Ichak bakteriyalari oilasiga mansub mikroblar


Download 23.21 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1341544
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ichak infeksiyalari


ICHAK BAKTERIYALARI OILASIGA
MANSUB MIKROBLAR

Ichak bakteriyalari oilasiga evolutsion nuqtai nazardan o ‘zaro juda


yaqin, lekin patogenligi va ayrim xususiyatlari bilan farq qiladigan, asosan, odam yoki umurtqali hayvonlar ichagida yashaydigan bakteriyalar kiradi.
Enterobakteriyalar (Enterobacteriaceae) oilasi 14 urug'ni o ‘z ichiga
oladi: Escherichia; Klebsiella; Proteus, Yersinia, Erwinia, Shigella, Salmonella, Enterobaster, Citrobacter, Hafnia, Serratia, Pro\'idencia, Morganella, Edwarosieela. Urug‘ turlarga, tur esa biologik, serologik, xemologik va boshqa variantlarga bo'linadi.
Morfologiyasi. Enterobakteriyalar - grammanfiy tayoqchasimon
mikroblar. Ularning uzunligi 1-5 mkm, eni 0,3-0,8 mkm, lco'pchilik
shtammlari harakatchan, chunki butun yuzasi bo‘ylab (peritrix) xjvchinlari bor. Ba’zi turlari kapsula hosil qiladi, ichak bakteriyalarining ustki qismida umumiy jinsiy (seks pili) kiprikchalari mavjud.
0 ‘sishi. Barcha ichak bakteriyalari oilasiga mansub mikroblar aerob
va fakultativ anaeroblardir. Tarkibida go'sht ekstrakti boigan oziq muhitlar (masalan: g o ‘sht-peptonli agar, g o ‘sht-peptonli bulon va boshqalar)da yaxshi ko'payadi. Ular har xil uglevod va oqsillarni parch alaydigan fermentlar hosil qiladi. Fermentativ xususiyatlariga ko'ra bular birmuncha faol. Shu sababli bu xususiyatdagi farqlar bo'yicha bakteriyalarni tasniflash, uning urug' va turini aniqlashda keng qoilaniladi- Ichak bakteriyalarining quyidagi asosiy xususiyatlari aniqlanadi: 1) uglevodlarni parchalaganda hosil boiadigan mahsulotlar (k islo ta va gazlar); 2) metil qizili bilan hosil boiadigan reaksiya; 3) m u s ta t Foges- Proskauer reaksiyasi va atsetil metil karbinol hosil qilishi; 4) nitratlarni qaytarishi; 5) ureaza hosil qilishi; 6) KSN ishtirokida o'sishi va boshqa xususiyatlariga ko'ra yuqorida bayon qilingan guruhlaming biriga kiritiladi.
Antigen tuzilishi. Ichak bakteriyalarining antigen tuzilishi murakkab
bo'lib, ularni identifikatsiya qilish (farqlash)da ahamiyatliiir. Enterobakteriyalarda asosan 3 ta antigen mavjud: 1) somatik O-antigen; 2) xivchinli N—antigen; 3) K-kapsulali antigen. Somatik O-antigen, asosan, hujayra devorining tashqi qavatidagi lipopolisaxariddan iborat. Oantigenning maxsusligi uglevodlarning determinantlari orq ali nazorat
qilinadi. N-antigen flagellin deb ataladigan oqsildan tashkil topgan bo'lib, bakteriya xivchinidajoylashgan. K-antigen hujayra devoridagi polisaxarid va oqsillar birikmasidan iborat. O-antigenga nisbatan yuzada joylashgan. Bu antigenlar bir-biridan immun-kimyoviy xususiyadari bilan farq qiladi. Shu sababli ular yordamida enterobakteriyalarning urug'i, turi, serologik guruhi va
serovariantlari aniqlanadi. Enterobakteriyalarning antigenlari turli immunologic reaksiyalar, jumladan, agglutinatsiya, bilvosita gemagglutinatsiya, pretsipitatsiya, immunoelektroforez va boshqa reaksiyalar yordamida maxsus zardoblar bilan aniqlanadi.
Enterobakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo'lib, odam va hayvonlaming
ingichka va yo‘g‘on ichaklarida yashaydi. Ular orasida saprofit, shartli-patogen va patogen turlari bor. Enterobakteriyalar odam va hayvon najasi orqali tashqi muhitga toshadi va turli muddat saqlanib qoladi.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling