiziqtirsa, til siyosati mutaxassislari siyosatchilar tilni qo‘llash 
samaradorligini oshirish uchun nima qilayotganligi (yoki nima qilishlari 
kerakligi)ni 
o‘rganish 
bilan 
shug‘ullanadi” 
[Чудинов 
А.П. 
Политическая лингвистика. –М.: Флинта-Наука, 2006. –С.9]. 
Turli tilshunosliklarda ijtimoiy-siyosiy leksikaning ko‘pincha 
ijtimoiy-siyosiy terminlardan farqini belgilashga harakat qilinadi, 
masalan, rus tilshunosi T.B.Kryuchkova ijtimoiy-siyosiy leksika va 
ijtimoiy-siyosiy terminologiyani bir-biridan farqlash zarur ekanligini, 
ular bir-biri bilan aloqadorlikka ega bo‘lsa-da, bir narsa emasligini 
asoslashga harakat qiladi va ijtimoiy-siyosiy terminologiyaga shunday 
tavsif beradi: “Ijtimoiy-siyosiy terminologiya ijtimoiy fanlar 
terminologiyasining mafkuralashganlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
qismidir” [Крючкова Т.Б. Особенности формирования и развития 
обшественно-политической лексики и терминологии. –М.: Наука, 
1989. –С.15]. Uning ta’biricha, masalan, fonema va til siyosati birliklari 
tilshunoslik terminlaridir, lekin fonema ijtimoiy-siyosiy termin emas, til 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling