Badiiy asar tahlili


Daftar hoshiyasidagi oila bitiklari


Download 317.9 Kb.
bet9/16
Sana03.12.2023
Hajmi317.9 Kb.
#1799857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Badiiy asar tahlili-fayllar.org

Daftar hoshiyasidagi oila bitiklari 
Oila, ota-ona va farzand munosabati, farzand tarbiyasi kabi masalalar badiiy 

asarlar mavzusining asosiy rishtalaridan, o‗q tomirlaridan biri bo‗lib kelgan.


Buni ―Qobusnoma‖, ―Qutadg‗u bilig‖, ―Hibatul haqoyiq‖ asarlaridan tortib, 
bugungi adabiy jarayonda yaratilayotgan asarlar misolida ham ko‗rishimiz
mumkin. Ana shunday asarlardan biri O‗tkir Hoshimovning ―Daftar hoshiyasida 
bitiklar‖ asaridir. Bu asar ko‗hna adabiy an‘analar va yangicha izlanishlarni
o‗zida mujassam etgan asar sifatida e‘tirofga loyiq.
Ma‘lumki, aforizm (yun. arhorismos - ta‘rif, ixcham ifoda) - muallifi

ma‘lum bo‗lgan, ixcham shaklda va ta‘sirli ifoda etilgan umumlashma fikrdir.


18

―Daftar hoshiyasidagi bitiklar‖ asari janr jihatidan aforizmlar sifatida talqin etilsa-


18
Қуронов Д.,Мамажонов З.,Шералиева М.Адабиётшунослик луғати. Т.Академнашр, 2010. Б.39. 



32


da, tarkibida muayyan voqeliklarning tasviri asosida kitobxonni o‗yga,
mushohadaga chorlaydigan sujetli o‗rinlari ham talagina. Yozuvchi turmush 
tajribalari asosida shunday xarakterli epizodlarni talqin etadiki, bu kitobxonni o‗z
hayot yo‗liga yana bir nazar tashlashga, uni taftish qilishga undaydi. Shu 
jihatlariga ko‗ra asardagi fikrlarni an‘analar asosida yaralgan aforizmlar , mantiqiy
xulosalar va aforistik ma‘nosi yashirin syujetlilik mavjud aforizmlarga 
tarkiblashimiz mumkin. Bu esa yozuvchining o‗ziga xos novatorona tajribasidir.
Ya‘ni yozuvchi didaktik mazmunni berishning yoqimli va qiziqarli usulini 
o‗ylab topgan. Oddiy nasihatdan ko‗ra oynadagi aks asosida xulosa chiqarish
samaralidir.
―Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha benazir tarqatiladigan bir xazina bor.
Bu – Ona mehri!‖, deya e‘tirof etiladi asarda. Bu fikrlar orqali muallif onaning 
oiladagi, jamiyatdagi beqiyos o‗rnini ta‘kidlab, uning mehrini bebaho xazina
sifatida talqin etmoqda. Darhaqiqat, ona mehri jasoratlarga undovchi, dunyo 
yuzida ezgulik deb atalmish bo‗stonni yashnatuvchi sehr kuchiga egadir. Shuning
uchun ham inson hamisha onaning mehr taftiga ehtiyoj sezadi.
Asarda oilaning fayzi tinchlik, orastalik, mehr-oqibat bilan ekanligi
o‗zbekona tavsiflar asosida e‘tirof etiladi. ―...qaldirg‗ochlar fayzsiz, noahil 
xonadonga in qurmaydi...‖, ―o‗zbekning xonadonidan non va rayhon isi keladi‖
kabi talqinlarida chinakam milliy ruhiyatni sezamiz.
―Farzandlarimga o‗gitlar‖ bo‗limiidagi fikrlar xuddi ―Temur tuzuklari‖ kabi
Otaning farzandiga nasihatlari singari yangraydi: ―Qush bo‗lib, osmonda uchma.
Toshbaqa bo‗lib, yerda sudralma. Daraxt bo‗l! Boshing osmonda, oyog‗ing yerda
bo‗lsin! ―Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta 
ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko‗ra yuz hissa ko‗p mehr
bergan!‖, ―Noningni yo‗qotsang ham nomingni yo‗qotma!‖
Odatda aforizmlarda muallif munosabati, xulosa va falsafiy mushohada
asosida aks etadi. O‗tkir Hoshimov aforizmlarida esa hissiy munosabat ham 
yorqin aks etgan o‗rinlarni uchratishimiz mumkin. Ya‘ni muallif vaziyat-
holatlarni oddiy kuzatuvchi va baholovchigina emas, unda jonkuyarlik, emotsiyali



33


munosabat ham ustuvor. Bu uning oila muammolarini yoritishida ham seziladi.
―Oshsiz uy bor, urushsiz uy yo‗q‖, deydilar. Oilangda janjal chiqsa, eng avval 
farzandlaringni o‗ylab ish qil‖, deya ta‘kidlagan muallif oilani yemiruvchi salbiy
munosabatlarga qarshiligini ochiq ifoda etadi: 
―Uyni qonuniy bo‗lishdingiz... Mol-mulkni qonuniy bo‗lishdingiz...
Muhabbat bo‗laklandi... Sadoqat bo‗laklandi... 
Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo‗lashasiz? Onasi bilan bo‗lsa, otasiz
qolsa. Otasi bilan bo‗lsa. Onasiz qolsa... Yaxshisi, uniyam ikkiga bo‗ling! Bir 
nimtasi –erga!. Bir nimtasi-xotinga! Qani ko‗taring boltani, bolani uvoli
tutgurlar!‖
Bu tasvirlar orqali muallif ajralishlarning fojeasini yaqqol ko‗rsatib beradi.
Ushbu muammoga har bir inson e‘tiborini qayta va qayta jalb qilish chinakam 
fojelikni anglashga undash bor.
Asarda ta‘kidlanganidek, ―Oilani muqadddas bilmaganlar uchun muqaddas 
narsaning o‗zi yo‗q‖. Muqaddas narsalar xususida esa yonib so‗zlamaslik
mumkin emas.



Download 317.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling