Badiiy asar tahlili


Download 317.9 Kb.
bet1/16
Sana03.12.2023
Hajmi317.9 Kb.
#1799857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Badiiy asar tahlili-fayllar.org


Badiiy asar tahlili




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

FARG„ONA DAVLAT UNIVERSITETI 

Go`zalxon Muhammadjonova 

BADIIY ASAR TAHLILI 
(Talqinlar, tahlillar, sharhlar)

Farg„ona-2018 yil 



2


Mas‘ul muharrir:
Y.SOLIJONOV 
filologiya fanlari doktori
Taqrizchilar: 

A.SABIRDINOV


FarDU, filologiya fanlari doktori 
F.TURSUNOVA
Farg‗ona politexnika instituti katta o‗qituvchisi 
Muhammadjonova G. 

Mutolaa tuhfasi. Uslubiy ko‗rsatma. Farg‗ona, 2017


Milliy va jahon adabiyoti namunalarini o‗quv-didaktik va ilmiy-filologik
tahlili mushtarakligida yaratilgan ushbu uslubiy ko‗rsatma o`zbek tili yo`nalishi
3-4 kurs talabalariga ―Badiiy tahlil asoslari‖ fanidan olgan nazariy bilimlarini
boyitishda va asar tahlili bo`yicha amaliy ko`nikmlarni shakllantirishda,
kitobxonning mutolaa madaniyatini yuksaltirishda yaqindan ko‗mak beradi. 
Uslubiy ko‗rsatmadan oliy o‗quv yurtining filologiya yo‗nalishi talabalari,
akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari talabalari foydalanishlari mumkin.
Mazkur ko‗rsatma Farg‗ona davlat universiteti Ilmiy kengashining 2015 yil
mart oyi 7–yig‗ilishida muhokama etilib, nashrga tavsiya etilgan. 



3


KIRISH 
Inson ma‘naviy kamolotida badiiy adabiyotning roli katta. U boshqa ijtimoiy 

ong shakllari – fan, din, huquq, siyosat kabilardan inson tafakkuri,


dunyoqarashini obrazlilik, estetik ta‘sir vositasida o‗zgartirish orqali jamiyat va 
tamaddunga ta‘sir etishi bilan xarakterlidir. Ayni shu xususiyatlariga va badiiy
adabiyotning insonga beradigan estetik-didaktik ta‘sir ko‗lamiga ko‗ra xalq 
yozuvchisi O‗tkir Hoshimov ―Adabiyot – sakkizinchi mo‗jiza‖, deya e‘tirof etadi.
Uning mo‗jizaviy qudratini yillar, asrlar silsilasida bardavom yashab kelayotgan 
durdona asarlar misolida ko‗rish mumkin.
―Insonga xos orzu-intilishlarni ro‗yobga chiqarish, uning ongli hayot 
kechirishi uchun zarur bo‗lgan moddiy va ma‘naviy olamni bamisoli parvoz
qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak‖
1
, ma‘naviy qanotning quvvatini, 

parvozini kitob mutolaasi belgilashi tabiiy.


Badiiy asar qimmatida asarning poetik xususiyatlarini teran anglay bilish 
juda muhim. O‗zbek tili yo‗nalishi talabalariga o`quv rejada ko`zda tutilgan
―Badiiy tahlil asoslari‖ fani saboqlarida ana shu maqsad nazarda tutiladi. Ushbu 
uslubiy ko‗rsatma talabalarning mazkur fandan olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlash va boyitish, ularda badiiy tahlil ko‗nikmalarini shakllantirish 
maqsadida yaratilgan. O‗zbek va jahon adabiyoti namunalarini tahlil va talqinlari
asosida yaratilgan mazkur uslubiy ko‗rsatmadan filologiya yo‗nalishlarida, 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiyot darslarining asar tahliliga
bag‗ishlangan qismlarida, fan to‗garaklarining mavzuga oid qismlarini 
tashkillashda, umuman, kitobxonlar o‗rtasida mutolaa madaniyatni yuksaltirishga
qaratilgan tadbirlarda keng foydalanish mumkin. 

1
Ислом Каримов. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т.: Маънавият нашриёти, 2008 йил 19-бет 






4


Download 317.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling