A bo‘lim 1-savol (48-savol) Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tizimida siyosatshunoslik fanining
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
SIYOSATSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- A bo‘lim 2-savol (95-savol) Siyosiy madaniyat tushunchasiga G. Almond tomonidan berilgan ta’rifi
- B bo‘lim (18-Mantiqiy savol) “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
A bo‘lim 1-savol (48-savol) Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar tizimida siyosatshunoslik fanining o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Siyosatshunoslik har doim boshqa gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan hamkorlikda hamda o‘zaro aloqadorlikda rivojlanib boradi. Ularning barchasini umumiy tadqiqot obyekti – jamiyat hayotining o‘ziga xos namoyon bo‘lishining barcha xilma-xilligi birlashtiradi. Ular juda ko‘p umumiy toifalarga ega, ammo o‘rganish mavzusi boshqacha. Boshqa fanlardan farqli ravishda, siyosatshunoslik siyosat kabi murakkab hodisaning mohiyatiga kirib borishni, turli ijtimoiy-siyosiy tizimlarda ishlaydigan elementlarning, ayrim poydevorlarning, uning ishlash qonuniyatlarining o‘zaro bog‘liqligini ochib berishga, shuningdek real natijalarni aniqlashga qaratilgan. Ilm-fanning o’zaro murakkab ta’siri davrida ijtimoiy(gumanitar) fanlarning o‘zaro ta’sirini hisobga olmasdan, murakkab siyosiy jarayonlarni o‘rganish mumkin emas. Shu munosabat bilan, siyosatshunoslik va iqtisodiyot, tarixshunoslik, huquqshunoslik, ijtimoiy psixologiya, falsafa, siyosiy sotsiologiya va boshqalar o‘rtasida an’anaviy bog‘liqlik mavjud. Ushbu munosabatlarni batafsil o‘rganish bizga siyosiy fanning gumanitar bilimlar tizimidagi o‘rni va ahamiyati haqida obyektiv fikr beradi. Birinchidan, siyosatshunoslik iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiyotni bilmasdan turib, bugungi kunda jamiyatdagi siyosiy munosabatlar mohiyatini tushinish mumkin emas. Iqtisodiyot turli ijtimoiy guruhlar tomonidan iqtisodiy manfaatlarning amalga oshirilishini asoslaydi. Shu bilan birga, siyosat iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir qilishi, uni ilgari surishi yoki aksincha, uni sekinlashtirishi mumkin. V. Lenin: “Siyosat – bu iqtisodiyotning jamlangan ifodasidir”, - deb bejizga aytmagan. 1
Siyosatshunoslik tarixiy fan bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyatning evolyutsiyasi jarayonida siyosiy institutlar va normalardagi o‘zgarishlarni tushinish kalitini
1 https://www.biography.com/political-figure/vladimir-lenin ta’minlaydi. Ammo siyosatshunoslik tarixga tomosha sifatida qaramaydi, balki uni harakat sifatida qabul qiladi. Shu munosabat bilan tahliliy ish juda muhimdir. Shunisi qiziqki, siyosatshunoslik mustaqil fan sifatida paydo bo‘lganida, taniqli ingliz tarixchisi E. Freeman shunday degan edi: “Tarix o‘tmish siyosati, siyosat bugungi tarix”. 2
Bundan tashqari, huquqiy va siyosiy munosabatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli, siyosiy fanlar yuridik fanlar bilan o‘zaro aloqada. Siyosiy hokimiyat qonuniy rasmiylashtirilmasdan turib ishlay olmaydi. Siyosiy falsafaga kelsak, siyosiy sohani ko‘rib chiqadigan falsafa sohalaridan biri hisoblanadi. Hodisalar va umuman narsalarning tabiatini biladigan faylasufdan farqli o‘laroq, siyosiy faylasuf siyosiy dunyo tabiatining mohiyatiga, ya’ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, mukammallik va nomukammallika e’tibor qaratadi. Xususan, siyosatning dunyoqarashini tahlil qilishda ushbu jihat batafsil ko‘rib chiqiladi. Odamlarning siyosiy xatti-harakat, e’tiqod, umid, motivatsiya, aql-idrokning roli siyosiy psixologiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu turdagi tadqiqotlar, ayniqsa, jamoatchilik fikrini, siyosiy sotsializatsiya, mojarolar va hamkorlik, saylovlardagi xatti-harakatlar, munosabatlar va boshqalarni o‘rganishda juda muhimdir. Shuningdek, G. Laswell siyosiy psixologiyaning asoschisi hisoblanadi. U siyosat va psixologiya haqidagi bilimlarni chuqur o‘rganib “Psixologiya va siyosat” nomli kitob yozgan. 3
va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar tizimida siyosatshunoslik fani o‘zining barcha ko‘rinishlarida integratsiyalashgan keng qamrovli fan sifatida taqdim etiladi. U boshqa fanlarning xulosalarini birlashtiradi va sintez qiladi, shuningdek ularning asosida izlanishlar olib boradi, siyosiy tizimlar to‘g‘risida obyektiv bilimlar beradi. Menimcha, siyosiy olamni o‘rganish barcha kasb vakillari, jamiyatning barcha ongli fuqarolari siyosiy hayotda ishtirok etishlari,
2 https://ru.wikipedia.org/wiki/Фримен,_Эдуард 3
https://studme.org/91288/psihologiya/lassuell_otets_politicheskoy_psihologii demokratik institutlar va an’analar, siyosiy ma’daniyatni rivojlantirishlari uchun zarurdir. Bundan tashqari, siyosiy fanni o‘rganishga, demokratik madaniyatni shakllantirishga, plyuralizmni hurmat qilishga hissa qo‘shadi.
Hozirda inson oliy qadriyat sifatida e’tirof etib kelinayotgan jamiyatda siyosiy madaniyatning nechog‘lik rivojlanganlik darajasiga qarab, siyosiy tizimning qanchalik mukammal tuzilganiga baho berish mumkin. Boshqacha aytganda, siyosiy madaniyat fuqarolarning siyosiy va huquqiy jihatdan loqaydlilik darajasini ifoda etadi. Shuningdek, jamiyat siyosiy va davlat institutlarining shakllanishi , faoliyat ko‘satishiga ta’sir o‘tkazuvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda siyosiy madaniyatning turli ta’riflarini uchratish mumkin. Bu esa siyosiy madaniyatning serqirra hodisa sifatida tushunish imkonini beradi va u haqida muayyan bir to‘xtam kelinmaganini anglatadi. Kanadalik tadqiqotchi G. Patrikning aniqlashicha, 1976-yilda “siyosiy madaniyat”ning 40 dan ortiq ta’rifi turli xil manbalarda keltirilgan ekan. O‘z-o‘zidan bundan keyingi davrlarda ham turli qarashlar paydo bo‘ldi va ta’riflar yanada ortdi. Jumladan: “Siyosiy madaniyat – subyektning davlat bilan o‘zaro ta’sirini va siyosiy faoliyatga kirib borishini amalga oshirishda vosita bo‘lib xizmat qiluvchi siyosiy bilimlar, qadriyat mezonlari, xulq-atvor modellari yig‘indisi”. 4
“ Siyosiy madaniyat – jamiyat siyosiy tizimining eng muhim elemenlaridan biri bo‘lib, jamiyatning boshqa kichik tizimlari bilan o‘zaro aloqadordir. U jamiyat, ularning siyosiy hokimiyat, siyosiy munosabatlar haqidagi tasavvurlarini ijtimoiy hodisaga baho berish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi”. 5
4 Bito`rayev O`. B. Siyosatshunoslikka kirish(o`quv qo`llanma). T.: “Barkamol fayz media”, 2017 . Bet.237-238 5 Odilqoriyev X. T. Siyosatshunoslik(darslik). – T.: O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B-272. Ushbu tushunchaning paydo bo‘lish tarixiga nazar solsak, “siyosiy madaniyat” atamasini nemis faylasufi Iogann Gender ilmiy muomalaga kiritgan. Keyinchalik, XX asr boshlarida ushbu tushuncha ustida ilmiy tadqiqotlar qizg‘in ravishda boshlangan. Xususan, Gabriel Almond(1911-2002) siyosiy madaniyat tushunchasi ustida o‘zining “Qiyosiy siyosiy tizimlar” asarida birinchi konseptual tahlilni amalga oshirdi. Ya’ni, asarda siyosiy madaniyat bilan siyosiy tizim o‘rtasidagi munosabatlar, ularning tuzilmaviy va tarkibiy unsurlarini tahlil etilgan. Bundan tashqari, G. Almond va S. Verba Angliya, Amerika Qo‘shma SHtatlari, G‘arbiy Germaniya, Italiya va Meksikaning siyosiy madaniyatlarini qiyosiy empirik usulda o‘rganishni amalga oshirdilar. Tadqiqot natijalari ularning “Fuqarolik madaniyati”(1963) asarining asosiga aylandi. Ushbu olimlarning fikriga ko‘ra, siyosiy madaniyat siyosiy yo‘nalishlarning uchta turini o‘z ichiga oladi, ya’ni patriarxal, bo‘ysunuvchi va faol ishtirok etish. Shu xususiyati qiziqki, muayyan jamiyat ularning har biri ustunlik qilishi mumkin. 1. Patriarxal siyosiy madaniyat mahalliy qadriyatlarga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Shaxs, qoida tariqasida, global siyosiy madaniyatga juda sezgir emas va muayyan siyosiy rollarni bajarmaydi. 2. Bo‘ysunuvchi siyosiy madaniyat esa shaxsning siyoziy tizimga nisbatan passiv va alohida munosabatini anglatadi. Hokimiyatga bo‘ysungan odam undan turli xil imtiyozlar kutadi va uning dikaturasidan qo‘rqadi. 3. Ishtirok etish madaniyati bolsa, siyosiy faollik, ishtirok va ratsionalizm bilan tavsiflanadi. Fuqarolar siyosatga faol ta’sir ko‘rsatishga hamda o‘z faoliyatini qonuniy ta’sir o‘tkazish vositalari(saylovlar, namoyishlar va boshqalar) yordamida boshqarishga intiladilar. 6
da, bu uni tanqid qilinishini emas balki, uning siyosiy fanga inqilobiy ta’sirini oshirdi. Ya’ni, siyosiy fanlar tahliliga siyosiy madaniyat g‘oyasining kiritilishining universal tushuntirish prinsipini shakllanirishga imkon berdi. Olimning tadqiqot
6 https://helpiks.org/9-19705.html obyektinining o‘ziga xos xususiyati shuki , siyosiy madaniyatni siyosiy yo‘nalishlarning umumiyligi orqali aniqlash siyosiy munosabatlarning o‘zgartiruvchilarini mantiqiy ravishda ajratish va ularning sifat va miqdoriy parametrlarini o‘lchash imkonini beradigan haqiqatdir. Menimcha, siyosiy madaniyat bundan keyin ham siyosiy tajriba, siyosiy bilimlar va his tuyg‘ular darajasi, shuningdek siyosiy subyektlarning xulq-atvori va faoliyati namunalarining bosh ko‘rsatkichi bo‘lib qoladi.
Parlament demokratik tizimning asosiy davlat institutlaridan biri bo‘lib, hozirgi kunda bir qancha rivojlangan davlatlarda ushbu institut davlat hokimiyati tizimida muayyan funksiyalarni amalga oshirishi bilan samaradorlik ko‘rsatmoqda. Parlament vakillik muassasasi hisoblanadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega boʻladi. Bundan tashqari, parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat byudjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlamentning yana bir o‘ziga xos funksiyasi bu - davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi. Xususan, mamlakatimizda mustaqillikning o‘tgan yillari mobaynida parlamentning roli, vakolatlari va nazorat vazifalarini kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchillik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bunda ikki palatali parlament tizimiga o‘tilgani va prezidentning ayrim vakolatlarini parlamentning yuqori palatasi – Senatga o‘tkazilgani muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis ham yuqorida sanab o‘tilgan parlamentning eng muhim funksiyalarni amalga oshiradi. Uning faoliyatining legitimligi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida o‘z aksini topadi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 11-, 76 – 88-moddalarida Oliy Majlisning huquqiy maqomi, uning tarkibiy qismi, , Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi hamda alohida vakolatlari, uning qonunchilik jarayonidagi o‘ziga xos vazifalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senat a’zolarini shakllantirish tartibi, ularning moliyaviy rag‘batlantirilishlari hamda muhofazalarining keltirilishi shular jumlasidandir. “O‘zbekiston Respublikasining yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ning dastlabki bo‘limida Oliy Majlisning davlat hokimiyatidagi ro‘lini oshirish, mamlakatningning ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda muhim vazifalarni bajarish samaradorligini yaxshilashni nazarda tutuvchi maqsadli va tizimli ishlarning belgilab berilishi , albatta, bejizga emas. Sababi, qonun chiqaruvchi hokimiyat davlat hokimiyati tizimini mustahkamlab, legitimlab turuvchi organ hisoblanadi. Agar ushbu organ qanchalik to‘g‘ri faoliyat yuritar ekan, shunchalik jamiyatda huquq, qonun ustuvorligi amalga oshadi. Shu sababli ham, Harakatlar strategiyasidagi dastlabki e’tiborni Oliy Majlisga qaratilishi uni yanada istiqbolli hamda maqsadli reja asosida shakllantirishga zamin yaratadi. Va bu narsani amaliy misollar orqali ham tushinishimiz mumkin. Jumladan, joriy yilda davlatimizning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan bir to‘xtamga kelish borasida ikkilanishlar kuzatildi. Davlat organlari, tashkilotlari va boshqa siyosatchilar o‘rtasida ko‘plab kelishmovchiliklar hamda ikkilanishlar vujudga keldi. Va nihoyat, barcha taklif va mulohazalarni inobatga olib, chuqur mulohaza yuritgan holda, Oliy Majlisning yakuniy qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoqda “kuzatuvchi davlat” maqomida
ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topildi. Bu esa Oliy Majlisning davlat hokimiyatini amalga oshirishda faol qatnashib, manfaatli siyosat olib borayotganidan dalolat beradi. Yoki bo‘lmasa, davlat ichki siyosatidagi parlamentning muhim roli haqida gaplashaylik. Prezidentimiz 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomalarida propiska masalasiga alohida to‘xtalib, uni adolatli hal etish zarurligi to‘g‘risida topshiriq bergan edilar. Ayni shu masalaga Oliy Majlisda ko‘rib chiqilgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yhati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi yechim boldi. Qonunning asosiy jihati shundaki, “doimiy propiska” so‘zlari “yashash bo‘yicha ro‘yhatga olish” so‘zlariga o‘zgartiriladi hamda ro‘yhatdan o‘tishning bir necha qo‘shimcha imkoniyatlari yaratiladi. Albatta, bu kabi misollarni ko‘p keltirish mumkin. Masalan, aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risidagi, ta’lim to‘g‘risidagi, iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish to‘g‘risidagi mavjud qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yoki tarmoqlashuviga ko‘ra yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish borasida tizimli ishlarni amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi, parlament davlat hokimiyatining asosiy organi sifatida zimmasidagi vazifalarni ado etayotganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda hozirgi kunda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini yigirmadan ortiq qonunlar tashkil etadi. Jumladan, parlament nazoratini amalga oshirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlarda, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti to‘g‘risida”gi, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarda o‘z aksini topgan. Biroq, bu qonun va normativ-huquqiy hujjatlarda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari yetarli darajada ochib berilmagan. Shu sababli, parlament nazoratiga oid normalarni yagona tizimlashtirilgan tayanch qonunini, ya’ni “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan. Shu o‘rinda parlament nazoratiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning subyektlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari va komissiyalari, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlik guruhlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashkil etadi. Parlament nazorati obyekti esa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ular organlarining qarorlarini hamda davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish borasidagi faoliyatidir. Parlament nazoratining shakllari sifatida, davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosining borishi to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini ko‘rib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish, Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, parlament so‘rovi, Qonunchilik palatasi deputati, Senat aʼzosining so‘rovi shular jumlasidandir. 7
7 https://lex.uz/docs/2929477 Mazkur qonun bergan vakolatlarga ko‘ra, parlament hozirga qadar bir qancha nazorat shakllarini amalga oshirdi. Ayniqsa, prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirilishi bu mamlakatda qonuniylikni va qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi faoliyati samaradorligini oshirishning dastlabki katta o‘zgarish bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davlat hokimiyat tizimida Oliy Majlisning ro‘lini yanada oshirish bo‘yicha qilayotagan say-harakatlarimiz huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lidan borayotganligimizni ko‘rsatadi. Bu esa kuchli parlamentarizm siyosati mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Parlament mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda muayyan mavqeiga ega bo‘lishi hamda eng muhim masalalarni hal etishda qatnashishi zarur. Bilamizki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatlar vakolatlarining uchga bo‘linishini, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishini nazarda tutadi. Va ular bir-birini tiyib turish mexanizmi asosida faoliyat yuritishini bilamiz. Xuddi shunday muhitda jamiyatga kuchli, barqaror, adolatli normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi fuqarolarimizning huquqiy ong va huquqiy madaniyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida esa jamiyatda qonunlarga, normalarga hurmat hissi paydo bo‘ladi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlarda foydalanib, Oliy Majlis o‘zining qonunchilik jarayonini amalga oshiradi. Menimcha, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilgan normalar hayotda o‘z o‘rnida qo‘llanilsa, hukumat va uning idoralaridagi mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha hisobotlarni eshitish orqali, mavjud kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan xatoliklarga to‘g‘ri munosabat bildirgan holda, bartaraf etish choralari ko‘riladi. Agarda, parlament nazoratiga oid Oliy Majlisning vakolatlari oshiriladigan bo‘lsa, bu haqiqatdan ijro etish
mexanizmini samaradorligini yanada oshiradi. Oylaymanki, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” da belgilab qo‘yilgan vazifalar, islohotlarning bugungi kunda berayotgan natijalariga qarab, bundan keyin ham maqsadli va tizimli 3 yillik, 5 yillik, 7 yillik islohotlar, yangilanishlar amalga oshiriladi.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling