A bo’lim 1-kazus Qadimgi Rim davlatida xaridor Gay sotuvchi Tit bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzdi, shartnomaga ko’ra Misirdan ta kemada don olib kelib berishi kerak edi. Bo’ron tufayli kemalar cho’kib ketdi


Download 120.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi120.8 Kb.
#1014732
1   2   3
Bog'liq
DHT bob

 
 
 
 
 
B bo’lim
 
75. Bilamizki, qadimgi Sharq mamlakatlari asosan monarxiya shaklida iroda 
etiladigan davlatlar bo’lib, davlat tepasida yakka hokimlar, ya’ni podsholar 
(monarxlar) turgan. Ular davlatni o’z maslahatchilari, yordamchilari, vazirlari 
va boshqa amaldorlar bilan birga boshqargan.

Qadimgi Hindistondagi podsho maslahatchilari haqida nimalarni bilasiz. 

 

Podsho maslahatchilari - oliy chinovniklar (mantrinalar, maxamatralar) 


davlatda alohida mavqega ega bo`lganlar. Podsho maslahatchilaridan iborat tarkibda 
maslahatchi kollegial organ - parishad tuzilgan. Bu qabilaviy demokratiya 
organlarining o`ziga xos qoldig`i sifatida mavjud bo`lgan davlat tashkiloti edi. 
Parishadga a’zolik aniq o`rnatilmagan, unga chinovniklar bilan birga ba’zan 
shaharlarning vakillari ham taklif qilinardi. Bu organ ma’lum darajada mustaqil edi, 


lekin faqat ba’zi 2-darajali masalalar yuzasidangina mustaqil qarorlar qabul qila 
olgan, xolos. 
Podsho chinovniklari kengashi - parishad ilgari ham mavjud bo`lgan, 
lekin u aynan Mauriylar davrida siyosiy kengash funksiyasini egallab olgan. U butun 
boshqaruv tizimini tekshirish va podsho buyruqlarini bajarish bilan shug`ullangan. 
Parishaddan tashqari maxfiy kengash ham mavjud bo`lib, u bir necha alohida 
ishonchli kishilardan iborat tarkibda tashkil etilgan. Alohida favqulodda hollarda, 
kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni hal etish uchun ikkala kengash a’zolari birgalikda 
yig`ilishi mumkin edi. 
Parishad siyosiy organ sifatida zodagonlardan - harbiylardan va kohinlardan 
iborat bo`lib, ular doimo o`z imtiyozlarini saqlab qolishga va hukmdorning mutlaq 
hokimiyatini cheklashga harakat qilganlar. Ilk davrlarda parishad hokimiyatning 
tarkibiy jihatdan ancha keng va xarakteri bo`yicha ancha demokratik organi bo`lgan 
hamda rojaga va uning siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o`tkazib turgan. Asta-sekin 
parishadning tarkibi qisqarib, aristokratlashib borgan va podsho huzuridagi 
maslahatchi organga aylanib qolgan. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, hatto podsho 
hokimiyati ayniqsa kuchaygan Mauriylar davrida ham parishad o`zining muhim 
nufuzini saqlab qolgan va Mauriylarning hukmdorlari u bilan hisoblashib turganlar. 
Davlat birligining saqlanishi mustahkam davlat boshqaruvi tashkil etilishini 
talab qilgan. Mauriylar davlatni markazlashtirish davrida turli toifadagi 
chinovniklarga tayanib, boshqaruvning hamma sohalarini o`z qo`llarida tutib 
turishga harakat qilganlar. 
Podsho chinovniklarining maxsus guruhi podsho xo`jaligini boshqarishni 
tashkil etish, podsho xazinasini to`ldirish choralarini ko`rish singari ishlar bilan 
shug`ullangan. Mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga solishga adx’yaksha deb 
nomlanuvchi maxsus chinovniklar jalb qilingan. Ularning orasida soliqlar yig`ishni 
amalga oshiruvchi, davlat xazinasini yurituvchi moliya idoralarining chinovniklari 
muhim o`rin tutgan. Ular Manu qonunlariga asosan "halollikni, oqillikni va 
qat’iyatlilikni" egallagan bo`lishlari lozim edi (VII bob, 60-modda). Shuningdek 
armiya ta’minotini kuzatib turuvchi chinovniklarning maxsus guruhi ham ajralib 


chiqqan. Yuqoridagi barcha chinovniklar shug`ullanadigan faoliyatlarining turiga 
qarab yo Bosh soliq yig`uvchiga, yo Bosh xazinachiga, yoki armiyaning Bosh 
qo`mondoni (senapati)ga bo`ysunganlar. Boshqa oliy chinovniklar orasida bosh 
sudya, podshoning huquqiy maslahatchisi va diniy ishlar bo`yicha maslahatchisi, 
o`g`illarining tarbiyachisi, oliy saroy kohini (puroxita) alohida o`rin tutgan. 
Chinovniklar asosan tayinlanish tamoyili asosida va meros bo`yicha 
mansablarni egallaganlar. Mauriylar chinovniklar faoliyatini tekshirish, kuzatib 
turish va nazorat qilish mexanizmini ishlab chiqqan edilar. Podshoning maxsus 
ayg`oqchilari, maxfiy agentlari mavjud bo`lib, podsho ularni "kunduzi ham, kechasi 
ham" qabul qilavergan. 
 
 
 
Fodalanilgan adabiyotlar: 
 
 
1. V.Topildiyev “Rim huquqi” darslik 
 
2. H.Odilqoriyev “davlat va huquq tarixi” darslik 
 
3. Haydarali Muhamedov “xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi” 

Download 120.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling