Nazariy mexanika


Download 1.7 Mb.
bet1/50
Sana31.10.2020
Hajmi1.7 Mb.
#139411
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
11. Nazariy mexanika fanidan loyiha hisoblash ishilari.Statika.


MUSTAQIL TA’LIM TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI

O’quv rejasida har bir yo’nalishlar bo’yicha “Nazariy mexanika” faniga ajratilgan soatlarning ma’lum bir qismini mustaqil ish tashkil etadi. Talabalar bilimlarini mustahkamlash uchun mustaqil ishlar asosiy ro’l o’ynaydi. Chunki o’tilgan mavzular va amaliy mashg’ulotlardan olgan bilimlarini adabiytlar, internet tarmog’idan olgan ma’lumotlar bo’yicha mustahkamlaydi.

Talabalar ko’pincha ma’ruza matinlaridan foydalanish bilan chegaralanadilar. Talaba bu bilan fani to’liq o’zlashtira olmaydi. Bu esa fan haqida ma’lumot doirasini chegaralaydi. Fannaing afzalligini to’liq o’zlashtirish va uning qo’llanish sohalarini chuqur o’rganish uchun mustaqil ish bajariladi. Talaba mustaqil ishlarni bajarishda darslik, o’quv qo’llanmalar, tarqatma materriallar, elektron adabiyotlardan foydalanadi. Har bir mutaxassoslik uchun mustaqil ishlar kalendar rejada keltirilgan mavzularga asoslangan holda kafedra tomonidan belgilanadi.
Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan talaba mustaqil ishlari (TMI)
Nazariy mexanika fani barcha mutaxassisliklar bo‘yicha muxan­dis­larni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pgina umummuxandislik fanla­ri, jumladan, materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi, gidravlika, mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashina detallari va sh.k., mexanikaning asosiy qonun va qoidalariga tayangan. Qurilish, mexanika, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan kurslar ham nazariy mexanikaning tushuncha va qoida­lari­dan keng foydalaniladi.

Talabalar Nazariy mexanika fanidan chuqurroq bilim va ko‘nikma­lar­ga ega bo‘lishi uchun mustaqil ravishda kursning har bir bo‘limlari­dagi ba’zi mavzularga oid loyiha-hisoblash ishlarini (LHI) bajarish­lari lozim.



Назарий механика фани 2-семестрда топшириладиган ЛҲИ


Таълим йўналиши

Курс иши (лойихаси) ЛҲИ сони

1 ЛҲИ

2 ЛҲИ

3 ЛҲИ

Топшириқлар номи ва сони

5320200–Машинасозлик технологияси, машинасозлик ишлаб чиқаришни жиҳозлаш ва автоматлаштириш (МS-1)


  1. Қаттиқ жисмнинг таянч реакцияларини аниқлаш.

  1. Текис ферманинг таянч реакцияларини ва стерженларидаги кучларини аниқлаш.


йўқ

  1. Қўшма конструкциянинг таянч реакцияларини аниқлаш.

  1. Нуқта ҳаракатининг берилган тенгламаларига кўра унинг тезлиги ва тезланишини аниқлаш.

йўқ

  1. Тишлашиш (тинч ҳолатдаги ишқаланиш)ни ҳисобга олган ҳолда кучларнинг мувозанати.

  1. Илгариланма ва айланма ҳаракатларда қаттиқ жисм нуқталарнинг тезлик ва тезланишларни аниқлаш.

йўқ

5340200–Бино ва иншоотлар қурилиши (темир йўллар)

(IF-66,67,68,70,64)


  1. Қаттиқ жисмнинг таянч реакцияларини аниқлаш.

  1. Фермалар ҳисоби.


йўқ

5340600–Транспорт иншоотларининг эксплуатацияси (темир йўллар) (TI-17)

  1. Қўшма конструкциянинг таянч реакцияларини аниқлаш.

  1. Берилган ҳаракат қонунга асосан траектория, тезлик ва тезланишларни аниқлаш.


йўқ

5340600–Транспорт иншоотларининг эксплуатацияси (кўприклар ва тоннеллар) (ТIF-6,7,8)

  1. Тишлашиши (тинч ҳолатдаги ишқаланиш)ни ҳисобга олган ҳолда кучларнинг мувозанати.


йўқ


йўқ

5340200Бино ва иншоотлар қурилиши (темир йўл бинолари) (BI-34,36)

  1. Қаттиқ жисмнинг таянч реакцияларини аниқлаш.

  1. Берилган ҳаракат қонунга асосан траектория, тезлик ва тезланишларни аниқлаш.


йўқ

5340400–Муҳандислик коммуникациялари қурилиши ва монтажи (темир йўл транспортида сув таъминоти ва канализация тизимлари) (KQ-38)

  1. Фермалар ҳисоби.




  1. Илгариланма ва айланма ҳаракатларда қаттиқ жисм нуқталарнинг тезликлари ва тезланишларни аниқлаш


йўқ

5311200–Кончилик электромеханикаси (EМK)


  1. Қаттиқ жисмнинг таянч реакцияларини аниқлаш.

  1. Нуқта ҳаракатининг берилган тенгламаларига кўра унинг тезлиги ва тезланишини аниқлаш.

  1. Моддий нуқта ҳаракат дифференциал тенгламаларини интеграллаш.

5311600–Кончилик иши (очиқ кончилик иши) (OK-1,2)


5311600–Кончилик иши (ер ости кончилик иши) (KI-1,2,3)


  1. Тишлашиш (тинч ҳолатдаги ишқаланиш)ни ҳисобга олган ҳолда кучларнинг мувозанати.



  1. Илгариланма ва айланма ҳаракатларда қаттиқ жисм нуқталарнинг тезлик ва тезланишларни аниқлаш.




  1. Моддий нуқтанинг тебранма ҳаракатини текшириш.

5314400–Фойдали қазилмаларни бойитиш (кўмир) (FQ-1)



STATIKA BO’LIMI

1-topshiriq: C.1.Qattiq jismning tayanch reaksiyalarini aniqlash

O‘qi siniq chiziqlardan iborat bo‘lgan brusdan iborat konstruksiya uch xil usulda tayanchlarga mahkamlangan. Berilgan bir xil yuklanish uchun izlanayotgan reaksiya modul bo‘yicha eng kichik bo‘ladigan usulda mahkamlangan tayanchlarda hosil bo‘ladigan reaksiyalar aniqlansin. Konstruksiyaning yuklanish sxemalari 1-chizmada, o‘lcham va yuklanish kattaliklari 1-jadvalda berilgan.



Topshiriq bajarilishdan maqsad – har xil bog‘lanishlardagi (tayanchlardagi) konstruksiya uchun tekislikdagi ixtiyoriy kuchlar sistemasining muvozanat shartlarining uchchala shaklidan foydalangan holda muvozanat tenglamalarini tuzish ko‘nikmalarini hosil qilish va konstruksiya mahkamlanishining tayanch reaksiyalariga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganishdan iborat.

Topshiriqning bajarish tartibi:

  1. konstruksiya bog‘lanishining har bir varianti uchun hisob sxemasini tuzish (ob’ektni tanlab olish, uni tayanchlardan ozod etish va tayanchlar o‘rniga reaksiya kuchlarini qo‘yish);

  2. har bir sxema uchun kuchlar muvozanati shartlarining ixtiyoriy shaklidan foydalanib, izlanayotgan reaksiya ishtirok etuvchi ortiqcha noma’lumlar qatnashmagan tenglama tuzish va izlanayotgan reaksiyani aniqlash;

  3. izlanayotgan reaksiyaning modul bo‘yicha eng kichik qiymatga erishiladigan bog‘lanishli variantni tanlab olish;

  4. tanlab olingan variant uchun barcha tayanch reaksiyalarini aniqlash;

  5. tekshirish va natijalarni jadval ko‘rinishida taqdim etish.


Topshiriqni bajarish uchun ko‘rsatmalar.

4



Yuklanish kattaliklari va boshqa berilgan ma’lumotlarni shifriga mos ravishda aniqlab oladi: b-ustun 6-qatordan kN/m, m;
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling