A. Fitratning "Oila asari"da Oila qo‘rish tartiblari va Farzand tarbiyasi, "Raxbari najot" risolasining "Baxtsiz odamlarning ikki toifasiga" oid qarashlari bo‘yicha esse tayyorlash, videorolik tanlovini o‘tkazish
Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Download 207.74 Kb.
|
Abdurauf Fitratning “Oila” asarida oila qurish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sivilizatsiyalar
Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi. Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va Dimna”,”Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta ’lim berish usullaridan tortib, to “maydachuyda” xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir. H ozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash muhim. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik. Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Lekin, ayrim kuchlar dunyoni yanada murakkablashtirishga xarakat qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar «ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, «ommaviy madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti o‘zining «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch» nomli asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi»59. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda. Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr talabidir. Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun baxsh etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi. Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko'pchilik o'ylaganidek, zararli tushuncha emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o'tgan bayramlari, to'ylari, xalq og'zaki ijodi, bir so'z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari nhisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi. Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish - eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda. Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti. Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor. G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi. Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi: avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi; ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi; uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi; to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga bolta uradi; beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga singdirishga qaratiladi; oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib keladi. Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga daxildor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi qaratilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak. Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada keskinlashtirish, obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga Insoniyat tarixida tarbiya va ta'limning rivojlanish bosqichlari. Reja:Insoniyat tarixi Rivojlanish bosqichlari Feodallar jamiyati Inson taraqqiyoting bosqichlari Yaqin tarixni davriylashtirish Insoniyat tarixining asosiy bosqichlari iqtisodiy faoliyatning o'zgaruvchan shakllari, moddiy madaniyatni rivojlantirish printsipi bilan ajralib turadigan keng tan olingan yondashuv. Bunday g'oyalarni frantsuz faylasufi J. Koldors (1743-1794) va amerika etnografiyasi bildirgan. L. Morgan (1818-1881), ular tarixni yovuzlik (yig'ish, ovchilik davri), vahshiylik (qishloq xo'jaligining, chorvachilikning ustunligi) va o'rtoqlashdi. Sivilizatsiyalar ushbu davrlashtirish mehnat vositalari tabiatidagi o'zgarishlarga asoslangan edi. Bu arxeologiyada insoniyat hayotining dastlabki bosqichlarini, tosh, bronza va temir asrlariga bo'linganini o'rganishda tan olingan. Jahon tsivilizatsiyasining rivojlanish nazariyasi tarafdorlari unda uchta asosiy bosqichni ko'rib chiqadilar, ular oraliq, o'tish bosqichlariga bo'linadi.Insoniyat tarixining asosiy bosqichlari iqtisodiy faoliyatning o'zgaruvchan shakllari, moddiy madaniyatni rivojlantirish printsipi bilan ajralib turadigan keng tan olingan yondashuv. Bunday g'oyalarni frantsuz faylasufi J. Koldors (1743-1794) va amerika etnografiyasi bildirgan. L. Morgan (1818-1881), ular tarixni yovuzlik (yig'ish, ovchilik davri), vahshiylik (qishloq xo'jaligining, chorvachilikning ustunligi) va o'rtoqlashdi. Sivilizatsiyalar ushbu davrlashtirish mehnat vositalari tabiatidagi o'zgarishlarga asoslangan edi. Bu arxeologiyada insoniyat hayotining dastlabki bosqichlarini, tosh, bronza va temir asrlariga bo'linganini o'rganishda tan olingan. Jahon tsivilizatsiyasining rivojlanish nazariyasi tarafdorlari unda uchta asosiy bosqichni ko'rib chiqadilar, ular oraliq, o'tish bosqichlariga bo'linadi. Birinchi bosqich Miloddan avvalgi VIII ming yillikda boshlangan, bu yig'ish va ov qilishdan o'tish bilan bog'liq edi qishloq xo'jaligiga, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlari.Download 207.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling