da’vogar bilan kelishsa, u holda sud jarayoni birinchi bosqichda yakunlangan. Biroq,
qoida bo`yicha, javobgar ham o`z e’tirozlarini tantanali tarzda bayon qilgan.
Sudda
tomonlar va magistrat tomonidan qilinadigan diniy marosimlarga oid va qat’iy
rasmiy harakatlar, imo-isholar va so`zlar yigindisi "legis aksio" (Legis actio)
deyilgan. Legisaksion jarayon degan nom ham shundan kelib chiqqan. Beshta
asosiy legisaksion formula ishlab chiqilgan. Ularning ichida eng ko`p
tarqalgani
Legis actio per sacramentum bo`lib, bunga ko`ra, tomonlar tantanali bayonotlar
qilishlari bilan birga garovga narsa qo`yganlar. Bunda ishda yutqazgan tomonning
garovga qo`ygan narsasi xazinaga o`tkazilgan. Tomonlardan biri garovga qo`yish
tartibini buzsa, uning beixtiyor ishda yutqazishiga olib kelgan.
Agar ikkala tomon pretor huzurida o`rnatilgan
tartibga rioya qilsalar, ish
ikkinchi bosqichga o`tgan va pretor tomonidan tayinlangan
sudya yoki sudyalar
hay’ati tomonidan ko`rib hal qilingan. Bu bosqichda
tomonlarning vakillari va
himoyachilari (advokatlar) qatnashish huquqiga ega bo`lgan. Agar tomonlardan biri
uzrli sababsiz sudga kelmasa, ishda yutqazgan. Bu bosqichda sud jarayoni qat’iy
shakllar bilan bog`liq bo`lmagan. Sudyalar dalillar bilan tanishganlar, tomonlarning
va ular himoyachilarining nutqlarini tinglaganlar. Sudlarning qarori qat’iy bo`lgan
va shikoyatga yo`l qo`yilmagan.
Jinoyat ishlarida ish yurituvchi magistrat
inkvizitsiga oid (shaf-qatsiz,
vahshiyona) tartibdan foydalangan. Butun protsess davomida u ayblovni qo`llagan,
so`roq qilgan. Agar konsul o`lim
jazosi haqida hukm chiqarsa,
buni xalq majlisi
ma’qullagandan so`nggina ijro etish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: