A. Fitratning "Oila asari"da Oila qo‘rish tartiblari va Farzand tarbiyasi, "Raxbari najot" risolasining "Baxtsiz odamlarning ikki toifasiga" oid qarashlari bo‘yicha esse tayyorlash, videorolik tanlovini o‘tkazish
Forobiy va I.Kant ontologiyasi kategoriyalari
Download 207.74 Kb.
|
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi
Forobiy va I.Kant ontologiyasi kategoriyalari
FAROBIY (taxallusi; to'liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy) (873—950) O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun "al-Muallim as-soniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O'tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Bo'lajak faylasuf boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng, o'qishini Binkat, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oldi. Olim yo'1-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ldi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Forobiyning asosiy asarlari: "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq bo'limining bir qismi", "Ta'liqot" (sharhlar), "Inson a'zolari haqida risola", "Bo'shliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi", "Hayvon a'zolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq to'g'risidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ilmlar hisobi", "Hikmat ma'nolari", "Aql to'g'risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida so'z", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "She'r va qofiyalar haqida so'z", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida so'z", "Musiqa haqida so'z", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi to'g'risida" va boshqalar Forobiyning asosiy asarlari: "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq bo'limining bir qismi", "Ta'liqot" (sharhlar), "Inson a'zolari haqida risola", "Bo'shliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi", "Hayvon a'zolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq to'g'risidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ilmlar hisobi", "Hikmat ma'nolari", "Aql to'g'risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida so'z", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "She'r va qofiyalar haqida so'z", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida so'z", "Musiqa haqida so'z", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi to'g'risida" va boshqalar Forobiy borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin ta'limotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo bo'lishi mumkin bo'lgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. Forobiy Allohga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta'rif beradi. Alloh birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muhtoj emas. U yaratadi, lekin boshqa narsalar tomonidan yaratilmaydi. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud bo'lgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. Forobiy tabiat, ashyo va jismlarning turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat bo'yicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo bo'ladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sabab-oqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga bo'ladi: Alloh — birinchi sabab, ikkinchi sabab esa osmon jismlari, so'ng faol aql, jon (an-nafs), shakl (as-surat), podda yoki ashyolar (al-modda). Alloh—vojibul vujud, ya'ni zaruriy mavjudlik bo'lsa, qolganlari — vujudi mumkin, ya'ni jmkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bog'langan. Alloh, ya'ni "vujudi vojib" birinchi bo'lib aqli faolni yaratadi. Aql esa har bir sayyoraga xos aqlni yaratadi. Eng so'nggi samoviy aql natijasida Yerdagi aql-ruh va barcha moddiy jismlar, ya'ni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo bo'ladi. 4 unsurdan esa nabotot olami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga o'simlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos bo'lib, ular o'zaro bir-biri bilan bog'langan. Forobiyning gnoseologik qarashlari, ya'ni bilish haqidagi ta'limoti ijtimoiy-falsafiy fikr rivoji tarixida alohida o'rinni egallaydi. Mutafakkirning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq to'g'risida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Aql to'g'risida", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida tahlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta'kidlab, uning qobiliyatiga, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi. Forobiy o'z asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing o'zaro munosabati, mantiqiy fikrlash to'g'risidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo'lgan qon bilan ta'minlovchi markaz vazifasini tajaradi. Forobiy "Ilm va san'atning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (al-araz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va aqliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o'tadi. Hissiy bilishda sezgi a'zolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim bo'lmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi. Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq to'g'risida yaratgan yaxlit ta'limoti ilk o'rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy filer rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlarida keng yoyildi. O'rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usaybi'a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqalar Forobiyning ta'limotini chuqur o'rganib, uni yangi g'oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy ta'limotidan bahramand bo'lganlar. Forobiy ilgari surgan fikrlar 16—20-asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o'rganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti-da sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Yevropa olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. F. Buur, R. Farmer, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker va boshqalar Forobiy merosini o'rganishga muayyan hissa qo'shdilar. O'zbekistonda va Qozog'istonda forobiyshu-noslik yo'nalishi yuzaga keldi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asar-larini o'zbek tilida chop etishga kirishildi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi. O'zbekistonda va Qozog'istonda Oliy o'quv yurtlari, ko'chalar uning nomi bilan ataladi. Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida xozirgi zamon g‘arb va sharq mamlakatlaridagi din omili bo‘yicha esse tayyorlash. Dialektika rivojlanish haqidagi ta'limot. Reja: Davlat va huquq tizimida din omili. Hozirgi zamon g‘arb va sharq mamlakatlaridagi din omili O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLATNING DIN BILAN MUNOSABATLARI MAZMUN-MOXIYATINI BELGILOVCHI QATOR TAMOYILLARGA QUYIDAGILAR KIRADI: — dindorlarning diniy tuyg‘ularini xurmat qilish; — diniy e’tiqodni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; — diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham xuquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; — ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zaruriyati; — dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni ko‘zlagan davlatimizning dinga munosabatini belgilovchi yuqoridagi mezon va tamoyillardan ikki asosiy xulosani chiqarish mumkin. Birinchidan, O’zbekistonda din madaniy-mafkuraviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha milliy qadriyatlar qatorida teng xuquqli qadriyat sifatida tan olinadi. Ikkinchidan, sof diniy extiyojlarni qondirishdan tashqari xar qanday g‘arazli maqsadga erishish yo‘lida diniy omillardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashnint asosiy yo‘nalishi islom diniga emas, balki islomning muqaddas aqidalarini niqob qilib olgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilishi lozim. Biroq, ayrim xorijiy mamlakatlar matbuotidagi maqolalarda islom dini, siyosiy islom, terrorizm va diniy ekstremizm bir biri bilan qorishtirib yuborilmoqda. Hatto ayrim davlat arboblari (masalan, AQSh Prezidenti J. Bush) terrorizm bilan bevosita botiq bo‘lgan siyosiy islomga xam beixtiyor islom dinining tarkibiy qismi, deb qarashmoqda. Vaholanki, terrorizm va islom ekstremizmi islom dini bilan faqat konfessional jihatdan bog‘liqdi Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jaxon miqyosida islom nufuzining, islom mavqeinint oshib borishidan talvasaga tushish, global iqtisodiy, siyosiy madaniy va demografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan postindustrial jamiyatlarning siyosiy kuchlari uchun xosdir. 2. O’zbekiston milliy mafkurasida din va siyosatning o‘rni. O’zbek davlatchiligi tarixiga nazar solinsa, diniy bag‘rikenglik, vijdon va e’tiqod erkinligi asosiy prinsip va davlat siyosati darajasiga ko‘tarib kelinganiga ishonch xosil qilamiz. Masalan, Toshkent Islom universiteti islom xuquqi kafedrasi mudiri Abdulxakim Juz-joniyning yozishicha, kushonlar davrida zarb qilingan tangalarning bir tomonida budda dini — davlat rasmiy dinining ramzi bo‘lsa, ikkinchi tomonida boshqa bir dinning ramzi aks etgan. Islom dini kirib kelganda Buxoroda turli din tarafdorlari bo‘lgan: budda, zardush-tiylik, nasroniylik, moniy va shamanizm kabi. Barcha din tarafdorlari bir-birlari bilan axil, inoq yashaganlar1. Xorazmshoxlar davlatida bundan 1000 yil avval faoliyat ko‘rsatgan Ma’mun akademiyasida yirik siymolar - Ibn Sino, Beruniy, Ibn Iroqlar qatorida ikkita mashxur xristian olimlari — Abu Saxl Masixiy, Abul Xayr Xammor ijod qilishgan. Masixiy — bu xristian degani. U Beruniyning Ibn Iroqdan keyingi ikkinchi ustozi bo‘ladi. Ular bir akademiyaning a’zosi sifatida ko‘p yillar birga ishlashgan. Yoki Sultoniya cherkovi (Eron Ozarbayjoni) ruxoniysining Amir Temur elchisi sifatida Yevropaga yuborilganligi diniy bag‘rikenglik o‘zbek xalqi mentalitetida chuqur ildizga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoning tub xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi mentaliteti negizida asosan, islom dini yotgani inkor etib bo‘lmas xaqiqatdir. Lekin, o‘rta asrlarda umuman Markaziy Osiyo, xususan, o‘lkamiz musulmonlari uchun diniy firqachilik yot xodisa bo‘lgan. Buning sababini mintaqamizda o‘ziga xos Movarounnaxr musulmon qonunchiligi — fiqx maktabining (jumladan, xanafiylik mazxabining) yuksak rivojlangani, uning boshqa maktablar ta’sirida emas, aksincha, u musulmon qonunshunosligining boshqa maktablar ta’sirida emas, aksincha, u musulmon qonunshunosligining boshqa maktablariga o‘z ta’sirini ko‘rsatib turgani bilan bog‘liq edi deyish mumkin. Shuning uchun xam musulmon dunyosi Markaziy Osiyoga nisbatan ta’sir o‘tkazish mintaqasi emas, aksincha, diniy masalalarda xam undan o‘rganishga munosib sarchashma sifatida qaragan. Biroq, Rossiya istilosidan so‘ng, xususan, sovet davrida islom diniga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq natijasida eng saloxiyatli iloxiyotchi olimlar qirib tashlandi. Maxalliy xayot darajasida saqlangan maxalliy islomga, asosan, diniy bilimlari sayoz, uzluksiz ta’qib ta’sirida o‘ta radikallashgan shaxslar „rahnamolik" qila boshladilar. Islomning Markaziy Osiyo ijtimoiy xayotidagi maqomining zaiflashib borishi bilan unga tashqi musulmon dunyosining munosabati xam o‘zgarib bordi. Uzoq yillar davomida tashqi olam, xususan, musulmon dunyosi uchun „yopiq" bo‘lib qolgan Markaziy Osiyoga diniy taassubga va zo‘ravonlikka (ekstremizmga) moyil ajnabiy diniy tashkilotlarning qiziqishi ortib bordi. O’zbekistan raxbariyati tomonidan mustaqillikning ilk bosqichida mazkur soxaga oid qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi diniy ekstremizm va fundamentalizm yoyilishi dinamikasini pasaytirishni ta’minladi. Ayni paytda xayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, unga butunlay barxam berishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasi, ko‘rilayotgan ma’muriy jazo choralari bilan bir qatorda, din xaqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan saloxiyatli mutaxassislarning mafkuraviy xayotdagi faolligi bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur omil bizning anchagina zaif nuqtalarimizdan ekanligi dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan O’zbekiston oldida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Ushbu muammoni xal etishga — diniy bilimlarni chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlash ishiga samarali xissa qo‘shayotgan O’zbekistondagi mavjud madrasalar tizimiga Imom al-Buxoriy nomidagi Mir Arab madrasasi va shu nomdagi Toshkent Islom ma’hadi boshchilik qilmoqda. Ular Qohira shahridagi Al-Azhar dorilfununi va Iordaniya qirolligining Islom dorilfununi kabi yirik islomiy ilm markazlari bilan aloqa bog‘laganlar. O’zbekiston — dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlatlarda amal qiladigan davlat va din munosabatlari prinsiplari O’zbekistonda xam amal qiladi. Bu prinsiplar moxiyatini yanada teranroq tushunish uchun BMTning „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi", mamlakatimiz Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilning 1 mayida yangi taxrirda qabul qilingan 23 moddadan iborat „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun bilan batafsil tanishib chiqmoq lozim. Vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismidir. Shuning uchun xam BMTning 1948 yilda qabul qilingan „Inson xuquqlari umumjaxon Deklaratsiyasi"ning 18-moddasida „har bir inson... vijdon va din erkinligi xuquqiga egadir" deb yozilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida „Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Xar bir inson xoxlagan dinga e’tiqod qilish yoki xech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi" deb belgilangan. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Xozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining xamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustaxkamlashning muxim sharti xisoblanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan davlatimizning dinga bo‘lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi, degan savolga javob berishdan avval „dunyoviylik" degan tushunchaning o‘zi nimani anglatishini aniqlashtirish lozim. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya hudojo'ylik tushunchalarining ma'nosi va ularning o'zaro aloqasi. Diniy fanatizmning asoslari va manbalari. Diniy e'tiqod va ratsionallik. Diniy tashkilotlar faoliyati mavzusida esse tayyorlash Reja: 1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi. 2. Din paydo bo’lishining psixologik omillari, obyektiv va subyektiv sharoitlari. 3. Urug‘-qabila va milliy dinlar Milliy dinlar. 4. Yaxudiylik dini. 5. Jahon dinlari xususiyatlari. Buddizmning vujudga kelishi, ta’limoti va uning oqimlari. 6. Xristianlikning vujudga kelishi va ta’limoti. 7. Xristianlikdagi oqimlar: vujudga kelishi, o’ziga xosligi. O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, dastlab milliy ma’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O’zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jamoalar vujudga keldi, ko’plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu ma’naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Xalqimizda bo’layotgan o’zgarishlarning ildizi, deb yozgan edi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov, xalqimizning ma’naviy uyg’onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o’zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda o’zlikni anglash boshladi. Milliy Navro’z bayramimizni tiklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo’ldi” Dinshunoslik” fanining maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o’rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf-odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko’rsatadi. “Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g’risidagi ob’ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir. Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud. Har kanday dinning gnoseologik, ya’ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini, ularning ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jamiyatda ro’y beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlarning aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan. Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir. Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi. Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklarni, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan. O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiy-otashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan. Milliy dinlar o’zlari uchun: 1. Ahloqiy kamolot tarbiyasini amalga oshiradi; 2. Milliy harakterni, milliy ruhiyatni shakllantiradi; 3. Milliy ongni o’stiradi, milliy qadriyatni rivojlan-tiradi; 4. Milliy boyliklarning ko’payishi uchun undan tejab foydalanishni, adolat bilan taqsimlashni bilvosita yaxshilaydi; 5. Milliy hamjihatlikni, milliy o’zlikni tushunishni, milliy g’ururni shakllantiradi; 6. Milliy ozodlik kurashlarini g’oyaviy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi; 7. Milliy madaniyatni rivojlantiradi deb ishonganlar. Milliy dinlar ibtidoiy tuzumdagi totemizm, animizm, fetishizm, shomonizm, sehrgarlik, avlodlar ruhiga sig’inish dinlariga hamda politeizmning qorishmasi asosida vujudga kelganligi uchun ayrim milliy dinlarda ko’p xudolarga, ayrim milliy dinlarda esa yakka xudoga sig’inish shakllangan. Yaxudiylik (iduaizm) dinining asoschisi Allohning payg’ambari xazrat Muso alayhissalomdir (miloddan avvalgi 1666-1546 yillar.). Iuda “shukur” degan ma’noni beradi. Yahudiylik (iduaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan degan qarash bor. Yaxudiylikning ta’lim berishicha, Xudo Yah va Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma “ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini “Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan, bu erlar bizga “va’da qilingan erdir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi. Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida ( tahminan m avv. 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tafsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248 buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak. Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi. Buddaviylikka hozirgi davrda 450 mln (ba’zi manbalarda 1mlr 400 mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e’tiqod qiladi. Hozirgi vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri-Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya buddizmga "ustuvor maqom" beradi Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Xususan, oxirat to’g’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o’lmasligi, hayvonlarni azoblash gunohligi, qon to’kmaslik kabi ta’limotlar buddaviylikdan keyingi dinlarga o’tgan. Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha Χριστός - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylarning nasroniylik Iso Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga ishonishadi. Masihiylar uning tarixiyligidan shubhalanmaydilar. Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e’tiqod qiladi BMT ma’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o’sishi 1,4 % ni tashkil etmoqda. Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800 millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm) va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 million) .) yo’nalish va tarafdorlarga ega. 1054 yilda xristian cherkovi katolik va pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi Xristianlik aqidalari. 1-aqida: Xristianlikning iymon kalimasiga ko’ra dindorlar - ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo’lib gavdalanadigan yagona xudoga e’tiqod qiladilar. Demak, xristianlik monoteistik din ekanligi shu aqidadan ma’lumdir. Ota xudo ko’rinib turgan olam (farish-ta)larni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso uning injildagi «tarjimai holi» bilan birlikda O’g’il xudo hisoblanadi. Muqaddas ruh-pravoslavieda ota xudodan, katoliklar esa ham ota-xudodan, ham O’g’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi. 2-aqida: Xristianlik uchun eng muhim aqidaviy g’oya xudoning gavdalanish aqidasi bo’lib, unga binoan Iso xudoligicha qolgan holda, go’yo Mariya ismli qizdan (Bibi Maryam onadan) tug’ilgan payg’ambar deb e’lon etiladi. Bu aqida Isoga mansub deb hisoblanadigan barcha injil pand-nasihatlarga «ilohiy haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi. 3-aqida: Gunohni yuvish aqidasiga katta o’rin berilgan, bunga asosan Iso butga mixlanib tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunohlari kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u go’yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo’lish» yo’lini ochib bergan. 4-aqida: Isoning qayta tirilishi aqidasi xristian diniy ta’limotida markaziy o’rin egallaydi. Bu tirilish kelgusida odamlarning hammasi tirilishining (islom dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb ta’kidlangan. 5-aqida: Osmonga chiqib tushish (Islomda me’roj) aqidasi xristianlarni Iso tirilgandan so’ng osmonga, 0ta xudo huzuriga chiqqanligiga ishonish. Mazkur aqida orqali erdagi hayot odamni oxiratda kutadigan mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi. 6-aqida: Xristianlikning «xudo oldida hamma odam tengdir», degan bu aqidasi ijtimoiy tengsizlikni bekor qila olmagan tasavvurdagina barchagi tenglik huquqini bergan edi. Bu tenglik oxiratda amalga oshishini kutishga dindorlar da’vat etilgan. Zamonaviy ahloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Insonning aхloqiy hayoti uning aхloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero aхloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ aхloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o’zida aхloqiy fazilatlarni barqaror etadi, aхloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o’rganadi. Aхloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmog’ - u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni aхloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota - onaning o’zi aхloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak degani. Zero qush inida ko’rganini qiladi: ota - ona oilada yuksak aхloq namunasini ko’rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, aхloqiylik insonda faqat aхloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To’g’ri, aхloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin aхloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat – asosni aхloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham aхloqiy mavjudot tarbiyalab etkazishimiz mumkin bo’lur edi. Shunday qilib, aхloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka etkazish yo’llaridan biri. Uning vositalari ko’p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo’lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan aхloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o’yinchoqlar va o’yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo’llaniladi; bunda bolaning qizg’anchiqlik, g’irromlik qilmaslikka, halol bo’lishga o’yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar aхloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qo’g’irchoq teatri, kino san’ati katta rol o’ynaydi. Umuman, aхloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib, romangacha bo’lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning aхloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko’rsatadilar. Ular orqali kitobhon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita aхloqiy tarbiyaga mo’ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, yuqorida ko’rganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy aхloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan - qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo’lib qolajak. Aхloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo’lgan yo’li bu – namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota - ona bolaga aхloqiy namuna bo’lishi kerak. Maktabda va oliy o’quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to «mayda - chuyda» hatti - harakatlarigacha o’z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz - shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo’ylik yoshlar aхloqiy tarbiyasining shakllanishini ta’minlovchi omillardandir. Hozirgi paytda aхloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko’rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus aхloqiy tarbiyaga bag’ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. O’zbek tilidagi «Otalar so’zi - aqlning ko’zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko’rsatuvlar bunga misol bo’la oladi. Shu bois televidenie hech qachon engiltaklikni targ’ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qatttiqlashtiradigan «o’ldir - o’ldir»lardan iborat videofilmlar korxonasi bo’lib qolmasligi kerak. Aхloqiy tarbiyaning aqliy - ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy - ijtimoiy shart - sharoitlar yaratilgan. Download 207.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling