A. Biotexnologiya


Download 52.23 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi52.23 Kb.
#1145600
Bog'liq
Biologik faol va dorivor moddalar test savollari


Test savollari.

  1. 1.Ilmiy va muhandislik prinsplaridan foydalangan holda, Tovar va xizmat ko`rsatish mahsulotlarini qayta ishlashda, tirik organizmlar faoliyatidan foydalanish haqidagi fan qaysi?

A.Biotexnologiya
B.Biokimyo
C.Farmokognoziya
D. Immunologiya

  1. Biotexnologiya atamasini kim ,qachon muomalaga kiritgan?

A.1917 yilda K.Ereki
B.1917 yilda Yu.A.Ovchinnikov
C.XX asrning 70-yillarida C. Koen va G.Boyer
D.1961 yilda K.G.Xeden

  1. A.Levenguk oddiy linzalar yordamida suv va ovqatlarda juda ko`p mayda harakatlanuvchi tirik organizmlar borligini ko`rgan va ularni nima deb atagan?

  1. ‘’Animalkulalar”

  2. “Molekulalar”

  3. “Mikroorganizmlar”

  4. “Bakteriyalar”

4.Sekvenlash – nima?
A. DNK ni tashkil qiluvchi asoslar ketma-ketligini o`qish.
B. Fragmentlarni ko`paytirish
C. DNK ni sintezlash
D. Klonlash
5. Sanoatda mikrob biomassasini ishlab chiqarishda qaysi shtammlardan foydalaniladi?
A. Tabiiy va sun’iy tanlash natijasida xususiyatlari yaxshilangan tabiiy shtamlardan
B. Indutsirlangan mutagenez natijasida olingan shtammlardan
C. Gen injenerligi shtammlaridan
D. Barcha javob to`g`ri.
6. Biotexnologiyaning obyekti bo`lib nimalar xizmat qiladi?
A. Fermentlar, nuklein kislotalar ,prostaglandinlar, lektinlar, neyropeptid va xar xil BFM lar
B. Bakteriyalar, zamburug`lar va suvo`tlari
C. Mikroorganizmlar, hujayra va to`qimalarning tarkibiy qismlari
D.Mikroorganizm shtammlari.
7.Bakteriyalar kislorodga bo`lgan munosabati bo`yicha qanday turlarga bo`linadi?
A. Obligat aeroblar, fakultativ anaeroblar, aerotolerant anaeroblar
B.Aerob va anaerob
C.Miksotrof va auksotrof
D.Produtsent ,Redutsent
8.O`stirish faktoriga ehtiyoj sezadigan produtsentlar nima deyiladi?
A.Auksotroflar
B.Prototroflar
C.Mikroaerofillar
D.Obligat anaeroblar
9.Dikariozis nima va u qaysi organizmlar uchun xos?
A.Bir hujayrada ikki yadroning alohida –alohida faoliyat yuritishi, zamurug`lar uchun xos
B.Bir vaqtning o`zida ikki yadroni imitatsuya qilish , Bakteriyalar uchun xos
C.Bir hujayrada xar xil yadrolarni uchrashi, Zamburug`lar uchun xos
D to`g`ri javob yo`q
10.Xlorellaning hazm bo`lmaydigan komponentlar miqdorini kamaytish uchun nima qilish kerak?
A. Hujayra devorini olib tashlash kerak
B.Hujayrani yog`sizlantirish kerak
C.Pigmentlangan oqsillarning detoksikatsiyasi
D.Hujayra sitoplazmasini chiqarib tashlash kerak
11. Farmasevtika korxonalarining oqava suvlarini biologik tozalashda nimalar katta ro`l o`ynaydi?
A.Tuproq umurtqasizlari , yomg`ir chuvalchangi
B. Suv o`tlari
C. Zamburug` va bakteriyalar
D.Mikromitsetlar
12. Bazofil mikroorganizmlar qanday pH li muhitda yaxshi ko`payadi?
A. pH 8.5-9.5
B. pH 1.5-4.5
C. pH 7.0
D. pH 5.0-5.5
13. Triponosomadan Rossiya va Fransiyada shishga qarshi preparat -… olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
A. Krutsin
B. Astazilid
C. Sefradin
D.Penitsillin
14. Sanoat biotexnologiyasida ishlatiladigan qaysi shtammlarning genetik barqarorligi juda past bo`ladi ?
A. Gen injenerligi shtammlari
B. Tabiiy shtammlar
C. Mutagenez shtammlar
D, Sun’iy shtammlar
15.Biologik transformatsiya nima ?
A. Har bir ferment faqat substrat molekulasining spetsifik joyidagi bir turdagi reaksiyani katalizlaydi.
B. Molekulaning barcha qismini katalizlaydi
C. Ferment substratning barcha qismini katalizlaydi
D. To`g`ri javob yo`q
16. Prutin va Meprin biopreparatlarini olish texnologiyasi qaysi ozuqa muhitda yaratilgan?
A. Metanol ozuqa muhitida
B. Pirimidinli murakkab ozuqa muhitida
C. Azot asoslari tutgan oddiy ozuqa muhitida
D. Neft va uglevodlar saqlagan ozuqa muhitida
17. “Astazilid” nomli preparat nimadan olinadi?
A. Astasia longa dan
B. Triponosomadan
C. Asalari zaxaridan
D. Odam qon zardobidan
18. Psixofil mikroorganizmlar qanday temperaturada o`sadi?
A.0-15 C
B. 25-37 C
C. 60-80 C
D. 110 C
19. Biosintezga ta’sir etuvchi omilar nimalar?
A. Fizik, kimyoviy, biologic
B.Xarorat, muhitning pH ko`rsatkichi, namlik
C. Tebratkichning aylanish davri, fermentyordagi bosim
D. Ko`pikni bosuvchi moddalar, morfologik ko`rsatkichlar
20. Biosintez jarayoning qanday turlari bor ?
A. Davriy,yarim davriy, to`xtovsiz va ko`p skill
B. Davriy, to`xtovsiz
C.Oddiy, murakkab
D. Ko`p skill va bir bosqichli
21. Biosintezning qaysi turi iqtisodiy foydali hisoblanadi?
A. Boshqariluvchi fermentatsiya
B. Davriy jarayon
C. To`xtovsiz jarayon
D. Ko`p skill jarayon
22. Biosintezning davriy jarayonida iqtisodiy foyda nimaga bog`liq bo`ladi ?
A. Produtsent mikroorganizmning faolligi, barqarorligi va texnologiyaga mosliguga bogliq.
B . Ozuqa muhitini tarkibi va temperaturaga bog`liq
C. Birgalikda yashayotgan mikroorganizmlarning o`zaro munosabatiga bog`liq
D. Biologik va kimyoviy jarayonlarning ketishiga bog`liq
23.Biosintezning to`xtovsiz jarayoning ustuvor tomoni nimadan iborat?
A. Ekuv materialini tayyorlash bosqichi qisqaradi.
B. Kultural suyuqlikning bir qismi boshqa fermentyorga o`tkaziladi
C. yopiq halqa hosil qilinadi.
D. Yetarli miqdorda mahsulot olinadi
24. Biosintezning ko`p siklli jarayonida ekuv materiali vazifasini nima bajaradi ?
A. Fermentatsiya jarayoning oxirida kultural suyuqlik ning 10 % qismi
B. Oxirgi kultural suyuqlikning 90 % qismi
C. Kutural suyuqlikning yarimi
D. Murakkab ozuqa muhiti
25. Muayyan produtsent uchun texnogen ekologik uy – nima?
A. Fermentyor
B. Laminar boks
C. Maxsus probirkalar to`plami
D. Eksikator
26. Mikroorganizmlarning o`sishi va rivojlanishi necha bosqichdan iborat ?
A. 6 ta
B. 5 ta
C. 2 ta
D. ko`p bosqichli jarayon
27. Mikroorganizmlarning qaysi fazasida hujayra bo`linmaydi ammo oqsil miqdori ortadi ?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Moslashuv
C. Adaptatsiya
D. Lag fazada
28. Mikroorganizmlarning tez o`sish fazasida nimalar ro`y beradi ?
A. Oqsil , nuklein kislotalar miqdori ko`payadi, hujayra bo`lina boshlaydi.
B. Mikroorganizmlar ko`paymaydi ammo oqsil miqdori ortadi.
C. O`sish tezligi yuqoriga ko`tariladi.
D. Hujayralar soni kamayadi, biomassa ko`payadi.
29. Qaysi fazada bioobyekt fermentyor sharoitiga tamoman moslashgan aeratsiya bo`lib turadi ?
A. Logarifmik fazada
B. Tez o`sishga o`tish fazasi
C. Moslashuv fazasi
D. Lag-faza
30. Mikroorganizmlar o`sishining qaysi fazasida hujayra o`sish tezligi yuqoriga ko`tariladi ?
A.Logarifmik faza
B.Lag-faza
C.Tez o`sishga o`tish fazasi
D. Satsionar faza
31. Nima uchun hujayra o`sishining sekinlashuv fazasida mikroorganizmlar o`sish tezligi kamayadi ?
A. Biomassa ko`paygani sari ozuqa muhiti tarkibidagi komponentlar kamayib boradi.
B. Hujayra tarkibidagi oqsil kamayib ketadi.
C. Muhit sharoitida pH ning miqdori o`zgaradi
D. t.j.y
32. Mikroorganizmlar o`sishining qaysi fazasida hujayralar lizis bo`la boshlashadi, ular hujayra yonidagi hujayralarni yeb qo`yadi ?
A. Hujayra o`sishining sekinlashuv fazasida
B. Lag-fazada
C. Statsionar fazada
D. Adaptatsiya fazasida
33. Aktinomitsetlarning o`sish davri va harorati qanchaga teng ?
A. 5-kun,26-28 C
B. 1-2 kun, 28 C
C. 7-kun ,24 C
D. 1-2 kun, 26-28 C
34. Filtrlar qanday sterillanadi ?
A. kuchli par yordamida 120 C da 30 min davomida
B. sterill suv yordamida 3 kun
C. termik isitish orqali
D. kislotalatda sterillanadi
35. Ishlab chiqarish sharoitida ozuqa muhiti qanday sterillanadi ?
A. Termik isitish orqali
B.Anorganik kislotalar bilan
C. Kuchli par yordamida
D. Qaynatiladi va ditsillanadi
36. Antibiotiklar nima?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Mikroorganizm , hayvon va o`simliklarda sintez bo`ladigan mahsulot
C. Mikroorganizm yoki xatarli shishlarga qarshi fiziologik faollik ko`rsatadigan mahsulot
D. mikroorganizm va xatarli shishlarni o`sishi va rivojlanishini to`xtatib qo`yadigan spetsifik mahsulot
37. Antibiotiklarni hosil bo`lishida produtsentning necha % genlari ishtirok etadi ?
A. 1%
B. 10%
C. 90 %
D.100%
38. Antogonizm munosabati qaysi organizmlar orasida keng tarqalgan ?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Bakteriyalar
C. Aktinomitsetlar
D. Zamburug`lar
39. Bibliyada teri kasalligini davolashda qaysi o`lardan foydalanganligi yozilgan?
A. Issop
B. Zarpechak
C. Qariqiz
D. Qo`ziquloq
40. Qaysi olim zamburug` bor muhitda bakterya rivojlanmasligini kuzatgan ?
A. D. Sanderson
B. D. Lister
C. V. A. Manasseein
D. L. Paster
41. Kim Penicillium zamburug`larining antibiotik xususiyatini aniqlagan ?
A. A. Fleming
B. L. Paster
C. X. Flori
D. D. Sanderson
42. Antibiotiklarning juda katta qismi nimalardan ajratilgan?
A. Grammanfiy, tuproqda yashovchi bakeriyalar – Streptomyces dan
B. Grammusbat, Zamburug`lardan
C, Grammanfiy, Aktinomitselardan
D.Mikroorganizmlardan
43.Grammusbat bakteriyalarning hujayra devorida nimalar saqlanadi ?
A. Ko`p sonli antibiotiklar uchun asosiy nishon bo`lgan mukopeptidlar
B. Lipopolisaxaridlar
C. Mezoplazmalar
D. Oligosaxaridlar
44. Antibiotik ishlab chiqarishning o`ziga xosligi nima?
A. Produtsent rivojlanishining ikki fazali xarakterga egaligidir.
B. Yagona fazali bo`lishidir
C. Muhitning oddiy bo`lishidir.
D. T.j.y
45. Produtsent rivojlanishining 1- fazasi nima deb ataladi ?
A. Tropofaza yoki mikroorganizmlarning bir balansda rivojlanishi
B. Ideofaza
C . Lag-faza
D.Statsionar faza
46. Tropofazada qanday jarayonlar kechadi ?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Biomassa intensiv ko`payadi, kislorod intensiv yutiladi,
C Produtsent oqsil moddalar , nuklein kislotalar, uglevodlar , ferment va mikroorganizm rivojlanishi uchun zarur bo`lgan biologik moddalarni sintez qiladi.
D.Kultural suyuqlikning pH ko`rsatkichi pasayadi, antibiotic umuman sintez bo`lmaydi, substratning asosiy komponentlarining tezlik bilan istemol qilinishi kuzatiladi.
47.Ideofazada qanday jarayonlar kuzatiladi ?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Biomassaning to`planishi sekinlashadi, Kultural muhit ishqorlana boshlaydi
C. Kultural suyuqlik mikroorganizmlarning metobolitlari bilan to`yingan bo`ladi.
D. Kulturada proteolitik jarayonlar jadal rivojlanadi.
48. Antibiotikning barqarorligi nimalarga bog`liq?
A. Preparatning tozalik darajasiga , namlikka, haroratga, erituvchining pH ko`rsatkichiga
B. Namlik va xaroratga
C. Tarkibidagi uglevod va oqsillarning miqdorida
D. Muhit sharoiti va mikroorganizmlarning turiga
49. Xar-xil penitsillinlar bir –biridan nimasi bilan farq qiladi?
A. Yon zanjiridagi radikal molekulasi tuzilishi , faolligi va ta’sir spektri bilan
B. Laktam halqasi bilan bog`langan tiazolidin xalqasi bilan
C. Radikal molekulasining xususiyati bilan
D. T.j.y
50. Nisbatan nordon sharoitga barqaror bo`lgan va og`iz orqali qabul qilishga yaroqli bo`lgan penicillin preparatlariga nimalar kiradi?
A. Penisillin V, Ampitsillin, kloksatsillin
B. Karbenitsillin, Tikartsillin
C. Nafitsiilin, Metatsillin
D. Benzilpenitsillin, Amilpenitsillin
51. Penitsillinni sanoat miqiyosida ishlab chiqarishda nimadan foydalaniladi?
A. Penicillium chrysogenum maxsus shtamlaridan
B. Streptomyes griseus shtammalridan
C. Trichoderma polysporum
D.Fusidium coccineum
52. Penicillium chrysogenum zamburug`ini o`stirish uchun qanday tarkibli ozuqa muhiti ishlatiladi ?
A. Makkajo`xori ekstrakti, gidrol, laktoza va mineral tuzlar
B. Natriy sulfat va anorganik kislotalar saqlagan ozuqa muhiti
C. Murakkab tarkibli o`sirish omili bo`lgan ozuqa muhiti
D. oddiy tarkibli ozuqa muhiti
53. Penicillium chrysogenum ni o`stirishda nima uchun o`simlik mahsulotlaridan keng foydalaniladi ?
A. Zamburug`ni yetarli darajada yuqori bo`lgan proteolitik fermentlarni hosil qilganligi uchun
B. Tabiiy sharitda yaxshi ko`paygani uchun
C. Sezuvchanligi yuqoriligi uchun
D. T.j.y
54.Qnday uglevodlar saqlagan ozuqa muhitida penitsillini biosintezi kuchayadi ?
A. Laktoza yoki Saxaroza saqlagan.
B. Glukoza saqlagan.
C. Galaktoza saqlagan.
D. Laktoza va glukoza saqlagan
55. Penitsillining biosintezida nima uchun oltingurgut katta ahamiyaga ega?
A. Oltingurgut antibiotik strukturasiga kiradi
B. Mikroorganizmning ehtiyoji katta
C. Antibiotik tarkibiga kirmaydi
D. Biosintezni kuchaytiradi
56.Oltingurgut manbayi sifatida nimalar ishlatiladi?
A. Natriy sulfat va Natriy tiosulfat
B. Temir ionlari
C. Organik kislotalar
D. Molekulyar oltingurgut
57. Mis ioning ortib ketishi qanday ta’sir ko`rsatadi?
A. Zamburug` o`sishiga ta’sir ko`rsatmaydi, penitsillining biosintezini susaytiradi
B. Penitsillining biosintezini kuchaytiradi
C. Fitaza fermentini sintez qiladi
D. Ta’sir ko`rsatmaydi
58. Zamburug` o`sishining 1-va 2- bosqichida harorat qanday bo`lishi kerak ?
A. 1- bosqichda 30 C, 2- bosqichda 20 C
B. 1- bosqichda 10 C, 2- bosqichda 20 C
C. 1- bosqichda 40 C, 2- bosqichda 50 C
D. 1- bosqichda 30 C, 2- bosqichda 40 C
59. Muayyan penitsillinning sintez bo`lishi nima bilan belgilanadi?
A. Old molekulaning bo`lishi bilan
B. Oltingurgutninig bo`lishi bilan
C. Glukozaning bo`lishi bilan
D. Fosfatlarning mavjudligi bilan
60. Qaysi molekulalar penisillin biosintezining old molekulasi bo`la oladi ?
A. Fenil sirka kislota, fenilatsetamid, fenoksisirka kislota
B. Inozitfosfor kislotaning tuzlari
C. Natriy fosfat, natriy tiosulfat, natriy sulfat
D. Laktoza, glukoza, saxaroza
61. Ozuqa muhit tarkibiga qancha fenilsirka kislota qo`shilganda zamburug` mitselliyasining rivojlanishi to`xtaydi?
A. 500 mkg/ml
B. 100-500 mkg/ml
C. 500-1000 mkg/ml
D. 70 %
62. Penisillium chrysogenum laktozali muhitda o`stirilganda nechta faza kuzatiladi?
A. 3ta
B. 2 ta
C. 1 ta
D. 5 ta
63. Penisillium chrysogenum laktozali muhitda o`stirilganda 1-fazada qanday holatlar kuzatiladi?
A. barcha javob tog`ri
B. Azot almashinuvi kuchayadi, muhitda ammiak paydo bo`ladi
C. Muhitning pH ko`rsatkichi birdaniga ko`tariladi
D. Produtsent tomonidan sut kislotasi tezlikda istemol qilinadi
64. Havodagi qaysi mikroorganizmlar penisillinaza fermentini faol sintez qiladi?
A. B. subtilis, B. cereus
B. Myucobakterium
C. Penisillium chrysogenum
D. Benzilpenitsillin
65. Penitsillin zamburug`ning cultural suyuqligida qanday holatda bo`ladi va qanday ajratib olinadi?
A. kislota holatida bo`ladi, Nopolyar organic erituvchilar blan ekstraksiya qilish yo`li bilan ajratib olinadi.
B. Ishqor holatida bo`ladi, anarganik erituvchilarda eritib olinadi.
C. Tuz holatida bo`ladi, suvda ekstraksiya qilib olinadi
D. Kislota holatida bo`ladi, spirtda eritib olinadi
66. Nopolyar organic erituvchilarga qaysilar kiradi?
A. Amilatsetat, xloroform, butilatsetat, butanol
B. Glukoza, fruktoza, saxaroza
C. Natriy va kaliy ishqorlari, o`rta tuzlar
D. Barcha organic kislotalar
67. Antibiotikni tozalash nima uchun erituvchilarni almashtirish yoli bilan olib boriladi?
A. Penitsillin tuzlari organik erituvchilarda yomon eriydi.
B. Antibiotiklar anorganik erituvchilarda yaxshi eriydi
C. Reaksiyani tezlatish uchun
D. Antibiotikni toza, sof holda ajratish uchun
68. Penitsillinning qaysi tuzlari mushak ichiga yuboriladi?
A. Novakainli va benzokainli
B. Natriyli tuzlari
C. Kaliyli tuzlari
D. Benzilpenitsillin
69. Penitsillinning biologic-kimyoviy analoglarini tayyorlashda dastlabki mahsulot sifatida nima olinadi?
A. 6-aminopenitsillan kislotasi
B. Izopenitsillin N
C. L- a-aminoadipin kislota
D. Benzilpenitsillin
70. Xozirgi vaqtda benzilpenitsillin nima maqsadlarda ishlatiladi?
A. Barcha javob tog`ri
B. Tibbiyot preparati, 6- APK olishda,
C. yarim sintetik penitsillinlar olishda dastlabki mahsulot
D. Umumiy tabiiy penitsillin preparatlaridan 35 % I tibbiyot preparatlari sifatida , qolgan 65 % I esa 6-APK olish uchun ishlatiladi
71. Penitsillinni qachon og`iz orqali qabul qilish mumkin?
A. Ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin
B.Ovqat bilan birga
C. Ovqatlanishdan 30 min oldin
D. Ovqatlanishdan keyin
72. Sefolosparin –nima?
A. Cepholosparium avlodiga kiruvchi zamburug`lardan olinadigan antibiotic
B. Cepholosparium avlodiga kiruvchi bakteriya
C. Penitsillium turkumiga kiruvchi bakteriya
D. T.j.y
73. Sefolosparin haqida ilk ma’lumotni kim aytgan ?
A. 1948-yilda Djyuzeppe Brotsu
B. 1841- yilda L.Paster
C. 1943-yilda Ratjer
D. 1948-yida Ratjer
74. Sefolosparinning penitsillindan farqi nimada?
A. b-laktomaza fermenti ta’siriga chidamli, grammanfiy va grammusbat bakteriyalar rivojlanishini to`xtatadi
B. Faolligi penitsillinga nisbatan past
C. Bakteriyalar faoliyatini bo`g`adi
D. Farqi yo`q
75. Bakteriya xujayra qobig`ining selektiv ingibitorlari nimalar?
A. Barcha penitsillin va sefalosporinlar
B. Laktomaza fermantini sintez qiluvchilar
C. Faqat penitsilinlar
D. Faqat sefalosporinlar
76. Preparat ta’sirining birinchi bosqichi nima hisoblanadi?
A. Hujayra retseptorlari bilan bog`lanish
B. Oqsillarni sintez qilish
C. Hujayrani nobud qilish
D. Hujayra qobig`idagi fermentlarni butunlay chiqarib tashlash
77. Penitsillin bog`lovchi proteinlarning bakteriyalardagi soni qancha?
A. 3000 dan 6000 gacha
B. 1000 dan 2000 gacha
C. 6000 dan ortiq
D. 300 dan 600 gacha
78. Preparat ta’sirining keyingi bosqichi nimadan iborat ?
A. Hujayra qobig`idagi autolitik fermentlar ingibitorlarining inaktivatsiyasi
B. Hujayra qobig`idagi fermentlarni chiqarib tashlash
C. Hujayra qobig`idagi protein retseptolar bilan bog`lanish
D. Hujayraga kirish
79. Oxirgi yillarda aralash sintezdan foydalanib sefalosporinning qancha analogi olindi ?
A. 50 mingdan ko`proq
B. 50 ming
C. 10 mingdan ortiq
D. 100 ming
80. Sefalosporinning ta’sir spektri va antimikrob ta’siriga qarab nechta avlodga bo`linadi?
A. 4 ta
B. 3 ta
C. 6 ta
D. 10 ta
81.Sefazolin sefalosporinning qaysi avlodiga mansub ?
A. 1- avlodiga
B. 2-avlodiga
C. 3- avlodiga
D. 4- avlodiga
82. Sefalosporining 4- avlodiga qaysi antibiotik kiradi?
A. Sefipin
B. Sefazolin.
C. Sefmetazol
D. Sefazidim
83. Streptomitsin antibiotiklarning qaysi guruxiga kiradi?
A. Aminoglikozidli
B.Polipeptidli
C. Poliamidli
D. peptidiltransferazali
84.Aktinomitsetdan antibiotic hosil bo`lishining optimal harorati qanchaga teng?
A. 27-29C
B. 40-45 C
C.10-20 C
D. 35 C
85.Nima ta’sirida streptomitsinning diffuziya darajasi pasayadi?
A. Osh tuzi
B. Glukoza
C. Xloroform
D. Organik kislotalar
86. 1947-yilda aktinomitset kulturasidan qaysi antibiotic toza holda ajratib olingan?
A. Mannozidostreptomitsin
B. Sefotoksilin
C. Gramisidin
D.Nootsilin
87. Streptomitsinni toza holda ajratib olish uchun qaysi metodlardan foydalaniladi?
A. Ion almashinuv xromotografiyasi
B. Faolashtirilagan ko`mirda adsorbsiya qilish
C. Sentrfugalash
D. Organik eriyuvchilarda eritish
88.Mikroorganizmlar streptomitsinga bo`lgan munosabatiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
A. 3 ta: sezgir, o`rtacha sezgir va chidamli
B. 2 ta : Sezgir va chidamli
C. 3 ta : passiv , aktiv, chidamsiz
D. 4 ta : passiv, aktiv, sezgir va chidamli
89. Sezgir mikroorganizmlarga qaysilar kiradi?
A. Bacillius, bordetella, brucella, klebsiella
B. Bacteriodes clostridium, Bordetella
C. Achitqi zamburug`lari
D. Streptococcus , Vibrio
90. Sezgir mikroorganizmlar steptomitsinning konsentratsiyasi qancha bo`lganda o`sishi to`xtaydi?
A. 10mkg/ml
\B. 15mkg/ml
C. 100mkg/ml
D. 90mkg/ml
91. O`rtacha sezgir mikroorganizmlarning in vitro sharoitida o`dsishini to`xtatish uchun qancha antibiotic eritmasi kerak bo`ladi?
A. 10mkg/ml dan 100 mkg/ml gacha
B. 10 mkg/ml
C. 100 mkg/ml dan ko`p
D. 1mkg/ml
92. O`rtacha sezgir mikroorganizmlarga qaysilar kiradi?
A. Enterobacter, Diplococcus, Proteus, Vibrio, Streptococcus
B. Bacillius, bordetella, brucella, klebsiella
C. Barcha zamburug` va ayrim bakteriyalar
D. Bakteriodes, Clostridium,Proteusning ba’zi turlari
93. Qaysi mikroorganizmlarning o`sishini to`xtatish uchun streptomitsinning miqdori 100mkg/ml dan ortiq bo`lishi kerak?
A. Viruslar, Rikketsiylar, Achitqi zamburug`lari va ko`plab zamburug`lar
B. Enterobacter, Diplococcus, Proteus, Vibrio, Streptococcus
C. Bacillius, bordetella, brucella, klebsiella
D. Staphilococcus, Mycobacterium va ayrim zamburug`lar
94. Streptomitsin bilan davolashda uning qo`shimcha smarasiga e’tibor berilmaganda qanday holat kuzatilishi mumkin?
A. Eshitish organlarida o`zgarish bo`lishi, hatto kar bo`lib qolishi ham mumkin
B. Yurak to`qimalari zararlanishi ,miokard infarkti kuzatiladi
C. Nafas olish sistemasida muammolar kuzatiladi
D. Odamni o`ldirishi ham mumkin
95. Gramitsidin C ning produtsenti nima?
A. Bacillius brevis
B.Stafillococcus
C. Penitsillium chrysogenum
D.Cepholosparium
96. . Gramitsidin C ni ishlab chiqarish uchun qanday tarkibli ozuqa muhiti yaratilgan?
A. Go`sht va achitqi gidrolizatlari, kerakli miqdorda mineral va organic tuzlar to`plami
B. Saxaroza va fruktoza aralashmasi, mineral tuzlar
C. Organik va mineral tuzlar to`plami
D. murakkab ozuqa muhiti
97. Qaysi olimlar nimadan neomitsinni ajratib olishgan?
A. Z.Vaksman va X. Leshevalerlar Stromyces fradiae kulturasidan
B. Ratjer universitetining mikrobiologlari, aktinomitset kulturasidan
C. Djuzeppe Brotsu Stromyces kulturasidan
D. T.j.y
98. Qaysi modda 7 ta antibiotik aralashmasidan tashkil topgan , aminoglikozid tuzilishiga ega antibiotiklar aralashmasi?
A. Neomitsin
B. Gramitsidin
C. Streptomitsin
D. Penitsillin
99. Qaysi moddalar neomitsin biosintezini 50% gacha oshiradi?
A. Auksin, a-naftil, sirka kislota
B. Xloroform, bezilatsettat
C. Metall ionlari (Ca, Mg, Fe)
D. Sistein va natriy xlor
100.Neomitsinning hosil bo`lishida qaysi moddaning ahamiyati katta?
A. Zn
B. K
C. NaCl
D. Fe
101. Xozirgacha aniqlangan 12 ming tabiiy antibiotiklardan 9 mingtasi qaysi organizmlardan olinadi?
A. Aktinomitsetlardan
B. Zamburug`lardan
C. Bakteriyalardan
D. Mikroorganizmlardan
102. Tetrasiklinlar o`z ta’sirini qanday ko`rsatadi?
A. Aminoatsil t-RNK ni ribosoma matritsali kompleks biln bog`lab qo`yadi
B. Oqsil biosintezini buzadi
C.Ribosomaning katta subyedinitsasini bog`lab qo`yadi
103. Zamburug`larga qarshi polien antibiotiklarga qaysilar kiradi ?
A. Nistatin, Levorin, Amfotersin
B.Kanamitsin, Neomitsin
C. Mitamitsin,, Bryneomitsin
D. Levomitsin
104. Xatarli shishlarga qarshi antibiotiklarga qaysilar kiradi?
A. Bruneomitsin, Mitomitsin
B. Kanamitsin, Neomitsin
C. Nistatin, Levorin
D. Rifomitsin, Levomitsin
105. Antibiotiklarning antimikrob faolligini aniqlash uchun ishlatiladigan test mikroorganizmlarni aniqlang.
A. Aspergillus niger, Bacillius subtillis, Pseudomonas aerogenosa
B. Steptomyces caespitosus, Steptomyces noursei
C. Actinomyces albusvar, Actinomyces levorus
D. Steptomyces kanamyceticus, Steptomyces fradiae
106. b-laktamli antibiotiklarning sintezi qaysi moddalardan boshlanadi?
A. L-sistein, L- valin, L-aminodipin
B. D-sistein, D-valin, D-aminodipin
C. Fenil sirka kislotadan
D. Atsetil-koenzim –A dan
107. Tetratsiklin va makrolipidlar sintezida taxminan nechta ferment ishtirok etadi?
A. 22 ta
B. 33 ta
C. 11 ta
D. Barcha fermentlar
108. Mikrobiotsenozlar to`plami nima deb ataladi?
A. Normabiotsenoz yoki eubioz
B. Disbakterioz
C. Mikroflora
D. Normaflora
109. Inson organizmida doimiy yashab unga foyda keltiradigan mikroorganizmlarga qaysilar kiradi?
A. Bifido-, lakto-, va kolibakteriyalar
B. Stafillokokklar
C. Tranzitor mikrooorganizmlar
D. Esherixalar
110. Gomoferment bakteriyalarga qaysilar kiradi?
A. Steptococcus lactis, S. cremoris, Lactobacterium casei, L. lactis
B. Xushbo`y xid hosil qiluvchi bakteriyalar
C. S. citrovorus, S. acetonicus,
D. Betabacterium, Coliaerogenes, S. faecalis, S. bovis
111. Katta odam ichagidagi mikrob biomassasining og`irligi qancha?
A. 2,5-3,0 kg
B. 2.5-3.0 gr
C. 25-30 kg
D. 10-15 kg
112. Ichakda mochevinaning metobolizmi nima ishtorokida amalga oshiriladi?
A. Mikrob ureazalari
B. Bakteriya proteazalari
C. Bifidobakteriyalar
D. Laktobakteriyalar
113. Kalsiy, D vitamin va Temirning organizmga so`rilishiga nimalar yordam beradi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Bifidobakteriyalar
C. Laktobakteriyalar
D. Bakteroid va eubakteriyalar
114. Qaysi mikroorganizmlarning metobolitlari ozuqa gistidinining mikroblar yordamida dekarboksillanishi va gistamin miqdori oshishiga yordam beradi, ya’ni anemiya , raxit, allergiyaga qarshi ta’sirga ega?
A.Bifido va lakobakteriya
B. Esheriyxalar
C. eubakteriyalar
D. Gemolitik stafillokokklar
115. Laktobakteriyalar qaysi moddalarni sintez qiladi?
A. Sut kislotasi, lizotsim, lizin, atsedofilin
B. Sut kislotasi, tiamin va biotin
C. Laktoza, Ureaza, Indol
D. Immunoglobulinlar
116. Qaysi mikroorganizmlar ichakda uchuvchan yog` kislotasini sintez qiladi?
A. Ichakdagi anaerob mikroorganizmlar
B. Ichakdagi aerob mikroorganizmlar
C. Bifidobakteriyalar
D. Esheriyxalar
117. Disbakterioz kelib chiqishining sabablari qaysilar?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Intoksikatsiya, Og`ir kasalliklar
C. Immun tizimidagi o`zgarishlar, noto`g`ri ovqatlanish
D. Antibiotik va antimikrob preparatlarini noto`g`ri va noo`rin ishlatish
118. Disbakterioz qanday kasalliklar rivijlanishiga olib keladi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Kolit, xolestistit, diatez
C. neyrodermit , kamqonlik, psariaz
D. Shilliq qavatning zamburug`lar bilan zararlanishi, allergiya
119. ‘’ Probiotik ‘’ atamasi ilmiy adabiyotlarda nechinchi yilda paydo bo`lgan?
A. 1965 yilda
B. 1943 yilda
C. 1985 yilda
D. 1944 yilda
120. Probiotiklarga qaysi preparatlar kiradi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Bifidumbakterin, Bifikol
C. Laktobakterin, Bakticubtil
D. Lineks, Enterol
121. Baktisubtil Preparatining C tanlang.
A. Barcha javob to`g`ri
B. Oshqozon shirasiga chidamli bo`lga bakteriya sporalaridan tayyorlangan, sporalar ichakda rivojlanadi
C. Vegetativ holda bakteriya karbon suvlar, yog`lar va oqsillarni parchalovchi ferment sintez qiladi, yiringlash jarayonini to`xtatadi
D. B guruxga mansub bo`lgan va P vitaminlari sintezi buzilishini olidini oladi
122. Bifudobakterin (kukunda) preparatining xususiyatlarini ko`rsating
A. Barcha javob to`g`ri
B. Ichak mikroflorasini qayta tiklaydi, bifidum bakteriyasi tirik massasining liofil quritilgan shakli
C. Keng spektrli potogen va shartli potigen bakteriyalarga nisbatan antogonistik xususiyati bor
D. Oshqozon – ichak faoliyatini normallashtiradi, immune tizimini faolligini ko`taradi.
123.Quruq bifikol preparati qaysi kasalliklarda ishlatiladi?
A. Surunkali kolit va disbakterioz
B. virus va bakteriyalar chaqidigan ichak kasalliklaridan
C.ichak shilliq qavatining kasaliklarida
D.yumshoq to`qimalarning xirurgik infeksiyasida
124. Virus va bakteriyalar chaqidigan ichak kasalliklarida qaysi preparat qo`laniladi?
A. Bifiliz
B. Quruq bifikol
C. Quruq bifilong
D. Laktobakterin
125. Diatez va Immunodefitsidlarda ishlatiladigan preparadni tanlang.
A. Biovestin
B. Quruq bifikol
C. Quruq bifilong
D. Laktobakterin
126. Enteral 250 preparatining xussiyatlarini tanlang
A.Barcha javob to`g`ri
B. Antibiotiklarga chidamli
C. Ovqat hazm qilishda koloniyalanmaydi va davolash kursi tugagandan keyin bir necha kun ichida organizmdan axlat bilan chiqib ketadi
D. “ Vaqtinchalik” ichak florasiga ta’sir ko`rsatadi va ichak ekosistemasida barqarorlikni saqlab qolib uni qayta tiklashga yordam beradi
127. Gnotobiologiya –nima?
A. Eksperimental biologiyaning bo`limi bo`lib, u steril hayvonlarni hamda mikroflorasi bir yoki bir necha mikroorganizmlar turlaridan iborat bo`lgan hayvonlarni o`rganuvchi fan
B. Viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan kassaliklarni o`rganuvchi fan
C. Mikroblarni o`rganuvchi fan bo`limi
D. T.j.y
128. Qaysi olim “ Singa kasalligi ochlik natijasida kelib chiqadiga kasallik bo`lib , u ovqat tarkibida uchraydigan ,o`simliklarda bo`ladigan, ammo odam organizmida sintez bo`lmaydigan organic moddaning yetishmasligidan kelib chiqadi” degan xulosaga kelgan?
A. V.V. Pashutin
B. N.I.Lunin
C. Fredirik Xopkins
D. Kazimir Funk
129. Kazimir Funk qaysi vitaminni kristall holda ajratib olgan?
A. Vitamin B1 ni
B. Vitamin K ni
C. Vitamin A ni
D. Vitamin PP ni
130. Riboflovinning manbayini ko`rsating.
A. O`sinliklar, Achitqi zamburug`i va mitseliyal zamburug`lar
B. Ko`katlar, hayvon mahsulotlari va jigar
C. Sabzi va jigar
D. Quyosh nuri
131. Sanoat sharoitida riboflavin sintez qilish uchun qanday ozuqa muhitidan foydalaniladi?
A. B va C javob to`g`ri
B. Soya uni, agar-agar, lavlagi shakari
C. Pepton, lavlagi shakari, makkajo`xori ekstrakti, KH2PO4, MgSO4, kungaboqar yog`i
D. Lavlagi shakari , texnik yog` va makkajo`xori ekstakti
132. B 12 vitamini qanday funksiyalarni bajaradi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Organizmda karbon suv va lipid almashinuvini boshqaradi.
C. Almashmaydigan aminokislotalar , purinli va pirimidinli asoslar metobolizmida ishtirok etadi
D. Gemoglobin hosil bo`lishini kuchaytiradi, Xatarli anemiya, nurlanish va jagar kasalliklarini davolashda ishlatiladi
133. Sanoatda Vitamin B12 olishning yagona yo`li qaysi?
A. Mikrobiologik sintez
B. Inokulyatini tayyorlash
C. sanoatda olinmaydi
D. 37 bosqichdan iborat sintez yo`li
134. Pantaten so`zining ma’nosi nima?
A. yunoncha “ Hamma joyda ‘’
B. lotincha “Bakteriyalarni o`stirish”
C. Lotincha “Hamma yerda”
D. T.j.y
135. Pantaten kislotaning xususiyatlari qaysilar?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Buyrak usti gormonlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi, yog` kislotasi metabolizmida ishtirok etadi.
C. Antitelalarning shakllanishida nuhim ro`l o`ynaydi, Organizmda oksidlanish – qaytarilish jarayonini faollashtiradi
D. Boshqa vitaminlarning organizmga so`rilishiga yordam beradi hamda neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi
136. Qaysi vitaminning yuqori dozasi oshqozonning sekretorlik fukssiyasini susaytiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi?
A. Pantaten kislota
B. Tiamin
C. Riboflavin
D. T.j.y
137. Bakteriyofagiya xodisasini 1-bo`lib kimkuzatgan?
A. 1898-yilda N.F.Gamaleya
B. 1915-yilda Tuort
C. 1917- yilda D’Errel
D. 1895 yilda Levinonko
138. Bakteriyofaglar qanday xususiyatlarga ega?
A. Irsiylik,o`zgaruvchanlik, moslashuvchanlik, viruslarga xos barcha xususiyatlarga
B. Sun’iy ozuqa muhitida o`smaydi, kattaligi 20-200nm
C. Shaxsiy o`zgaruvchanlik va ho`jayin hujayralardan antigenli ajralib turadi
D. Shikastlangan hujayralarga nisbatan yuqori spetssifiklikka ega
139. Bakteriofagning mikro hujayrasi bilan o`zaro munosabatga kirishishi nima deyiladi?
A. Litik doira
B. Adsobsilanish
C. Lizagenetik tsikl
D. T.J. Y
140. Quruq holatdagi bakteriofag qanday ko`rinishda chiqariladi ?
A. Tabletka
B. Kukun
C. Sirop
D. Suyuqlik
141. 1945-yilda Uayt qaysi o`simlik kulturalarini sun’iy muhitda o`stirish mumkinligini isbotlab bergan?
A. Pushti bo`rigul
B. Mingdevona
C. Bangidevona
D. Dorivor gulxayri
142. O`simliklar to`qimalaridan ajratib olingan hujayralar bo`linish va uzoq vaqt davomida o`suvchi differensiatsiya qilinmagan … ni hosil qiladi.
A. Kallus
B. Izolyatsiya qilingan hujayra
C. Fetment to`plami
D. Gelsimon massani
143. Ozuqa muhitida mikroelementlar bo`lmasa qanday holat yuzaga keladi?
A. B va C javob to`g`ri
B. 1- passajda o`sish intensivligi 30-40% gacha pasayib ketadi
C. 2- passajda to`qimalar nobud bo`ladi
D. O`simlik o`sish intensivligi 50 % ga oshadi
144. Kultura o`sishi uchun eng yaxshi karbon suv manbayi bo`lib nima xizmat qiladi?
A. 2-5 % li saxaroza eritmasi
B. 10 % li saxaroza eritmasi
C. 1-2 % li glukoza eritmasi
D. 25 % li fruktoza va saxaroza eritmasi
145. Fitogormonlarga qaysilar kiradi?
A. Auksin va Sitokinin
B. IUK-oksidaza
C. Sintetik auksinlar
D. Etilendiaminteraatsetat
146. Auksinlar qanday vazifani bajaradi?
A. O`sish va hujayralar differensirofkasini boshqarib turadi
B. Hujayra bo`linishini kuchaytiradi
C. Oqsil hosil bo`lishini tezlashtiradi
D. T.j.y
147. Hujayra bo`linishini kuchaytiruvchi fitogormonlarga qaysilar kiradi?
A. Sitokininlar
B. Auksinlar
C. Kinetin
D. zeatin
148. Hujayra massasidagi yirik agregatlar qanday ajratiladi?
A. Neylon yoki metal elakdan o`tkaziladi
B. Sentrefugalanadi
C. Termostatda qizdirib parchalanadi
D. Qo`lda terib tashlanadi
149. To`qimalarni labaratoriya sharoitida suyuq ozuqa muhitida o`stirish uchun qanday hajmli kolbalardan foydalaniladi?
A. 100-500 ml
B.1000-1500 ml
C.10-15ml
D. 1-5 ml
150. Hujayra qobig`ini buzishning qanday yo`llari mavjud?
A. Mehanik va fermentativ
B. Fermentativ va gomolitik
C. Fiziologik va sitologik
D. Mehanik va kimyoviy
151.Nima uchun hujayra qobig`ini buzishda ko`proq fermentative yo`ldan foydalaniladi?
A. Hujayrani shikastlamaydi
B. Tez sodir bo`ladi
C. Iqtisodiy tarafdan arzon
D. Hujayrani shikastlaydi
152. Hujayra qobig`i buzilgandan so`ng fermentlar aralashmasi qanday tozalab olinadi?
A. Sentrafugalar yordamida
B. Filtrlash orqali
C. Kimyiviy analiz orqali
D. T.j.y
153. Klonlanuvchi materialni eng yuqori darajada genetic barqarorligini taminlash uchun dastlabki eksplant sifatida qaysi to`qimalardan foydalaniladi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Bo`sh differensialanadigan
C. Yosh poya va ildizlarning uchki qismidagi meristematik to`qimalardan
D. Murtak va yosh o`simlik qismlaridagi meristematik to`qimalardan
154. Bilvosita regeneratsiya –nima?
A. Kallus hosil bo`lish bosqichi orqali meristema to`qimalaridan o`simlik olish
B. O`simlik tepa qismidagi novda va kurtaklardan probirkalarda o`simlik yetishtirish
C. O`simliklarni vegetative ko`paytirish
D. Differensiallashgan hujayralardan o`simlik olish
155. Jenshen to`qimalari kulturakaridan ajratib olindan glikozidlar kompleksiqaysi kasallikka qarshi preparat hisoblanadi?
A. Tutqanoqqa
B. Raxitga
C. Infarktga
D. aritmiyaga
156. “ Ilonli pouvolfiya” o`simligini in vitro sharoitida o`stirilgan hujayrasi qanday manba hisoblanadi?
A. Gipotenziv va aritmiyaga qarshi indolli alkoloidlar saqlovchi manba
B. Tutqanoqqa qarshi glikozidalar saqlovchi manba
C. Infarkt va insultni oldini oluvchi manba
D. Qon aylanishini yaxshilovchi manba
157. Antiltela molekulasi qanday tuzilgan?
A. 2ta L va 2ta N oqsil zanjiridan
B. 2ta d shakldagi oqsil zanjiridan
C. 4ta l shaklidagi oqsil zanjiridan
D. T.j.y
158. Antitela molekulasining zanjirlari bir-birlari bilan qanday bog`langan?
A. Vodorod boglari va disulfid ko`priklari bilan
B. Vodorod bog`lari bilan
C. Peptid bog`lari bilan
D. Vodorod va peptid bog`lari bilan
159. Antitelolarga qanday ishlov berilganda 3 ta fragment paydo bo`ladi?
A. Proteolitik ferment papain bilan
B. Proteaza fermenti bilan
C. Antigen bilan
D. Dorivor moddalar bilan
160. Qonni ivitish tizimiga nimalar kiradi?
A. Trombotsit va ular tarkibidagi plastinkali faktorlar
B. Adenozintrifosfat, serotonin
C. Antiplazmin, fibropektin, tronbospontin
D. Jigar hujayralarida hosil bo`ladigan plazma
161. Qonni ivib qolishiga qarshi tizim nimalardan iborat?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Qonda nofaol holatda uchraydigan (pazminogen), plazmin, proleotik ferment
C. Qon plazmasining oqsillari (protein C, S fibrin hosilbo`lish jarayonini tormozlovchi, antitronbin)
D.Fiksatsiya qiladigan (geparin) moddasi
162. Me’yorida hosil bo`lgan trombdagi fibrin molekulalari nima ta’sirida eriydi?
A. Plazmin deb ataladigan serinli proteaza fermenti ta’sirida
B. Ureaza fermenti ta’sirida
C. Plazminogen ta’sirida
D. Kislotalar ta’sirida
163. Odam plazminogenining molekulyar og`irligi va qondagi miqdori qancha?
A. 90 kDa, 2mkmol/l
B.70 kDa, 1,5 mkmol/l
C. 90 kDa, 2mkmol/ml
D. 90 kDa, 20 mkmol/ml
164. Odamda TAPg geni nechanchi xromosomada joylashgan?
A. 8
B.9
C. 11
D. 12
165. Urokinaza nima?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Plazminogen aktivatori inson siydigida uchraydi.
C. 2 ta polipeptid zanjiridan iborat bo`lib, bir-biri bilan disulfide ko`priklari bilan ulangan
D. Yuqori va past molekulyar massaga ega bo`lgan turlari mavjud: 55 kDa va 34kDa
166. Prourokinaza qanday qilib urokinazaga transformatsiya bo`la oladi?
A. Peptid bog`laridan birining plazmin yordamida glikolizga uchrashi
B. Disulfid bog`larining uzilishi
C. Molekulaning parchalanishi
D. Oqsil molekulasining uzilishi
167.Aritmiyaga qarshi aymalin va boshqa alkoloidlar saqlovchi kultura qaysi yo`l bilan olingan?
A. Hujayra seleksiyasi yordamida kimyoviy mutagenlar ishlatish hamda o`sish sharoitlarini optimallashtirish orqali
B. Har xil turga mansub barbaris hamda sanchiq o`t hujayra kulturalaridan
C. Tabiiy antibiotic ishlab chiqarish biotexnologik yo`li bilan
D. ‘’ Ilonli rouvolfiya “ o`simligini in vitro sharoitida o`stirilgan hujayrasidan
168. Qaysi o`simlikning suspension hujayra kulturasi ber-berin deb nomlangan xatarli shishga qarshi o`simlik alkoloidini sintez qiladi?
A. Sanchiq o`t
B. Ilonli rouvolfiya
C. Barbaris
D. Yapon kaptisi
169. “ Barvinka rozoviy “ deb atalgan o`simlik qaysi alkoloidni sintez qiladi?
A. “ vinkristin”
B. “ubixinon”
C. “ taksol”
D. Indolli alkaloid
170. Qaysi mikroorganizmlar amaliy maqsadlarda qo`llaniladigan a- amilazani sintez qiladi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Bacillius licheniformis
C. Bacillius amyloliquefaciens, Bacillius subtillis
D. Aspergillius oryzae
171. Amilazalar qanday vazifalarni bajaradi?
A. Bakteriya va zamburug`lardan olinadigan amilazalar kraxmalni kichik molekulyar shakarlar: dekstrinlar, glukoza va maltozaga parchalaydi
B. Laktozani glukoza va galaktozaga aylantiradi
C. Pektinni parchalovchi fermentlar bo`lib, pectin molekulasini har hil joylaridan parchalaydi
D. Oqsil molekulasidagi peptid bog`larini uzish reaksiyasini kataliz qiladi, natijada erkin amnokislotalar hosil bo`ladi
172. Qaysi mikroorganizmlar o`zi o`sadigan muhitga lipazani ajratadi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Mitseliali zamburug`lar: “Aspergillius”, “Oospora”, “Mukor”, “Rhyzopus”
C. “ Geotrichum”, “ Candida”
D. “ Pseudomanas” bakteriyasi
173. Qaysi ferment siklodekstrinlar birikmalarini ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega?
A. Siklodekstinglukoziltransferaza
B.Siklodekstinaza
C. Dekstinglukoziltransferaza
D. Endonukleaza
174. Tuxum kukuni, mayanez, pivo kabi mahsulotlarni uzoq muddat saqlsh uchun ularga qaysi ferment qo`shiladi?
A. Glukozaoksidaza
B. Lipaza
C. Amilaza
D. Glukoamilaza
175. Qaysi ferment teri oshlash, yuqori sifatli charm olish va uni mayinlashtirishda ishlatiladi?
A. Proteaza
B. Lipaza
C. Proteolitik fermentlar
D. Invertaza
176. Achitqi zamburug`laridan olinadigan invertaza fermentidan qanday maqsadkarda foydalaniladi?
A. Konditer mahsulotlari tayyorlashda, u saxarozani glukoza va fruktozaga aylantirib beradi, saxarozaning yuqori miqdorda kristallanishini oldini oladi
B. Meva va uzum sharbatini tindirish uchun ishlatiladi.
C. Oziq – ovqat mahsulotlarini glukoza qoldig`i va molekulyar kisloroddan ozod qiladi
D. Diagnostikumda qon tarkibidagi glukozaning miqdorini aniqlashda qo`llaniladi
177. Mikroorganizmlar kulturasining mo`tadil o`sishi va spora hosil qilishi uchun namlikning qanday miqdori optimal hisoblanadi?
A. 40-45 %
B. 11-20 %
C. 30 %
D. 53-55 %
178. Mikroorganizmlarni qattiq ozuqa muhiti sirtida o`stirishning 1- bosqichida handay holatlar yuz beradi?
A. Zamburug` sporalari yoki konidiyalari bo`kadi va rivojlanadi
B. Ozuqa muhiti sirtida po`panak hosil bo`ladi
C. Mitselialar faol o`sadi
D. Mikroorganizmlar konidiya va ikkilamchi metobolitlar hosil qiladi
179. Mikroorganizmlarni qattiq ozuqa muhiti sirtida o`stirishning qaysi bosqichida ko`p miqdorda issiqlik ajraladi?
A. Tropofazada
B. Ideofazada
C. 1- bosqichda
D. So`nggi bosqichida
180. Kulturalarninig qattiq ozuqa muhiti sirtida o`stirishning an’anaviy usuli qaysi?
A. Kyuvetkalarga ekib o`stirish
B. Probirkalarga ekish
C. Harakatlanuvchi tasmalrga ekish
D. Issiqxonada o`stirish
181. Sanoatda ishlatilayotgan fermentyorlar qaysi sistemalariga qarab turlarga bo`linadi?
A. Xavo almashinuvini ta’minlash, energiya uzatish, aralashtirish sistemalariga
B. Aralashtirish va intensive havo almashtirish sistemalariga
C. Siqilgan havoni purkash tizimiga
D. Energiya gaz fazasiga uzatuvchi uskunalrning funksiyasiga qarab
182. Fermentyoning eng kattasi qancha hajmga ega va nimalar bilan jihozlangan?
A. 2000 m3, mehanik aylantirgich va ko`pik so`ndirgich
B. 200 m 3 , mehanik aralashtirgich va purkama uskunalar
C. 2000 m 2, energiya almashtirish tizimi va mehanik almashtirgich
D. T.j.y
183. Oqsillarni tuzlash qanday maqsadlarda ishlatiladi?
A. Barcha javob to`g`ri
B. Klinik amaliyotda, zardob tarkibidagi oqsil va boshqa biologic suyuqliklarini analiz qilishda
C. Preparativ enzimologiyada ballast oqsillarini chiqarib tashlash
D. O`rganiladigan fermentlarni ajratib olishda
184. Dorivor moddalarni eksport qiluvchilarga qanday talablar qo`yiladi?
A.Barcha javob to`g`ri
B. Mamlakatda dorivor modda davlat ro`yxatiga kiritilgan bo`lishi kerak
C. Dori-darmonni eksport qilmoqchi bo`lgan farmasevtika tashkilotlari, albatta, o`z davlatida davlat inspeksiyasidan o`tgan bo`lishi kerak
D. Eksport qiluvchi mamlakatda GMP talablari qabul qilingan bo`lishi kerak
185. Sanoatda glukoamilazani qaysi mikroorganizmdan olinadi?
A. Aspergillius niger
B. Bacillius amyloliuefaciens
C. Zymomonas mobilis
D. Lactobaccillius
186. Vaksinalrning qanday turlari mavjud?
A. Mono-, poli-, tirik, korpuskulyar, kimyoviy va rekombinant
B. Monovaksina va divaksina
C. Tirik va o`lik vaksinalr
D. Kimyoviy va biologic vaksinalar
187. Tirik vaksinalarga qaysilar kiradi?
A. Qizilcha, polimiyelit, tuberkulyoz, parazit kasalliklarga qarshi vaksinalar
B. B gepatiti va odam pappilomasi virusiga qarshi vaksinalar
C. Uchuqqa qarshi vaksinalar
D. T. j.y
188. Insulinni strukturasi qanday tuzilgan?
A. 2 ta peptid zanjiridan iborat, 1-zanjir 21 ta 2- zanjir 30 ta aminokislota qoldig`idan iborat
B. Polipeptid tabiatli gormon 3 ta peptid zanjiridan iborat
C. A-,B-, C-peptid zanjiridan tashkil topgan 35 ta aminokislota qoldig`idan iborat
D. 2ta zanjirdan iborat 35 tadan aminokislota qoldig`idan iborat
189. Interferonlar-nima?
A. Virus bilan kasallangan hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan oqsillar guruhi
B. Infeksion kasalliklarga nisbatan immunitet yaratish xususiyatiga ega bo`lgan immunobiologik preparat
C. Glikoprotein tabiatli gormon bo`lib, eritropoetinga sezgir hujayralarda proliferatsiya va differensirofka jarayonlarini kuchaytiradi
D. Fermentlar to`plami
190. Sun’iy yo`l bilan odam leykotsitar interferoni qanday olinadi?
A. Odam interferoni 150 ta aminokislota qoldig`idan tashkil topgan bo`lib uni E. coli yoki achitqi zamburug`I plazmidasiga kiritish orqali
B. Somatatrop garmonini E. coli va achitqi zamburug`iga kiritish orqali
C. 25 m3 hajmdagi fermentyorda recombinant E. coli yordamida
D. Eshak va otlarga vaksinatsiya qilish va qon zardobini tozalash bilan
191. Qaysi antibiotiklar leykoz, o`pka raki, sut bezi rakini davolashda foydalaniladi?
A. Daunorubitsin, doksorubitsin
B. Mitomitsinlar
C. Bleomitsinlar
D. Toykomitsinlar, formitsin
192. Qaysi antibiotiklar hujayrada dastavval faollashadi, keyin DNK replikatsiyasini bo`g`ib, DNK ni komplementar iplarini tikadi?
A. Mitomitsinlar
B. Bleomitsinlar
C. Antrosiklinlar
D. Daktinomitsinlar
193. Ko`p miqdorda interferon olish uchun nimalardan foydalaniladi?
A. Tovuq embrioninig 6 kunlik bir qavat hujayra kulturalari va ma’lum virus bilan kasallangan odam qonini o`stiriladigan leykotsitlardan
B. Odan xujayrasidan interferonni biosinteziga javobgar bo`lgan genini ajratib olinadi va u rekombinant texnologiyasi orqali olinadi
C. Sut emizuvchi hayvonlar ma’lum virus bilan kasallantiriladi va qonidan ajratib olingan leykotsitlar o`stiriladi
D. Interferon sintez qiluvchi gen E. coli bakteriyasiga o`tkazilib biosintez qilinadi
194. Organizmni virus bilan zararlanishiga xalaqit beradigan asosiy endogen factor- nima?
A. Interferonlar
B. Sitokininlar
C. Leykotsitlar
D. Interleykinlar
195. Odam insulinining molekulyar og`rligi qancha?
A. 5808 ga
B. 2.4 kg
C. 50000 g
D. 1060 ga
196. Gidrobiontlardan olingan birinchi preparat nima deb ataladi?
A. Ganglin
B. Vermin
C. Molokin
D. Sorbin
197. Geparin qaysi hujayralarda to`planadi?
A. Endotelial hujayralarning sirtida va qon hujayralarida
B. Qonining plazmidalarida
C. Qon tomirlari va mushaklarda
D. teri hujayralarida
198. Girudin nima?
A. Tibbiyot zulugi so`lak bezlaridan ajraladigan oqsil modda, to`g`ri va tez ta’sir qiladigan antikoagulyat
B. Standart geparindan uning asosiy antikoagilyat faollikka ega bo`lgan fraksiyasidan ajratib olingan preparat
C. Qonni suyuq holatda ishlab turuvchi gumoral factor
D. T.j.y
199. Repressiya nima?
A.Oxirgi mahsulot hosil bo`lish reaksiyasini kataliz qiluvchi fermentning hosil bo`lishi
B. Fermentlarni bir formadan ikkinchi formaga o`tishi
C. Allosterik fermentlarni ingibirlovchi yoki faollashtiruvchi regulyator molekulalar
D. Fermentning oxirgi mahsulot bilan kompleks hosil qiladigan uchastkasi
200. Muhitda faqat substratlari yoki ularning analoglari bo`lgandagina sintez bo`ladigan fermentlar qanday nomlanadi?
A. Adaptiv
B. Konsultativ
C. Regulyator
D. Induktiv.
Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling