Nazariy mexanika


Download 1.7 Mb.
bet5/50
Sana31.10.2020
Hajmi1.7 Mb.
#139411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
11. Nazariy mexanika fanidan loyiha hisoblash ishilari.Statika.


1- chizma

2) Kerakli bo‘lgan muvozanat shartini tanlash.

Tekislikda joylashgan ixtiyoriy kuchlar sistemasi muvozanati shartining uchta (2.2)-(2.4) shakllari mavjud. Har bir tuzilgan sxema uchun (2.2)-(2.4) shartlardan shunday bittasini tanlab olish mumkinki, bunda faqat izlanayotgan reaksiya ishtirok etgan yagona tenglama tuzish mumkin. Bunday tenglama tuzishning umumiy prinsipi quyidagidan iborat: a) izlanayotgan reaksiya juft momenti bo‘lsa, u holda qolgan ikki reaksiyalar ta’sir chizig‘i kesishgan nuqtaga nisbatan momentlar tenglamasini tuzish kerak; b) izlanayotgan reaksiya kuch bo‘lib, noma’lumlar orasida juft kuch (tayanch momenti) mavjud bo‘lsa, ikkinchi noma’lum reaksiya kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar o‘qqa nisbatan proeksiyalar tenglamasini tuzish kerak; v) izlanayotgan reaksiya kuch bo‘lib, noma’lumlar orasida juft kuch (moment) bo‘lmasa, izlanayotgan reaksiyadan boshqa reaksiyalar ta’sir chizig‘i kesishgan nuqtaga nisbatan momentlar tenglamasini tuzish kerak.

3) Izlanayotgan reaksiyaning modul bo‘yicha eng kichik qiymatga erishiladigan bog‘lanishli variantni tanlab olish. Har bir variant uchun tuzilgan yagona tenglamalardan izlanayotgan reaksiya aniqlanadi. Keyingi hisob uchun modul bo‘yicha eng kichik qiymatga ega bo‘lgan reaksiyali variant tanlab olinadi.

4) Barcha tayanch reaksiyalarini aniqlash. Tanlab olingan variant uchun muvozanat shartlarining keyingi (ikki) tenglamalari tuziladi. Bunda tenglamalar sistemasini tuzishda yuqoridagi prinsipga amal qilgan holda har bir tenglamada bittadan noma’lum ishtirok etishi talab etiladi (tenglamada avval aniqlangan reaksiya qatnashmasligi lozim). Muvozanat shartlarining (2.3) va (2.4) shakllaridan foydalanilganda, bu shartlarning chegaralangan ekanligiga e’tibor berish kerak.

5) Bajarilgan hisobning to‘g‘riligini tekshirish. Reaksiyalar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tenglamalardan topilgani uchun ularning to‘g‘ri ekanligini tekshirish uchun muvozanat shartining boshqa shaklidan foydalanib shunday tenglama tuzish kerakki, bu tenglamada barcha reaksiyalar ishtirok etishi lozim. Buning uchun reaksiya kuchlari ta’sir chiziqlarida yotmagan biror nuqtaga nisbatan momentlar tenglamasi tuziladi. Tayanch reaksiyalarining topilgan qiymatlari bu tenglamaga qo‘yilganda, u etarli darajadagi aniqlikda ayniyatga aylansa, reaksiyalar to‘g‘ri topilgan deb hisoblanadi (tenglama hadlari ichida maksimal qo‘shiluvchining qiymatidan 3-5 % dan ortmasa etarli darajada aniqlik deb hisoblanadi). Topshiriq bajarilishining yakunida barcha topilgan natijalar jadval ko‘rinishiga keltiriladi.



Topshiriqning bajarish namunasi.

Masalaning qo‘yilishi: Berilgan konstruksiyaning bir xil yuklanishida izlanayotgan reaksiya modul bo‘yicha eng kichik bo‘ladigan usulda mahkamlangan tayanchlarda hosil bo‘ladigan reaksiyalar aniqlansin (1.2-rasm).



Berilgan: Balkaning yuklanish va turli bog‘lanish sxemalari, kN/m, kN, kN,
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling