A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
Axborotlarni to 'plash va taqdim etish.
Hech qanday korxona doimiy ravishda tashqi muhit va ishchi sohalaridan doimiy olib turiluvchi va cheklanmagan axborotlarni samarali tarzda qayta ishlash salohiyatiga ega emas. Qabul qilinayotgan axborot boshqa yechimlami qabul qilish uchun yaroqli bo'lishi uchun u kerakli tarzda tanlanishi, qayta ishlanilishi va qayta shakllanishi zarur. Korporatsiya rahbarlari tomonidan qabul qilinuvchi yechimlarning sifati va ulardan kelib chiquvchi hosilalar ko'p hollarda ular tomonidan qabul qilinayotgan xabarlarning ishonchliligi va ularning qayta ishlash usullariga bog'liqdir. 63 Korporatsiyalarning hajmi geografik jihatdan katta bo'lishi natijasida yuqorida ko'rsatilgan amallarning bajarilishi murak- kablashadi, shu bilan birga bunday masalalarni hal etilishiga milliy va madaniy xususiyatlar hamda korporatsiya menejmentining e'tiborini talab qiluvchi moiiyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar harn o'z ta'sirini ko'rsatadi. Korporatsiyaning bosh boshqarmasining asosiy maqsadi turli- cha bozorlar to'g'risida yuqori sifatli axborotni yig'ish, to'plash, qayta ishlash va tahlil qilishdan iborat bo'lib, buning natijasida bu- tun korporatsiya miqyosida menejmentga keng imkoniyatlar yaratiladi. Korporatsiya bosh boshqarmasi tomonidan axborotlarni to'plash ikki yo'nalishda olib boriladi: 1) Mijozlar va bozor bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqada bo'lgan korporatsiya bo'Iinmalari tomonidan yig'ilgan marketing axborotini qayta ishlash. 2) Bozorlar haqida korporatsiya mutaxassislari tomonidan axborotlarni mustaqil ravishda yig'ish. Ushbu olingan ma'lumotlar asosida korporatsiya o'z ish faoliyatini takomillashtirish bo'yicha yangi rejalar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi. Menejerlar axborot texnologiyalari va tizimlariga korporatsiya uchun muhim vosita sifatida qarashlari zarur. Menejerlar o'z fabliyatlari davomida quyidagi vazifalarni uzluksiz ravishda yechimlarini izlashlari darkor: 1. Axborot va bilimlarning qanday manbalari korporatsiya uchun doimiy raqobatdoshlik ustunligini ta'minlaydi. 2. Qanday tashkiiiy tamoyillar va boshqaruv amaliyoti korporatsiyaning axborot madaniyati va holatiga ta'sir etadi. 3. Korporatsiyalarda hozirgi kunda va kelajalcdagi o'zga- rishlarni samarali boshqarish uchun mavjud bo'lgan axborot madaniyati va holatlarining to'plamlari qanday samara beradi. 4. Axborot madaniyati va holati hamda o'zgarishlar strategiyasi o'rtasida tafovutni o'rnatish uchun nimalarni o'zlashtirish lozim. Menejerlar zimmasiga korporatsiyalarda r a q o b a t d o s h l i k n i saqlash uchun mavjud bo'lgan muammolarni yechishda to'liq javobgarlik vazifasi qo'yilgan. Ular ichida eng muhimlari bo'lib, 64 axborot madaniyati va holati hamda o'zgarishlar strategiyasi o'rta- sidagi moslikni o'rnatish masalasi hisoblanadi. 3.1. Korxonalarda moliyaviy strategiyalarni joriy etishning iqtisodiy samarasi. Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funksional strate- giyalaridan biri bo'lib, tashqi vositalar o'zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaf- faqiyatini ta'minlashning eng samarali yo'llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo'nalishlarini korrektirovka qilish yo'lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy rnuno- sabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo'nalishlarini ta'minlashni o'zida aks ettiradi. Korxonaning samarali rivojlanishini ta'minlashda moliyaviy strategiya ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin: 1. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yaxlit korxona va uning alohida tarkibiy bo'linmalari oldiga qo'yilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatli va umumiy va moliyaviy maqsadlarni amalga oshirish mexanizmini ta'minlaydi. 2. Moliyaviy strategiya korxonaning real moliyaviy imko- niyatlarini baholash, ichki moliyaviy imkoniyatlardan maksimai foydalanishni va moliyaviy resurslar tezkor aylanuvchanligini ta'minlash imkonini beradi. 3. Moliyaviy strategiya tashqi omillarning tezkorlik bilan о'zgarishi jarayonida paydo bo'ladigan yangi istiqbolli investitsion imkoniyatlami tezkor amalga oshirish imkoniyatini ta'minlaydi. 4. Moliyaviy strategiya ishlab chiqish nazorat qilinmagan korxonalar rivojlanishining mumkin bo'lgan variantlarida ta'sir qiluvchi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati uchun salbiy oqibatlarni minimum darajaga pasaytirish imkonini beradi. 5. Korxonaning moliyaviy faoliyatini uning raqobatchilari bilan solishtirish orqali afzallik jihatlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. 6. Aniq moliyaviy strategiya korxona moliyaviy faoliyatini strategik, joriy va operativ boshqarishdagi o'zaro bog'Iiqlikni ta'minlaydi. 65 7. Korxonada eng muhim strategik moiiyaviy qarorlar ijrosini moiiyaviy mentalitetga muvofiqlikda amalga oshirishni ta'minlaydi. 8. Moiiyaviy strategiya tizimida muhim moiiyaviy boshqaruv qarorlarini aniq mezonlar asosida baholash imkoniyati shakllanadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling