Ichak bakteriyalari oilasiga mansub mikroblar


Download 23.21 Kb.
bet3/5
Sana08.04.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1341544
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ichak infeksiyalari

Fermentativ xususiyati. Ichak tayoqchasi fermentativ xususiyatiga ko'ra juda faol bo'lib, laktoza, glyukoza, mannit, maltoza va boshqa
uglevodlami kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. Ammo ichak tayoqchasi shtammlarining 10-12% laktozani parchalamaydi, ular ≪notipik shtammlar≫ deb ataladi. Bu urug' a ’zolari indol hosil qiladi, nitratlarni nitritlargacha qaytaradi, ammo H2S hosil qilmaydi.


Toksin hosil qilishi. Ichak tayoqchasi, asosan, endotoksin ajratadi. Ichak tayoqchasining ayrim enteropatogen shtammlari 2 xil enterotoksin va4- xil gemolizinlar sintez qiladi. Toksin ajratish xususiyati Ent-va Hlyplaz: midalar orqali nazorat qilinadi.
Antigen tuzilishi. Esherixiylarda О -, K - va H-antigenlart bor. Shulardan O-antigen asosiy bo'lib, ularning serologik guruhlarini belgilaydi. O-antigen somatik, haroratga chidamli, shuning uchun 1 00°S da q a y n a tilg a n d a va a v to k la v d a a g g lu tin a ts iy a q ilish xususiyatini yo'qot-maydi. Hozirgi vaqtda ichak tayoqchasining 170 dan ortiq O-serologik guruhlari borligi aniqlangan. K-antigen yuza jo y la sh g an bo'lib, haroratga chidamsiz B -, L - va haroratga chidamli A-a-ntigenlardan tashkil iopgan. Esnerixiyiarda iOO dan ortiq turli K - antigenlari bor. H-antigen xivchinda joylashgan bo'lib, oqsildan iborat, termolabil tip maxsuslikka ega. Ichak tayoqchasida 50 dan ortiq turli N-a ntigenlar mavjud. Esherixiylaming antigen tuzilishiga qarab antigen formulasi belgilanadi. Bunda antigen, uning turi va tartib nomeri ko'rsatiladi. Masalan: 0111 seroguruhining antigen formulasi 0111:K58:H2,0111: B4:H12,020:K84:H34, 055:B5:H7,044:K74:H18,026:B6:H11 va boshqalar. Ichak tayoqchasining antigen tuzilishi mutatsiya, genetic rekombinatsiya va fag konversiyasi kabi ≪miliar ta’sirida o'zgarishi mumkin. Esherixiylar orasida fagovar va kolitsinovarlari ham borligi kuzatilgan. Unirng bu xususiyatidan kasallikka laboratoriya tashxisini qo'yishda, epidemiologic holatini aniqlashda foydalaniladi.
CZhidamliligi. Ichak tayoqchasi kimyoviy, fizik omillar ta’siriga shigella, salmonellalarga nisbatan chidamli, shuning uchun tashqi muhitda (suv va tuproqda) bir necha hafta va oylab yashaydi. Dezinfeksiyalovchi eritmalar: 5% li fenol, 3% li xloramin eritmasi ta’sirida bir necha daqiqada o'ladi. Esherixiylar
55°C gacha qizdirilganda 1 soat, 6 0 ’C da esa 15 daqiqada nobud bo'ladi.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling