A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. «
- 4-topshiriq.
- Tayanch tushunchalar
4-topshiriq. Yuqoridagi jadvalda berilgan turli sohalarga oid terminlardan beshta termin ajratib oling va nominativlik, signifikativlik, pragmatiklik va kommunikativlik xususiyatiga koʻra tahlil qiling. MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQLAR 1-topshiriq. «Oʻzbek tilining milliy ensiklopediyasi»ning 1- jildidan chorvachilikka oid 50 ta termini daftaringizga yozib, kichik terminologik lugʻat yarating. 2-topshiriq. «Tutunsiz poroxning «sir»i» matnini o‘qing. Matnga ijodiy yondashib kichik hikoya tuzing. 3-topshiriq. Quyidagi mavzulardan biriga esse yozing. «Termin va nom», «Termin va so‘z», «Terminning nominativ vazifasi», «Qadimgi Gretsiyada so‘z va terminning rivoji», «Texnikaviy terminlar badiiy tasviriy vositasi sifatida». 4-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan prezentatsiya yoki videorolik yarating. 3.4. Termin, obrazli so‘z va metafora Reja: 1. Termin va obrazli so‘zning o‘zaro munosabati. 2. Termin va metaforaning o‘zaro munosabati. Tayanch tushunchalar: termin, obrazli so‘z, badiiy so‘z, metafora, funksional ko‘chish,evristik vazifa, kognitiv mexanizm. A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 145 Terminlarning yuzaga kelishiday murakkab jarayonda metaforalar, shubhasiz, alohida o‘rin tutadi. Badiiy so‘zning tug‘ilishida metafora qanchalik faol ishtirok etsa, aksariyat terminlarning yuzaga kelishida bu hodisa undan ham faol rol o‘ynaydi. Zotan, g‘arb tadqiqotchilarining ta’kidlashlaricha, fanda metaforaga bo‘lgan ehtiyoj va zaruriyat poeziyadagidan aslo kam emas 1 . Masalan, tillarning qarindoshligi lingvistik terminining yuzaga kelishida metafora mavjud, bu metafora tillarning geneologik birligini odamlarning bir ajdodga mansubligi haqidagi avvaldan ma’lum bo‘lgan bilim vositachiligida idrok etish mexanizmi tarzida talqin qilinganda, tabiiy, keltirilgan ta’rifga ko‘ra, metafora maqomini oladi, ayni paytda u shu mazmunning nominatsiyasi sifatida lisoniy metafora ekanligi ravshan. Terminlar ilmiy bilimlarni, ilmiy natijalarni qayd qilish va ularni sistemalashtirish bilan bir qatorda juda katta evristik vazifani ham bajaradi, ya’ni ular yangi bilimlarni ochishiga ham ko‘maklashadi 2 . Metaforalarning ilmiy bilishning qudratli quroli sifatidagi kognitiv mexanizmlari ularning faol evristik vazifa bajarishini ham ko‘rsatadi 3 . Metafora asosida termin yaratilar ekan, yuzaga kelgan maxsus til birligining evristik quvvati ikkilanishi, yanada yuksak bo‘lishi mutlaqo tabiiydir. Yaxshi va asosli topilgan metafora bevosita ko‘rish, tasavvur qilish mumkin bo‘lmagan obyekt-obrazlarni aniq gavdalantirib beradi, ularning ichiga kirish, mohiyat-mexanizmini «qo‘lga olib ko‘rish» imkoniyatini yaratadi. Taniqli rus tilshunosi N.D.Arutyunova aksariyat abstrakt tushunchalarning ifodalanishi va nomlanishida metafora alohida o‘rin tutishini, hatto metaforasiz «ko‘rinmas olamlar» (insonning ichki olami) leksikasining mavjud bo‘la olmasligini alohida ta’kidlaydi, 1 Супрунова Л.В. Изучение метафоры как средства механизма познания / www.rusnauka.com/15 NPN_ 2013/ Philologia/2_137943.doc.htm 2 Великода Т.Н. Когнитивно-эвристический потенциал термина / Вестник НГЛУ. Вып. 12. –Нижний Новгород, 2010. С.20-31; Орлова М.В. Теоретические обоснования термина как языкового явления / scientific-notes.ru/pdf/013-8.pdf 3 Занина М.А. Проблемы понимания метафоры в англоязычном научно-техническом тексте / Вестник Челябинского государственного университета. 2013. –N1 (292). Филология. Искусствоведение. Вып.73. – С.211. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling