A bass va I. Dark


Download 21.6 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2023
Hajmi21.6 Kb.
#1074540
  1   2
Bog'liq
18-agressiya bass dark


AGRESSIYA SHAKLLARI VA UNING KO‘RSATKICHLARINI DIAGNOSTIKA QILISH METODIKASI

(A.BASS VA I.DARK)

Ta’kidlarni o‘qish yoki eshitish davomida ular sizning hayot tarzingiz, xulq-atvoringizga qanchalar mos kelishiga qarab quyidagi to‘rtta javobdan sizning holatingizga mos tushadiganini belgilang: «ha», «ha» desam ham bo‘laveradi», «yo‘q», «yo‘q» desam ham bo‘laveradi».


  1. Gohi - gohida kimningdir jonini shunday og‘ritgim keladi-ki, bu istakni hech ham yengolmayman.

  2. Ba’zan o‘zimga yoqmagan odamlar haqida gap sotishim mumkin.

  3. Mening jahlim tez, biroq jahldan tushishim judayam oson.

  4. Mendan yaxshilikcha so‘ralmasa iltimoslarni bajarmayman.

  5. Men o‘zimning haqimni har doim ham undira olmayman.

  6. Odamlar orqavorotdan men haqimda gap-so‘z qilishlarini bilaman.

  7. Birovlar xatti-harakatini ma’qullamasam – bu narsani ularga sekingina sezdirib qo‘yaman.

  8. Kimnidir aldashga majbur bo‘lib qolsam, vijdonim qiynaladi.

  9. Men hech kimga qo‘l ko‘tara olmasam kerak.

  10. Men hech qachon qo‘lga ilingan narsani otish darajasida jahl qilmayman.

  11. Birovlarning kamchiliklariga doimo ko‘ngilchanlik bilan qarayman.

  12. Agar o‘rnatilgan tartib menga yoqmasa, uni buzgim keladi.

  13. Odatda, ba’zi odamlar fursatdan foydalanib o‘z ishini to‘g‘rilab olishni yaxshi bilishadi.

  14. Kutganimdan ortiq iltifot ko‘rsatayotgan sermulozamat odamlar meni ulardan ehtiyot bo‘lishga undaydi.

  15. Odamlar bilan ko‘pincha murosa qilolmayman.

  16. Ahyon-ahyon o‘zimni ham uyaltiradigan o‘y-fikrlar miyamga kelib turadi.

  17. Menga tarsaki tortgan kishiga tarsaki bilan javob bermayman.

  18. Jahlimni chiqarishsa eshikni qarsillatib yopaman.

  19. Men yuvosh ko‘rinsamda, aslida jahldorman.

  20. Agar kimdir o‘zini rahbarday tutsa, atay unga qarshi xatti-harakat qilaman.

  21. Qismatim meni biroz ranjitadi.

  22. Meni ko‘plar yoqtirmasa kerak deb o‘ylayman.

  23. Kimlardir fikrimga qo‘shilmasa - tortishmay turolmayman.

  24. Ishdan bo‘yin tovlaganlar o‘z ayblarini his qilishlari lozim.

  25. Meni yoki mening oilamni mendan ko‘radiganini ko‘radigan kishigina haqorat qilishi mumkin.

  26. Qo‘pol hazillarga moyil emasman.

  27. Ustimdan kulishsa jahlim chiqadi.

  28. Kimlardir kibrga berilib, o‘zgalarni oyog‘ini uchi bilan ko‘rsatsa, ularning popugini pasaytirib qo‘yish qo‘limdan keladi.

  29. Deyarli har hafta o‘zimga yoqmagan kishilardan birortasi bilan to‘qnash kelaman.

  30. Aksariyat odamlar menga hasad qiladi.

  31. Odamlardan hurmatimni joyiga qo‘yishlarini talab qilaman.

  32. Ota-onamga ko‘ngildagidek qarasha olmaganim uchun ezilaman.

  33. Muttasil joningdan to‘ydiradiganlarni jag‘iga bir tushirsang arziydi.

  34. Gohida jahlim chiqsa qovog‘imdan qor yog‘adi.

  35. Garchi odamlar menga, aslida o‘zim arziganimdan ham yomon munosabatda bo‘lsalarda xafa bo‘lmayman.

  36. Kimdir jig‘imga tegishga harakat qilsa ham men unga parvo qilmayman.

  37. Oshkora namoyish qilmasamda, ba’zan ichimda kuyinaman.

  38. Ba’zan odamlar mening ustimdan kulishayotganday tuyuladi.

  39. Ming achchig‘im chiqsa, bolohonador qilib so‘ka olmayman.

  40. Gunohlarim avf etilishini istar edim.

  41. Kimdir meni urgan taqdirda ham, kamdan kam hollarda unga javob qaytaraman.

  42. Ba’zi ishlar mening aytganimday bo‘lmasa xafa bo‘laman.

  43. Ba’zan odamlarning borligi ham g‘ashimga tegadi.

  44. Men chinakamiga nafratlanadigan odamning o‘zi yo‘q.

  45. Mening shiorim: «BEGONALARGA ISHONMASLIK KERAK!»

  46. Kimdir jig‘imga tegsa, u haqda o‘ylaganlarimni yuziga aytishgacha boraman.

  47. Qilib qo‘ygan ko‘plab ishlarimdan keyinchalik pushaymon yeyman.

  48. Achchig‘im chiqsa, musht tushirishdan ham qaytmayman.

  49. Men bolaligimdan g‘azabimni yashirib yashashga o‘rganganman.

  50. Ko‘pincha o‘zimni sabr kosam to‘lib ketganday his qilaman.

  51. Odamlar men nimalarni his qilayotganimni bilishsa edi, meni murosasiz, xarakteri og‘ir inson deb hisoblashgan bo‘lar edi.

  52. Odamlar menga nima sababdan yaxshilik qilishar ekan, deb o‘ylaganim o‘ylagan.

  53. Menga baqirsalar, men ham ovozimni balandlataman.

  54. Muvaffaqiyatsizliklar meni qayg‘uga soladi.

  55. Janjalkashligim boshqalarnikiday: ko‘p ham emas, oz ham emas.

  56. G‘azabdan qo‘limga ilingan narsani otib sindirgan paytlarim ham bo‘lgan.

  57. Ba’zan aynan o‘zim birinchi bo‘lib janjal chiqarishim mumkinligini his qilaman

  58. Ba’zan qismat menga nisbatan adolatsiz bo‘layotganday tuyuladi.

  59. Avvallari odamlarni samimiy deb bilardim, endi esa– yo‘q.

  60. G‘azablansamgina so‘kinaman.

  61. Noto‘g‘ri ish qilsam vijdonim qiynaladi.

  62. O‘z haq-huquqimni himoya qilish uchun jismoniy kuch ishlatish lozim bo‘lsa-ishlataman.

  63. Ba’zan achchiq ustida stolni mushtlayman.

  64. O‘zimga yoqmagan odamlarga nisbatan qo‘polroq bo‘laman.

  65. Menga ziyon yetkazishni istaydigan dushmanim yo‘q.

  66. Jazoga loyiq odamni jazolash qo‘limdan kelmaydi.

  67. Ko‘pincha noto‘g‘ri hayot kechirganligimni o‘ylab qolaman.

  68. Jahlimni chiqarib meni mushtlashishgacha olib borishi mumkin bo‘lgan odamlarni bilaman.

  69. Arzimagan mayda-chuydalarga ranjimayman.

  70. Odamlar mening jig‘imga tegishmoqchi yoki haqoratlashmoqchi degan o‘ylar kamdan kam hollarda miyamga keladi.

  71. Ko‘pincha amalga oshirmasamda do‘q-po‘pisa qilib qo‘yaman.

  72. Oxirgi vaqtda ezma bo‘lib qoldim.

  73. Baxslashayotganimda ovozim o‘z-o‘zidan balandlab ketadi.

  74. Odamlarga nisbatan yomon munosabatda ekanimni yashirishga harakat qilaman.

  75. Tortishib o‘tirgandan ko‘ra, ko‘nib qo‘ya qolaman.

Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida «ha» va «ha» desam ham bo‘ladi» javoblari bir xilda, ya’ni «ha» kabi hisobga olinadi, shuningdek «yo‘q» va «yo‘q» desam ham bo‘ladi» javoblari ham bir xilda,ya’ni «yo‘q» kabi hisoblanadi.





Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling