A bass va I. Dark
-KALIT So‘rovnoma natijalarini qayta ishlash
Download 21.6 Kb.
|
1 2
Bog'liq18-agressiya bass dark
1-KALIT
So‘rovnoma natijalarini qayta ishlash. 1.Jismoniy agressiya (K=11) 1+ ; 9 - ; 17 - ; 25 + ; 33 + ; 41+ ; 48+ ; 55+ ; 62+ ; 68+. 2.Verbal agressiya (K=8) 7+ ; 15 + ; 23+ ; 31+; 39 - ; 46+; 53+; 60+; 66 -; 71+; 73+; 74 -; 75 -. 3.Orqavorotdan (bilvosita) bo‘ladigan agressiya (K=13) 2+; 10+; 18+; 26 -; 34+; 42 +; 49 -; 56+; 63+. 4. Voqe’likka salbiy munosabatda bo‘lish, inkor etish (Negativizm) (K=20) 4+; 12+; 20+; 28+; 36 -. Jizzakilik (K=9) 3+; 11 -; 19 +; 27+; 35 -; 43+; 50+; 57+; 64+; 69 -; 72 +. Sergumonlik (K=11) 6+; 14+; 22+; 30+; 38+; 45+; 52+; 59+; 65 - ; 70 -, Ranj (K=13) 5+; 13 +; 21+; 29 +; 37+; 44+; 51+; 58+. Aybdorlik hissi (K=11) 8+; 16 +; 24 +; 32+; 40 +; 47+; 54+; 61+; 67+. «-» belgili savollar javoblarini qayd qilayotganda agar javob «ha» bo‘lgan bo‘lsa «yo‘q» deya, agar «yo‘q» bo‘lsa «ha» kabi qayd qilinishi talab etiladi. Ballar yig‘indisi har bir agressivlik parametrida ko‘rsatilgan koeffitsientga ko‘paytirilgach, ular solishtirishga qulay me’yoriy ko‘rsatgichlarga aylanadi. Summar ko‘rsatkichlar; ( 1+ 2 + 3 ) = 3+IA (Agressiya indeksi ) ( 6+ 7 ) = 2 +IAd (Adovatlilik indeksi) Jismoniy agressiya - boshqa bir odamga qarshi jismoniy kuch ishlatish. Verbal agressiya – salbiy his-tuyg‘ularni og‘zaki tarzda ifodalash (janjal, qiy-chuv solish, so‘kinish, tahdid, la’nat aytish, qarg‘ish kabilar) Orqavorotdan bo‘ladigan yo bilvosita agressiya – boshqa shaxsga qaratilgan g‘iybat, piching ko‘rinishidagi bilvosita olinadigan alam, nafratning yo‘nalishi aniqlanmaganligi ham bo‘lishi mumkin (yer tepish, baqirib-chaqirish) Negativizm (voqe’likka salbiy munosabatda bo‘lish, hamma narsani inkor etish) – rahbariyat yoki obro‘ga qarshi yo‘nalgan xulq-atvor, talab, tartib, qonunlarga qarshi passiv mone’likdan faol xatti-harakat darajasigacha borib etishi mumkin. Jizzakilik - jizzakilikka moyillik, arzimagan narsaga portlab ketish, keskinlik, qo‘pollik qilish. Sergumonlik - ishonchsizlikka moyillik, odamlar bilan ehtiyot bo‘lib munosabatga kirishish, atrofdagilar zarar yetkazishi mumkin, degan o‘y bilan yashash. Ranj - kimdandir yoki butun olamdan alamzadalik, xayolan yoki chindan ham keltirilgan iztirob, g‘azab, atrofdagilarga nisbatan nafrat, hasadning namoyon bo‘lishi. Autoagressiya - o‘zi va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatiladigan aybdorlik hissi, o‘ziga qarshi qaratilgan hatti-harakat, ya’ni o‘zini ayblash, men undog‘man, men bundog‘man, deb ich-etini eyish. Download 21.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling